Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Huquqiy ma’lumot sizga zarurmi?

Huquqiy ma’lumot sizga zarurmi?

 

U-Report Adliya Vazirligi bilan hamkorlikda O’zbekiston yoshlari o’rtasida onlayn so’rov o’tkazdi.

 

So    So’rovnoma maqsadi: Yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish borasidagi tajribasini o’rganish

 

Ma’lumotlar  yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi ishlarni takomillashtirish uchun ishlatiladi.

 

So’rovnoma hududi: O’zbekiston Respublikasi ning barcha hududlari

 

So’rovnomada qatnashganlar soni: 5800 ortiq yoshlar.

 

 

 

 

SO’ROVNOMADAN OLINGAN ASOSIY XULOSALARI:

 

1.      Respondentlarning javoblariga ko’ra, ular oxirgi 2 yilda huquqiy ma’lumotlarni quyidagi top 3ta manbadan olishmoqda:

1)               Telegramdan (47%)

2)               Kitoblardan (10%)

3)               Maxsus huquqiy saytlardan (9%).

 

2.      Ishtirokchilar huquqiy ma’lumot olishda ko’proq  ishonchni quyidagi 5 manbaga bildirar ekan:

1)               Davlat tashkilotlari matbuot kotiblari (32%)

2)               Soha mutaxassislari (27%)

3)               Blogerlar (9%)

4)               TV va radio  (9%)

5)               Internet OAVlariga (8%)

 

3.      Toshkent shahri respondentlari javobiga ko’ra, “Davlat tashkilotlari matbuot kotibi”ga eng kam ishonadigan hudud bo’ldi, ular ko’proq “soha mutahassislariga” (30%) va onlayn nashrlarga (18%) ishonishini bildirgan.

 

4.      Respondentlarning 73%i o’qigan huquqiy ma’lumotlari ularga foydali bo’lganini ta’kidlashdi: 53% shaxsan o’zlariga qo’l kelganini tasdiqlashdi, 20% esa yaqinlari va tanishlariga qo’l kelganini bildirishdi.

 

5.      Qatnashchilarning 56%i o’z huquqiy savodxonligini qoniqarsiz deb baholadi (1 dan 3 ballgacha), yana 30%i – maksimal 5 balldan 4 bahoni qo’ygan.

 

6.      44% respondentlar bilgan huquqiy ma’lumotlarini ijtimoiy tarmoqlarda ba’zan bo’lishishlarini, 19% esa doimo bo’lishib turishini bildirishdi.

 

7.      42% ishtirokchilar OAVda berilayotgan huquqiy ma’lumotlarni ba’zan tushunarsiz deb o’ylasalar, 26% qatnashchi bu ma’lumotlar tushunarli deb hisoblaydi.

 

8.      Ishtirokchi yoshlar quyidagi 5 asosiy soha bo’yicha o’z huquqiy savodxonliklarini oshirishni xohlashlarini bildirdi:

1)                Shaxsiy huquq va majburiyatlarim – 28%

2)                Mehnat munosabatlari – 12%

3)                Ta’limga oid huquqlarim – 12%

4)                Siyosat va davlat boshqaruvi – 9%

5)                Tadbirkorlik va biznes – 7%.

(Yosh jihatidan huquqiy savodxonlikni qaysi sohalarda oshirish bo’yicha katta farqlar mavjud – quyida o’qing).

 

9.      Qatnashchilarning aksariyati Adliya vazirligining huquqiy axborot tarqatishdagi faoliyatiga umumiy ijobiy baho berishdi (“O’rtacha” – 29%, “Yaxshi” – 28% va “A’lo” – 15%).















































Ushbu so’rovnomaga umumiy hisobda 5838 kishi qiziqish bildirib qatnashdi. Ular jinsi, yoshi va yashash hududlariga ko’ra quyidagicha guruhlandi:

a) jinsi bo’yicha: qizlar jami qatnashchilarning 39%ni, yigitlar esa 58%ni tashkil etdi.

b) yoshi bo’yicha: 24 yoshgacha bo’lgan qatnashchilar 59% ni, 25 yoshdan 34 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar  30%ni, hamda  35 yoshdan katta bo’lgan qatnashchilar jami respondentlarning 11 foizini tashkil qildilar.


c) yashash hududi bo’yicha: eng faol qatnashchilar Toshkent shahridan (11%), keyingi o’rinlardagi faollikni Namangan va Samarqand yoshlari qayd etib, ushbu viloyatlardan qatnashganlar soni umumiy respondentlarning 10% ni tashkil etdi. Sirdaryo viloyati yoshlari esa eng kam qatnashish ko’rsatkichini qayd etishdi (3%).

     

1)            Oxirgi 2 yil ichida huquqqa oid ma’lumotlarni KO’PROQ qaysi manbadan olyapsiz?

Respondentlar oxirgi 2 yil ichida huquqiy ma’lumotlarni ko’proq “Telegramdan” olayotganini quyida keltirilgan diagrammadan ko’rishimiz mumkin. Bu manbadan deyarli har ikkinchi qatnashuvchi foydalanadi (47%). Jins kesimida 46% qizlar hamda 49% yigitlar Telegramdan huquqiy axborot olishlarini bildirishgan.

Ikkinchi o’rinda tanlangan huquqiy manba – “Kitoblar” deb qayd etildi (10%). “Maxsus huquqiy saytlar” manbasi esa jami respondentlarning 9% tomonidan tanlanib, 3-eng ko’p murojaat etilgan huquqiy ma’lumotlar manbasi bo’ldi.

“Bosma nashrlar” va “Radio” yoshlar uchun huquqiy ma’lumot manbasi emas ekanligini ko’rishimiz mumkin – bu variantlar 0%dan ovoz olishgan.


Ushbu savolga berilgan javoblarni qatnashchilarning yoshi bo’yicha tahlil qilsak, “Telegram” manbasidan eng ko’p 35 yoshdan kattalar huquqiy malumotlarni izlashlarini ko’rishimiz mumkin (56%). 2-o’rinda eng ko’p murojaat qilingan huquqiy manba – “Kitoblar” esa 24 yoshgacha bo’lgan yoshlar orasida keng tarqalgan (14%). Shunisi e’tiborliki, yoshi katta qatnashchilar (25-34 yoshlilar va 35 yoshdan kattalar) 3-o’rinda huquqiy ma’lumotlarni ko’proq “Maxsus huquqiy saytlar”dan qidirsalar, 24 yoshgacha bo’lgan yoshlarimiz bu o’rinda ko’proq “Instagram” manbasiga murojaat qilishlari aniq bo’ldi.

 

Hududlar kesimidagi tahlili ham qiziq ma’lumotlarni ko’rsatdi: “Telegram”dan huquqiy manba sifatida eng ko’p foydalanuvchilar Surxondaryo viloyatiga to’gri kelgan bo’lsa (54%), eng kam foydalanuvchilar Toshkent shahridan bo’lishdi (43%). “Maxsus huquqiy saytlar”ni asosan qo’llovchilar Sirdaryo va Toshkent shaharlaridan qayd etilgan bo’lsa (mos ravishda 14% va 13%), bularga eng kam murojaat etuvchilar Surxandaryo viloyatidan qatnashgan yoshlardir (6%). “Kitoblar”ni asosiy huquqiy manba sifatida ishlatgan qatnashchilar esa Namangan viloyatiga (15%), ulardan eng kam huquqiy ma’lumot izlaganlar Toshkent shahriga to’gri keldi (6%).


So’rovnoma ishtirokchilari ko’rsatgan “Boshqa huquqiy manbalar” dan namunalar

(Orfografik va punktuasiya belgilari saqlangan holda)

Manba

Jins

Yosh

Xushnudbek Xudayberdiyev kanaliga

Qiz

20

Davlat saytlariga

Yigit

34

Благодаря своему анализу из собранных информаций из всех выше перечисленных вариантов

Yigit

18

Rasul Kusherbayevga

Yigit

24

Adliya vazirligining huquqiy axbarot telegram kanali va lex.uz sayti

Yigit

26

Qonunni oʻzini oʻqib koʻraman

Yigit

26

Norma.uz и Lex.uz

Yigit

32

Deputat ( kusherbayev kabilarga )

Yigit

29

 

2)      Huquqiy ma’lumotlarni olganda ko’proq qaysi manbaga ishonasiz?

Bunda qatnashchilar eng avvalo “Davlat tashkilotlari matbuot kotiblari” ga (32%), undan keyin esa “Soha mutaxassislari”ga (27%) ko’proq ishonishlarini bildirishdi. “Blogerlar”, “TV va radio”, “Onlayn nashrlar” manbalari ishonchli huquqiy manba sifatida ishtirokchilarning deyarli bir xil ovozini to’pladi (tahminan 9% dan).

Yigitlar va qizlarning javoblaridagi sezilarli farqni “Blogerlar” va “TV va radio” manbalarida ko’rishimiz mumkin: yigitlarning 11% “Blogerlar”ga huquqiy manba sifatida ishonsa, qizlarning atigi 6% ushbu javobni bergan. “TV va radio” javobida esa aksincha bo’lgan holat kuzatilgan: bu variant 11% qizlarning tanlovi bo’lib, yigitlarning atigi 7% bu variantni o’ziga ishonchli huquqiy manba qilib ko’rsatishgan.


Bu savolga berilgan javoblarning yosh kesimdagi tahlilidan shu ma’lum bo’ldiki, qatnashchilarning yoshi ortgani sari ularning “Davlat tashkilotlari matbuot kotibi”ga huquqiy manba sifatida ishonchlari kamayib, “Soha mutaxassislari”ga ishonchlari ortayotganini qayd etishimiz mumkin. Bu holat onlayn nashrlarida ham o’xshash.


Hududlar kesimida, Toshkent shahridagi ishtirokchilar “Davlat tashkilotlari matbuot kotibi”ga eng kam ishonadigan hudud bo’ldi, ularda ko’proq “soha mutahassislariga” (30%) va onlayn nashrlarga (18%) ishonichini ko’rishimiz mumkin.


So’rovnoma ishtirokchilari ishonadigan “Boshqa huquqiy manbalar” dan namunalar

(Orfografik va punktuasiya belgilari saqlangan holda)

Manba

Jins

Yosh

Barcha OAV,davlat tashkilotlarining rasmiy saytlari va oilam bilan bu ma'lumotlarga oydinlik kiritib keyin qabul qilaman

Yigit

29

Комплекс  информационных ресурсов: блогеры, оф. сайты гос органов, юристы.

Yigit

40

Rasmiy saytlarga.Masalan: lex.uz

Yigit

23

Как такового доверия нет, так как все источники говорят разную информацию. Как пример, ограничение скорости движения в Ташкенте в пределах малой кольцевой, есть новости о штрафах, а где они, на основании чего, непонятно. Если спать информацию, то такие сайты как норма уз, лекс уз и другие, представляют полную информацию по законодательству на платной основе, что в корне не верно

Qiz

24

Konstitutsiyadagi kodekslarga

Qiz

31

Xushnudbek.uz kanaliga

Yigit

19

Rasul Kusherbayevga

Yigit

24

Jurnalistlar, ba'zi advokatlar, noshirlar

Yigit

16

Adliya vazirligining huquqiy axbarot telegram kanali va lex.uz sayti

Yigit

26

Lex.uz norma

Qiz

30

 

3) O‘qigan huquqiy ma’lumotlaringiz hayotda biror marta bo‘lsa ham qo‘l kelganmi?

Qatnashchilar o’zlari o’qigan huquqiy ma’lumotlar avvalo, “shaxsan o’zlariga” (53% ovoz), so’ngra “yaqinlari yoki tanishlariga” (20%) qo’l kelganini e’tirof etishdi.

16% respondentlar esa “Yo’q” variantini tanlab, o’qigan huquqiy ma’lumotlari ularga biror marta bo’lsa ham foyda bermaganini ta’kidlashdi.

Qizlar va yigitlarning javoblarida deyarli farq sezilmadi.


Respondentlarning yoshi ortgani sari ushbu ma’lumotlar ularning “shaxsan o’ziga” ko’proq foyda berganini, “yaqinlari/tanishlari”ga esa kamroq qo’l kelgani ma’lum bo’ldi . Boshqa yosh guruhlariga qaraganda, eng ko’p 25-34 yoshli ishtirokchilar “Yo’q” – o’qigan huquqiy ma’lumotlarim hayotda biror marta ham qo’l kelmadi deb javob berishdi (17%).

 

Hududlar kesimidagi javoblar shuni ko’rsatyaptiki, huquqiy ma’lumotlarni eng ko’p “shaxsan o’zlari” qo’llaganlar Toshkent viloyatiga (63%), eng kam qo’llaganlar esa Namangan viloyatiga (46%) to’g’ri kelyapti. “Yaqinlari/tanishlariga” qo’l kelganini ko’rsatgan ishtirokchilar ham aynan shu hududlardan bo’lib, eng ko’p Namanganliklar bu javobni tanlagan bo’lishsa (26%), eng kam ulushini Toshkent viloyatilik ishtirokchilar tanlashdi (14%).


4) Huquqiy savodxonligingizni qanday baholaysiz? 

Umumiy olganda, 37% ishtirokchi o’zining huquqiy savodxonligini “3” baho bilan, yana 30% qatnashchi “4” deb baholadi. O’zlarining huquqiy savodxonligi “5 – a’lo” deb baholagan jami ishtirokchilarning soni 13% bo’lib, shulardan 15% qizlar va 13% yigitlar.

Qatnashganlarning deyarli har 10-chisi o’zining huquqiy savodxonligini “juda yomon” deb baholagan (8%).


Yosh guruhlari o’rtasidagi javoblar tavofuti: eng yuqori “5 – a’lo” bahosini 24 yoshgacha va 35 yoshdan katta bo’lgan ishtirokchilar guruhi tanlashdi (15%dan). “4” bahosida esa eng yosh qatnashchilar ulushi 29%ni, eng tajribali qatnashchilar ulushi esa 34%ni tashkil etmoqda.


Hududlar kesimida, eng yomon bahoni “1” – eng ko’p Farg’onaliklar tanlagan (12%), eng kam esa Navoiylik ishtirokchilar (5%). Xorazm, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog’istonlik qatnashchilar esa boshqa hududlarga qaraganda eng ko’p “5 – a’lo” ni tanlashgan (o’rtacha 17%).


5) Huquqqa oid ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda bo’lishasizmi?

Ishtirokchilarning 44%i huquqqa oid ma’lumotlarni “Ba’zan” ijtimoiy tarmoqlarda bo’lishishlarini ta’kidlashdi. Bunda yigitlarning javobi yetakchilik qilayotganini aytib o’tish lozim (47% yigitlar, 40% qizlar).

2-o’rinda “Yo’q, o’ylamagan ekanman” varianti bo’lib, qatnashchilarning 23%i (qizlarning 31% va yigitlarning 19%) bu javobni ko’rsatishdi.

So’rovnomaning har beshinchi ishtirokchisi esa huquqiy ma’lumotlarni “Ha, doim” ijtimoiy tarmoqlarda bo’lishishlarini qayd etishdi (yigitlarning 22% va qizlarning 16%). Har 10-chi ishtirokchi esa huquqiy ma’lumotlarni bo’lishmasligini bildirib, “Yo’q, kimga kerak bo’lsa topib oladi” variantini tanlashgan.


Yosh kesimda, huquqiy ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda eng ko’p “Ba’zan” bo’lishuvchilar – 25-34 yoshlilar (46%), “Doim” bo’lishuvchilar – 35 yoshdan kattalar bo’ldi (26%). “Yo’q, o’ylamagan ekanman” va “Yo’q, kimga kerak bo’lsa topib oladi”  javoblari esa eng ko’p 24yoshgacha bo’lgan yoshlar tomonidan berildi (mos ravishda 26% va 11%).

 

6)   Sizningcha, OAVlar huquqiy ma’lumotlarni tushunarli beryaptimi?

 

42% respondentlarning fikricha, OAVlar huquqiy ma’lumotlarni “Ba’zan tushunarsiz” bermoqda. Har 4-respondent esa “Ha” OAV berayotgan ma’lumotlar tushunarli deb hisoblaydi. “Ha” javobida qizlarning ulushi yigitlarnikidan 5% ko’ra ko’proq (mos ravishda 29% va 24%).  

“Ko’p xollarda tushunarsiz” varianti esa 16% ishtirokchilar tomonidan tanlangan bo’lib, bunda yigitlarning ulushi qizlarning javobidan 5%ga ko’proqdir.


Ishtirokchilarning hududiga qarab ushbu savolga berilgan javoblarni taqqoslaydigan bo’lsak, “Ha” javobini eng ko’p Namangan va Sirdaryo yoshlari berishgan (mos ravishda 39% va 38%).

“Ba’zan tushunarsiz” varianti esa eng ko’p ko’rsatilgan javob bo’lib, eng katta ulushi Farg’ona, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari qatnashchilaridan (48% dan), eng kam ulushi Namangan viloyati qatnashchilari tomonidan qayd etilgan (33%). Toshkent shahri ishtirokchilari esa boshqa hudud vakillariga nisbatan “Ko’p xollarda tushunarsiz” javobini ko’proq berishgan (25%).


7)   Qaysi sohada ko’proq o’z huquqiy savodxonligingizni oshirishni xohlardingiz?

 

Respondentlar ko’proq “Shaxsiy huquq va majburiyatlar” sohasida o’z bilimlarini oshirishni istashlarini ma’lum qildi (28%). “Boshqa” varianti 2-o’rinda eng ko’p tanlangan soha bo’lib (21%), ularga qoldirilgan fikrlarning ba’zilari bilan quyida tanishish mumkin bo’ladi.

Keyingi o’rinda eng ommabop sohalar “Mehnat munosabatlari” va “Ta’limga oid” huquqlar bo’ldi (12% dan). Aynan “Ta’limga oid huquqlar” deyarli 3 barobar ko’proq qizlar uchun dolzarbligini ko’rishimiz mumkin (19%).

“Siyosat, davlat boshqaruvi”da esa aksincha xolat: 2 barobardan ortiq yigitlar bu sohaga qiziqish bildirgan (12%).  “Ekologiya va atrof-muhit himoyasi”ga oid huquqlarni o’rganish ishtirokchilar uchun dolzarb emasligini ham ko’rishimiz mumkin (1%).


Yosh jihatidan huquqiy savodxonlikni qaysi sohalarda oshirish bo’yicha katta farqlar mavjud.

24 yoshgacha bo’lgan yoshlar uchun “Talim” sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish dolzarb bo’lsa, katta yosh guruhidagilar uchun “Mehnat munosabatlariga oid” huquqiy savodxonlikni oshirish qiziqroq. Qayd etishi joizki, 35 yoshdan katta qatnashchilar “Mulk va yer” sohasiga oid huquqlarga boshqa yoshdakilardan ko’proq qiziqish bildirishgan (6%).

 

Hududlar kesimida ham javoblarda farqlar mavjud.

Buxoro viloyati qatnashchilari eng ko’p “Shaxsiy huquq va majburiyatlari” haqida bilmoqchi bo’lsalar (33%), Xorazm yoshlari uchun bu ko’rsatkich 22%ni tashkil qilmoqda. ”Boshqa” varianti eng ko’p Sirdaryo va Toshkent shahri ishtirokchilari tomonidan belgilangan (mos ravishda 27% va 28%). “Ta’limga oid huquqlar” Namanganlik yoshlar uchun eng zarur bo’lsa (21%), “Mehnat munosabatlariga oid huquqlar”ni o’rganish Toshkent viloyati yoshlari uchun eng zarur bo’ldi.


Ushbu savolga berilgan “Boshqa” fikrlardan namunalar

(Orfografik va punktuasiya belgilari saqlangan holda)

Fikr

Jins

Yosh

Bemor sifatida va istemolchi huquqlarimni bilishni xoxlayman

Qiz

31

1, 2, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 Xullas barchasi haqida bilib borishni xohlamayman

Yigit

28

Мои права в образовании, В политике, госуправлении, Предпринимательство и бизнес

Yigit

26

Qancha ko'proq huqularimni bilsam shuncha yaxshi

Yigit

18

госуправление,экология, имущество и земля,налоги, предпринимательство и бизнес

Yigit

34

Barcha huquqiy soha menga qiziz

Qiz

25

Обязанности государства и мои права.

Qiz

35

Deyarli barchasi

Yigit

23

Jinoyat huquqi va siyosat, davlat boshqaruvi boʻyicha

Yigit

18

Fuqarolik ishlari bo'yicha

Yigit

21

Tibbiy xizmat haqida huquqlarimizni ham

Qiz

25

 

8)   Adliya vazirligining huquqiy axborot tarqatishdagi faoliyatini qanday baholaysiz?

 

Deyarli har uchinchi respondent Adliya vazirligining huquqiy axborot tarqatishdagi faoliyatini “O’rtacha” va “Yaxshi” deb baholadi (mos ravishda 29% va 28%). Bunda “Yaxshi” bahosi ko’proq qizlar tomonidan, “O’rtacha” bahosi esa yigitlar tomonidan qo’yilgan. 15% qatnashchi ushbu faoliyatga  “A’lo” baho bergan.

Yana deyarli har 10-ishtirokchi “Yomon” deb baholagan. Bunda yigitlarning ovozi qizlarnikidan 3% ga ko’proqdir. “Juda yomon” bahosi 5% qatnashchi tarafidan qo’yilgan.

Yigitlarga qaraganda qizlarning 7%dan kop’rogi bu borada xabari yo’qligini aytib o’tdi.


Hududlar kesimida, eng ko’p “A’lo” bahoni qo’yganlar Sirdaryo viloyatiga (21%), “Yaxshi” bahoni qo’yganlar Jizzax viloyatiga (38%), “O’rtacha” bahoni berganlar Surxondaryo viloyatiga (35%), “Yomon” va “Juda yomon”  deb hisoblaganlar (16% va 9% mos ravishda) esa Toshkent shahriga to’g’ri kelganini qayd etish mumkin.

 

 

Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan respondentlarning fikrini aks ettiradi.

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo