Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Mahallalarda volontyorlik rivojlanyaptimi?

Mahallalarda volontyorlik rivojlanyaptimi?

 

U-Report Volontyorlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda O’zbekiston yoshlari o’rtasida onlayn so’rovnoma o’tkazdi.

 

So’rovnoma maqsadi:   Mahallalarda volontyorlikni tashkil etishga qiziqish borligini bilish va mavjud muammolarni aniqlash.

 

Ma’lumotlar  volontyorlar bilan Mahalla fuqarolar yig‘inining o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilash va bu ilmiy izlanishlar olib borishda foydalaniladi.

 

So’rovnoma hududi: O’zbekiston Respublikasi ning barcha hududlari

 

So’rovnomada qatnashganlar soni:  3053 kishi

 

 

SO’ROVNOMADAN OLINGAN ASOSIY XULOSALAR:

 

1. Respondentlar ularni volontyorlikka jalb etuvchi top 4  sabablarni ko’rsatishdi:

1)           Yaxshilik qilish istagi (31%)

2)           Jamiyatga  /tabiatga xizmat qilish (15%)

3)           Vatanga xizmat qilish / yurtni rivojlantirish istagi (13%)

4)           O‘zimni rivojlantirish istagi (9%).

 

2. Yana 10% ishtirokchilar volontyorlik nima ekanligini bilmasligini aytdi.

 

2. Mahallalarda volontyorlik faoliyati tashkil etilganini 12% respondentlar tasdiqlashdi, yana 46% tashkil qilinmagan dedi. Qolgan 42% qatnashchi bu haqida xabardor emas ekanligini bildirdi.

 

2.1 O‘z mahallarida volontyorlik tashkil etilganini tasdiqlaganlar respondentlarning deyarli yarmi (48%) ushbu tadbirlarda volontyor sifatida qatnashishlarini bildirishgan.

 

3. Ishtirokchilar o’z mahallalarida  quyidagi top 5 sohada volontyor bo‘lishni xohlarshini bildirgan:

1) Tabiatni muhofaza qilish (21%)

2) Tadbirlarni tashkil etish (14%)

3) Kambag‘allarga yordam (14%)

4) Bolalarga yordam berish (11%)

5) Oziq-ovqat va kiyim yig‘ish va tarqatishda (8%).

 

4. 91% respondentlar volontyorlik qilish uchun o’z Mahalla fuqarolar yig‘iniga hech qachon murojaat qilmaganliklarini ta’kidlashdi.

 

5. Su bilan birga, ishtirokchilarning 68% volontyorlik loyihalarini tashkil etishda Mahalla fuqarolar yig‘inining yordami kerak degan fikrni bildirishdi. Bu ko‘rsatkich qizlar orasida 73%ni tashkil etgan bo‘lsa, yigitlar orasida 64%ni tashkil etdi.

 

6. Respondentlar Mahalla fuqarolar yig‘inidan ularga qanday yordam kerak bo‘lishini quyidagicha javob berdi:

1) Moddiy yordam (22%)

2) Mahalla bo‘yicha axborot ko‘magi (18%)

3) Uchrashuv / yig‘ilishlar uchun joy (14%)

4) Texnik yordam, bilim / maslahatlar (12%)

5) Davlat organlaridan ruxsatnoma olish (11%).

 

7. Respondentlarning 78%i mahallasida volontyorlik faoliyati uchun barcha shart-sharoitlar yaratilsasa o‘z mahallasida volontyor bo‘lish istagi borligini bildirdi.

 

8. Respondentlarning 56% o‘z mahallalarida tez-tez volontyorlik qilishiga tayyor ekanligini bildirgan: 30%i   haftasiga 1-2 marta va 26%i oyiga 2-3 marta shug‘ullanishi mumkinligini bildirgan.

 

Mazkur so‘rovnomada umumiy hisobda 3 053 respondentlar javob bergan bo‘lib, to‘liqsiz javoblar inobatga olinmagan holatda, 2 983 respondentlarni tashkil etgan. Ulardan 30 yoshgacha bo‘lgan qatnashchilar soni 2 373 tani tashkil etdi. Ular jinsi, yoshi va yashash hududlari va yashash joyiga ko‘ra quyidagicha guruhlandi:

a) jinsi bo‘yicha: qizlar jami qatnashchilarning 49%ni, yigitlar esa 51%ni tashkil etdi.


b) yoshi bo‘yicha: 10 yoshgacha bo‘lgan qatnashchilar 0.3%ni, 11 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar 3%ni, 16 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan respondentlar 37%ni, hamda  21 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qatnashchilar jami respondentlarning eng ko‘p ya’ni 39%ni tashkil qildilar. 30 va undan yuqori yoshga ega bo‘lgan respondentlar 20%ni tashkil qiladi.

c) yashash hududi bo‘yicha: eng faol qatnashchilar Toshkent shahridan bo‘lib, 17%ni tashkil qilishdi. Keyingi o‘rindagi faollik Samarqandlik qatnashchilar tomonidan (12%), uchinchi eng ko‘p qatnashgan hudud bo‘lsa Farg‘ona viloyati yoshlariga to‘g‘ri keldi (10%). Sirdaryo viloyati yoshlari esa eng kam qatnashish ko‘rsatkichini qayd etishdi (2%).

Quyidagi grafiklar shuni ko‘rsatadiki, so‘rovnomaning faol ishtirokchilari jinsiga ko‘ra yigitlar, yoshiga ko‘ra 21-30 yoshlilar, hududiga ko‘ra Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi yoshlar bo‘lishdi.

 

 

 

1. SHAXSAN Sizni volontyorlik nimasi bilan jalb qiladi?

So‘rovnomaning dastlabki savoliga qatnashchilar eng ko‘p 31% qismi “Yaxshilik qilish istagi” javobini berishdi. Bunda qizlar yigitlarga qaraganda 4 foizga ko‘proq bu javobni tanladilar. Ikkinchi eng ko‘p tanlangan variant esa “Jamiyatga yoki tabiatga xizmat qilish” (15%) bo‘ldi.

“Vatanga xizmat qilish yoki yurt rivoji” variantida ko‘proq yigitlar faolroq bo‘lgan bo‘lsa, “O‘zimni rivojlantirish istagi” – varianti qizlar (12%) ikki barobar ko‘proq bu javobga to‘xtalishgan.

Yana 10% respondentlar volontyorlik haqida tushunchaga ega emasliklarini bildirishgan bo‘lib, 11% yigitlar va 8% qizlar shu javobni qayd etishgan.


Yosh guruhlari bo‘yicha volontyorlik barcha yosh guruhlari orasida yaxshilik qilish istagi birinchi o‘rinni tashkil etdi. Bunda 10 yoshgacha bo‘lgan respondentlar (43%) va 21 yoshdan kattalar (o’rtacha 32%) yetakchilik qiladi. 

Ikkinchi o‘rinni jamiyat yoki tabiatga xizmat qilish egallagan bo‘lib, barcha yosh guruhlari o‘rtasida deyarli teng ulushga ega (12–16%). 11-15 va 16-20 yosh guruhlari o‘rtasida “vatanga xizmat qilish / yurt rivoji” bilan bir qatorda,  “o‘zimni rivojlantirish istagi” yoshlarni volontyorlikka jalb qiluvchi omil ekanligi ta’kidlab o‘tilgan.


Respondentlarning faoliyat turi bo‘yicha yaxshilik qilish istagi volontyorlikni barcha faoliyat egalari uchun xos bo‘lib, 21–45% respondentlar ushbu variantni tanlashgan.

Biroq, mahallada faoliyat yurituvchi respondentlar uchun “vatanga xizmat qilish/yurtni rivoji” ko‘proq ahamiyat kasb etishi bildirilgan.

O‘qimayotgan/ishlamayotgan, nafaqadagi hamda o‘z biznesiga ega respondentlar, volontyorlik faoliyatiga oid tushunchaga ega emasliklarini boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi respondentlarga nisbatan ko‘proq ifoda etishgan (19–36%).

“O‘zimni rivojlantirish istagi” varianti turli faoliyat egalariga (6–7.5%) nisbatan  oliy ta’lim muassasalari (OTM) talabalari va maktab/kollej o‘quvchilari o‘rtasida biroz ko‘proq (11-12%) ahamiyatga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin.


Ma’muriy-hududiy birliklar kesimida, volontyorlikning o‘ziga eng jalb qiluvchi xususiyati, “Yaxshilik qilish istagi” Toshkent shahrida yetakchilik qiladi, bunda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi respondentlarning taxminan 41%i shu variantni tanlashgan.

Va aksincha, ushbu variant boshqa viloyatlarga nisbatan, eng kam Sirdaryo viloyatida tanlangan bo‘lib, ushbu viloyatda “Jamiyatga / tabiatga xizmat qilish” varianti yetakchilik qiladi (26%). Jizzax hamda Toshkent viloyatlarida ham “Jamiyatga / tabiatga xizmat qilish” varianti ikkinchi muhim omil ekanligini ko‘rishimiz mumkin. “Vatanga xizmat qilish / yurtni rivoji” varianti ko‘pgina hududlarda bir-biriga yaqin ulushga (13–19%) ega bo‘lgan bir paytda, Toshkent shahri va viloyati hamda Jizzax viloyatlarida esa 7–9%ni tashkil qilgan.