Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
U-Report haqida

U-Report – bu nima? U-Report – bu yoshlar uchun mo‘ljallangan mobil muloqot platformasi. U so‘rovlar o‘tkazish va ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotlar bilan almashish uchun oddiy xabarlar va qisqa savollarga asoslangan. U-Report barcha foydalanuvchilar uchun bepul va anonim bo‘lib, yoshlar, davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqani mustahkamlash va rivojlantirishga mo‘ljallangan.

U-Report yoshlarga mamlakatda va o‘z hamjamiyatlarida ro‘y berayotgan islohotlarda ishtirok etish va ular to‘g‘risida o‘z fikrini bildirish, ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishi uchun bu jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi. Qanday qilib U-Reportyor bo‘lish mumkin? U-Reportyor bo‘lish juda oson va bu bepul, ixtiyoriy va anonim tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekistonning barcha yoshlari (14 - 30 yosh) U-Reportda bepul, ixtiyoriy va ochiq ishtirok etishlari mumkin. Ushbu dastur yoshlarni ularga daxldor bo‘lgan va ularni qiziqtiradigan masalalarni muhokama qilishga jalb etishga qaratilgan. Buning uchun kompyuter, mobil telefon yoki planshet mavjud bo‘lishi kerak va O‘zbekistondagi mobil operatorlardan biriga ulanish va/yoki Internetga kirish imkoniga ega bo‘lish lozim. U-Report jamoasining bir qismiga aylanishning bir necha usuli mavjud: START so‘zini: - SMS qilib 1122 qisqa raqamiga yoki

- Facebook orqali UReportUzbekistan sahifasining messendjeriga shaxsiy xabarlar orqali, yoki - Telegram orqali @UReportUzbBot botni toping va START so‘zini jo‘nating.

Ro'yxatdan o'tish uchun yoshingiz, jinsingiz, yashash viloyatingiz, tumaningiz haqida 4 ta savolga javob bering (bu jarayon 2 daqiqadan ko‘p vaqt olmaydi va tanlangan mobil operatordan qat’i nazar bepul hisoblanadi). Shundan keyin, sizga U-Reportyor bo‘lganingiz haqida tabriknoma keladi va siz ham U-Report katta jamoasining bir qismiga aylanasiz. Tabriklaymiz! So‘rovlarda qanday ishtirok etish kerak? U-Reportda ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin – siz U-Reportyor hisoblanasiz. Va endi sizning mobil gatjetingizga jo‘natiladigan barcha so‘rovlarda ishtirok etishingiz mumkin. Sizga muntazam ravishda markazlashgan tizim orqali savollar jo‘natiladi, shu bois ularni olish uchun o‘zingiz hech narsa qilishingiz talab etilmaydi. Sizga savollar kelib tushganda siz shunchaki javoblarni tanlashda faol qatnashsangiz bas. So‘rovlarda qanday mavzular ko‘tariladi? So‘rovlar turli mavzularda bo'ladi va bu yoshlar uchun muhim mavzular bo‘yicha bevosita va xolis fiklarini bildirish uchun imkon beradi. U-Report so‘rovlari asosiy ijtimoiy xizmatlarning sifati va ulardan bahramand bo‘lish imkoniyatlari, ta’lim va sog‘liqni saqlash, atrof-muhit, texnologiyalar, madaniyat, hordiq chiqarish va yoshlar uchun manfaatli bo‘lgan boshqa muhim masalalarga qaratilgan.


So'rov natijalarini qanday bilsa bo'ladi? So‘rov natijalari barcha uchun ochiq bo‘ladi va ular bilan U-Report saytida sizga qulay vaqtda tanishish mumkin. Shuningdek, o‘z vaqtida munosabat bildirish va ijobiy o‘zgarishlar uchun qarorlarni qabul qilish maqsadida so‘rovlar natijalari manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlariga taqdim etiladi. Yana qulay jihati, so'rovlar real vaqt tizimida ishlaydi. Ya'ni siz so'rovga javob bergandan so'ng, saytga kirib, boshqa tengdoshlaringizning va o'zingizning javob natijalaringiz yig'indisini % lar ko'rinishida topasiz. O‘zbekistonda U-Report loyihasi hamkorlari kim? U-Report loyihasi UNICEFning Toshkentdagi Vakolatxonasining tashabbusi bilan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Xalq ta'limi vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari Agentligi va Yuksalish UMXlarning qo‘shma tashabbusi asosida, barcha mobil kompaniyalar (Ucell, UMS, Perfectum, Uzmobile, Beeline) ko‘magida amalga oshirilmoqda.

U-Reportga xush kelibsiz!

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo