Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Nosog‘lom ovqat va ichimliklar reklamasi Sizga qanday ta’sir qiladi?

Nosog‘lom ovqat va ichimliklar reklamasi Sizga qanday ta’sir qiladi?

 

U-Report UNICEF tashabbusi bilan O’zbekiston yoshlari o’rtasida onlayn so’rovnoma o’tkazdi

 

So    So’rovnoma maqsadi:  Yoshlarning nosog‘lom oziq-ovqat marketingiga qanchalik moyilligini va bu ularning xarid qilish odatlariga ta’sir qilishini tushunish.

 

Ma’lumotlar  UNICEFga reklamalar yanada mas'uliyatliroq bo'lishini targ'ib qilishga yordam beradi.

 

So’rovnoma hududi: O’zbekiston Respublikasi ning barcha hududlari

 

So’rovnomada qatnashganlar soni:  2600 kishi

 

 

 

 

SO’ROVNOMADAN OLINGAN ASOSIY XULOSALAR:

 

1.      42% ishtirokchilar o’tgan hafta mobaynida nosog’lom oziq-ovqat reklamasiga har kuni duch kelganini va yana 20% tez-tez (4-5 marta va ko‘proq) ko’rganini ta’kidlashdi.

 

2.      Nosog’lom oziq-ovqat reklamasiga duch kelgan ishtirokchilar reklamaga duch kelgan top 5 manbani tanlashdi:

1)               TVda (23 %)

2)               Ijtimoiy tarmoqlarda (20%)

3)               Internetda  (19%)

4)               Jamoat joylarida (16%)

5)               Do’konlarda (12%).

 

3.      Respondentlarning har ikkinchisi (50%) bunday reklamalarda mashhur shaxslar yoki inflyuenserlar borligini tasdiqlashdi.

 

4.      Qatnashchilar ushbu reklamalarda kim yoki nimani ko’rganlarini quyidagicha bildirishdi:

1)      Mashhur shaxslar (aktyor, estrada yulduzlari) – 44%

2)      Sportchilar – 23%

3)      Inflyuenserlar – 17%

4)      Boshqa – 8%

5)      Multfilm qahramonlari – 8%.

 

5.      Respondentlarning faqat 22% ushbu reklamalardan so’ng o’sha mahsulotni iste’mol qilish istagi uyg’onmasligini ma’lum qildi, qolgan ishtirokchilarda esa u turli darajada iste’mol qilish istagni paydo bo’lishini aytib o’tdi.

 

6.      Respondentlarning “agar hukumat rahbari bo‘lganingizda, yoshlarga ovqat va ichimliklarni sotib olishda sog‘lom tanlov qilishi osonroq bo‘lishi uchun nima qilgan bo‘lardingiz?”  savoliga qoldirgan fikrlarini quyidagicha umumlashtirish mumkin:

 

·       Nosog’lom oziq-ovqat va ularning reklamalarini cheklash.

·       Sog’lom oziq-ovqatlar turini ko’paytirish va ularni hamyonbop narxda qilish.

·       Aholini sog’lom turmush tarziga targ’ib etish.

 

Ushbu so’rovnomada jami 2600 kishi qatnashib, ular javob beruvchining jinsi, yoshi va yashash hududlariga ko’ra quyidagicha guruhlarga ajratildi:

a) jins kesimida: qizlar jami qatnashchilarning 48%ni, yigitlar esa 52%ni tashkil etdi.

b) yosh kesimida: 18 yoshgacha bo’lgan qatnashchilar 22% ni, 19 yoshdan 29 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar 55%ni, hamda 30 yoshdan katta bo’lgan qatnashchilar jami respondentlarning 23 foizini tashkil qildilar.

c) ma’muriy-hududiy kesimda: eng faol qatnashchilar Toshkent shahridan bo’lishdi (17%), keyingi o’rinlardagi faollikni Namangan va Samarqand yoshlari qayd etib, ushbu viloyatlardan qatnashganlar soni umumiy respondentlarning 13% ni tashkil etdi. Sirdaryo viloyati yoshlari esa eng kam qatnashish ko’rsatkichini qayd etishdi (3%).

Quyidagi grafiklardan ma’lum bo’ladiki, so’rovnomaning eng faol ishtirokchilari yoshiga ko’ra 19 va 29 yosh orasida bo’lgan yoshlar hamda Toshkent shahridan qatnashgan yoshlar bo’lishdi.




1) O‘tgan hafta davomida shirin / energetik ichimliklar, fastfud yoki snek / gazaklar reklamasini qanchalik ko‘p ko‘rdingiz?



So’rovnomada qatnashgan ishtirokchilarning 42% qismi o’tgan hafta davomida har kuni shirin / energetik ichimliklar yoki snek / gazaklar reklamasini ko’rganliklarini ma’lum qilishdi. Bunda qizlarga qaraganda 6%ga ko’proq yigitlar shu javoni berishgan.

Har beshinchi ishtirokchi bo’lsa bunday reklamalarni ko’pincha (kamida 4-5 marta) ko’rganini tasdiqladi. Bu javobda esa qizlar yigitlarga ko’ra 4%ga ko’proq javob berishgan.

Atigi 10% qatnashchi bo’lsa bunday reklamalarga haftasiga 1 marta ya’ni kam ko’zi tushganini aytdi.

Ushbu savolni qatnashchilarning yosh guruhlari kesimida tahlil qilinsa, tajribali ishtirokchilar (30 yoshdan kattalar) shirin ichimliklar va sneklar reklamasiga o’tgan hafta mobaynida har kuni eng ko’p duch kelganlar bo’lishdi (45%). “Ko’pincha” va “Ba’zan”  variantlarini esa 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar biroz ko’roq tanlashdi (23% va 16%).


Hududlar kesimida ham, barcha viloyatlarda “har kun” varianti boshqa variantlardan ko’ra eng ko’p tanlanildi. Qashqadaryo va Navoiylik yoshlarning yarmi (56% va 51% mos ravishda) shu fikrni bildirgan bo’lib, eng kam bu fikrni qayd etganlar Sirdaryo yoshlari bo’lishdi (29%). Ayni hudud yoshlari “umuman ko’rmadim” varinatini  esa boshqa hududdagilarga qaraganda eng ko’p tanlashdi (18%).

2) Bu reklamani qayerda ko‘rdingiz? Barcha mos variantlarni tanlang.


So’rovnomaning 2-savolida respondentlar nosog’lom oziq-ovqat reklamasini qaysi joylarda ko’rganliklarini tahlil qiladi. Bunda eng ko’p bunday reklamalarni ko’rsatadigan joy – “TV” va “Ijtimoiy tarmoqlar” deb ko’rsatildi (23% va 20% mos ravishda). “Ijtimoiy tarmoqlar” variantida yigitlarga qaraganda qizlarning 4% ga ko’proq ovozini ko’rish mumkin.

Deyarli har beshinchi respondent “Internet” varinatini ham qayd etib o’tgan. Keyingi eng ko’p tanlangan ovoz “Jamoat joylari” bo’lib, bunda qizlarga qaraganda yigitlar 2% ga ko’proq bu ovozda qolishgan. “Maktab yoki universitetda” va “Sport tadbirlarida” javoblari ning har biri ishtirokchilarning atigi 2% dan ovozini yiqqan[1].