Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Mehnat bozorida nima masalalar bor?

Mehnat bozori bilan boq’liq savollar

 

 

U-Report BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi Akselerator laboratoriyasi bilan birgalikda yoshlar o'rtasida so'rov o'tkazdi.

 

So'rovning maqsadi: Yoshlarning mehnat bozori bilan bog’liq umidlarini bilib olish.

 

Ma’lumotlar ishlatilishi: BMTTD dasturlari va yoshlarni ish bilan ta'minlash masalalari bo'yicha tadbirlarni rejalashtirishda.

 

So’rov geografiyasi: O'zbekistonning barcha hududlari

 

So'rov ishtirokchilarining soni:  9000 o'rtiq U-Report foydalanuvchilari.

 

 

 

 

SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

 

1.      Respondentlarning 32%i hozir ish qidirayotganini, yana 22% ishlamayotganini, lekin ishga kirishni rejalashtirayotganini bildirgan.

2.       "Universitet talabalari" toifasidagi respondentlarning deyarli yarmi (46%i) ish izlamoqda, yana 32%i ish boshlashni rejalashtirgan.

3.       Javoblarga ko'ra, respondentlarning 41%i o'z mutaxassisligi bo'yicha ishlamaydi.

4.       Respondentlarning o'z mutaxassisligi bo'yicha ishlamasligining asosiy 5 sababi quyidagilar:

1) kam maosh (18%)

2) mutaxassislik bo'yicha ish yo'qligi (14%)

3) ish tajribasi yo'q (14%)

4) bilim yetarli emas (10%)

5) respondentlarning 25%i "Boshqa" variantini tanlagan.

5.       Geografik jihatdan, Toshkentda respondentlarning qariyb 27%i maoshi pastligi sababli kasbi bo'yicha ishlamasligini aytgan, xududlarda esa bu ko'rsatkich 17%ni tashkil etadi.

6.       Respondentlarning 36%i kelajakdagi kasbini tanlash uchun psixolog yordamiga extiyoji borligini aytgan. Shu bilan birga, psixolog ish tanlashda yigitlarga (33%) qaraganda qizlarga (39%) biroz ko'proq kerak.

7.      Faqat 17% respondentlar o'z bilim va ko'nikmalarini yaqin 5-10 yil ichida mehnat bozori talablariga javob bermaydi deb hisoblaydilar (Toshkentda bu ko'rsatkich 20% edi).

8.      U-Reporterlarning javoblariga ko'ra, ish topishning eng ommabop manbalari:

1) do'stlar va tanishlar (respondentlarning 30%)

2) ijtimoiy tarmoqlar (22%)

3) bo'sh ish o'rinlari uchun maxsus saytlar (10%)

4) oilaviy aloqalar (10%).

9.      Ish haqida eng kam ma'lumot manbalari, respondentlarning fikricha, bosma ommaviy axborot vositalari (1%), ko'chadagi reklamalar (2%) va bo'sh ish o'rinlari yarmarkalari (4%) bo'lgan.

 

 

Butun O'zbekiston Respublikasi bo'yicha so'rovda 9968 U-Report ishtirokchilari qatnashdi. So'rov yoshlarning mehnat bozoridagi o'rni haqidagi umidlarga taalluqli bo'lgani uchun 7 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan respondentlar tanlab olindi. Shunday qilib, ushbu so'rovda ishtirok etganlar soni 9272 nafarni tashkil etdi.


Respondentlarning aksariyati Toshkent shahrida (13%), Andijonda (11%) va Samarqand viloyatlarida (10%) bo'lgan. Eng kam respondentlar Sirdaryo (3%) va Navoiy viloyatlarida (4%).

Respondentlarning jinsi nisbati bo'yicha ayollar 40% ni, erkaklar esa 60% ni tashkil qiladi.

Respondentlarning o'rtacha yoshi 22 yoshni tashkil etdi. Shuni ham ta'kidlash joizki, yosh bo'yicha 27% respondentlar 8 yoshdan 18 yoshgacha. Respondentlar orasida eng faollari 18 yoshdan 26 yoshgacha bo'lgan ishtirokchilar bo'lib, ular ishtirokchilarning 49% ini tashkil etdi.

Respondentlarning qariyb 48%i shahar yoki tuman markazida, 25%i qishloqda yoki tuman markazidan juda uzoqda yashaydilar, deb javob berishdi. Shuningdek, 24% respondentlar tuman markazi yaqinida yashaydilar, deb javob berishgan.

 

 

Respondentlarning 34%i "Men universitetda o'qiyman" variantini tanlagan. 18%i universitet bitiruvchilari, 16%i maktabda o'quvchilari, 7%i maktabni tugatgan va 9%i kollej yoki o’rta maktabni tugatgan.


