COVID-19
ga qarshi vaksina haqidagi afsona va haqiqatlar ( COVID-19
haqida bilimingizni tekshiring!)
|
|
|
|
U-Report UNICEF va Sanepidemxizmat bilan birgalikda
yoshlar o'rtasida so'rov o'tkazdi.
So’rov maqsadi: yoshlarning COVID-19
ga qarshi emlash masalalari bo'yicha bilimlarini oshirish, Internetda mavjud afsona va shubhalarni oldini olish.
So'rov kviz
(o’yin) shaklida o’tkazildi – har bir savoldan keyin to’g’ri javob berildi.
So'rov geografiyasi: O'zbekiston Respublikasining barcha hududlari.
Respondentlar soni: 10 000 ga yaqin U-Report foydalanuvchilari.
|
SO'ROVNING ASOSIY
XULOSALARI: 1.
Respondentlarning 42%i COVID-19 pandemiyasi tugagan
deb hisoblashadi.
2.
Respondentlarning 37%i COVID-19 ga qarshi kurashda
niqoblar endi kerak emas deb hisoblashadi. 3.
15% ishtirokchilar yoshlar COVID-19 ga qarshi emlanishi
shart emas, 14% esa yoshlarda COVID-19 har doim yengil bo'lishiga
ishonishadi.
4.
Respondentlarning aksariyati (92%) emlashdan oldin tibbiy
ko'rikdan o'tish kerakligini bilishadi.
5.
Respondentlarning 13%i spirtli ichimliklar emlash
jarayoniga ta'sir qilmaydi, deb noto'g'ri o'ylashadi: 5%i spirtli
ichimliklarni emlashdan oldin iste'mol qilish mumkin yoki emlashdan oldin ichkilikning
ahamiyati yo’q (8%) deb javob berishgan.
6. Respondentlarning 21%i COVID-19 ga qarshi emlanish
bepushtlikka olib kelishi mumkin deb xato hisoblashadi, yana 18%i javob berishda
qiynalgan. Ushbu vaksina bepushtlikni keltiradi deb hisoblaydiganlarning eng
yuqori ko'rsatkichi (har biri 24%) Buxoro, Qashqadaryo va Samarqand
viloyatlarida.
7.
Javob berganlarning 22%i atigi 3 milliondan ortiq
o'zbekistonliklar to'liq emlangan, yana 19%i esa emlanganlarning soni 30
millionga yaqin deb xato hisoblashadi.
8.
Barcha javoblarni tahlil qilib, qizlar yigitlarga qaraganda
savollarga ko'proq to'g'ri javob berishgan degan xulosaga kelishimiz mumkin.
9.
Farg'ona, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida respondentlar
o'rtacha hisobda boshqa viloyatlarga qaraganda berilgan savollarga biroz ko’proq
xato javob berishgan. |
UNICEF tomonidan Sanitariya-epidemiologik farovonlik
va jamoat salomatligi xizmati (SES) bilan birgalikda o'tkazilgan so'rovga 10 101 ta U-Reportyorlar javob berdi. So'rovning
maqsadi yoshlarning bilimlarini oshirish va yoshlarda COVID-19 ga qarshi emlash
haqidagi afsonalar va shubhalarni oldini olish bo'lganligi sababli, 35
yoshgacha bo'lgan respondentlar tanlandi. Shunday qilib, ushbu so'rovda
respondentlar soni 7 403 tani
tashkil etdi.
Hududlar kesimida respondentlarning eng ko'p soni
Toshkent shahrida (14%), eng kami Sirdaryo viloyatida (3%) istiqomat qiladi.
So'rovda respondentlarning 61%i yigitlar va 39%i qizlar ishtirok etdi.
Respondentlarning 42%i COVD-19 sabab bo'lgan pandemiya allaqachon tugagan deb noto'g'ri o'ylashgan, 9%i esa bu savolga javob berishga qiynalgan.
Javob: Yo’q. Dunyo bo'ylab har kuni COVID-19 ning yangi holatlari
ro'yxatga olinmoqda, chunki virusning yangi shtammlari (turlari) paydo
bo'lmoqda. |
Gender
bo'yicha
yigitlar qizlarga qaraganda ko'proq noto'g'ri javob bergan (yigitlar javobi 45%, qizlar 38%).
Hududlar
bo'yicha, Farg'ona
viloyati (46%), Jizzax va Sirdaryo viloyatlari (har biri 45%) respondentlari COVID-19
pandemiyasi allaqachon tugagan deb xato fikrlashgan. Boshqa viloyatlar bilan
taqqoslaganda, Navoiy viloyatidan ko'proq respondentlar (55%) COVID-19
pandemiyasi hali tugamaganligini ko'rsatib, to'g'ri javobni tanlaganlar.
Hudud |
Ha |
Javob berishga qiyanalyapman |
Yoq |
Andijon
viloyati |
44% |
10% |
46% |
Buxoror
viloyati |
43% |
9% |
48% |
Toshkent
shahri |
44% |
10% |
46% |
Jizzax
viloyati |
45% |
8% |
47% |
Qashqadaryo
viloyati |
40% |
9% |
51% |
Navoiy
viloyati |
39% |
7% |
55% |
Namangan
viloyati |
42% |
9% |
49% |
Qoraqalpog’iston
Respublikasi |
40% |
11% |
50% |
Samarkand
viloyati |
41% |
11% |
48% |
Surxondaryo
viloyati |
42% |
11% |
47% |
Sirdaryo
viloyati |
45% |
7% |
48% |
Toshkent
viloyati |
37% |
10% |
53% |
Farq’ona
viloyati |
46% |
9% |
45% |
Xorazm
viloyati |
41% |
7% |
52% |
Respondentlarning 3/1 qismidan ko'prog’i (37%) COVID-19
ga qarshi kurashda niqoblar endi kerak emas deb noto'g'ri o'ylashgan. To'g'ri javob respondentlarning 60%i tomonidan berilgan.
Javob: Zarur. Yuz niqoblari koronavirus
tarqalishining oldini olish uchun samarali profilaktik chora. Yuz niqobini
taqish, ijtimoiy masofa saqlash va qo'llarni tez-tez yuvish – kasallikning
yuqish xavfini kamaytiradi. |
Gender bo'yicha, ko’proq yigitlar
(40%) qizlarning 32 %iga nisbatan, COVID-19
ga qarshi kurashda niqoblar
endi kerak emas deb hisoblashadi.
Hududlar kesimida respondentlarning
javoblari natijalari shuni ko'rsatdiki, COVID-19 ga qarshi
kurashda niqoblarni keraksiz deb hisoblaydigan respondentlarning aksariyati
(41%) Farg'ona viloyatida, keyin Toshkent va Andijon viloyatlari (har biri 39%)
keladi.
Hudud |
Javob berishga qiyanalyapman |
Kerak emas |
Kerak |
Andijon viloyati |
1% |
39% |
60% |
Buxoror viloyati |
1% |
38% |
62% |
Toshkent shahri |
4% |
38% |
58% |
Jizzax viloyati |
3% |
35% |
62% |
Qashqadaryo viloyati |
4% |
37% |
59% |
Navoiy viloyati |
3% |
35% |
61% |
Namangan viloyati |
5% |
38% |
57% |
Qoraqalpog’iston Respublikasi |
4% |
31% |
65% |
Samarkand viloyati |
4% |
34% |
61% |
Surxondaryo viloyati |
4% |
33% |
63% |
Sirdaryo viloyati |
3% |
38% |
59% |
Toshkent viloyati |
3% |
39% |
57% |
Farq’ona viloyati |
3% |
41% |
56% |
Xorazm viloyati |
4% |
36% |
60% |
Respondentlarning 14%i yoshlarda COVID-19 har doim yengil
bo'ladi, deb xato o’ylashadi. Respondentlarning 84%i bu
har doim ham shunday emasligiga amin.
Javob: Yo’q, doim ham emas. COVID-19 vaksinasini
olmagan yoshlarda COVID-19 bilan kasallanish og'ir kechishi mumkin. COVID-19
ga qarshi vaksinalar – koronavirus infeksiyasi tufayli kasallikning og'ir
kechishi va o'limdan yagona himoya bo'lib qolmoqda. |
Genderga ko'ra, yigitlarning 17%i va
qizlarning 10%i yoshlarda COVID-19 har doim yengil shaklda o’tadi deb
hisoblashadi.
Noto'g'ri javob bergan respondentlarning eng ko'p soni
Jizzax viloyatida – respondentlarning 17%i yoshlarda COVID-19 har doim yengil
o’tadi, deb hisoblashadi, keyin Surxondaryo va Namangan viloyatlari (har biri
16%) keladi.
Savolga to'g'ri javob bergan respondentlarning
aksariyati Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan (89%, 88%).
Hudud |
Ha, har doim |
Javob
berishga qiynalyapman |
Yo'q, har doim ham emas |
Andijon viloyati |
15% |
1% |
84% |
Buxoror viloyati |
14% |
2% |
84% |
Toshkent shahri |
13% |
2% |
85% |
Jizzax viloyati |
17% |
2% |
81% |
Qashqadaryo viloyati |
14% |
3% |
83% |
Navoiy viloyati |
11% |
2% |
86% |
Namangan viloyati |
16% |
2% |
82% |
Qoraqalpog’iston Respublikasi |
15% |
4% |
81% |
Samarkand viloyati |
14% |
3% |
83% |
Surxondaryo viloyati |
16% |
4% |
80% |
Sirdaryo viloyati |
10% |
1% |
89% |
Toshkent viloyati |
11% |
2% |
88% |
Farq’ona viloyati |
14% |
2% |
84% |
Xorazm viloyati |
13% |
2% |
84% |
Respondentlarning 15%i, agar yangi holatlar ko'p
bo'lmasa, yoshlar COVID-19 ga qarshi emlanishlari kerak emas,
deb hisoblashgan.
Javob: Kerak. Virus odamlar orasida qancha ko'p
aylansa, shuncha ko'p o'zgarishi mumkin: har bir yangi turi avvalgisiga
qaraganda yuqumliroq. Shuning uchun emlanish muhim, ayniqsa, immuniteti zaiflashgan
va surunkali kasalliklari bor odamlarga. |
Qizlarning faqat 12%i yoshlar COVID-19 ga qarshi emlanishi kerak emas, deb xato ishonishadi, huddi shunday fikrlaydigan yigit respondentlarning soni ko'proq – 17%.
Toshkent shahrida respondentlarning qariyb
to'rtdan bir qismi (24%), agar yangi kasallanish xolatlari ko'p bo'lmasa, yoshlar COVID-19 vaksinasini olishlari
shart emas, deb hisoblashadi. Keyingi o'rinda Samarqand viloyati (17%).
Hudud |
Javob
berishga qiynalyapman |
Kerak emas |
Kerak |
Andijon viloyati |
2% |
15% |
83% |
Buxoror viloyati |
2% |
16% |
83% |
Toshkent shahri |
6% |
24% |
70% |
Jizzax viloyati |
3% |
13% |
84% |
Qashqadaryo viloyati |
3% |
16% |
81% |
Navoiy viloyati |
0% |
11% |
89% |
Namangan viloyati |
2% |
15% |
83% |
Qoraqalpog’iston Respublikasi |
2% |
9% |
90% |
Samarkand viloyati |
4% |
17% |
79% |
Surxondaryo viloyati |
3% |
12% |
85% |
Sirdaryo viloyati |
1% |
14% |
86% |
Toshkent viloyati |
4% |
15% |
81% |
Farq’ona viloyati |
1% |
14% |
85% |
Xorazm viloyati |
4% |
14% |
82% |
Respondentlarning 16%i yoshlarda COVID-19 ga qarshi
emlanishdan keyin nojo'ya ta'sirlar mavjud emas deb hisoblashadi. Respondentlarning 79%i emlanishdan kelib chiqadigan nojo'ya ta'sirlar
paydo bo'lishi mumkinligiga ishonishadi.
Javob: Har
qanday vaksinadan keyin bo'ladigani kabi, yengil alomatlarni kuzatish mumkin: ü inyeksiya joyida
og'riq, qizarish, qichishish; ü tana harorati
ko’tarilishi; ü qo'rquv, hayajon, bosh aylanishi.
Bu tanangiz virusga qarshi immunitetni shakillantirayotganidan
dalolatdir! Emlashdan keyin paydo bo'ladigan alomatlar haqida doktoringizga darhol
xabar bering. |
Gender bo’yicha
javoblar deyarli bir xil taqsimlangan.
Qoraqalpog'iston Respublikasida respondentlarning
qariyb to'rtdan bir qismi (23%) yoshlarda COVID-19 ga qarshi
emlanishdan keyin nojo'ya ta'sir bo’lmaydi deb hisoblashadi. Undan
keyin Jizzax va Farg'ona viloyatlari (har biri 19%) keladi.
Hudud |
Ha |
Javob
berishga qiynalyapman |
Yoq |
Andijon viloyati |
79% |
4% |
18% |
Buxoror viloyati |
77% |
7% |
16% |
Toshkent shahri |
84% |
5% |
11% |
Jizzax viloyati |
78% |
3% |
19% |
Qashqadaryo viloyati |
76% |
6% |
18% |
Navoiy viloyati |
79% |
4% |
17% |
Namangan viloyati |
80% |
4% |
16% |
Qoraqalpog’iston Respublikasi |
72% |
5% |
23% |
Samarkand viloyati |
79% |
4% |
17% |
Surxondaryo viloyati |
75% |
8% |
18% |
Sirdaryo viloyati |
82% |
2% |
17% |
Toshkent viloyati |
83% |
4% |
13% |
Farq’ona viloyati |
78% |
2% |
19% |
Xorazm viloyati |
82% |
6% |
13% |
Respondentlarning 92%i emlanishdan oldin tibbiy
ko'rikdan o'tish kerak deb to'g'ri javob berishdi. Respondentlarning faqat 7%i xato javob bergan.
Javob:
Ha. Emlashdan oldin terapevt shifokor tomonidan lozim tibbiy ko'rik
o'tkaziladi: qon bosimi, tana harorati o'lchanadi va umumiy hol-ahvol haqida
suhbat o'tkaziladi. Emlash
to'g'risida qaror tibbiy ko'rikdan so'ng qabul qilinadi. |
Gender bo'yicha, emlanishdan oldin majburiy tibbiy ko'rikdan o'tish to'g'risida berilgan savolga yigitlar orasida noto'g'ri javob deyarli ikki baravar ko’proq qizlarga qaraganda (qizlar 5% va yigitlar 9%).
Hududar
bo'yicha, emlanishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tish shart emas deb Sirdaryo va Farg'ona viloyatlarida hisoblaydiganlar soni eng ko'p
(har biri 11% dan).
Hudud |
Ha |
Javob berishga
qiynalyapman |
Yoq |
Andijon viloyati |
91% |
1% |
8% |
Buxoror viloyati |
92% |
1% |
7% |
Toshkent shahri |
90% |
1% |
8% |
Jizzax viloyati |
90% |
2% |
8% |
Qashqadaryo viloyati |
93% |
0% |
7% |
Navoiy viloyati |
93% |
1% |
6% |
Namangan viloyati |
92% |
1% |
7% |
Qoraqalpog’iston Respublikasi |
94% |
1% |
5% |
Samarkand viloyati |
92% |
0% |
8% |
Surxondaryo viloyati |
91% |
3% |
6% |
Sirdaryo viloyati |
89% |
0% |
11% |
Toshkent viloyati |
94% |
0% |
5% |
Farq’ona viloyati |
89% |
0% |
11% |
Xorazm viloyati |
93% |
1% |
6% |
Respondentlarning 85%i COVID-19 ga qarshi emlanishdan
oldin spirtli ichimliklarni iste'mol qilmaslik kerakligi haqida to'g'ri javob berishdi.
Respondentlarning 5%i COVID-19 ga qarshi emlanishdan
oldin spirtli ichimliklarni iste'mol qilish mumkin deb hisoblashadi va
so'ralganlarning 8%i emlanishda spirtli ichimliklarni iste'mol qilish hech
qanday ahamiyatga ega emas deb hisoblashadi.
Javob:
Yo’q. Emlashdan bir necha kun oldin va 3-5 kun keyin spirtli ichimliklardan
voz kechish tavsiya etiladi. Spirtli ichimliklar immunitet tizimini
sustlashtiradi hamda intoksikatsiya va allergik reaksiyalar tufayli boshqa
nojo'ya ta'sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. |
Gender nuqtai nazaridan faqat har ikki yo'nalishda ham ozgina og'ish
bilan nisbiy tenglik kuzatiladi. Shunday qilib, qizlarning 4%i va yigitlarning
7%i emlashdan oldin spirtli ichimliklarni iste'mol qilish mumkin deb
hisoblashadi, qizlarning 8%i va yigitlarning 7 %i emlanishdan oldin spirtli
ichimliklarni iste'mol qilish muhim emasligiga ishonishadi.
Emlash oldidan spirtli ichimliklarni iste'mol qilishga
ruxsat berilgan deb hisoblagan respondentlarning eng ko'p soni Jizzax viloyatidan
– 7%. Bir vaqtning o'zida bir nechta hududlarda, ya'ni Andijon, Buxoro va
Sirdaryo viloyatlarida respondentlarning o'ndan bir qismi uchun emlanishdan
oldin spirtli ichimliklarni iste'mol qilish-qilmaslik ahamiyatsiz.
Hudud |
Ha |
Javob berishga
qiynalyapman |
Muhim emas |
Yoq |
Andijon viloyati |
6% |
3% |
10% |
81% |
Buxoror viloyati |
6% |
3% |
10% |
82% |
Toshkent shahri |
5% |
2% |
8% |
84% |
Jizzax viloyati |
7% |
2% |
7% |
83% |
Qashqadaryo viloyati |
4% |
3% |
5% |
88% |
Navoiy viloyati |
4% |
3% |
5% |
89% |
Namangan viloyati |
5% |
2% |
9% |
83% |
Qoraqalpog’iston Respublikasi |
6% |
1% |
8% |
85% |
Samarkand viloyati |
5% |
2% |
8% |
85% |
Surxondaryo viloyati |
5% |
3% |
6% |
87% |
Sirdaryo viloyati |
6% |
3% |
10% |
81% |
Toshkent viloyati |
3% |
1% |
6% |
90% |
Farq’ona viloyati |
6% |
3% |
8% |
83% |
Xorazm viloyati |
5% |
2% |
7% |
86% |
So'rov natijalariga ko'ra, respondentlarning 21%i COVID-19
vaksinalari bepushtlikni keltirib chiqaradi deb o’ylashar ekan, 18 %i esa javob
berishga qiynaldi.
Gender nuqtai nazaridan
sezilarli farqlar mavjud emas.
Javob:
Yo’q. COVID-19 ga qarshi mavjud vaksinalar bepushtlikni keltirib chiqarmaydi. Bu
mish-mish va afsonalar haqiqatga umuman to'g'ri kelmaydi. |
Bir vaqtning o'zida uchta viloyatda
respondentlarning qariyb to'rtdan bir qismi (24%) vaksinalar bepushtlikni olib
keladi deb hisoblashadi (Buxoro viloyati,
Qashqadaryo viloyati, Samarkand viloyati) va Toshkent shahrida
javob berishga qiynalgan respondentlarning eng ko'p soni (22%).
Hudud |
Ha |
Javob berishga
qiynalyapman |
Yoq |
Andijon viloyati |
17% |
19% |
64% |
Buxoror viloyati |
24% |
17% |
59% |
Toshkent shahri |
20% |
22% |
59% |
Jizzax viloyati |
21% |
18% |
61% |
Qashqadaryo viloyati |
24% |
19% |
57% |
Navoiy viloyati |
22% |
18% |
60% |
Namangan viloyati |
20% |
15% |
65% |
Qoraqalpog’iston Respublikasi |
20% |
16% |
64% |
Samarkand viloyati |
24% |
19% |
57% |
Surxondaryo viloyati |
18% |
19% |
63% |
Sirdaryo viloyati |
15% |
16% |
69% |
Toshkent viloyati |
18% |
19% |
63% |
Farq’ona viloyati |
21% |
16% |
63% |
Xorazm viloyati |
23% |
18% |
60% |
Respondentlarning faqat 59%i 17 millionga yaqin
o'zbekistonlik COVID-19 ga qarshi to'liq emlanganligini to'g'ri ta'kidlagan.
Shuningdek, respondentlarning 22%i bunday odamlarning atigi 3 milliondan
ortiqligiga, 19%i esa ularning soni 30 milliondan oshganiga ishonishadi.
Javob: 16,9
million kishi (2022 yil sentyabr holatiga). Demak,
tobora ko'proq insonlar vaksinani tanlashmoqda va unga ishonishmoqda. Mamlakatimizning
barcha aholisini himoya qilish va yangi shtammlar mutatsiyaga uchramasligini
ta'minlash uchun – barchaning emlanishi zarur. |
Gender bo'yicha javoblarda ozgina farqlar mavjud, masalan,
qizlarning 21%i va yigitlarning 18%i O'zbekistonda 30 millionga yaqin odam COVID-19
ga qarshi to'liq emlangan deb hisoblashadi. Shuningdek, qizlarning 20%i
va yigitlarning 23%i faqat 3 milliondan ortiq o'zbekistonlik to'liq
emlanganligiga ishonishadi.
Hududiy kesimda Toshkent shahrida
respondentlarning 37%i O'zbekistonda 3 milliondan ortiq odam to'liq emlangan
deb hisoblaydi. Jizzax va Farg'ona viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog'iston
Respublikasida javob berganlarning 22%i O'zbekistonda 30 millionga yaqin odam COVID-19
ga qarshi to'liq emlangan degan fikr bildirgan. To'g'ri javob bergan
respondentlarning eng katta ulushi Navoiy viloyatiga to'g'ri keldi (66%.)
Hudud |
16 milliondan ortiq |
3 milliondan ortiq |
30 millionga yaqin |
Andijon viloyati |
59% |
23% |
21% |
Buxoror viloyati |
60% |
22% |
18% |
Toshkent shahri |
51% |
37% |
12% |
Jizzax viloyati |
61% |
17% |
22% |
Qashqadaryo viloyati |
59% |
23% |
18% |
Navoiy viloyati |
66% |
13% |
22% |
Namangan viloyati |
64% |
17% |
18% |
Qoraqalpog’iston Respublikasi |
56% |
22% |
22% |
Samarkand viloyati |
60% |
20% |
20% |
Surxondaryo viloyati |
63% |
20% |
17% |
Sirdaryo viloyati |
63% |
17% |
21% |
Toshkent viloyati |
60% |
23% |
16% |
Farq’ona viloyati |
62% |
16% |
22% |
Xorazm viloyati |
57% |
22% |
21% |
Izoh: Keltirilgan
ma’lumotlar YUNISEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ ma'lumot
xisoblanmaydi. So’rov natijalari U-Reportning shu so'rovida ishtirok etgan
respondentlarning fikrlarini tahlilidir.