Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Musiqaga munosabatingiz qanday?


Musiqaga munosabatingiz qanday?

 

 

U-Report Namangan viloyati hokimligi va “Yuksalish” UMH bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi.

 

So’rov maqsadi: yoshlarning musiqaga munosabatini va musiqiy ta’limni tashkil etishga istaklarini bilib olish.

 

Ma’lumotlar ishlatilishi: Namangan viloyatining ta’lim muassasalarini zarur musiqa asboblari bilan ta’minlash uchun qo’llaniladi.

 

So’rov geografiyasi: Namangan viloyati

 

Respondentlarning soni: taxminan 3500 U-Report foydalanuvchilari.

 

 

 

 

SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

1.       Respondentlarning 78%i musiqaga qiziqadi. Shu bilan birga, qizlar (84%) o‘g‘il bolalarga (74%) nisbatan musiqaga biroz ko‘proq qiziqish bildirmoqda.

2.       Respondentlarning 34%i hech qanday cholg‘u asbobini chalishni bilmasligini, lekin chalishni o‘rganishni xohlashini aytgan. Yana 14%i ularda iqtidor yo'qligiga ishonishadi.

3.       Respondentlarning 40%dan koʻprogʻi qaysidir cholgʻu asbobini chalishni biladi: eng ommabop musiqa asboblari torli (14%), klavishli (13%) va zarbli cholgʻu asboblari (9%) boʻldi.

4.       Respondentlarning 18%i maktabda musiqa darslarini o‘qitish sifatiga salbiy (“yomon” va “juda yomon”) baho bergan. Respondentlarning yana 56%i musiqa darslarini ijobiy baholagan: a'lo (18%) va yaxshi (38%).

5.       So‘rov ishtirokchilarining 84%i musiqa to‘garaklariga bormagan/bormaydi. Asosiy sabablari quyidagilar:

 - 56% - shaxsiy omil (vaqt va qiziqish yo'q)

 - 21% - infratuzilma muammolari (musiqa asboblari, musiqa klublari va boshqalar yetishmasligi)

- 16% - oilaviy muammolar (uyda ruxsat berilmaydi yoki pul yo'qligi).

6.       Shuni ta'kidlash kerakki, qizlar (19%) o'g'il bolalarga (6%) qaraganda uch barobar ko'proq oilaning ruxsati yo'qligi sababli musiqa maktablariga bormasliklarini bildirishgan.

7.       Respondentlarning 18%i milliy estradani ko‘proq yoqtirishini aytgan. Keyingi oʻrinlarni chet el estradasi (15%) va rep (8%) janrlari egallagan. Shu bilan birga, o'g'il bolalar qizlarga (3%) nisbatan ko'proq repni (12%) tanlagan.

8.       Respondentlar musiqa darslarida ko'rishni hohlaydigan eng ommabop cholq’u asboblari:

1)       Torli va klavishli har biri 27%dan

2)       Zamonaviy noodatiy – 21%

3)       Zarbli – 9%.

9.       Namangan viloyatida musiqa sanʼatini rivojlantirish maqsadida soʻrovnoma ishtirokchilari quyidagilarni taklif qiladilar:

1)       29%i - turli darajada musiqa darslari sonini oshirish (maktab, kollej, mahallalarda).

2)        27%i - musiqa asboblaridan foydalanish uchun kengroq imkoniyat olish tarafdorlari: maktablarda cholq’u asboblari sonini ko'paytirish (20%) va ularni arzonlashtirish (7%).

3)       21%i musiqa tanlovlari / festivallari / taniqli musiqachilarning konsertlari sonini ko'paytirish orqali musiqani ommalashtirishni tanladi.

4)       12%i maktablarda musiqa darslari sifatini oshirish kerak, deb hisoblaydi.

 

Eng ko‘p respondentlar Namangan shahri (14%), Chust (11%), Yangiqo‘rg‘on (10%) va To‘raqo‘rg‘on (10%) tumanlariga to’g’ri kelgan. Eng kam respondentlar Yangi Namangandan ishtirok etgan (2%).

Gender nisbatida qizlar respondentlarning taxminan 39%ni, yigitlar esa 61%ni tashkil qildi.

Respondentlarning o'rtacha yoshi 18 yosh. Shuningdek, yosh bo‘yicha respondentlarning 18%ini 16 yoshgacha, 66%ini esa 16 dan 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etgan.


Respondentlarning 78%i musiqaga qiziqadi. Shu bilan birga, jinsi bo'yicha o'g'il bolalarga (74%) nisbatan ko’proq qizlar (84%) musiqaga qiziqishini bildirgan. Hududlar kesimida musiqaga qiziquvchilarning eng kam ulushi To‘raqo‘rg‘onda (68%), eng yuqorisi Namangan tumanida (85%) kuzatilmoqda.


Respondentlar, shuningdek, qanday cholq’u asboblarida chalishni bilishini aytib berishdi. Respondentlarning 45%i  hech qaysi cholg’u asbobida chalolmaydi, ammo ulardan 34%i  chalishni o'rganishni xohlardi. Shu bilan birga, gender jihatidan musiqiy asboblarni chalishni o'rganishni хohlovchilar orasida qizlar (45%) yigitlarga (26%) qaraganda ikki barobar ko’proq.

Respondentlarning 14%i ularda iste'dod yo'qligiga ishonishadi. Shu bilan birga, respondentlar chalishni biladigan eng ommabop asboblar bu klavishli (18%) va torli (11%) asboblardir. Jinsga ko'ra, klavishli asboblari qizlar orasida ko'proq ommabop (18% qizlar va 9% yigitlar), yigitlar (13% ) esa qizlarga qaraganda (3%) ko'proq zarbli asboblarga qiziqishadi.

 

Respondentlarning yarmidan sal ko’prog’i maktabda musiqa darslarining o'qitilishini a'lo (18%) yoki yaxshi (38%) deb baholagan. Respondentlarning 18%i salbiy baho berdi. Respondentlarning yana 11%i musiqa darslari yo'qligini ta'kidladi.



Hududiy kesimida maktablarda musiqani o‘rgatish bo‘yicha eng yuqori bahoni Namangan tumani (28% – a’lo va 42% – yaxshi) berdi, Chortoq (16% yomon va 7% juda yomon) va Kosonsoy tumanlarida esa eng past baholangan. Musiqa darslari asosan Davlatobodda o'tkazilmaydi - 16% respondentlar javobi.

1-jadval. Maktabda musiqa darslarini o'qitishni tumanlar bo'yicha baholash

 

A’lo

Yaxshi

Yomon

Juda yomon

Darslar o’tkazilmaydi

Maktabni avval bitirganman

Javob berish qiyin

Chortoq

13

34

16

7

13

14

4

Chust

20

35

12

6

14

12

1

Davlatobod

15

41

10

4

16

10

4

Kosonsoy

17

37

14

8

11

14

0

Mingbuloq

14

39

14

6

14

12

1

Namangan shahri

19

35

14

5

15

7

4

Namangan tumani

28

42

9

3

7

10

0

Norin

19

38

10

6

11

14

2

Pop

21

39

11

8

9

10

2

To’raq’org’on

16

40

11

8

8

13

2

Uchqurg’on

19

36

12

6

14

10

3

Uychi

13

44

15

5

8

14

2

Yangi Namangan

20

38

8

8

10

14

2

Yangiq’or’g’on

22

41

10

8

8

10

2

 

Respondentlarning javoblariga ko'ra, musiqa to'garaklarida qatnayotgan yoki qatnashgan qizlarning ulushi o'g'il bolalarga (13%) nisbatan bir oz ko'proq (20%).


Tumanlar bo‘yicha to‘garak va musiqa maktablariga eng ko‘p boruvchilar Namanganda – 23%, Uychi va Yanqiqo‘rg‘on tumanlarida (20%) qayd etilgan bo‘lsa, eng kami Norinda 9%ga yaqin qayd etilgan.


Respondentlar musiqa maktablari yoki to‘garaklariga bormasliklari sabablari orasida quyidagilarni belgiladilar:

1)      Vaqt yetishmasligi (31%)

2)       Qiziqish yo'qligi (25%)

3)       Uydagilardan ruxsat yoqligi (11%).

 

So‘rovda qatnashganlarning faqat 4%i musiqa maktabi yoki to‘garaklarga bormasligining sababi sifatida malakali o‘qituvchilarning yetishmasligini ta’kidlagan. Qayd etish joizki, qizlarning 19%iga oila a’zolari tomonidan musiqa maktablari yoki to‘garaklarga borishiga ruxsat berilmagan, bu ko’rsatkich o‘g‘il bolalarnikidan (6%) uch barobar ko‘proqdir. Respondentlarning 5%ga yaqini pul yetishmasligi musiqa maktabiga borishlariga to'sqinlik qilishini ta'kidlagan.

 

Hududiy jihatdan ham sezilarli farqlar mavjud. Masalan, Pop va Mingbuloqdagi respondentlarning 9%i pul yo'qligi sababli musiqa maktabiga bormaydi. Norin va Yangi Namangandagi respondentlarning 13%i maktab yoki to’garak juda uzoqda, deb javob berishgan.


Respondentlarning 18%i milliy estradani ko‘proq yoqtirishini aytishgan. Keyingi oʻrinlarni chet el estradasi (15%) va rep (8%) janrlari egallagan. Shu bilan birga, o'g'il bolalar qizlarga nisbatan (3%) ko'proq repni (12%) tanladilar. Eng kam ommabop yo'nalish K-Pop bo'ldi – respondentlarning 1%dan kamrog'i uni tanlagan.

Respondentlar o'zlarining afzalliklarini alohida qayd etishdi (8%):

-          Turk estradasi

-          Instrumental musiqa.


Respondentlar ko'proq torli (27%) va klavishli (27%) cholg'u asboblarini chalishni xohlashadi. Shu bilan birga, klavishli qizlar orasida eng ommabop javob bo'ldi – 41%. Boshqa tomondan, ko'proq yigitlar zarbli asboblarni chalishni o'rganishni xohlashadi – 13%, qizlar orasida 4%. Respondentlarning faqat 1%i puflab сhalinadigan asboblarini chalishni o'rganishni xohlaydi.

Hududlar kesimida shunga o'xshash javoblar kuzatiladi. Asosiy farqlari, Chortoq, Mingbuloq, Namangan tumani, Norin, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Yangi Namangan va Yangiqo‘rg‘onda klavishli cholg’u asboblari eng ommabop javoblar bo’ldi. Chust, Davlatobod, Kosonsoy, Namangan shahri va Uchqo‘rg‘onda esa torli cholg’u asboblari eng ommabop.

 2-jadval. Musiqa darslarida yoki to’garaklarida qaysi cholg’u asboblarinin ko’rishni xohlar edingiz, tumanlar bo’yicha

 

Klavishli

Torli

Zamonaviy

Zarbli

Boshqa

Kamonli

Damli

Puflab chalinadigan

Chortoq

28

20

17

16

12

5

1

1

Chust

28

29

17

10

7

7

2

2

Davlatobod

25

36

25

5

8

3

0

0

Kosonsoy

27

28

20

9

8

4

1

2

Mingbuloq

33

30

19

6

6

4

1

1

Namangan shaxri

20

30

28

8

7

3

2

1

Namangan tumani

36

20

21

10

6

4

1

2

Norin

27

25

22

10

12

2

0

1

Pop

29

27

19

9

9

6

0

0

To’raq’org’on

26

22

20

12

8

7

1

4

Uchq’org’on

23

27

21

12

8

6

1

3

Uychi

27

26

19

13

7

5

1

2

Yangi Namangan

35

28

17

11

7

2

0

0

Yangiq’org’on

32

30

15

7

8

6

2

2

 

So‘rov ishtirokchilari Namangan viloyatida musiqa san’atini rivojlantirish uchun nima qilish kerakligi haqida ham fikrlarini berdi. Ularning fikricha, eng ommabop yechimlar quyidagilar:   

1)      Maktablarda cholg’u asboblari sonini ko'paytirish (21%),

2)      Musiqa maktablari sonini ko'paytirish (14%) ва

3)      Maktablarda musiqa darslari sifatini oshirish (12%). 

 

Hududiy kesimida maktabda cholg‘u asboblarini ko‘paytirish zarurligini qayd etgan respondentlarning eng katta qismi Yangi Namanganda (26%) kuzatilmoqda. Norinliklarning 20%i musiqa maktablari sonini ko‘paytirish, Chortoqda cholg‘u asboblarini arzonlashtirish (11%), Yangi Namanganda mahallalarda (16 %) musiqa to‘garaklarini ko‘paytirishni so‘rashmoqda.

 

 

Izoh: So'rovnomalar natijasida olingan ma'lumotlar YUNISEFning fikri emas, representativ hisoblanmaydi, va U-Reportning ushbu so'rovida ishtirok etgan respondentlarning fikrlarini aks ettiradi.

 

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo