Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Nosog‘lom ovqat va ichimliklar reklamasi Sizga qanday ta’sir qiladi?

Nosog‘lom ovqat va ichimliklar reklamasi Sizga qanday ta’sir qiladi?

 

U-Report UNICEF tashabbusi bilan O’zbekiston yoshlari o’rtasida onlayn so’rovnoma o’tkazdi

 

So    So’rovnoma maqsadi:  Yoshlarning nosog‘lom oziq-ovqat marketingiga qanchalik moyilligini va bu ularning xarid qilish odatlariga ta’sir qilishini tushunish.

 

Ma’lumotlar  UNICEFga reklamalar yanada mas'uliyatliroq bo'lishini targ'ib qilishga yordam beradi.

 

So’rovnoma hududi: O’zbekiston Respublikasi ning barcha hududlari

 

So’rovnomada qatnashganlar soni:  2600 kishi

 

 

 

 

SO’ROVNOMADAN OLINGAN ASOSIY XULOSALAR:

 

1.      42% ishtirokchilar o’tgan hafta mobaynida nosog’lom oziq-ovqat reklamasiga har kuni duch kelganini va yana 20% tez-tez (4-5 marta va ko‘proq) ko’rganini ta’kidlashdi.

 

2.      Nosog’lom oziq-ovqat reklamasiga duch kelgan ishtirokchilar reklamaga duch kelgan top 5 manbani tanlashdi:

1)               TVda (23 %)

2)               Ijtimoiy tarmoqlarda (20%)

3)               Internetda  (19%)

4)               Jamoat joylarida (16%)

5)               Do’konlarda (12%).

 

3.      Respondentlarning har ikkinchisi (50%) bunday reklamalarda mashhur shaxslar yoki inflyuenserlar borligini tasdiqlashdi.

 

4.      Qatnashchilar ushbu reklamalarda kim yoki nimani ko’rganlarini quyidagicha bildirishdi:

1)      Mashhur shaxslar (aktyor, estrada yulduzlari) – 44%

2)      Sportchilar – 23%

3)      Inflyuenserlar – 17%

4)      Boshqa – 8%

5)      Multfilm qahramonlari – 8%.

 

5.      Respondentlarning faqat 22% ushbu reklamalardan so’ng o’sha mahsulotni iste’mol qilish istagi uyg’onmasligini ma’lum qildi, qolgan ishtirokchilarda esa u turli darajada iste’mol qilish istagni paydo bo’lishini aytib o’tdi.

 

6.      Respondentlarning “agar hukumat rahbari bo‘lganingizda, yoshlarga ovqat va ichimliklarni sotib olishda sog‘lom tanlov qilishi osonroq bo‘lishi uchun nima qilgan bo‘lardingiz?”  savoliga qoldirgan fikrlarini quyidagicha umumlashtirish mumkin:

 

·       Nosog’lom oziq-ovqat va ularning reklamalarini cheklash.

·       Sog’lom oziq-ovqatlar turini ko’paytirish va ularni hamyonbop narxda qilish.

·       Aholini sog’lom turmush tarziga targ’ib etish.

 

Ushbu so’rovnomada jami 2600 kishi qatnashib, ular javob beruvchining jinsi, yoshi va yashash hududlariga ko’ra quyidagicha guruhlarga ajratildi:

a) jins kesimida: qizlar jami qatnashchilarning 48%ni, yigitlar esa 52%ni tashkil etdi.

b) yosh kesimida: 18 yoshgacha bo’lgan qatnashchilar 22% ni, 19 yoshdan 29 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar 55%ni, hamda 30 yoshdan katta bo’lgan qatnashchilar jami respondentlarning 23 foizini tashkil qildilar.

c) ma’muriy-hududiy kesimda: eng faol qatnashchilar Toshkent shahridan bo’lishdi (17%), keyingi o’rinlardagi faollikni Namangan va Samarqand yoshlari qayd etib, ushbu viloyatlardan qatnashganlar soni umumiy respondentlarning 13% ni tashkil etdi. Sirdaryo viloyati yoshlari esa eng kam qatnashish ko’rsatkichini qayd etishdi (3%).

Quyidagi grafiklardan ma’lum bo’ladiki, so’rovnomaning eng faol ishtirokchilari yoshiga ko’ra 19 va 29 yosh orasida bo’lgan yoshlar hamda Toshkent shahridan qatnashgan yoshlar bo’lishdi.




1) O‘tgan hafta davomida shirin / energetik ichimliklar, fastfud yoki snek / gazaklar reklamasini qanchalik ko‘p ko‘rdingiz?



So’rovnomada qatnashgan ishtirokchilarning 42% qismi o’tgan hafta davomida har kuni shirin / energetik ichimliklar yoki snek / gazaklar reklamasini ko’rganliklarini ma’lum qilishdi. Bunda qizlarga qaraganda 6%ga ko’proq yigitlar shu javoni berishgan.

Har beshinchi ishtirokchi bo’lsa bunday reklamalarni ko’pincha (kamida 4-5 marta) ko’rganini tasdiqladi. Bu javobda esa qizlar yigitlarga ko’ra 4%ga ko’proq javob berishgan.

Atigi 10% qatnashchi bo’lsa bunday reklamalarga haftasiga 1 marta ya’ni kam ko’zi tushganini aytdi.

Ushbu savolni qatnashchilarning yosh guruhlari kesimida tahlil qilinsa, tajribali ishtirokchilar (30 yoshdan kattalar) shirin ichimliklar va sneklar reklamasiga o’tgan hafta mobaynida har kuni eng ko’p duch kelganlar bo’lishdi (45%). “Ko’pincha” va “Ba’zan”  variantlarini esa 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar biroz ko’roq tanlashdi (23% va 16%).


Hududlar kesimida ham, barcha viloyatlarda “har kun” varianti boshqa variantlardan ko’ra eng ko’p tanlanildi. Qashqadaryo va Navoiylik yoshlarning yarmi (56% va 51% mos ravishda) shu fikrni bildirgan bo’lib, eng kam bu fikrni qayd etganlar Sirdaryo yoshlari bo’lishdi (29%). Ayni hudud yoshlari “umuman ko’rmadim” varinatini  esa boshqa hududdagilarga qaraganda eng ko’p tanlashdi (18%).

2) Bu reklamani qayerda ko‘rdingiz? Barcha mos variantlarni tanlang.


So’rovnomaning 2-savolida respondentlar nosog’lom oziq-ovqat reklamasini qaysi joylarda ko’rganliklarini tahlil qiladi. Bunda eng ko’p bunday reklamalarni ko’rsatadigan joy – “TV” va “Ijtimoiy tarmoqlar” deb ko’rsatildi (23% va 20% mos ravishda). “Ijtimoiy tarmoqlar” variantida yigitlarga qaraganda qizlarning 4% ga ko’proq ovozini ko’rish mumkin.

Deyarli har beshinchi respondent “Internet” varinatini ham qayd etib o’tgan. Keyingi eng ko’p tanlangan ovoz “Jamoat joylari” bo’lib, bunda qizlarga qaraganda yigitlar 2% ga ko’proq bu ovozda qolishgan. “Maktab yoki universitetda” va “Sport tadbirlarida” javoblari ning har biri ishtirokchilarning atigi 2% dan ovozini yiqqan[1].


Ushbu savolning javoblarini ishtirokchilarning yoshi kesimida tahlil qilsak, o’ziga hos farqlarni qayd etish mumkin. Garchi “TV” , “Ijtimoiy tarmoqlar”, va “Internet” variantlari barcha yosh guruhlari tomonidan eng ko’p ovozlarni yiqqan bo’lsada, aynan “TV” da 30+ yoshli ishtirokchilarning, “Ijtimoiy tarmoqlar” va “Internet” javoblarida esa 18dan kichik va 19-29 yoshlilarning biroz ko’proq ovozini qayd etish mumkin. Bundan xulosa qilinsa, reklamalar tajribali ishtirokchilar orasida “TV” dan, yosh ishtirokchilarga “Ijtimoiy tarmoqlar” va “Internet”dan kirib borar ekan.


Hududlar kesimida, ushbu savolning “TV” varianti eng ko’p Xorazmlik yoshlar tomonidan belgilangan bo’lsa (30%), “Internet” Surxandaryo (23%) va “Ijtimoiy tarmoqlar” Namangan yoshlari (23%) tomonidan eng  ko’p boshqa hududdagilardan ko’ra belgilandi. “Jamoat joylarida” javobida esa Toshkent shahri va viloyati ishtirokchilarining ovozi boshqa viloyatlardagilardan ko’ra ko’proq (22% dan). Har bir hududdan qatnashgan deyarli har 10-respondent “Do’konlarda” ham bunday reklamalarga duch kelganini bildirishgan.

3) O‘tgan haftada mashhur shaxslar / inflyuenserlar yoki multfilmlar ishtirokida nosog‘lom ovqat / ichimliklar reklamasini ko‘rdingizmi?

Ushbu savolda ishtirokchilarning teng yarmi o’tgan haftada mashhur shaxslar / inflyuenserlar yoki multfilm qahramonlari ishtirokida nosog’lom ovqat / ichimliklar reklamasini  ko’rganini bir ovozdan belgilashdi. Qolgan 27% va 23% qatnashchilar esa mos ravishda “Yo’q” deb va “ishonchim komil emas” deb javob berishdi.


Savolning yosh guruhlardagi tahliliga ko’ra, “Ha” javobda eng yosh (18 gacha) ishtirokchilarning, “Yo’q” javobda esa yoshi kattaroq qatnashchilarning biroz ko’proq javobini qayd etish mumkin. Hamma yosh guruhlaridan deyarli bir xil ishtirokchilarning qismi (23-24%)  “ishonchim komil emas” variantida to’xtalishgan.


Hududiy kesimdagi tahlil:


Joriy savolga “Ha” javobini eng ko’p Qashqadaryo va Samarqandlik respondentlar berishgan bo’lsa (mos ravishda 57% va 55%), eng kam ovozlar juftligi Xorazm va Buxoro yoshlari tomonidan berildi (mos ravishda 44% va 42%).

Xorazmliklar va Jizzaxliklar “Yo’q” javobida yetakchilik qilib, mos ravishda ushbu hududlardan qatnashganlarning 37% va 35% qismi bunday reklamalarda mashhur shaxslar yoki inflyuenserlarni ko’rishmaganini aytishdi.

4)   Reklamada kimni / nimani ko‘rdingiz? Barcha mos variantlarni tanlang.


So’rovnomaning navbatdagi savolida ishtirokchilarning qariyb yarmi (44%) nosog’lom ovqat reklamasida “Mashhur shaxslar” (aktyor, estrada yulduzlari) ni ko’rganlarini ma’lum qilishdi. Bunda qizlarning ovozi yigitlarnikidan 4% ga ko’proq.

“Sportchilar”ni ko’rganlar esa ko’proq yigitlarning ulushiga to’g’ri kelmoqda (qizlardan 6% ga ko’proq). “Inflyuenserlar” variant ishtirokchilarning deyarli har beshinchisi tomonidan tanlangan bo’lib, bunda qizlar va yigitlar bir xil miqdorda ovoz qoldirgan (17% dan). “Multfilmlar” bunday reklamalarni eng kam targ’ib qiluvchi variant sifatida ishtirokchilarning atigi 8% qismining ovozini to’pladi.


Savolga yosh guruhlaridan barcha variantlarga deyarli o’xshash javoblarni ko’rish mumkin: barcha yosh guruhlari orasida eng ko’p tanlangan variant – “Mashhur shaxslar” javobi bo’ldi. Faqatgina, “Sportchilar” javobini eng kam miqdorda 18 yoshgacha bo’lgan respondentlar ko’rsatgan bo’lsa (20%), 19-29 yoshlilarning 23% va 30 yoshdan kattalarning 27%i bu javobni tanlashgan.


Farg’onaliklar va Xorazmliklar bunday reklamalarda eng ko’p “Mashhur shaxslar”ni ko’rganlarini boshqa hudud qatnashchilaridan ko’ra ko’proq qayd etishdi (mos ravishda 53% va 50%). Navoiylik qatnashchilarning 37% qismigina bu javobni ko’rsatib, eng kam ovozni qayd etishdi. “Sportchilar” ishtirokidagi bunday reklamalar ko’pincha Buxoro va Surxondaryolik yoshlar tomonidan ko’rilgan bo’lsa (mos ravishda 30% va 28%), eng kam Namanganliklar bu variantni belgilagan (18%). “Multfilmlar” javobi 15% Jizzaxliklar tomonidan belgilanib, bu boshqa hududdagilardan ko’ra shu variantga eng ko’p berilgan ovoz bo’ldi.

5) Ko‘rgan reklamangiz Sizda bu ovqat va ichimliklarni yeyish / ichish istagini uyg'otadimi?

Ishtirokchilardan nosog’lom oziq-ovqat reklamasi ularda yeyish/ichish istagini uyg’otish uyg’otmasligi haqida so’ralganda, deyarli har uchinchi qatnashchi “Ba’zan” shunday istak uyg’onishini ma’lum qilishdi. Bunda qizlarning ko’proq qismi yigitlarga qaraganda shu javobni berishgan (6% ga ko’proq).

“Kamdan kam hollarda” bunday istak uyg’onishini esa qizlarga qaraganda 5% ga ko’proq yigitlar aytishdi.

Har beshinchi qiz va har to’rtinchi o’gil bola respondent nosog’lom ovqat reklamasidan keyin ko’rgan narsasini yeb ichishga istak uyg’onmasligini bildirib “Yo’q” javobida to’xtalishdi. Atigi 5% qatnashchi esa bunday reklamalardan so’ng shu narsalarni yeb-ichishga o’zlarida “doimo” istak uyg’onishini tan olishdi.


Yosh guruhlarda yana qiziq tendensiyani kuzatish mumkin: garchi barcha javoblarda qatnashchilarning deyarli o’xshash miqdordagi javoblari ko’rilsada, “Yo’q” javobida tajribali ishtirokchilarning, “Doimo” variantida esa eng yosh qatnashchilarning biroz ko’proq ovozlarini ko’rish mumkin. Shunday bo’lsada, har bir yosh guruhlaridan kamida 30% qatnashchi “Ba’zan” shunday reklamalardan so’ng reklamadagi mahsulotlarni yeyish/ichish istagi paydo bo’lishini ma’lum qilishdi.


Hududlar qiyosida, ko’rgan reklamasi tufayli yeyish / ichish istagi 41% Toshkentlik qatnashchilarda “ba’zan” paydo bo’ladigan bo’lsa, Andijon va Qashqadaryolik yoshlarning 39% qismida bu istak “kamdan kam hollarda” kuzatilgan.

Farg’ona va Toshkent viloyati respondentlarining ovozlari “ko’pincha” variantida yetakchilik qilmoqda (18% dan). Har hududdan qatnashganlarning qariyb har beshinchisi “Yo’q” javobini berishgan bo’lib, bu ko’rsatkichning eng yuqorisi Sirdaryoliklar tomonidan (31%), eng ozi esa Andijonliklar tomonidan (18%) qayd etildi.


6) Agar Siz hukumat rahbari bo‘lganingizda, yoshlarga ovqat va ichimliklarni sotib olishda sog‘lom tanlov qilishi osonroq bo‘lishi uchun nima qilgan bo‘lardingiz?

Ushbu savolga qatnashgan respondentlardan juda ko’plab fikrlar keldi. Umumlashtirib aytganda, ko’pchilik yoshlar nosog’lom oziq-ovqat reklamasini ta’qiqlash, sog’lom ovqatlar turini ko’paytirish va narxini cho’ntakbop qilish, so’glom turmush tarziga targ’ib etuvchi chora tadbirlarni kuchaytirish tarafdori ekanligini bildirishgan.

Ulardan ba’zilarini orfografik va punktuatsiya belgilarini saqlangan holda quyida o’qish mumkin:

Bildirilgan fikr

Jins

Yosh

Улучшил бы систему образования

Yigit

19

Сделала бы доступней ПП продукты

Qiz

29

Повысил бы осведомлённость моложёжи о полезных и не менее вкусных альтернативах

Yigit

18

Oziq ovqat sifati, tabiiylik darajasi nazoratini oshirish

Yigit

18

Ограничил бы рекламу нездоровой пищи

Yigit

27

Создал бы для этого качественные и современные условия рекламы этого, ввел бы гарантию качества и создал бы, как пример, государственное агентство контроля за соблюдением и популяризацию этого.

Yigit

19

Zararli oziq ovqat ishlab chiqarishni kamaytirish va narxlarni yoshlar ololmaydigan darajada ko'tarish

Qiz

18

Reklamalarni kamaytirardim va sog'lom turmush tarziga jalb qilivchi bannerlar va turli tanlovlar uyushtirardim.

Qiz

17

Здоровое питание в первую очередь напрямую завязано с уровнем дохода человека. К сожалению, в Узбекистане дешево можно покушать либо фаст-фуд, либо что-то из национальной кухни, которая тоже является жирной, калорийной и зачастую приготовленной из не свежих ингредиентов. Ввиду этого правительству надо принимать комплекс мер по повышению уровня дохода и жизни населения, наряду с проведением агитационных и образовательных программ направленных на развитие культа здорового питания. Также необходимо убрать пошлины и акцизы на ввоз продуктов здорового питания, то же мясо рыбы в Узбекистане стоит очень дорого, хотя рыбье меся является самым полезным и хранит много витамина С, которого совсем нет в красном мясе и курином.

Yigit

25

Ijtimoiy tarmoq va TVda sog’lom ovqatlanish bo’yicha ko’rsatuvlar

Yigit

27

Я бы предприняла ряд мер:

1. Субсидировала бы полезные продукты, чтобы сделать их более доступными и дешевыми по сравнению с нездоровой пищей.

2. Ограничила бы рекламу нездоровой пищи и напитков, особенно в молодежных медиа, чтобы уменьшить их влияние на выбор продуктов.

3. Оказывала бы поддержку местным фермерам и производителям здоровой пищи, что помогло бы сделать эти продукты более доступными и популярными.

4. Предоставляла бы налоговые льготы и другие стимулы для ресторанов и магазинов, которые предлагают здоровые опции и минимизируют продажу нездоровых продуктов.

5. Обеспечила бы, чтобы в школах и других образовательных учреждениях предлагались только здоровые и сбалансированные блюда.

Qiz

21

Yosh chegarasini qatʼiy belgilangan tartibda sotuvchilarni sotgan narsasiga javobgar qilar edim

Yigit

25

Oziq ovqat mahsulotlari haqida televideniya va radio orqali koʻproq maʼlumot berish, Reklamalar sonini qisqartirish, Maxsus kaloriya hisoblagichli ilovalar ustida ishlash va uni ijtimoiy tarmoqlar orqali reklama qilish

Yigit

23

Bunga cheklov bilan erishib boʻlmaydi, lekin baribir bunday reklamalarga cheklov ham maʼlum miqdorda qoʻyilishi kerak, koʻproq ularga maktab vaqtidan sogʻlom ovqatlanish darslari, maʼruzalar bilan professional ustozlar orqali tushuntirish, tv da koʻrssatuv viktorina oʻyinlar orqali qiziqtirish

Qiz

26

Рекламировала только полезные продукты, запретила пластиковую посуду, в городе внедряла бы водные автоматы, которые люди могли наполнить свои термо-кружки, меньше выпускала бы вредные продукты, которые вызывают различные онкологические болезни, рекламировала бы только здоровой образы жизни

Yigit

33

Online ishlaydigan ilova (dastur) yaratib qo'ygan bo'lar edim. Mahsulotni rasmga oladi, qanchalik zararli yoki zarali emasligini chiqarib berar edi

Yigit

21

Дарсликларга шу мавзулани кушиш керак

Qiz

26

Продавать только по праздникам

Yigit

30

Ввёл бы антирекламную политику.

Yigit

22

Nosog'lom ovqatlarga bojlarni kõpaytirib, tushggan ortiqcha puldan sog'lom ovqatlar uchun subsidiyalar ajratar edim

Yigit

24

Kichik yoshdan bog'cha va maktablarda sog'lom va nosog'lom ovqatlarning insonga zararlari va foydalari haqida ularning yoshiga mos tarzda tushuntirgan bo'lardin.Agar tushinishmasa nosog'lom ovqatlar o'rniga yaxshi sog'lom ovqatlarni muqobil sifatida bergan bo'lardim.

Qiz

20

относилась бы к ним как рекламе сигарет, писала огромные предупреждения о количестве сахара и его влиянии на организм. Особенно меня волнует то, как наше общество одержимо энергетиками

Qiz

26

Supermarket, oshxona, bozor va hokozalarda sotilyotgan mahsulotlarni tekshirib va tekshirilgan mahsulotlarga yoki do'konlarga uchun maxsus belgi tayyorlash lozim va odamlar shunday belgisi bor mahsulotlarni sotib olishadi, va zaharlanishni katta miqdorda bartaraf etiladi

Yigit

14

Maktab, bog'cha va oliy o'quv maskanlarida sog'lom taomlarni bepul berishni yo'lga qo'yardim

Yigit

21

Menbhukumat rahbari boʻlganimda tanliv imkoniyatini yoshlarda qoldirar edim, sababi majburiy cheklovlar bilan insonlarni toʻgʻri ovqatlanish koʻnikmalarini shakllantirib boʻlmaydi. Men eng tasirli usullaridan biri yani bu oziq ovqatlarning inson uchun xaflilik darajasini ilmiy xulosalar va hayotiy asoratlar orqali yetkazardim.

Yigit

25

 

Eslatma: Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar  to’lig’icha ushbu U-Report so’rovnomada qatnashgan ishtirokchilarning fikri bo’lib, UNICEF ning fikri va butun hudud aholising fikri hisoblanmaydi.



[1] Shuni inobatga olish zarurki, ushbu so’rovnoma yoz mavsumida – ya’ni ta’til paytida o’tkazilgani ushbu ma’lumotlarning raqamlariga bevosita ta’sir ko’rsatishi mumkin. 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo