Volontyorlarni rag'batlantirish kerakmi? |
|
|
|
U-Report Yoshlar ishlari agentligi va O'zbekiston
volontyorlari assotsiatsiyasi bilan birgalikda yoshlar orasida so'rovnoma o'tkazdi.
So'rovnoma maqsadi: Volontyorlarni
rag'batlantirish haqida yoshlarni fikrini bilib olish. So’rov natijalari ishlatilishi:
«Yil volontyori» tanlovi konsepsiyasini
ishlab chiqish va qahramon volontyorlarni rag'batlantirish. So'rovnoma hududi:
O'zbekistonning barcha hududlari. So’rovnomada ishtirok etganlar soni:
10600 dan ortiq U-Reportyorlar. |
SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI: 1.
Respondentlarning 88%i volontyorlarni mukofotlash
kerak deb hisoblashadi, yana 5% javob berishga qiynalgan. 2.
Gender jihatdan volontyorlarni mukofotlash kerak deb
qizlar ko‘proq (91%) ovoz berdi yigitlarga qaraganda (85%). 3.
Respondentlar volontyorlarni qanday qilib
mukofatlash ma’qulligi bo’yicha fikr bildirib top-3-ni tanladilar: -
Pul mukofoti berish (34%). - Yillik
mukofotni ta’sis etish (26%). - Ommaviy
axborot vositalarida yoritish (10%) va davlat tadbirlariga taklif qilish(10%). 4.
Volontyorlikni nomoddiy rag'batlantirish uchun
respondentlarning 62% ovoz bergan. 5.
34% respondentlar volontyorlarni sohalar/yo'nalishlar
bo'yicha mukofotlash yaxshiroq ekanini ta'kidladilar: masalan, tibbiyot,
ekologiya va boshqalar. 6.
Respondetlarning 32% mukofotlanishi kerak bo'lgan
faol va fidokorona volontyorlarni bilishlarini ta’kidlashdi va ayrimlari
haqida ma’lumotlarni ham yubordi. |
Eng ko'p respondentlar
Toshkent shahriga (14%), Qoraqalpog'iston Respublikasiga (11%) va Samarqand
viloyatiga (10%) to'g'ri keldi. Eng kam respondentlar Sirdaryo (3%) va Navoiy
viloyatidan (4%) ishtirok etdilar.
Respondentlarning o'rtacha yoshi 22 yosh bo’ldi. Shu bilan birga ta'kidlash kerakki, yosh bo‘yicha respondentlarning 49%i 7 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan yoshlardir. Respondentlar orasida eng faoli barcha ishtirokchilarning 48%ini tashkil etgan 15 dan 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlar bo‘ldilar.
Respondentlarning 88%i volontyorlarni mukofotlash zarur deb hisoblaydi. Gender bo‘yicha bunga qizlar (91%) yigitlarga (85%) nisbatan biroz ko‘proq ovoz berganlar.
Respondentlar volontyorlarni mukofotlashning eng yaxshi yo‘llarini aytib o‘tishdi, bulardan ko'pchilik ovoz bergan top-3 variantlarni keltiramiz:
1)
Pul mukofoti berish (34%). Shu bilan birga, qizlarga nisbatan (30%) yigitlar
orasida bu variant ko'proq ommabop – 37%.
2)
Yillik mukofotni (26%) ta'sis etish.
Ushbu varianti yigitlardan ko'ra ko'proq qizlar (29%) tanladi.
3)
Ommaviy axborot vositalarida yoritish (10%) va davlat tadbirlariga taklif
qilish(10%).
Mintaqaviy
jihatdan eng ommabop javoblar:
Viloyat |
Pul mukofoti berish |
Yillik
mukofotni ta'sis etish |
OAVda
yoritish |
Davlat tadbirlariga taklif qilish |
Andijon |
34% |
25% |
10% |
|
Buxoro |
33% |
29% |
10% |
|
Farg'ona |
35% |
25% |
10% |
|
Jizzax |
34% |
26% |
13% |
|
Namangan |
32% |
26% |
13% |
8% |
Navoiy |
35% |
31% |
8% |
11% |
Qashqadaryo |
30% |
27% |
12% |
|
Samarqand |
32% |
26% |
13% |
|
Sirdaryo |
32% |
27% |
13% |
|
Surxondaryo viloyati |
31% |
27% |
|
|
Toshkent |
35% |
23% |
11% |
|
Toshkent viloyati |
37% |
22% |
|
10% |
Xorazm |
36% |
28% |
|
8% |
Qoraqalpog'iston Respublikasi |
33% |
26% |
10% |
|
Shunday qilib, respondentlarning 38%i pul va boshqa
moddiy mukofot uchun ovoz bergan bo‘lsa, respondentlarning 62% nomoddiy rag’batni tanladi.
So'rov
ishtirokchilarining 5%i boshqa javobni tanlab o’z takliflarini berdilar:
- Znachoklar yoki medallarni
ta’sis etish
- Yaxshi ish taklif qilish
- Ota-onalarga, o'qish yoki
ish joylariga minnatdorchilik maktublarini yuborish
- Park yoki konsertlarga
bepul taklifnoma berish
- Volontyorlar klubini
tashkil etish
- Prezident grantlari berish
- Turli kurslarda bepul
ta'lim olish uchun sertifikatlar berish
- Soliq va kommunal to'lovlar
to'lashdan ozod qilish
- Qimmatbaho sovg'alar –
telefon, televizor va b.lar bilan mukofatlash
_____________________
Volontyorlarni mukofotlashning eng yaxshi uslubi
haqida so'ralganda, respondentlarning 34%i volontyorlarni
sohalar/yo'nalishlar bo'yicha mukofotlash yaxshiroq ekanini ko'rsatdi:
masalan, tibbiyot, ekologiya va boshqalar. U-Reportyorlarning 15% yordam berilganlar
soniga qarab mukofotlash variantiga ovoz berdi.
Respondentlar
tomonidan tavsiya etilgan javoblar orasida quyidagilar (4%) ham bor edi:
- Volontyorlikning qanchalik
iIjtimoiy ahamiyatga
egaligi
- Mehribonligi bo‘yicha
- Onlayn ovoz berish natijalariga ko'ra.
Respondentlarning taxminan 32%i mukofotlanishi kerak bo'lgan faol va
fidokorona volontyorlarni bilishlarini aytdi. Boshqa 56% bu savolga javobi yo’qligini aytishdi.
Javoblar respondentlarning jinsi yoki geografiyasida sezilarli darajada farq qilmadi.
Agar siz bunday qahramonlar haqida
gapirishni istasangiz, bizga to'liq F.I.Sh., hudud, kontaktlar va ularning
hikoyalarini izohda pastda yozing https://t.me/joinchat/TGDgwH-EYOIrOFLL
Eslatma: so'rovnomalar natijasida olingan ma'lumotlar UNICEFning fikri emas, reprezentativ
ma'lumot emas va U-Report so'rovida ishtirok etgan respondentlarning fikrlarini
aks ettiradi.