Hamkor: Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)
Maqsad: yoshlar aholining ijtimoiy himoyasi
haqida xabardorligi va istaklarini, hamda ishga joylashish bo’yicha fikrlarini aniqlash
So'rov natijalari O'zbekistonning ijtimoiy himoya strategiyasini ishlab chiqishda ishlatiladi.
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistonda
ijtimoiy himoyani mustahkamlash bo‘yicha Qo‘shma dasturining amalga oshiruvchilaridan biri
sifatida O‘zbekiston hukumati bilan ijtimoiy himoya bo‘yicha milliy strategiyani ishlab
chiqishda hamkorlik qilmoqda.
Inklyuzivlik va ko‘p manfaatdor tomonlarni jalb qilish strategiyani ishlab chiqishda kuzatiladigan asosiy prinsiplardan biridir. Turli ijtimoiy
guruhlar va ularning manfaatlarini ifodalovchi ijtimoiy sheriklar va fuqarolik jamiyati
tashkilotlarining ishtiroki odamlar hayoti davomida boshdan kechirishi mumkin bo‘lgan turli
o‘tishlarni to‘liq eʼtirof etishi va ijtimoiy himoya siyosati tomonidan hisobga olinishini
taʼminlash uchun juda muhimdir. Bular hayot siklining o‘tish davrlari bo‘lib, ijtimoiy
himoya yosh ayollar va erkaklarning taʼlimdan ishga o‘tishini muvaffaqiyatli boshqarishini,
oilalar yosh bolalarga g‘amxo‘rlik qilishni uddalashini, mehnatga layoqatli aholining kasblar
va tarmoqlar o‘rtasida o‘tishini amalga oshirishini va odamlar nafaqaga chiqib, munosib
yashashlarini taʼminlashi mumkin.
Ijtimoiy himoya, shuningdek, tizimli o‘tish davrlarini,
ayniqsa bandlikning o‘ta norasmiy va tartibga solinmagan shakllaridan va iqtisodiy
birliklardan rasmiy iqtisodiyotga o‘tishni, shuningdek, iqtisodiyotning yashil, parvarish
va raqamli tarmoqlarida munosib ish topishni, shuningdek, moliyalashtirishning barqaror
shakllarini taʼminlashni hisobga olishi kerak.
Yoshlarning fikrlari, tajribalari va intilishlari ayniqsa muhimdir, chunki hozirda ishlab
chiqilayotgan siyosat ularning hozirgi holatiga ham, kelajagiga ham taʼsir qiladi. Markaziy
Osiyodagi aholisi eng ko‘p bo‘lgan O‘zbekistonda 35,2 mln. kishi istiqomat qiladi, ularning
18 mln. nafari 29 yoshgacha, bu esa Yevropa va Markaziy Osiyodagi yeng yuqori mutlaq yoshlar soni
(Jahon banki, 2021). Yuqori demografik dividendlar munosib ish o‘rinlarini yaratadigan va
mehnat resurslarini safarbar qiladigan, shuningdek, yoshlar duch keladigan ishonchsizlikni
oldini olish yoki yumshatish uchun o‘tish davriga qaratilgan ijtimoiy himoya choralarini taklif
qiladigan siyosatning tegishli birikmasidan kelib chiqadi.
Ushbu U-Report so‘rovi yoshlarning ijtimoiy himoya va bandlikka ko‘maklashishni qanday idrok qilishini
ko‘rsatish uchun ishlab chiqilgan. 14 000 dan ortiq respondent anketani to‘ldirishni boshladi,
shulardan 8 708 nafari esa savollarning kamida yarmiga javob berdi. Ushbu hisobot savollarning
kamida yarmiga javob berganlarning javoblarini taqdim etadi. So‘rovnomani birinchi yarmi (4
ta savol) ijtimoiy himoya va uni yoshlar tomonidan idrok etilishi bilan bog‘liq. So‘rovnomani
ikkinchi yarmida (3 ta savol) bandlikka oid savollar berildi. Maqsadli respondentlarning yoshi
va so‘rovning onlayn xususiyati tufayli so‘rov yettita savol bilan cheklangan.
To'liq so'rov natijalarini XMT tomonidan tayyorlangan tahlilda - PDF Ilovasida o'qing.