|
||
|
||
U-Report UNICEF va ETF (Evropa Trening
Jamg’armsi) bilan birgalikda so'rov o'tkazdi.
So'rovning maqsadi yoshlarning
yashil ko'nikmalarga oid tajribalari va umidlari haqida ko'proq ma'lumot
olishdir.
Maʼlumotlar yashil koʻnikmalar taʼlimi va ekologik jihatdan qulay amaliyotni
takomillashtirish uchun qoʻllaniladi.
Anketa geografiyasi: O'zbekiston
Respublikasi
Respondentlar soni: soʻrovga 4500
dan ortiq
U-Report foydalanuvchilari javob
qaytardi.
|
SO'ROVNING ASOSIY NATIJALARI: 1. Respondentlarning
85%ning fikriga ko'ra, iqlim o'zgarishi asosan inson faoliyati tufayli yuzaga
keladi, atigi 7% salbiy javob berdi. 2. Respondentlarning
so'zlariga ko'ra, ular va ularning hamjamiyatlari uchun eng jiddiy tabiiy va
iqlim tahdidlari quyidagilardir: 1)
Zilzilalar
(39%) 2)
Haddan
tashqari issiqlik (18%) 3)
Qurgʻoqchilik
(16%) 4)
Suv toshqinlari (12%).
3.
Soʻrovnoma
ishtirokchilarining
toʻrtdan bir qismi (25%) iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar ularning hayotiga
"KUCHLI" taʼsir
qilyapti, degan fikrni bildirgan. Yana 37%
ularga ta'siri "o'rtacha" deb javob berdi.
4.
Respondentlarning
yarmidan koʻpi (57%) iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xavfi haqida ijtimoiy tarmoqlardan
maʼlumot olishini bildirgan.
5.
Respondentlarning yarmidan ko’pi (64%) iqlim oʻzgarishi
va tabiiy ofatlarning oldini olish uchun
barcha taraflar masʼul boʻlishi kerak, deb hisoblaydi. Faqat 8% o'zlari shaxsan masʼul deb hisoblashadi.
6. Respondentlar
atrof-muhitni muhofaza qilish uchun shaxsan nima qilishlariga javob berishdi: 1)
atrof-muhit muhofazasini targ’ib etaman (33%) va 2) Atrof-muhit masalalarini o'rganaman
(26%).
7. Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun
velosipeddan foydalanuvchilarning eng koʻp soni Andijon viloyatidan (40%),
eng kami Samarqand viloyatidan (7%) bo’ldi.
8. 47% o’quvchilar o'zlarining ta'lim muassasalarida tabiatni muhofaza qilish yoki barqaror
rivojlanish masalalariga darslarda
MUNTAZAM e’tibor berishadi, yana 31% "ba'zan"
deb javob berishdi.
9.
Respondentlarning atigi 20%i ta'lim tizimi ularni iqlim
o'zgarishi muammolarini yengishga "juda yaxshi" tayyorlaganiga ishonishadi,
yana 30%i "yaxshi" variantni tanladilar. 10.
Respondentlarning 37% iga ko'ra, atrof-muhitni
muhofaza qilish uchun iqlim amaliyotini o'rgatayotgan o'qituvchilari “juda malakali”. 11.
Kollej, texnik maktab, litsey yoki kasb-hunar
kurslarida tahsil olayotgan respondentlarning yarmidan ko'pi (56%)
kelajakdagi kasbining tabiatga ta'sirini kamaytirishga yordam beradigan bilim
va ko'nikmalarga ega bo'lganiga ishonishadi. |
U-Report tomonidan hamkorlar bilan birgalikda O'zbekiston yoshlari yashil ko'nikmalarga oid tajriba va umidlari haqida o'tkazilgan so'rovga 4500 dan ortiq ishtirokchilar javob qaytardi.
So'rovga javob bergan respondentlarning umumiy soni orasida:
a)
gender bo'linmasida:
60% o'g'il bolalar va 40% qizlar.
b)
yosh guruhlari bo'yicha: 15-19
yosh – 39%; 20-24 yoshdagi fuqarolar – 30%; ishtirokchilar 25-30 yoshda – 14%,
ishtirokchilar 31-34 yosh – 7%, 35 yoshdan oshgan ishtirokchilar – 9%.
C)
Geografik jihatdan jami respondentlar soni bo'yicha: ishtirokchilarning 24 foizi Xorazm
viloyatidan, 15 foizi Navoi viloyatidan, 12 foizi Toshkent shahridan.
Ishtirokchilarning eng kam soni (1%) Sirdaryo viloyatidan bo'lgan.
1-savol - Ushbu gap haqida nima deb o'ylaysiz: "Iqlim o'zgarishiga asosan inson faoliyati sabab bo'lmoqda"?
2-savol - Sizga va hamjamiyatingizga 3 ta eng jiddiy tabiiy va iqlim tahdidlarini tanlang.
Tabiiy va iqlim tahdidlarining taklif qilingan variantlari orasida
barcha hududlarlardan kelgan respondentlar orasida yetakchi javob varianti
"zilzila" (39%) javobi bo'ldi. Eng ko’p ovoz yig’gan javoblardan yan -
kuchli issiqlik (18%), qurg'oqchilik (16%), suv toshqinlari (12%).
Respublika miqyosida zilzilalar Toshkent viloyati (41%), Sirdaryo va Andijon viloyatlaridan (38%) respondentlar uchun jiddiy tabiiy va iqlim tahdidlar qatorida ekanligi aniqlandi.
Respondentlarning fikriga ko'ra, kuchli issiq respondentlarni tashvishga solayotgan ikkinchi eng jiddiy tabiiy va iqlim tahdididir. Hududiy kontekstda, Navoi va Namangan viloyatlaridan qatnashgan respondentlar orasida ushbu javob varianti eng ommabop - mos ravishda 23% va 22%.
3-savol - Iqlim o'zgarishi va tabiiy ofatlar hayotingizga qay darajada ta'sir qiladi?
So'rov o'tkazilgan ishtirokchilarning chorak qismi iqlim o'zgarishi va tabiiy ofatlar respondentlar hayotiga katta ta'sir ko'rsatadi, so'rov ishtirokchilarining 36% o'z hayotiga ta'sir o'rtacha ekanligini bildirgan bo'lsa, respondentlarning 8% umuman ta'sir qilmaydi, deb javob bergan.
4-savol - Iqlim o'zgarishi va
tabiiy ofatlar xavflari haqida qayerdan bilib olasiz?
Respondentlarning yarmidan ko'pi (57%) iqlim o'zgarishi va va
tabiiy ofatlar xavflari haqida ijtimoiy tarmoqlardan ma'lumot olishini
bildirgan. Respondentlar orasida ikkinchi va uchinchi eng kop javob yig’gan
varianlar: ta'lim muassasalari (19%) va TV (18%) bo'lib, faqat 2% bu haqda hech
narsa eshitmasligini javob bergan.