Mahallalarda
volontyorlik rivojlanyaptimi? |
|
|
|
U-Report
Volontyorlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Mahallabay
ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda
O’zbekiston yoshlari o’rtasida onlayn so’rovnoma o’tkazdi.
So’rovnoma
maqsadi: Mahallalarda volontyorlikni
tashkil etishga qiziqish borligini bilish va mavjud muammolarni aniqlash.
Ma’lumotlar
volontyorlar bilan Mahalla fuqarolar yig‘inining o‘rtasidagi hamkorlikni
yaxshilash va bu ilmiy izlanishlar olib borishda foydalaniladi.
So’rovnoma hududi: O’zbekiston Respublikasi ning barcha hududlari
So’rovnomada qatnashganlar soni: 3053
kishi
|
SO’ROVNOMADAN OLINGAN ASOSIY
XULOSALAR:
1. Respondentlar
ularni volontyorlikka
jalb etuvchi top 4 sabablarni ko’rsatishdi: 1) Yaxshilik qilish istagi (31%) 2) Jamiyatga /tabiatga xizmat qilish (15%) 3) Vatanga xizmat qilish / yurtni
rivojlantirish istagi (13%) 4) O‘zimni rivojlantirish istagi (9%).
2.
Yana 10% ishtirokchilar volontyorlik nima ekanligini bilmasligini aytdi.
2. Mahallalarda
volontyorlik faoliyati tashkil etilganini 12% respondentlar tasdiqlashdi,
yana 46% tashkil qilinmagan dedi. Qolgan 42% qatnashchi bu haqida xabardor
emas ekanligini bildirdi.
2.1
O‘z mahallarida volontyorlik tashkil etilganini tasdiqlaganlar respondentlarning
deyarli yarmi (48%) ushbu tadbirlarda volontyor sifatida qatnashishlarini
bildirishgan.
3.
Ishtirokchilar o’z mahallalarida quyidagi top 5 sohada volontyor bo‘lishni
xohlarshini bildirgan: 1)
Tabiatni muhofaza qilish (21%) 2) Tadbirlarni
tashkil etish (14%) 3)
Kambag‘allarga yordam (14%) 4)
Bolalarga yordam berish (11%) 5)
Oziq-ovqat va kiyim yig‘ish va tarqatishda (8%).
4. 91%
respondentlar volontyorlik qilish uchun o’z Mahalla fuqarolar yig‘iniga hech
qachon murojaat qilmaganliklarini ta’kidlashdi.
5. Su
bilan birga, ishtirokchilarning 68% volontyorlik loyihalarini tashkil
etishda Mahalla fuqarolar yig‘inining yordami kerak degan fikrni
bildirishdi. Bu ko‘rsatkich qizlar orasida 73%ni tashkil etgan bo‘lsa,
yigitlar orasida 64%ni tashkil etdi.
6.
Respondentlar Mahalla fuqarolar yig‘inidan ularga qanday yordam kerak
bo‘lishini quyidagicha javob berdi: 1) Moddiy
yordam (22%) 2)
Mahalla bo‘yicha axborot ko‘magi (18%) 3) Uchrashuv
/ yig‘ilishlar uchun joy (14%) 4) Texnik
yordam, bilim / maslahatlar (12%) 5) Davlat
organlaridan ruxsatnoma olish (11%).
7. Respondentlarning
78%i mahallasida volontyorlik faoliyati uchun barcha shart-sharoitlar
yaratilsasa o‘z mahallasida volontyor bo‘lish istagi borligini bildirdi.
8.
Respondentlarning 56% o‘z mahallalarida tez-tez volontyorlik qilishiga tayyor
ekanligini bildirgan: 30%i haftasiga 1-2 marta va 26%i oyiga 2-3 marta
shug‘ullanishi mumkinligini bildirgan. |
Mazkur so‘rovnomada umumiy hisobda 3 053 respondentlar
javob bergan bo‘lib, to‘liqsiz javoblar inobatga olinmagan holatda, 2 983 respondentlarni
tashkil etgan. Ulardan 30 yoshgacha bo‘lgan qatnashchilar soni 2 373 tani
tashkil etdi. Ular jinsi, yoshi va yashash hududlari va yashash joyiga ko‘ra quyidagicha
guruhlandi:
a) jinsi bo‘yicha: qizlar jami qatnashchilarning 49%ni, yigitlar esa 51%ni tashkil etdi.
b) yoshi bo‘yicha: 10 yoshgacha bo‘lgan qatnashchilar 0.3%ni, 11 yoshdan 15
yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar 3%ni, 16 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan
respondentlar 37%ni, hamda 21 yoshdan 30
yoshgacha bo‘lgan qatnashchilar jami respondentlarning eng ko‘p ya’ni 39%ni
tashkil qildilar. 30 va undan yuqori yoshga ega bo‘lgan respondentlar 20%ni
tashkil qiladi.
Quyidagi grafiklar shuni ko‘rsatadiki, so‘rovnomaning
faol ishtirokchilari jinsiga ko‘ra yigitlar, yoshiga ko‘ra 21-30 yoshlilar,
hududiga ko‘ra Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi yoshlar bo‘lishdi.
1. SHAXSAN Sizni volontyorlik
nimasi bilan jalb qiladi?
So‘rovnomaning dastlabki savoliga qatnashchilar eng ko‘p 31% qismi “Yaxshilik
qilish istagi” javobini berishdi. Bunda qizlar yigitlarga qaraganda 4 foizga ko‘proq bu
javobni tanladilar. Ikkinchi eng ko‘p tanlangan variant esa “Jamiyatga yoki
tabiatga xizmat qilish” (15%) bo‘ldi.
“Vatanga xizmat qilish yoki yurt rivoji” variantida ko‘proq yigitlar
faolroq bo‘lgan bo‘lsa, “O‘zimni rivojlantirish istagi” – varianti qizlar
(12%) ikki barobar ko‘proq bu javobga to‘xtalishgan.
Yana 10% respondentlar volontyorlik haqida tushunchaga ega emasliklarini
bildirishgan bo‘lib, 11% yigitlar va 8% qizlar shu javobni qayd etishgan.
Yosh guruhlari bo‘yicha volontyorlik barcha yosh guruhlari orasida
yaxshilik qilish istagi birinchi o‘rinni tashkil etdi. Bunda 10 yoshgacha
bo‘lgan respondentlar (43%) va 21 yoshdan kattalar (o’rtacha 32%) yetakchilik
qiladi.
Ikkinchi o‘rinni jamiyat yoki tabiatga xizmat qilish
egallagan bo‘lib, barcha yosh guruhlari o‘rtasida deyarli teng ulushga ega
(12–16%). 11-15 va 16-20 yosh guruhlari o‘rtasida “vatanga xizmat qilish / yurt
rivoji” bilan bir qatorda, “o‘zimni
rivojlantirish istagi” yoshlarni volontyorlikka jalb qiluvchi omil ekanligi
ta’kidlab o‘tilgan.
Respondentlarning faoliyat turi bo‘yicha yaxshilik qilish istagi
volontyorlikni barcha faoliyat egalari uchun xos bo‘lib, 21–45% respondentlar
ushbu variantni tanlashgan.
Biroq, mahallada faoliyat yurituvchi respondentlar
uchun “vatanga xizmat qilish/yurtni rivoji” ko‘proq ahamiyat kasb etishi
bildirilgan.
O‘qimayotgan/ishlamayotgan, nafaqadagi hamda o‘z
biznesiga ega respondentlar, volontyorlik faoliyatiga oid tushunchaga ega
emasliklarini boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi respondentlarga nisbatan
ko‘proq ifoda etishgan (19–36%).
“O‘zimni rivojlantirish istagi” varianti turli faoliyat
egalariga (6–7.5%) nisbatan oliy ta’lim
muassasalari (OTM) talabalari va maktab/kollej o‘quvchilari o‘rtasida biroz
ko‘proq (11-12%) ahamiyatga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Ma’muriy-hududiy birliklar kesimida, volontyorlikning o‘ziga eng jalb qiluvchi
xususiyati, “Yaxshilik qilish istagi” Toshkent shahrida yetakchilik
qiladi, bunda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi respondentlarning taxminan
41%i shu variantni tanlashgan.
Va aksincha, ushbu variant boshqa viloyatlarga nisbatan,
eng kam Sirdaryo viloyatida tanlangan bo‘lib, ushbu viloyatda “Jamiyatga
/ tabiatga xizmat qilish” varianti yetakchilik qiladi (26%). Jizzax hamda
Toshkent viloyatlarida ham “Jamiyatga / tabiatga xizmat qilish” varianti
ikkinchi muhim omil ekanligini ko‘rishimiz mumkin. “Vatanga xizmat qilish /
yurtni rivoji” varianti ko‘pgina hududlarda bir-biriga yaqin ulushga (13–19%)
ega bo‘lgan bir paytda, Toshkent shahri va viloyati hamda Jizzax viloyatlarida
esa 7–9%ni tashkil qilgan.
2. Mahallangizda volontyorlik
faoliyati tashkil etiladimi?
Mahallalarda volontyorlik faoliyati tashkil etilishiga
oid savolga 12% respondentlar “Ha” deb javob berishdi va 46% respondentlar
“Yo‘q” javobini belgilaganlar.
Respondentlarning 42%i o‘z mahallalarida volontyorlik
faoliyati tashkil etilishi yoki etilmasligidan xabardor emasliklarini
bildirganlar.
Hududlar orasida, Navoiy viloyati volontyorlik faoliyati
tashkil etilganligi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallagan bo‘lib, ushbu
viloyatdagi respondentlarning 23%i “Ha” javobini tanlaganlar va aksincha,
Toshkent shahrida atigi 4% respondentlar “Ha” javobini tanlashgan. Toshkent
shahri va Xorazm viloyatlarida istiqomat qiluvchi respondentlarning deyarli
yarmi, “Bilmayman” javobini tanlagan bo‘lib, boshqa hududlarga nisbatan eng
yuqori ko‘rsatkichni ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Respondentlarning yoshi jihatidan,
deyarli barcha yosh guruhlarining javoblari, milliy o‘rtacha qiymatga taqriban
teng bo‘lsa, 10 yoshgacha bo‘lgan respondentlarning yarmi “Ha” yoki “Yo‘q
javobini belgilashgan.
Respondentlarning jinsi jihatidan, “Ha” javobini yigitlar
va qizlarning javoblari milliy o‘rtacha qiymat bilan deyarli teng, 11% va 13%
mos ravishda.
2.1 Siz bunday tadbirlarda
qatnashasizmi?
O‘z mahallarida volontyorlik tashkil etiladi
degan respondentlarning 74%i bu tadbirlarda ishtirok etishini bildirgan. Ularning deyarli yarmi (48%) ushbu
tadbirlarda volontyor sifatida qatnashishlarini bildirishgan. Yigitlar va
qizlar orasida mos ravishda 54% va 43% respondentlar volontyor sifatida ushbu
tadbirlarda qatnashishlarini belgilaganlar.
Respondentlarning 26%i, bunday tadbirlar tashkil
etilsa-da, qatnashmasliklarini bildirishgan bo‘lib, qizlar orasida “Yo‘q”
javobi ko‘proq tanlangan (34%). Yigitlar orasida esa ushbu ko‘rsatkich 16%ni
tashkil etadi.
Yosh guruhlari o‘rtasida, 11–30 yoshlarning deyarli yarmi ushbu
tadbirlarda ko‘proq volontyor sifatida ishtirok etishlarini bildirishgan
bo‘lsa, 10 yoshgacha va 30dan yuqori yoshdagi respondentlarning deyarli uchdan
biri volontyor sifatida ishtirok etadilar. Bunda, 10 yoshgacha bo‘lganlarning
qolganlari yordam beruvchi sifatida qatnashishsa, 30 yoshdan yuqori bo‘lgan
respondentlarning 30%i yordam beruvchi sifatida va 28%i umuman
qatnashmasliklarini ta’kidlashgan.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra volontyorlik
tadbirlarida nafaqada bo‘lgan respondentlar mutlaq volontyor sifatida
qatnashishlarini bildirishgan bo‘lsa, nodavlat notijorat tashkilotlarda hamda xalqaro tashkilotda faoliyat
yuritayotgan respondentlarning yarmi asosan yordam beruvchi sifatida qatnashishlarini
ta’kidlashgan.
OTM talabalari va mahalla xodimlari yarmidan ko‘proq
qismi (57%), tadbirlarda volontyor sifatida ishtirok etishlarini bildirishgan
bo‘lsa, o‘rta- yoki o‘rta-maxsus ta’lim o‘quvchilari hamda ishlamayotgan va
o‘qimayotgan respondentlarning mos ravishda 45% va 43%i volontyor sifatida
qatnashishlarini belgilashgan.
Hududlar kesimida, volontyor sifatida qatnashish bo‘yicha Samarqand va
Sirdaryo viloyatlarida istiqomat qiluvchi respondentlar yetakchilik qiladi, 68%
va 67% mos ravishda. Eng past ko‘rsatkich esa Toshkent shahrida yashovchi
respondentlarga tegishli bo‘lib, ularning 25%i volontyor sifatida, yana 25%i
yordam beruvchi sifatida qatnashishlarini bildirishgan.
Volontyorlik tadbirlarida qatnashmaslik jihatidan
yetakchilik Toshkent shahri va Namangan viloyatlariga tegishli bo‘lib, mos
ravishda ushbu hududlarda istiqomat qiluvchi 50% va 43% respondentlar bunday
tadbirlarda qatnashmasliklarini e’tirof etishgan.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, volontyorlik tadbirlarida,
Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi respondentlar boshqa hududlarga
nisbatan ko‘proq yordam oluvchi sifatida qatnashishlarini belgilashgan.
3. Mahallangizda qaysi sohada
volontyor bo‘lishni xohlardingiz?
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, mahallalarda volontyorlik
faoliyatiga bo‘lgan qiziqish turli sohalarni qamrab olgan bo‘lib, umumiy
ravishda, tabiatni muhofaza qilish va tadbirlarni tashkil etish sohalarida
ko‘proq qiziqish mavjudligini, boshqa sohalarda esa kamroq faoliyat ko‘rsatilishini
ko‘rsatadi. Respondentlarning ko‘pchiligi 21% tabiatni muhofaza qilish sohasida
volontyor bo‘lish istagini xohlashlarini bildirishgan. Bu yo‘nalish bo‘yicha
18% qizlar va 24% yigitlar ovoz bergan. Tadbirlarni tashkil etish sohasiga
umumiy qiziqish 14% bo‘lib, bunda 17% qizlar va 11% yigitlar tanlagan.
Kambag‘allarga yordam berish sohasida 14% qiziqish
bildirildi.
Bolalarga yordam berishga qiziqish 11%ni tashkil etdi:
qizlar 13% va yigitlar 10% ovoz berdi.
Yoshi kattalarga yordam berish sohasida faqat 4%
respondentlar o‘z qiziqishlarini bildirishgan. Shuningdek, 8% ishtirokchi
volontyorlikka qiziqmasligini bildirishgan.
So‘rovnoma natijalari turli yosh guruhlariga
qarab volontyorlik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlar turli yosh guruhlari
o‘rtasida turlicha taqsimlanganligini ko‘rsatadi. 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 16-20 yoshdagi
ishtirokchilar orasida tabiatni muhofaza qilish va kambag‘allarga yordam berish
sohalariga 17% qiziqish bildirilgan. Ushbu yosh guruhidagi bolalar uchun
hayvonlarga yordam berish, bolalarga yordam berish va boshqa faoliyatlar ham
yuqori darajada, har biri 17%ni tashkil etadi.
11-15 yosh guruhidagi ishtirokchilar orasida tabiatni
muhofaza qilish eng yuqori qiziqishga ega bo‘lib, 26% respondentlar ushbu
variantni tanlaganlar. Tadbirlarni tashkil etish sohasida bu yosh guruhida 14%
qiziqish mavjud. Boshqa sohalarda esa qiziqish nisbatan pastroq, masalan, kambag‘allarga
yordam berish faqatgina 5%ni tashkil etadi.
16-20 yoshdagi ishtirokchilar orasida tadbirlarni tashkil
etish sohasiga qiziqish 20% ni tashkil etadi. Hayvonlarga yordam berish va
oziq-ovqat va kiyim yig‘ish sohalari kamroq qiziqish bilan kuzatilgan.
21-30 yoshdagi ishtirokchilarda tabiatni muhofaza qilish
sohasiga 22% qiziqish bildirilgan. Tadbirlarni tashkil etish sohasida qiziqish
esa kamroq bo‘lib, 10% ni tashkil etadi. Kambag‘allarga yordam berish sohasida
esa 17% respondentlar qiziqish bildirishgan.
30 yoshdan yuqori ishtirokchilar orasida tabiatni
muhofaza qilish va kambag‘allarga yordam berish sohalari eng yuqori qiziqishga
ega, har biri 26% ni tashkil etadi. Tadbirlarni tashkil etish va hayvonlarga
yordam berish sohalarida esa qiziqish nisbatan pastroq, har biri 4-6% ni
tashkil etadi.
Respondentlarning volontyorlik faoliyatiga
qiziqishlari turli sohalar faoliyat yuritayotgan respondentlar orasida
farqlanadi. Tabiatni
muhofaza qilish sohasida volontyorlik qilish eng ko‘p qiziqish uyg‘otgan soha bo‘lib,
ayniqsa davlat tashkilotlarida ishlaydiganlar (29%), nodavlat va notijorat / xalqaro
tashkilotlarda faoliyat yurituvchi respondentlar (30%) va o‘z biznesiga ega bo‘lganlar
(32%) orasida yuqori o‘ringa ega.
Tadbirlarni tashkil etish sohasida OTM talabalari (18%)
va mahallada ishlaydiganlar xodimlar (18%) orasida ushbu sohada faol ishtirok
etish xohishi mavjudligi ko‘rinadi.
Kambag‘allarga yordam berish sohasida esa
ishlamayotgan yoki o‘qimayotgan respondentlar (22%) va o‘z biznesiga ega
bo‘lganlar (23%) eng ko‘p qiziqish bildirgan. Hayvonlarga yordam berish sohasi, asosan, maktabda yoki
kollejda tahsil olayotganlar (11%) va xususiy sektorda ishlaydiganlar (12%)
orasida yuqori qiziqish uyg‘otgan.
Nogironligi bor insonlarga yordam berish
sohasida nafaqadagi respondentlar (40%) katta qiziqish bildirgan bo‘lsa, boshqa toifalarda bu ko‘rsatkich nisbatan
past bo‘lgan. Yoshi kattalarga yordam berish sohasi eng past qiziqish uyg‘otgan
sohalardan biri bo‘lib, umumiy respondentlar orasida bu ko‘rsatkichlar juda
past darajada qayd etilgan. Bu yo‘nalish bo‘yicha asosan nodavlat va notijorat /
xalqaro tashkilotlarda faoliyat yurituvchi respondentlar ko‘proq qiziqish
bildirishgan.
Hududiy kesimda ko‘pchilik respondentlar tabiatni muhofaza qilish
sohasida volontyor bo‘lishga qiziqish bildirishayotganligini ko‘rish mumkin. Xususan,
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bu soha mos ravishda respondentlarning
24% va 28%ini tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich boshqa viloyatlarda ham
yuqori — Navoiy (24%), Sirdaryo, Andijon, Samarqand viloyatida 23%ni tashkil
etadi. Kambag‘allarga yordam sohasiga qiziqish ham yuqori bo‘lib, Jizzax va
Qashqadaryo viloyatlarida istiqomat qiluvchi respondentlarning mos ravishda 21
va 20% qismi mazkur sohada volontyor bo‘lish istagini bildirishgan.
Tadbirlarni tashkil etish yo‘nalishi bo‘yicha
Qashqadaryo viloyatidan ishtirok etgan respondentlar yetakchilik qilgan bo‘lib, ularning 19%i ushbu
yo‘nalishda volontyor bo‘lishga xohishi borligini ta’kidlab o‘tishgan.
Nogironligi bor insonlarga, yoshi kattalarga va
hayvonlarga yordam berish kabi sohalarda respondentlar tomonidan nisbatan
kamroq qiziqish bildirilgan. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha asosan, mos ravishda,
Surxondaryo viloyati, Namangan va Toshkent shahri boshqa hududlarga nisbatan
biroz yuqoriroq istak bildirishgan.
4. Volontyorlik qilish uchun
Mahalla fuqarolar yig‘iniga (sobiq Mahalla qo‘mitasi) murojaat qilganmisiz?
Mazkur savolga umumiy jihatdan 9% respondentlar
volontyorlik qilish uchun mahalla fuqarolari yig‘iniga murojaat qilganliklarini
bildirishgan. Yosh jihatidan, 11–15 va 16–20 yosh guruhidagi respondentlar
yetakchilik qiladi (10% va 11% mos ravishda). Biroq, yigitlar va qizlar
o‘rtasida yosh guruhlari kesimida yaqqol tafovutni ko‘rishimiz mumkin. Bunda
qizlar orasida 11–15 yosh guruhi yetakchilik qilsa, yigitlar o‘rtasida 16–20
yosh guruhi yetakchi.
11–15 yosh qizlar orasidagi respondentlarning 12%i
murojaat qilishgan bo‘lsa, 16–20 yoshdagi qizlar biroz kamroq (10%). Aksincha,
yigitlar o‘rtasida esa 16–20 yoshdagi respondentlar biroz faolligi kuzatilgan
bo‘lib, ulardan “Ha” javobini tanlaganlar, 12%ni tashkil etgan.
30 yoshdan yuqori respondentlar o‘rtasida volontyorlik
qilish uchun mahalla fuqarolari yig‘iniga murojaat qilganlar 7%ni tashkil
etadi. Bunda gender bo‘yicha tafovut deyarli kuzatilmaydi.
Mahalla fuqarolar yig‘iniga murojaat qilgan respondentlar
faoliyat turiga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich mahallada ishlayotganlar
orasida kuzatilgan bo‘lib, 26% respondentlar volontyorlik qilish uchun mahallaga
murojaat qilgan.
Maktabda yoki kollejda o‘quvchilari orasida bu ko‘rsatkich
13%ni tashkil etgan. Aksincha, eng past ko‘rsatkich, NNT/xalqaro tashkilotlarda
ishlayotganlar orasida bo‘lib, 5% respondentlar murojaat qilgan. Xususiy
sektorda ishlayotganlar (5%) va davlat tashkilotlarida ishlayotganlar (7%)
orasida ham murojaat qilganlar soni juda kam.
Hududlar kesimida, eng yuqori volontyorlik uchun mahallaga murojaat qilgan
respondentlar ko‘rsatkichi Samarqand viloyatida (13%) qayd etilgan. Farg‘ona
(12%) va Surxondaryo (11%) viloyatlarida ham biroz yuqoriroq ko‘rsatkichlar
kuzatilgan. Toshkent shahrida esa ushbu ko‘rsatkich eng past – 4%ni tashkil
etadi.
5. Sizningcha, volontyorlik
loyihalarini tashkil etishda Mahalla fuqarolar yig‘inining yordami kerakmi?
“Sizningcha, volontyorlik loyihalarini tashkil etishda
Mahalla fuqarolar yig‘inining yordami kerakmi?” degan savolga umumiy
natijalarga ko‘ra, 68% respondentlar "Ha" deb javob bergan. Bu ko‘rsatkich
qizlar orasida 73%ni tashkil etgan bo‘lsa, yigitlar orasida 64%ni tashkil etdi.
Shuningdek, 17% respondentlar bu masalada aniq fikr
bildirishga qiynalganlar. "Yo‘q" deb javob berganlar esa jami
respondentlarning 15%ini tashkil etdi, yigitlar orasida esa bu ko‘rsatkich biroz
yuqoriroq (20%).
Yosh guruhlari bo‘yicha, volontyorlik loyihalarini tashkil etishda mahalla
fuqarolar yig‘ini yordam berishi kerak deb hisoblaydiganlar ulushi turlicha. 10
yoshgacha bo‘lganlarning 83%i "Ha" deb javob bergan. Keyingi guruh
16-20 yoshdagilar bo‘lib, ulardan 73% bu fikrni qo‘llab-quvvatlagan. 21-30
yoshdagi respondentlar orasida 68 foizni tashkil etgan. Respondentlar orasida
eng past ko‘rsatkich 11-15 yoshdagi respondentlar orasida qayd etilgan bo‘lib,
ulardan 58% "Ha" deb javob bergan.
Respondentlarning faoliyati kesimida volontyorlik loyihalariga bo‘lgan munosabati
ma’lum darajada farq qilishini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, OTM talabalari (75%)
va nodavlat va notijorat yoki xalqaro tashkilotlarda ishlayotganlar (71%) mahalla
fuqarolar yig‘ini yordam berishi kerakligini tanlashgan. Aksincha, xususiy
sektorda ishlayotganlar (57%) va o‘z biznesiga yurituvchilar (55%) bu fikrni
nisbatan kamroq qo‘llab-quvvatlagan.
"Yo‘q" deb javob berganlar orasida eng ko‘p
uchraydigan guruhlar mahallada ishlayotganlar (30%) va o‘z biznesiga ega bo‘lganlar
(30%) hisoblanadi.
Hududlar kesimida, Sirdaryo viloyatiga tegishli respondentlarning 77%
"Ha" deb javob bergan. Shuningdek, Qashqadaryo (74%), Navoiy (73%),
Farg‘ona (73%) va Surxondaryo (72%) viloyatlari ham faol hududlar qatoriga
kiradi. Toshkent shahrida esa boshqa hududlarga nisbatan pastroq ko‘rsatkich
kuzatilgan bo‘lib, respondentlarning 59%i mahalla fuqarolar yig‘ini yordam
berishi kerak deb hisoblagan.
"Yo‘q" deb javob berganlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich
Jizzax viloyatida qayd etilgan (19%). Shuningdek, Buxoro (17%) va Toshkent (17%)
hududlarida ham nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar kuzatilgan.
6. Mahallangizda volontyorlik
loyihalarini amalga oshirishda Mahalla fuqarolar yig‘inidan Sizga qanday yordam
kerak bo‘lishi mumkin?
Volontyorlik loyihalarini amalga oshirishda
respondentlar orasida eng ko‘p talab qilinadigan yordam turi bu moddiy yordam
bo‘lib, umumiy hisobda 22%ni tashkil etadi.
Ikkinchi o‘rinda mahalla bo‘yicha axborot ko‘magiga
ehtiyoj bildirilgan bo‘lib, umumiy 18% respondentlar bu turdagi yordamni kerak
deb hisoblashgan. Uchrashuv va yig‘ilishlar uchun joy ajratish (14%) hamda
texnik yordam, bilim va maslahatlar (12%) ham muhim deb topilgan.
Davlat organlaridan ruxsatnoma olishda yordam istagini bildirganlar
11%ni tashkil etadi. Yigitlar va qizlar orasida ushbu ko‘rsatkich mos ravishda
12% va 10%ni tashkil qilgan.
E’tiborga loyiq jihat shuki, 10%
respondentlar hech qanday yordam kerak emas deb javob bergan, bunda yigitlar orasida bu fikrni qo‘llab-quvvatlovchilar
soni (13%) qizlarga nisbatan (8%) yuqoriroq. Ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga
ehtiyoj bildirganlar esa umumiy 8%ni tashkil etib, bu ko‘rsatkich qizlar (10%) orasida,
yigitlarga (6%) nisbatan biroz yuqoriroq.
Yosh guruhlariga qarab volontyorlik loyihalarini amalga oshirishda turli
xil yordam turlariga bo‘lgan ehtiyojlar ma’lum darajada farq qilishini ko‘rishimiz
mumkin. Eng ko‘p talab qilingan yordam turi — moddiy yordam, 16-20 yoshdagi
respondentlar orasida 25%, 21-30 yoshdagilar orasida 24%, va 11-15 yoshdagilar
orasida 20% respondentlar zarur deb hisoblagan. Eng kam talab esa 30 yoshdan
yuqori guruhda kuzatilgan (13%).
Mahalla bo‘yicha axborot ko‘magi esa 30 yoshdan yuqori bo‘lgan
respondentlar orasida eng ko‘p talab qilinmoqda – 26%. 21-30 yoshdagilar
orasida bu ko‘rsatkich 19%ni, 16-20 yoshdagilar orasida esa 14%ni tashkil
etgan.
Uchrashuv va yig‘ilishlar uchun joy ajratishga bo‘lgan
ehtiyoj 10 yoshgacha bo‘lgan respondentlar orasida eng yuqori – 50%. Boshqa
yosh guruhlarda bu ko‘rsatkich 9-16% atrofida.
Texnik yordam, bilim va maslahatlar ko‘proq 11-15
yoshdagi respondentlar (15%) tomonidan talab qilinmoqda, boshqa guruhlarda bu ko‘rsatkich
9-14% oralig‘ida.
Yordam kerak emas deb hisoblaganlar orasida 11-15
yoshdagi respondentlar (17%) va 30 yoshdan yuqori bo‘lganlar (15%) ustunlik
qiladi. 16-20 yoshdagi respondentlar orasida bu ko‘rsatkich eng past (7%) bo’ldi.
Ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezganlar orasida
eng yuqori ko‘rsatkich 10 yoshgacha bo‘lgan guruhda qayd etilgan – 17%, boshqa
guruhlarda esa bu ko‘rsatkich 7-10% atrofida.
Eng ko‘p talab qilingan yordam turi — moddiy
yordam, ishlamaydigan yoki o‘qimaydigan respondentlar orasida 33%, OTMda o‘qiyotganlar orasida 25%, va maktabda
yoki kollejda o‘qiyotganlar orasida 24% respondentlar zarur deb hisoblashgan.
Mahallada ishlayotganlar va NNT/xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritayotganlar
orasida moddiy yordamga talab ancha past bo‘lib, mos ravishda 11% va 10%ni
tashkil etadi.
Mahalla bo‘yicha axborot ko‘magi esa nafaqadagi
respondentlar orasida eng ko‘p talab qilinmoqda – 38%, mahallada ishlayotganlar
(26%), va davlat tashkilotlarida ishlayotganlar (24%) ham bu turdagi yordamga
ehtiyoj bildirgan.
Uchrashuv va yig‘ilishlar uchun joy ajratishga bo‘lgan
ehtiyoj maktabda yoki kollejda o‘qiyotganlar orasida yuqori – 19%. Mahallada ishlayotganlar (22%) ham bu turdagi yordamni
ko‘p talab qilgan. Nafaqadagi respondentlar esa bu yordamni umuman zarur deb
hisoblamagan.
Texnik yordam, bilim va maslahatlarga bo‘lgan ehtiyoj
OTM talabalari, maktab yoki kollej o‘quvchilari orasida nisbatan yuqori (14%).
Davlat organlaridan ruxsatnoma olishga bo‘lgan ehtiyoj
davlat tashkilotlarida ishlayotganlar orasida eng yuqori (14%) bo‘lib, boshqa
faoliyat turlarida bu ko‘rsatkich 6-12% oralig‘ida.
Mahalla bo‘yicha axborot ko‘magiga ham sezilarli talab,
Andijon (21 %) va Buxoro (23%) viloyatlarida ushbu turdagi yordam ko‘proq kerak
ekanligi ma’lum bo‘ldi. Uchrashuvlar va yig‘ilishlar uchun joy ta’minoti esa
Farg‘ona (16%), Sirdaryo (12%) va Xorazm (8%) viloyatlarida nisbatan kamroq
talab qilinmoqda.
Texnik yordam va bilim/mutaxassislar maslahatiga ehtiyoj
ham sezilarli darajada bo‘lib, Jizzax (16%) va Sirdaryo (15%) viloyatlarida bu
turdagi yordam so‘ralgan.
Shuningdek, so‘rov natijalariga ko‘ra, ayrim viloyatlarda
aholi yordamga ehtiyoj sezmaydi. Misol uchun, Jizzax (14%), Xorazm
viloyatlarida (12%) va Toshkent shahrida (12%) “Yordam kerak emas” deb javob
berganlar biroz ko‘proq uchradi.
“Boshqa” izohiga qoldirilgan fikrlardan namunalar:
Izoh |
Yosh |
Jins |
Faoliyatimni
amalga oshirish uchun joy bolishi mablagʻ ajratilishi, maslahatlar |
19 |
Qiz |
Yoshimni
taniganimdan beri bizni mahalla nima ish qilishini bilmiyman |
24 |
Yigit |
O‘ylashimcha, mahhalla fuqarolari tomonidan har safar moddiy yordam yoki har safar uchrashuv qila olmasliklari mumkin. |
17 |
Qiz |
Ёрдам бермайди, халал бермаса бўлди |
32 |
Yigit |
Mahalla
tomonidan koʻrsatiladigan
har qanday yordam |
23 |
Yigit |
Sogligim
tufayli men qatnasha olmayman |
37 |
Qiz |
Чтобы махалля не мешала и держалась
по дальше от полезных проектов |
30 |
Yigit |
Необходимо чтобы махалля была ЗА
народ, в нашей махалле работает лишь ради денег. А на жителей
им плевать. |
27 |
Qiz |
Главное чтобы
не мешали |
14 |
Yigit |
Adolatli
mahalla, hokimyat boshqaruvi |
18 |
Yigit |
Yoshlar
yetakchisi faol bo‘lishi kerak |
29 |
Yigit |
Yeģinlar
uchun joy,davlat organlaridan ruhsatnoma |
20 |
Qiz |
Mahallamiz
bizga yordam qilaolmaydi |
31 |
Yigit |
Mahalla
bòyicha axborot kòmagi, texnik yordam, bilim va maslahatlar |
22 |
Yigit |
Moddiy va
manaviy yordam |
21 |
Yigit |
Вид помощи, который мог бы
понадобиться при осуществлении волонтерской деятельности, напрямую зависит от
конкретного вида волонтерской деятельности |
16 |
Qiz |
Tashabbus bólishi uylarni atrofi yólaklarni tozalash ishlariga kómaklashish |
28 |
Yigit |
Xalaqit
bermaslik |
27 |
Yigit |
Menimcha bu
koʻrsatilganlarning
hammasi kerak deb oʻylayman |
18 |
Qiz |
Albatta. Alohida joy, axborotni keng tarqalishi, ruxsatnoma, qo‘llab-quvvatlash, texnik yordam va eng asosiysi moddiy tomondan ko‘maklar juda zarur |
19 |
Qiz |
Необходимы рабочие руки, для
осуществления работ |
38 |
Yigit |
Kerak emas |
40 |
Yigit |
поддержка волонтеров, доведение до
сведения жителей махалли о волонтерской деятельности и её необходимости для
граждан |
32 |
Yigit |
Фуқароларга ҳайвонларга озор
бермасликларини талаб қилиш, улар ҳам жамиятимизнинг бир аъзоси эканлиги
тўғрисида профилактика инспекторлари билан биргаликда тушунтириш ишлари олиб
бориш ва волонтёрларни қўллаб қувватлаб туришлари керак. Ўзи бир
ҳайвон-ку деб паст назар билан қарамасдан. |
20 |
Yigit |
место для сбора, разрешение от
госорганов, информация, техно помощь, знания, поддержка и сообщники |
19 |
Qiz |
Я думаю физическая, для перевозки и
доставки продуктов |
16 |
Yigit |
Mahalladan
turli xildagi yordam turlarini olish mumkin, Homiylarni jalb qilish, Axborot
ko‘magi kabilar |
18 |
Qiz |
Eslatma: Respondentlarning
izohlari tahrirlanmagan shaklda keltirilgan va yozuvdagi barcha xatoliklar
respondentlarning o‘zlariga tegishli.
7. Mahallangiz volontyorlik
faoliyati uchun barcha shart-sharoitni yaratsa, Siz o‘z mahallangizda volontyor
bo‘larmidingiz?
Mazkur savolga respondentlarning umumiy holda
78%i “Ha” javobini bergan bo‘lib, “Ha” javobini tanlagan qizlar ulushi (81%), yigitlarnikidan (75%) biroz
yuqoriligini ko‘rishimiz mumkin. Aksincha, “Yo‘q” javobini tanlagan
respondentlar orasida, yigitlarning ulushi qizlarnikidan biroz baland.
Yosh guruhlari jihatidan, volontyorlik uchun
shart-sharoit yaratilsa, volontyor bo‘lish istagini bildirgan respondentlar
orasida 16–20 yosh guruhi yetakchilik qiladi (85%). Shuningdek, 10 yoshgacha
bo‘lgan respondentlarning 83%i “Ha” deb javob bergan. Aksincha, 30 yoshdan
yuqori bo‘lgan respondentlarning 67%i “Ha” degan javobni belgilagan.
Faoliyat turi jihatidan, nafaqadagilar, maktab / kollej
o‘quvchilari hamda OTM talabalari boshqa respondentlarga nisbatan ko‘proq
(83–88%) ulushi “Ha” javobini berishgan. NNT / xorijiy tashkilotlarda
faoliyat yuritayotgan respondentlarning 67%i “Ha” javobini tanlaganlar.
Aksincha, “Yo‘q” javobini tanlagan respondentlar asosan
mahallada faoliyat yuritadigan hamda o‘qimaydigan, ishlamaydigan respondentlar
hisoblanadi, bunda ularning har birining ulushi 15%ni tashkil etadi. Shuningdek,
NNT / xorijiy tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan respondentlarning 14%i
“Yo‘q” javobini tanlaganlar.
Hududlar kesimida, “Ha” deb javobini tanlaganlarning ulushi Surxondaryo
viloyati (89%)da yuqori bo‘lib, eng past ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi
(66%). Boshqa tomondan, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi respondentlarning
chorak qismi javob berishga qiynalishlarini bildirishgan.
“Yo‘q” deb javob bergan respondentlarning ulushi asosan,
Samarqand, Navoiy va Toshkent viloyatlarida kuzatilgan bo‘lib, ushbu
viloyatlardagi respondentlarning 13%i ushbu savolga “Yo‘q” deb javob berishgan.
8. O‘z mahallangizdada
volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga qanchalik ko’p vaqt ajrata
olalolasiz?
Mazkur savolga, volontyorlik faoliyati uchun
respondentlarning 30% va 26%i mos ravishda haftasiga 1-2 marta va oyiga 2-3
marta shug‘ullanishi mumkinligini e’tirof etgan.
Umuman olganda, qizlar haftasiga ko‘proq vaqt ajratishga
tayyor bo‘lishsa, yigitlar oyiga 2-3 marta va zarurat bo‘lganda volontyorlik
qilishga ko‘proq moyil ekanliklari ko‘rishimiz mumkin. Haftasiga 1-2 marta
volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni qizlar orasida 32% va yigitlar
orasida 27% ixtiyorini bildirgan. Bu, qizlarning volontyorlik faoliyatiga biroz
ko‘proq qiziqishini ko‘rsatmoqda.
Oyiga 2-3 marta volontyorlik bilan shug‘ullanishga
tayyorlar yigitlar orasida 27% bo‘lib, qizlarga nisbatan biroz yuqoriroqdir
(24%). Shuningdek, oyiga bir marta volontyorlik qilishni xohlovchi
respondentlar 13%ni tashkil etdi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, volontyorlikka qiziqmaganlar ulushi
1%ni tashkil etdi. Javob berishga qiynalayotganlar esa qizlar orasida 5% va
yigitlar orasida 3%ni tashkil etgan.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, yosh guruhlari bo‘yicha
volontyorlik faoliyatiga bo‘lgan qiziqish va tayyorlikda ma’lum darajada tafovutlar
mavjud bo‘lib, yosh kattalashgan sari volontyorlikka vaqt ajratish moyilligi
kamayishini kuzatishimiz mumkin.
Eng yosh respondentlar (10 yoshgacha) haftasiga 1-2 marta
volontyorlik qilishga ko‘proq tayyor (50%), bu ko‘rsatkich yoshi kattalashgan
sari kamayib, 26–30 va 30 yoshdan yuqori bo‘lganlar orasida mos ravishda 26% va
21% ni tashkil etadi. 11–15 va 16–20 yosh guruhlaridagi respondentlarning
taxminan uchdan biri haftasiga 1-2 marta shug‘ullanishga tayyorligini
bildirishgan.
11-15 yoshdagi respondentlar oyiga 2-3 marta volontyorlik
qilishga tayyor bo‘lib, 32% bilan bu yosh toifasida eng yuqori ko‘rsatkichni ko‘rsatdi.
Barcha yosh toifalarida oyiga bir marta volontyorlik qilishga tayyorlik
darajasi deyarli bir xil – taxminan 15%.
Zarurat bo‘lganda volontyorlik qilishga eng katta
tayyorlik 30 yoshdan yuqori respondentlar orasida (30%) va 10 yoshgacha bo‘lgan
bolalarda (33%) kuzatildi. Volontyorlikka qiziqmaganlar va javob berishga
qiynalganlar ulushi esa barcha yosh toifalari bo‘yicha kamchilikni tashkil etdi.
Faoliyat turi jihatidan, volontyorlikka eng ko‘p tayyorlik
maktab/kollej o‘quvchilari (39%) va NNT/xalqaro tashkilotlarda ishlayotganlar
(39%) orasida haftasiga 1-2 marta volontyorlik qilishga nisbatan yuqori. O‘z
biznesi borlar (32%) va OTM talabalari (29%) oyiga 2-3 marta volontyorlik
qilishga boshqalarga nisbatan ko‘proq tayyorligini ko‘rishimiz mumkin. Zarurat
bo‘lganda volontyorlik qilishga nafaqadagi respondentlar (63%) va
"Boshqa" guruhidagilar (31%) eng ko‘p xohish bildirgan.
Hududlar jihatidan, Andijon (39%), Farg‘ona (37%) va Navoiy (37%)
viloyatlarida volontyorlikka haftasiga 1-2 marta tayyorlik eng yuqori darajada
ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Namangan (36%) va Buxoro (34%) viloyatlarida
oyiga 2-3 marta volontyorlik qilishga tayyorlik yuqori bo‘lsa, Jizzax viloyati
(23%) va Toshkent shahrida (19%) oyiga bir marta volontyorlik qilishni afzal ko‘rishlarini
bildirishgan.
Sirdaryo (32%), Toshkent viloyati (30%), va Qashqadaryo
(29%) viloyatlarida zarurat bo‘lganda volontyorlik qilishga moyillik kuchliroq.
Volontyorlikka qiziqmaganlar va javob berishga qiynalganlar soni hamma
viloyatlarda kam bo‘lib, Navoiy va Xorazm viloyatlarida bu ko‘rsatkich boshqa
hududlarga nisbatan biroz yuqoriroq.
Eslatma: Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar to‘lig‘icha
ushbu U-Report so‘rovnomada qatnashgan ishtirokchilarning fikri bo‘lib,
UNICEFning fikri va butun hudud aholising fikri hisoblanmaydi.