Ruhiy salomatlik haqida nimalarni bilasiz? |
|
|
|
U-Report
UNICEF tashabbusi bilan O’zbekiston yoshlari o’rtasida onlayn so’rovnoma o’tkazdi.
So
So’rovnoma maqsadi: aholi
o’rtasida ruhiy salomatlik masalalari bo’yicha ishlatilayotgan til
(soʻzlar) qanday ta’sir qilishini
oʻrganish.
Ma’lumotlar ruhiy salomatlik masalalari atrofida
qoʻllab-quvvatlovchi muloqotni rivojlantirish yoʻllarini topishga yordam
beradi.
So’rovnoma hududi: O’zbekiston Respublikasi ning barcha hududlari
So’rovnomada qatnashganlar soni: 2100
dan ortiq.
|
SO’ROVNOMADAN OLINGAN ASOSIY
XULOSALARI:
1.
48% qatnashchilarning fikriga
ko’ra, mental salomatlik – bu psixologik va ijtimoiy
farovonlik holati deb
to’g’ri javob berishdi. Har to’rtinchi respondent esa
ruhiy holat buzilishlarning yo’qligi – bu ruhiy salomatlik
deb hisoblaydi.
2.
Ishtirokchilarning teng yarmi
berilgan variantlarning barchasi ruhiy holatning buzilishlari deb to’g’ri
javob berishdi. 23% esa bu faqat “stress, ruhiy tushkunlik” javobida
to’xtalishdi.
3.
Umumlashtirib
olganda, deyarli 80% qatnashchi oxirgi 3 oy ichidagi o’z ruhiy
holatiga “qoniqarli”, “yaxshi” va “zo’r” baholarini bergan bo’lsa, deyarli
har beshinchi ishtirokchi (18%) esa “yomon” va “juda yomon” deb
baholadi.
4.
Respondentlarning 27%i o’z ruhiy
kechinmalarini boshqalar bilan muhokama qilish noqulayligini ma’lum
qilishdi. Yana 55%i “ba’zan” degan fikrni bildirdi.
5.
Qatnashchilar ruhiy salomatlik
bo’yicha maslahat yoki yordam so’rash osonroq deb tanlagan 4 top variant: 1)
Hech kimga (28%) 2)
Do’stlar, tanishlarga (23%) 3)
Ota-onaga (18%) 4)
Psihologga (11%).
6.
31% ishtirokchilarning ruhiy
yordam so’rash zaruriyati bo’lganda, yordam so’ramaganlarining sababi –
o’zim hal qila oliman degan fikr ekan. Qariyb chorak qismi esa ularda
bunday holat bo’lmaganini e’tirof etishdi.
7.
33% qatnashchi o’ziga
nisbatan ruhiy salomatlik bilan bog’liq salbiy so’zlarni “juda
kamdan-kam” eshitsa, yana 30%i “hechqachon” degan variantni
tanlashdi.
8.
11% respondentlar oʻziga
nisbatan ruhiy salomatlik bilan bogʻliq salbiy soʻzlarni / haqoratlarni ko’pincha
yoki har doim eshitishini bo’lishdi.
9.
Respondentlarning javoblariga
ko’ra, ular bu kabi salbiy so’zlarni quyidagi odamlardan
eshitishadi: 1)
Oilada ota-ona/kattalardan (31%) 2)
O’zidan (20%) 3)
Ko’chada do’st va tanishlardan
(19%).
10. Respondentlarning
17%i ruhiy salomatlik bo’yicha salbiy so’zlarni “normal,
odatiy” deb qabul qilsa, yana 20%i uchun bu “juda og’riqli” va “juda
hafa bo’lishini” aytishdi.
11. Ishtirokchilar
ruhiy salomatlik atrofidagi stigmani kamaytirishga quyidagi top 3
variantlarni tanlashdi: 1)
Ta’lim dasturlari zarur (52%) 2)
Tengdoshlarning yordami (15%). 3)
OAV, tarmoqlarda ochiq
muhokamalar (13%).
|
Ushbu so’rovnomani jami 2190 kishi to’ldirib, ular qatnashchining jinsi, yoshi va yashash hududlariga ko’ra quyidagicha taqsimlandi:
a) jins kesimida: qizlar jami
qatnashchilarning 49%ni, yigitlar esa 51%ni tashkil etdi.
b) yosh guruhlari
bo’yicha: 18 yoshgacha bo’lgan qatnashchilar 26% ni, 19-24
yoshlilar 35%ni, 25-30 yosh oralig’idagi qatnashchilar 19%ni, 31 va undan
kattalar 21% ni tashkil etdi.
c) yashash hududi
bo’yicha: so’rovnomani eng ko’p Toshkent shahridan to’ldirishdi (17%),
undan keyingi o’rinda Samarqandliklar (12%), Farg’ona va Namanganliklar
bo’lishdi (10% dan). Sirdaryoliklar esa jami qatnashchilarning atigi 2% ni
tashkil etib, so’rovnomada eng kam qatnashish reytingini qayd etishdi.
Quyidagi diagrammalardan
ko’rish mumkinki, so’rovnomaning eng faol ishtirokchilari jinsiga ko’ra
yigitlar, yoshi bo’yicha 19-24 yoshlilar hamda Toshkent shahridan qatnashgan
yoshlar bo’lishdi.
1) Sizningcha, mental (ruhiy) salomatlik – bu
…
So’rovnomaning dastlabki savolida
ishtirokchilardan mental salomatlik haqida qanday ma’lumotga ega ekanliklari
so’ralganda, ularning qariyb yarmi (48%) “psixologik va ijtimoiy farovonlik
holati” javobini tanlashdi. Bu javobda qizlarning yigitlarga qaraganda
12%ga ko’proq ovozini ko’rish mumkin.
Keyingi eng ko’p tanlangan variant – “ruhiy holat buzilishlar yo’qligi” bo’lib, u har 4-ishtirokchining javobi bo’ldi va bu variantga yigitlar qizlardan ko’ra 5% ga ko’proq o’z ovozlarini berishgan. Qariyb har 10-respondent uchun esa mental salomatlik – bu “hayajonsiz, stresssiz holat” ekan.
1-savolning javoblarini hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko’p tanlangan variant - “psixologik va ijtimoiy farovonlik holati” ni Sirdaryoliklarning 68% i belgilagan bo’lsa, Surxandaryo va Qashqadaryolik qatnashchilarning atigi 31% va 37% (mos ravishda) qismi shu variantni ko’rsatgan. “Ruhiy holat buzilishlar yo’qligi” ni esa Sirdaryoliklarning 11% gina ulushi tanlagan bo’lsa, Samarqandliklarning 34% ulushi bu javobga qo’shilgan.
2)
Ushbu
variantlardan qaysi birini ruhiy holatni buzilishlari deb hisoblaysiz?
Ushbu savolga qatnashganlarning teng yarmi, hatto qizlar
va yigitlarning ham 50% qismi, bir
ovozdan keltirilgan barcha holatlarni ruhiy holatning buzilishlari deb to’g’ri
javob berishdi. Respondentlarning qariyb to’rtdan bir qismi esa faqat
“stress, ruhiy tushkunlik” – ruhiy holatning buzilishi deb o’ylar ekan. 11%
ishtirokchilar bo’lsa “faqat 1 2 4 – shizofreniya, aqliy rivojlanishning
buzilishi, ovqatlanishning buzilishi” ni ruhiy holatning buzilishi deb o’ylar
ekan.
Hududlar kesimida, “barcha javoblar – ruhiy holatning buzilishlari” deb to’g’ri eng ko’p javob berganlar Toshkent shahridan (61%), eng kami esa Namangandan (39%) bo’lishdi. “Stress, ruhiy tushkunlik”ni esa Surxandaryoliklarning 41% qismi belgilagan bo’lsa, Toshkent shahridan qatnashganarning atigi 14% qismi belgiladi.
3)
Oxirgi
3 oy ichidagi umumiy ruhiy salomatligingizni qanday baholaysiz?
36% respondent o’zining
oxirgi 3 oydagi umumiy ruhiy salomatligini “qoniqarli” deb, yana 30% ulushi esa
“yaxshi” deb baholadi. “Qoniqarli” javobida qizlarning biroz ko’proq ovozini,
“yaxshi” da esa yigitlarning biroz ko’proq ovozini qayd etish mumkin (3-4%ga).
Har 10-chi qiz va 15% yigitlar o’z ruhiy salomatligiga
“zo’r” bahosini berdi.
Jami qatnashganlarning 12% umumiy ruhiy salomatligi
“yomon”, yana 7% qismi “juda yomon” holatda ekanini bildirdi. Har ikkala
javobda ham qizlarning biroz ko’proq javobini ko’rish mumkin.
Hududlar kesimida, “juda
yomon” ruhiy ahvoldagilarning eng ko’pi Buxoro (16%) va Navoiy
(14%)lariga to’g’ri keldi. Qashqadaryo, Samarqand va Sirdaryodan qatnashgan
qariyb har 5-respondent ham o’z ruhiy salomatligining “yomon” ahvoldaligini
ta’kidladi.
“Yaxshi” javobi esa eng ko’p Surxandaryoliklar belgilab, hudud qatnashchilarining 44% qismi ruhiy salomatliklari yaxshiligini e’tirof etishdi.
4)
Oʻz
his-tuygʻularingizni va kechinmalaringizni boshqalar bilan muhokama qilish
Sizga qulaymi?
Ishtirokchilarning
yarmidan ko’pi o’z his-tuyg’ularini boshqalar bilan muhokama qilish “ba’zan”
qulayligini, 15% ulushi esa “har doim” qulayligini ma’lum qildilar.
27% ishtirokchi bo’lsa “yo’q” variantini belgilab, o’z
hissiyotlari haqida boshqalar bilan bo’lishish ularga noqulayligini
bildirishdi. Bunda biroz ko’proq yigitlarning ovozini qayd etish mumkin.
Ushbu savolga berilgan javoblarning hududlar va yosh
guruhlari bo’yicha tahlilida alohida e’tiborga molik tavofutlar aniqlanmadi.
5)
Ruhiy
salomatligingiz boʻyicha maslahat yoki yordam soʻrab kimga murojaat qilish
Sizga osonroq boʻlardi?
Qariyb har uchinchi
ishtirokchi ruhiy salomatlik bo’yicha “hech kim”ga yordam yoki maslahat so’rab
murojaat qilmasliklarini e’tirof etgan bo’lsa, 3% ko’proq yigitlar bu
variantni tanlashdi. Har 5-qiz va har 4-yigit bunday holda “do’stlari va
tanishlariga” murojaat qilish osonroq bo’lishini aytgan. Yana 18% ishtirokchi
ruhiy salomatlik bo’yicha “ota-onasiga” yordam yoki maslahat so’rab murojaat qilish
qulayroq deyishdi, bunda ko’proq qizlar bu yo’lni tutgan bo’lardi (3% ga).
Yosh guruhlari bo’yicha
tahlilda, 18 yoshgacha bo’lgan qatnashchilar “hech kimga”, 19-24 yoshlilar “do’stlari,
tanishlariga” ruhiy salomatlik bo’yicha maslahat yoki yordam so’rab boshqa
guruhlardan ko’ra ko’proq murojaat qilishi osonroq bo’lishini aytishdi.
“Ota-onasiga” murojaat qilish osonroq deb ham eng ko’p 18 yoshdan kichik
respondentlar bo’ldi (21%).
25 va undan katta yoshlilarning o’rtacha 15 foizi bunday
holatlarda “psixologga” murojaat qilishlari osonroq bo’lishini bildirishdi.
Hududlar bo’yicha qiziq
tavofutlarni ko’rish mumkin: Surxandaryoliklar eng ko’p “hech kimga” (41%),
Andijonliklar (34%) esa eng ko’p “do’stlar va tanishlariga”, Qashqadaryo va
Xorazmliklar (29%) esa “ota-onalariga” ruhiy maslahat yoki ko’mak so’rab
murojaat qilish osonroq bo’lishini ta’kidlashgan.
“Psixologga” murojaat qilish osonroq deb yetakchilik Toshkent shahrida (21%) hamda “anonim holatda ijtimoiy xizmatlardan” yordam olishni istaydiganlar eng ko’pi Andijondan (11%) qatnashgan respondentlar bo’lishdi.
6)
Agar
Sizga ruhiy yordam soʻrash zarurati yuzaga kelgan boʻlsa, unda nima sababdan
yordam soʻramagansiz?
So’rovnomaning navbatdagi savolida respondentlardan ruhiy yordam kerak bo’lganda nega olmaganlari sababi so’ralganda, ularning eng ko’p tanlagan sababi (31%) – o’zlari hal qilish ishonchi borligi ma’lum bo’ldi. Bunda yigitlarning qizlarnikidan biroz ko’proq ovozini qayd etish mumkin. Deyarli har 4-ishtirokchi esa ularda “bunday holat bo’lmaganini” ta’kidlashdi. 12% qatnashchi bo’lsa yordam olmagani sababini yordamning “juda qimmat”ligi bilan ifodalab, qizlar ko’proq bu fikrni bildirishdi (9% ga).
7)
Oʻzingizga
nisbatan ruhiy salomatlik bilan bogʻliq salbiy soʻzlarni / haqoratlarni
qanchalik tez-tez eshitasiz?
O’ziga nisbatan ruhiy
salomatlik bilan bog’liq salbiy so’zlarni ishtirokchilarning 35% qismi “juda
kamdan-kam” paytlarda, yana 30% i esa “hech qachon” eshitmasligini aytdi. Birinchi variantda
yigitlarning va keyingi variantda qizlarning biroz ko’proq ovozini ko’rish
mumkin (4% ga). Qatnashganlarning 4 foiz ulushi bunday so’zlarni har doim
eshitishga majbur bo’lishlarini aytishdi.
Yosh guruhlari kesimida, “juda kamdan-kam”
variantiga 19-24 va 25-30 yosh orasidagilar boshqa yoshdagi qatnashchilarga
nisbatan ko’proq ovoz qoldirgan bo’lsalar, “hech qachon” variantini eng kam 18 yoshgacha
bo’lgan qatnashchilar tanlagan (25%).
Ruhiy salomatlik bilan bog’liq salbiy so’zlarni “Har
doim” va “ko’pincha” variantlarida ham eng yosh respondentlarning (18 gacha)
biroz ko’proq ovozini qayd etish mumkin.
Hududlar bo’yicha, Toshkent shahri qatnashchilarining 40%i “hech qachon” bunday so’zlarni eshitmasliklarini bildirgan bo’lsa, 11% Buxoroliklar buni “har doim”, 16% Navoiyliklar esa “ko’pincha – haftasiga 4-5 marta” eshitishlari aniq bo’ldi.
8)
Bunday
iboralarni kimdan koʻproq eshitgansiz?
Qizlarning 38% ulushi
ruhiy salomatligiga bog’liq salbiy iboralarni “oilada ota-ona/ kattalardan”
eshitib, bu yigitlarnikidan naqd 15% ga ko’p demakdir. O’rtacha har
5-qatnashchi bunday iboralar “o’zidan” chiqishini, bunda yigitlar faolroq
ekanini ko’rish mumkin.
27% yigitlar bo’lsa “ko’chada do’st va tanishlaridan”
bunday iboralarni eshitib, bu qizlarning ovozidan naqd 16% ga ko’p ekanligi
aniqlandi.
Qatnashchilarning yosh kesimida, nisbatan yosh guruh qatnashchilari (18 yoshgacha va 19-24) bu kabi salbiy iboralarni ko’pincha “oilasida ota-onasi yoki kattalardan” eshitishi ma’lum bo’ldi. 25-30 yoshli qatnashchilar esa bu borada “o’zlari” bu iboralarning “muallifi” ekanini boshqalardan ko’ra ko’proq bildirishdi. Tengdoshlaridan bu iboralarni tez-tez eshituvchilar esa eng yosh 18 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar bo’lishdi.
9)
Odatda
ruhiy salomatlik haqida Sizga aytilgan salbiy soʻzlarni qanday qabul qilasiz?
Qariyb har
uchinchi respondent o’ziga aytilgan salbiy so’zlarni “neytral” qabul qilishini
aytib, bu “haqiqat emas”ligiga ishonishi tufayli ekanini bildirishdi. Bu
fikrga yigitlarning qizlarga qaraganda 7% ga ko’proq ovoz berdi.
Yana har 4-chi yigit va qizlar
bunday salbiy so’zlardan “biroz hafa bo’lishini” tan oldi (24% dan). 17%
ishtirokchi bo’lsa bu kabi so’zlarni “odatiy, normal holatda” qabul qilishini
ta’kidladi, bunda ham yigitlarning biroz ko’proq ovozini ko’rish mumkin.
Har 10-respondentga “bu so’zlar
juda og’riqli” bo’lib, ayniqsa qizlarning bu variantdagi ovozi yigitlarnikidan
(6%) ikki martaga ko’pni tashkil qildi (12%). Qolgan 10% respondent ham o’ziga
aytilgan salbiy so’zlardan “juda hafa bo’lishini” ta’kidladi.
Yosh guruhlari bo’yicha eng ko’p tanlangan variantda o’xshash javoblar ko’rinsada, “biroz hafa bo’laman” variantida 25-30 yoshlilar eng ko’p (30%) ovoz qoldirishgan. 19-24 yoshlilar uchun esa bu kabi salbiy so’zlarni o’ziga nisbatan eshitish “odatiy, normal holat” (20%). “Bu so’zlar juda og’riqli” deydiganlarning eng ko’pi 18 yoshgacha bo’lganlar, “juda hafa bo’ladiganlar” 30 yoshdan katta bo’lgan qatnashchilar bo’lishdi.
10)
Sizningcha,
ruhiy salomatlik atrofidagi stigmani
kamaytirishga nima yordam bera oladi? (bir nechta variantni tanlash mumkin)
52% qatnashilarning
fikriga ko’ra, ruhiy salomatlik atrofidagi stigmani kamaytirishga eng ko’p
“ta’lim dasturlari” yordam beradi. Bu fikrni qizlardan 7%ga ko’proq yigitlar berishgan.
Yana 13% ishtirokchilar “OAV, tarmoqlarda ochiq muhokamalar” yordam beradi deb hisoblasa, yana shuncha respondent “tengdoshlarning yordami” bu salbiy holatni kamaytirishga yordam berishini aytdi.
“Boshqa”
variantiga ham deyarli har 10-chi respondent izoh qoldirgan
bo’lib, bu fikrlardan namunalar bilan quyida tanishish mumkin.
(Orfografiya va
punktuatsiya belgilari saqlangan holda)
Izoh |
Jins |
Yosh |
Ota-onalar
farzandlarini milliy urf-odat, insoniy qadriyatlar asosida tarbiya qilishi
hamda arzandi bilan koʻproq vaqt oʻtkazishi kerak |
Yigit |
30 |
Ota-onalarni tayyorlash
tizimini joriy etish kerak, aynan oilaviy ruhiy muhit hamma narsani hal
qiladi. |
Yigit |
23 |
Снижение напряжённости
в обществе, справедливые условия, контроль информационного контента зачастую
он является источником негатива |
Yigit |
30+ |
Ishchi hodimni tez tez
rag'batlantirip turish |
Qiz |
27 |
Kitob oʻqish, Uy
ishlarini qilib chalgʻish |
Qiz |
18 |
Ota onalarga tarbiya
berish lozim |
Qiz |
20 |
повышение уровня
культуры, воспитания |
Qiz |
30+ |
Shunchaki dam olish |
Qiz |
16 |
Oiladagi eʼtibor
birinchi navbatda |
Qiz |
21 |
Har xil mashg'ulotlar
hobbylar masalan rasm chizish musiqa tinglash, to'qish, mazali taom istemol
qilish va hokazo |
Qiz |
20 |
Qaynonalarnı öqitish |
Qiz |
30+ |
Shaxsiy psixologga ega
bolish |
Qiz |
15 |
O’zbekistonda yashash
qiyin bu bir Ikkinchidan ish joyda
daromad kam Uchinchidan kam
daromand tufayli ota onadan dakki eshitish va o’z istagan narsaga erisha
olmaslik To’rtinchidan esa inson
qiymati juda past |
Yigit |
22 |
Koʻchada yolgʻiz
sayohat |
Yigit |
18 |
Yoqtirgan ish bilan
shugʻullanish |
Qiz |
17 |
Создавать разные
открытые клубы или что то вроде где обсуждают это. Это как бы такая терапия. |
Qiz |
15 |
Ruhiy holat bu shaxsga
taʼsir etuvchi tashqi muhit bilan bogʻliq boʻlib odatiy holatda odam muhitga
qarab oʻzgaradi agar oʻzgarishlar u kutganidan oshib ketsa ruhiyatiga taʼsir
koʻrsatadi bunga qanday yordam berish mumkin ekanligini bilmayman |
Qiz |
19 |
Повышение зарплаты от 2500$
до 3000$ |
Yigit |
30+ |
Taʼlim muassasalarida
diniy taʼlim berish kerak deb oʻylayman,sababi diniy taʼlim buni eng zoʻr
yoʻlini biladi. |
Yigit |
19 |
Qaynonam haqoratli
soʻzlar bilan hafa qilishmasa salomatligimdagi tushkunlik holati ham yoʻq
boʻlgan boʻlardi deb oʻylayman |
Qiz |
19 |
Общее улучшение
психического здоровья и эмоциональной зрелости |
Qiz |
17 |
Jamiyat a'zolari uchun
u xoh kattalar bo'lsin, xoh yoshlar har biri uchun tushuntirish ishlari olib
borilishi kerak deb o'ylayman |
Qiz |
21 |
Online yordam berish |
Yigit |
19 |
Eslatma: Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar to’lig’icha
ushbu U-Report so’rovnomada qatnashgan ishtirokchilarning fikri bo’lib, UNICEF
ning fikri va reprezentativ hisoblanmaydi.