Respondentlarning 32%i hozirda ish qidirayotganini, 29%i ishlayotganini, 22%i hali ishlamayotganini, lekin ishlashni rejalashtirayotganini bildirgan.

Shu bilan birga, javoblarning ta'lim darajasiga qarab taqsimlanishi katta farqlarga ega. Shunday qilib, universitetda o'qiyotganlarning 46%i ish qidirmoqda va 32%i ishga kirishni rejalashtirmoqda.

Kollej va litsey bitiruvchilarining 40%i ish izlamoqda, 35%i esa allaqachon ishlamoqda. Universitet bitiruvchilari orasida 63%dan ko'prog'i allaqachon ishga joylashgan va faqat 24%i ish izlamoqda.


Gender nuqtai nazaridan, "Siz ishga joylashish maqsadida ish qidirganmisiz?" degan savolga eng katta farq ishlayotganlar orasida kuzatilmoqda – ayollarning 22%i va erkaklarning 34%. Ishlamayotgan, lekin ishlashni rejalashtirayotganlar orasida – ayollar 27%ni, erkaklar 19%ni tashkil qildi.

 

Respondentlarning javoblariga ko'ra, 59%i o'z mutaxassisligi bo'yicha ishlaydi, 41%i esa o'z mutaxassisligi bo'yicha ishlamaydi, deb javob bergan.

Respondentlarning o'z mutaxassisligi bo'yicha ishlamasligining eng keng tarqalgan 5 sababi:

1) kam maosh (18%)

2) mutaxassislik bo'yicha ish yo'q (14%)

3) ish tajribasi yo'q (14%)

4) bilim etarli emas (10%)

5) respondentlarning 25% "Boshqa" variantini tanlagan.

 

Boshqa javoblar orasida:

- Istagan ish uchun kerakli ma’lumot yoq

- Men boshqa kasbga qayta o'qimoqchiman

- Bolalar borligi

- Ish yoq va boshqa javoblar.

 

Geografik nuqtai nazardan, Toshkentdagi respondentlarning 27% iga yaqini ish haqining pastligi sabab mutaxassisligi bo’yicha ishlamaydi, xududlarda esa bu ko'rsatkich 16% ni tashkil etadi. Shu bilan birga, hududlarda 14% respondentlar o'z mutaxassisligi bo'yicha ish yo'qligini qayd etishgan.


Respondentlarning qariyb 36%i bo'lajak kasbini tanlash uchun psixolog yordamiga extiyoj borligini, yana 54% zarurat yo’qligini bildirgan. Shu bilan birga, ish tanlashda psixolog yigitlarga (33%) qaraganda qizlarga (39%) biroz ko'proq kerak.


Faqat 17% respondentlar o'z bilim va ko'nikmalarini yaqin 5-10 yil ichida mehnat bozori talablariga javob bermasligiga ishonishadi. Toshkentda bu ko'rsatkich 20%ni, xududlarga (17%ni) nisbatan eng yuqori.


U-Reportyorlarning javoblariga ko'ra, eng mashhur ish qidirish manbalari:

1) do'stlar va tanishlar (respondentlarning 30%)

2) ijtimoiy tarmoqlar (22%)

3) bo'sh ish o'rinlari uchun maxsus saytlar (10%)

4) oilaviy aloqalar (10%).

 

13% ish topish uchun boshqa usullardan foydalanishlarini bildirgan, masalan,

·       o'zi qidirishi

·       kompaniyalarga o'zi borishi

·       ish haqiga qarab qidirishi va h.k.

 

Shu bilan birga, Toshkentda ish qidirish uchun eng ommabop – saytlardir: respondentlarning 27%i bu variantni tanlagan bo'lsa, viloyatlarda bu ko'rsatkich atigi 8% ni tashkil qiladi.

2019 yilda o'tkazilgan oldingi so'rov bilan taqqoslaganda, ijtimoiy tarmoqlar kabi javoblar (2021 yilda 18% dan 22% gacha) oshdi, lekin bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi (bu yil 6% dan 5% gacha) va do'stlar va tanishlar (45% dan 30%gacha) kabi javoblar kamaydi.

 

 

Ish haqida eng kam ma'lumot manbalari, respondentlarning fikricha, bosma ommaviy axborot vositalari (1%), ko'chadagi reklamalar (2%) va bo'sh ish o'rinlari yarmarkalari (4%) bo'lgan.

Mehnat birjalari, shuningdek, Toshkent shahrida respondentlar orasida eng kam ommalashgan - 2%, viloyatlarda esa 9% respondentlar uchun ish olish bo’yicha manba hisoblanadi.

 

Izoh: So'rovnomalar natijasida olingan ma'lumotlar YUNISEFning fikri yoki vakillik ma'lumotlari emas, balki U-Reportning shu so'rovida ishtirok etgan respondentlarning fikrlarini aks ettiradi.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo