Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashga jalb bo’lyaptimi?

Yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashga jalb bo’lyaptimi?

U-Report Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda yoshlar o'rtasida so'rov o'tkazdi.

 

So’rov maqsadi: yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi ishtirokini qanday his qilishlarini bilib olish.

 

Ma’lumotlar ishlatilishi: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashga samarali jalb qilish uchun.

 

So'rov hududi: O'zbekiston Respublikasi

 

Respondentlar soni: 18200 dan ortiq U-Report foydalanuvchilari.

 

 

 

 

SO'ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

1.       Respublika bo'yicha respondentlarning 39%i pora berishni korrupsiya deb hisoblamaydi.

 

2.       Respondentlarning fikriga ko'ra, korrupsiyaga qarshi kurashish uchun mas'ul bo'lganlar top-3 javoblar:

1)    «Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi» (33%),

2)     «Men o’zim» (27%)

3)    «Huquqni muhofaza qilish idoralari» (11%).

 

3.       56% respondentlar korrupsiyaga qarshi kurashga o'zlarini jalb bo’lganligini his qilgan, ammo yana 36%i bu savolga “yo’q” javobini berdi.

 

4.       So'rov ishtirokchilarining 81%i korrupsion holatlar haqida xabar berishga tayyor: ulardan 29%i ularning anonimligi saqlab qolinsagina ochiqlashga tayyor.

 

5.       6% respondentlar korrupsion jinoyatlar haqida xabar berishga qo'rqishini aytishgan.

 

6.       Faqat 46% respondentlar  atrofdagilari pora olish/pora berishga salbiy munosabatda ekanligini taʼkidlagan. 18%i "ijobiy (umuman olganda, bunga qarshi emas)" va boshqa 28%i atrofdagilari poraga "neytral" munosabatda deb hisoblashadi.

7.       Respondentlarni pora berishdan to'xtatadigan 4 ta asosiy sabab quyidagilar:

1)      Diniy e’tiqodiga zid kelishi – 26%

2)      Noqonuniylik – 25%

3)      Qadriyatlarga/tarbiyaga zid ekanligi – 16%.

4)      Jinoiy jazodan qo'rqishi - 9%.

 

8.       Respondentlarning taxminan 9%i “Vaziyat taqazo etsa, pora beraman” deb javob bergan. Shu bilan birga, bu variantga yigitlar qizlarga (6%) qaraganda bir oz ko'proq (9%) ovoz berishgan.

 

9.       U-Reportyorlar yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashga jalb qilishning eng samarali 4 ta usulini belgiladi:

1)      Yoshlar bilan korrupsiya oqibatlarini muhokama qilish (18%)

2)      Korrupsiyaga qarshi tadbirlarni tashkillashtirish (17%)

3)      Korrupsiyaga qarshi loyihalar uchun grantlar e'lon qilish (15%)

4)      Ko'ngillilarni korrupsiyaga qarshi ishlarga jalb qilish (11%).

 

10.   Respondentlarning 81%i korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarni jalb etishni oshirish O'zbekistonda korrupsiya darajasini pasaytirishga yordam beradi deb hisoblashadi: ularning 45%i bunga aniq ishonadi, qolgan 36%i esa bunday ehtimol yoq emas deb hisoblaydi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tashkil etilgan so'rovning maqsadi yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi ishtirokiga munosabatini aniqlash bo‘lgani sababli, 7 dan 35 gacha bo'lgan yoshlar tanlangan. Shunday qilib, ushbu so'rovda ishtirok etganlar soni 16 189 nafarni tashkil qildi[1].

Respondentlarning o'rtacha yoshi 21.5 yoshni tashkil etdi. Bundan tashqari, respondentlar 7-15 yoshgacha, 16-25 yoshgacha va 26-35 yoshgacha bo'lgan yosh guruhlariga bo'lingan. 16-25 yoshdagi respondentlar ko’pchilikni tashkil etdi – 68.8%. 



So'rovda ishtirok etgan barcha respondentlar orasida gender nisbatida ayol vakillari respondentlarning taxminan 39%ni, erkak vakillari esa 61%ni tashkil qildi.

 

 

 





Respondentlarning ko’pchiligi Navoiy (17%), Samarqand (11%) va Buxoro viloyatlariga (9%) to'g'ri keldi. Eng kam ishtirokchilar Sirdaryo, Toshkent va Jizzax viloyatlaridan bo’ldi – 3% va 4% dan tog’ri keldi.



So'rov natijalari shuni ko'rsatadiki, qatnashgan yoshlarning faqat 51%i korrupsiyaning mohiyatini to'g'ri tushunishadi.  Jins jihatidan, natijalar biroz farq qiladi, erkak respondentlarning 53%i va ayol respondentlarning 48%i "korrupsiya"ning to'liq ma'nosini biladi.





Respondentlarning 2%i bu tushuncha bilan tanish emasligini ko'rsatdi, yana taxminan 5%i korrupsiya faqat "pora olish" deb hisoblaydi. 2,3,4,5 variantlarini tanlaganlar - 23%ni tashkil etadi, javoblar quyidagilarni o'z ichiga oladi: pora olish, ishlarni tanish-bilish orqali hal qilish, byudjet pullarini o'g'irlash, lavozimni suiiste'mol qilish, pora berish variantidan tashqari.


Ushbu savol U-Reportning Antikorrupsion agentligi bilan 2020 yilda o’tkazilgan so’rovda ham bor edi:

U-Reportyorlarning 2020 yilda bergan javobi:

 

U-Reportyorlarning 2021 yilda bergan javobi:

Respondentlarning 34%i pora berishni korrupsiya deb hisoblamaydi.

%

Respondentlarning 39%i pora berishni korrupsiya deb hisoblamaydi.

U-Reportyorlarning 53%i korrupsiya nima degan savolga to'liq javob berishdi.

%

Qatnashgan yoshlarning faqat 51%i korrupsiyaning mohiyatini to'g'ri tushunishadi

 

Bundan tashqari, "Siz korrupsiya deganda nimani tushunasiz?" savoli har bir hudud kesimida tahlil qilindi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, Toshkent shahrida yoshlar korrupsiyaning mohiyatini eng yaxshi tushunishadi (62%). To'g'ri variant quyidagi variantlarni o'z ichiga oladi: pora berish, pora olish, ishlarni hal qilishda tanishlardan foydalanish, byudjet pullarini o'g'irlash va lavozimni suiiste'mol qilish.

Shuningdek, Farg'ona va Toshkent viloyatlari yoshlari "korrupsiya"ning mazmun-mohiyatini yahshi tushunib, javoblar 58% va 55%ni  tashkil qildi. Korrupsiya tushunchasiga to’g’ri javob berish bo’yicha ang past ko’rsatkich – Jizzax viloyati respondentlarida kuzatildi – 37%. Shu bilan birga, aynan shu viloyat respondentlari butun mamlakat kesimida – “pora olish” korrupsiya ekanligiga eng yuqori foizlarni berdi – 14%.

Hudud(%)

Yuqoridagilarning barchasi

2,3,4,5 variantlari

Ishlarni hal qilishda tanishlardan foydalanish

Pora berish

Pora olish

Lavozimni suiiste’mol qilish

Bilmayman

Byudjet pullarini o’girlash

Andijon viloyati

51

23

7

8

3

5

1

1

Bukhoro viloyati

51

23

6

8

5

5

2

1

Farg’ona viloyati

58

21

5

6

3

4

1

1

Jizzakh viloyati

37

26

8

14

7

5

2

2

Namangan viloyati

50

25

7

8

4

4

1

1

Navoi viloyati

45

24

7

9

6

5

2

1

Qashqadaryo viloyati

51

24

6

7

5

5

1

1

Q’oraq’alpog’iston Respublikasi

48

20

9

9

6

6

2

1

Samarqand viloyati

52

23

5

7

3

6

2

1

Sirdaryo viloyati

52

24

5

8

3

4

1

1

Surkhondaryo viloyati

54

23

7

6

3

5

2

1

Toshkent shahri

62

21

2

5

4

4

1

1

Toshkent viloyati

55

24

5

7

2

4

2

2

Khorezm viloyati

54

23

5

8

4

4

2

1

 



















Respondentlar korrupsiyaga qarshi kurashish uchun eng mas'ul top-3 variantlarni belgiladilar:

1)       «Korrupsiyaga qarshi agentlik» (33%)

2)      «Men o’zim» (27%)

3)      «Huquqni muhofaza qilish idoralari» (11%).

Eng kam javoblar Prezident Ma'muriyati, sud organlari va ommaviy axborot vositalari/bloggerlar 3%, 2% va 1%  tashkil etdi.

"Boshqa" variantiga o'z vjavoblarini bergan respondentlarning 9%i:

- har bir insonning o'zi

- jamoat nazorati

- mamlakat aholisi

- jamiyat

- mamlakatning barcha fuqarolari

- hamma davlat organlari.

 

Shuningdek, so‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, respondentlarning 56%i korrupsiyaga qarshi kurashda ishtirok etayotganini his qiayotlgan bo‘lsa, yana 36%i salbiy javob bergan. Gender bo'yicha qizlar korrupsiyaga qarshi kurashda o'zlarining ishtirokini yigitlarnikiga (54%) nisbatan bir oz ko'proq his qilishadi – 59%.  

 




So‘rov ishtirokchilarining 53%i korrupsiya holatlari haqida xabar berishga tayyor. Biroq, 29%i agar anonimlik saqlansagina, korrupsiya haqida xabar berishga tayyor. Respondentlarning 6%i korrupsiya jinoyatlari haqida xabar berishdan qo'rqaman, deb javob bergan.








Shuningdek, respondentlarning atrofidagilarini pora olish/pora berishga bo'lgan munosabati o'rganildi. Respondentlarning 46%i yaqin atrofidagilari poraga nisbatan salbiy munosabatda ekanligini ko'rsatdi. Shu bilan birga, 18% respondentlarning yaqin atrofidagilari pora olish / pora berishga ijobiy (umuman olganda qarshi emas) munosabat ko’rsatgan.


        





Shuningdek, biz yoshlardan pora berishga nima to‘sqinlik qilishi mumkinligini so‘radik.

         Respondentlarni pora berishdan to'xtatadigan 4 ta asosiy sabablar quyidagilar:

1)      Diniy e'tiqodiga zid ekanligi – 26%

2)      Noqonuniyligi – 25%

3)      Qadriyatlarga/tarbiyaga zid ekanligi – 16%

4)      Jinoiy jazodan qo'rqishi – 9%.


Bundan tashqari, poraning noqonuniyligi ayol respondentlarni pora berishdan yigitlarga nisbatan bir oz ko'proq to'xtatadi: 29% ayollar va 23% erkaklar. Diniy e'tiqodlar qizlarga qaraganda o'g'il bolalarga ko'proq ta'sir qiladi: 28% erkaklar va 23% ayollar bu variantni tanlashdi.

Respondentlarning taxminan 9%i, agar boshqa iloji bo‘lmasa, pora berishdan hech narsa to‘xtatmaydi, deb javob bergan. Shu bilan birga, bu variantga yigitlar qizlarga (6%) qaraganda bir oz ko'proq (9%) ovoz bergan.

Respondentlarning yana 7%i “Boshqa” javobini tanladi va o‘z fikrini yozdi:

- mavjud davlat siyosatini o'zgartirishdan qo'rqish

- asab tizimini / barqarorlikni buzish

- sog'lom raqobatni qo'llab-quvvatlashi.

 _______________________________________________________________

Shuningdek, biz respondentlardan yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashga yanada samarali jalb etish borasidagi fikrlarini so‘radik. U-Reportyorlar yoshlarni ushbu jarayonga eng yaxshi jalb qilishning top-4 ta usulini belgiladi:

1)      Yoshlar bilan korrupsiya oqibatlarini muhokama qilish (18%)

2)      Korrupsiyaga qarshi kurashish aksiyalarini o’tkazish (17%)

3)      Korrupsiyaga qarshi kurashish loyihalari uchun grantlar e'lon qilish. (15%)

4)      Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlariga ko'ngillilarni jalb qilish (11%).

Respondentlarning 15% o'z javoblarini berdi, jumladan:

- bolalikdan korrupsiyaning oqibatlarini tushuntirish

- korrupsionerlarga nisbatan qonunni kuchaytirish

- korrupsiyaga qarshi yangi tizimni barpo etish

- savodsizlikni yo'q qilish

- diniy e'tiqodlardan foydalanish yoki maktablarda islomiy fanlarni joriy etish

- yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashish ruhida tarbiyalash va hokazo.

U-REPORTYORLARNING AYRIM FIKRLARI:

«Korrupsiya bilan bog'liq zararni yorqin misollarda aniq ko'rsatish va korrupsiyaning zarari kelajakni barbod qilish ehtimoli yuqori ekanligini ko'rsatish. Yosh avlodning korrupsiyaga qarshi immunitetini shakllantirish».

«Yoshlar uzluksiz o‘rganishi, bilim olishi kerak, shunda ular o‘z bilimlaridan hamma joyda foydalanishlari mumkin bo‘ladi. O‘qimagan, bilim olmagan odam pora beradi».

 «Nazoratni kuchaytirish, shuningdek, televideniyeda korrupsiyaga qarshi dasturlarni ko'rsatish».

 «Korrupsiyaga qarshi kurashda hamma birgalikda harakat qilishi kerak. Yoshlar yoshligidanoq korrupsiyaga qarshi kurashishga tayyor bo‘lishi kerak. Shunda biz kelajagi porloq davlat qura olamiz!


46% respondentlarning fikricha, yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashga jalb etish darajasini oshirish O‘zbekistonda korrupsiya darajasini pasaytirishga yordam beradi. 17% U-Reportyorlar bu savolga salbiy javob berdi: ulardan 6%i bunday ishtirok korrupsiyani kamaytirishga yordam bermaydi, deb hisoblaydilar va 5%dan yoshlar hali tayyor emas yoki qo'rqishadi, deb hisoblashadi.

 

Izoh: So'rovnomalar natijasida olingan ma'lumotlar YUNISEFning fikri yoki vakillik ma'lumotlari emas, balki U-Reportning shu so'rovida ishtirok etgan respondentlarning fikrlarini aks ettiradi.

 



[1] Har bir savolni tahlil qilishda respondentlar soni respondentlarning javoblari soniga qarab farq qilishi mumkin.

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo