Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Maktablarda interaktiv davlat xizmatlari kerakmi?

 

So'rov Хalq ta'limi vazirligi (XTV) bilan birgalikda U–Report tomonidan o'tkazildi.

 

So'rovning maqsadi: xalq ta'limi/maktablarda interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish zarurligini bilish.

 

So'rov geografiyasi: O'zbekistonning barcha hududlari

 

Ma'lumotlar ishlatilishi: yoshlarning xalq ta'limi sohasidagi onlayn davlat xizmatlariga bo'lgan ehtiyojlarini tushunish.

 

So'rov ishtirokchilarining soni: 9057 U-Report foydalanuvchilari.

 

 

 

 

SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

 

1.       Respondentlarning 34%i interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanmagan, respondentlarning 30%i ushbu xizmatlar haqida hech qanday tasavvurga ega emas edi. (Bu savoldan keyin respondentlarga interaktiv xizmatlar haqida ma'lumot berildi)

 

2.       So'rov natijalariga ko'ra, so’rovnomada qatnashgan ayollarning 39%i interaktiv davlat xizmatlari nima ekanligini bilishmaydi, erkaklar orasida esa bu ko'rsatkich 25% tashkil etdi. Davlat xizmatlaridan foydalangan respondentlar orasida ham ancha gender farq kuzatilmoqda: ayollarning 25%i ushbu xizmatdan foydalangan bir paytda, bu ko’rsatkich erkaklar orasida 43% ni tashkil qildi.

 

3.       Respondentlarning 81% iga ko'ra, xalq ta'limi sohasiga interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish zarur.

 

4.       Respondentlar maktablarda interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishni faollashtirish uchun uchta eng muhim  takliflarini bildirdirdilar: 1) maktabda texnik bazani ta'minlash (31%), 2) davlat xizmatlari uchun bepul trafik qilish (22%), 3) maktablarda Wi-Fi zonasini o'rnatish (17%).

 

5.       Respondentlar xalq ta'limi tizimida ko’rishni istagan eng ommabop interaktiv hizmatlar variantlari quyidagilar: yuqoridagi barcha variantlar (40.5%), maktabga qabul (13%), ota-onalarga psixologik maslahat va pedagogik yordam ko’rsatish (o'rtacha 4%).

 

6.       Respondentlarning fikriga ko'ra, maktab interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish zarur bo'lgan eng mashhur platformalar: maxsus alohida sayt ( 29%), Telegram bot (29%) va my.gov.uz sayti (20%).

 

 

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan so'rovda 9057 U-Reporterlar ishtirok etdilar. So'rovdan ko'zlangan maqsad yoshlarga xalq ta'limi sohasiga/maktablarda interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish zarurligini bilish edi. Bu so’rovga maktab o'quvchilari, ularning ota-onalari, xalq ta'limi xodimlari, maktab ma'muriyati va o'qituvchilari saralab olindi. Shunday qilib, ushbu so'rovda 5670 ishtirokchilar qatnashdilar.

 

Eng ko'p respondentlar Toshkent shahriga 1160 (13.2%), Samarqand 925 (10.5%) va Farg'ona viloyatlariga 906 (10.3%) to'g'ri keldi. Eng kam respondentlar Sirdaryo 326 (3.7%) va Jizzax viloyatlaridan 343 (3.9%) ishtirok etdi.

Jins nisbatida erkaklar barcha respondentlarning 61.5%, ayollar esa 38.5% ni tashkil etdi. Toshkent shahrida respondentlar nisbati umumiy namuna natijalaridan farq qiladi: erkaklar 51%, ayollar 49%. Respondentlarning o'rtacha yoshi 25 yosh edi.


Respondentlarning faqat 36% interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanganligini, ayni paytgacha respondentlarning 34%i interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanmaganligini aytdi. Ta'kidlash joizki, so'rov ishtirokchilarining deyarli 1/3 qismi interaktiv davlat xizmatlarining nima ekanligini bilishmadi.

So'rov natijalariga ko'ra, ayollarning 39%i ushbu davlat xizmatlari nima ekanligini bilishmadi, erkaklar orasida esa bu ko'rsatkich 25% tashkil etdi. Interaktiv davlat xizmatlaridan foydalangan respondentlar orasida jinsiy ustunlik kuzatilmoqda: ayollarning 25%i va erkaklarning 43%i.

Ushbu savoldan so'ng respondentlarga interaktiv davlat xizmatlari haqida ma'lumot berildi.

Ma'lumot: Interaktiv davlat xizmatlari bu uydan chiqmasdan davlat organlarining Internet orqali xizmatidan foydalanish: saytlar, portallar, davlat tashkilotlari botlari va boshqa platformalar.

Masalan, onlayn STIR olish, elektron raqamli imzo, bolalar bog'chasiga bolani joylash, turli xil xujjatlar olish, ruxsatnomalar olish, onlayn kompaniyani ochish, hisobotlarni yuborish va h. k.

 

 

Respondentlarning 81%ning fikriga ko'ra, xalq ta'limi sohasiga interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish zarur. Ushbu g'oyaga qarshi respondentlarning faqat 11% chiqishdi, shulardan top-4 hududlar: Toshkent shahri (13%), Qoraqalpog'iston (12%), Farg'ona (11%) va Xorazm viloyatlari (9%).


Xalq ta'limi sohasida davlat xizmatlarini joriy etish zarur deb hisoblagan respondentlarning 81%i orasida "Boshqa" toifasini qayd etgan respondentlar – 38%, " Ota - onalar " – 22%, “O'quvchilar” – 20%”, respondentlarning esa maktab ma'muriyatidan faqat 2%. Respondentlar sonining farqlari tufayli bu tafovutlar kuzatilayotgan bo'lishi mumkin.


Maktab interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishni qanday faollashtirish mumkin degan savolga eng ommabop 3 variantlar quyidagilar bo’ldi:

1) Maktabda texnik bazani ta'minlash (31%)

2) Davlat xizmatlari uchun bepul trafik berish (22%)

3) Maktablarda Wi-Fi hududlarini o'rnatish (17%)

Shunga o'xshash javoblarni 18 yoshgacha bo’lgan respondentlar ham berishdi.

 

1 Jadval. Maktabda / xalq ta'limi sohasida qanday interaktiv davlat xizmatlarini ko'rishni xohlaysiz?

 

 

Barcha respondentlar

Ayollar

Erkaklar

1.        

Yuqoridagi barcha narsalar

40,5

41,5

40

2.        

Boshqa

21,9

20,8

22,6

3.        

Maktabga qabul

13,3

13,1

13,4

4.        

Psixologik maslahat

4,0

4,5

3,7

5.        

Ota-onalarga pedagogik yordam

3,7

3,7

3,8

6.        

Shikoyat / Takliflar

3,3

3,1

3,4

7.        

Huquqiy maslahat

3,2

3,8

2,8

8.        

Maktab o'quvchilari va o'qituvchilar uchun grantlar to'g'risida

3,0

3,1

2,9

9.        

Sertifikat / hujjatlarni olish

2,4

1,8

2,8

10.     

Sertifikatlar / tavsiyalar olish

1,4

1,5

1,4

11.     

O'qituvchilar haqida ma'lumot

1,3

1,4

1,3

12.     

Direktor qabuliga yozilish

0,6

0,5

0,7

 

Respondentlarga shuningdek, xalq ta'limi tizimida qanday interaktiv davlat xizmatlarini ko'rishni xohlashlarini so'rashdi. Eng mashhur javoblar: yuqoridagi barcha (40.5%), maktabga qabul (13%) va psixologik maslahat (4%).

Respondentlar, shuningdek, maktablarda interaktiv davlat xizmatlari tizimiga kiritilishini hohlagan o’z variantlarini aytib o’tdilar:

- bolaning ilmiy ish faoliyatini ko'rish imkoniyati

- ota-onalarni birlashtiradigan guruh

- ota-onalarning savodxonligini oshirish

- diniy ta'lim

- oliy ta'lim muassasasiga kirish uchun hujjatlarni taqdim etishning avtomatik tizimini joriy etish.

 

Shuningdek, respondentlarning fikriga ko'ra, interaktiv xizmatlarni joriy etish tez-tez maktabga bora olmaydigan ota-onalarning vaqtini tejashga yordam beradi va bundan tashqari, Davlat xizmatlari ma'lumotlari Kuzatuv kengashlari (jamoatchilik nazorati) faoliyatida shaffoflik va korrupsion xavflarni kamaytirishga xizmat qilishi mumkin.


So'rov natijalariga ko'ra, respondentlar maktab interaktiv davlat xizmatlarini yaxshiroq amalga oshirish uchun tanlagan eng mashhur platformalar – maxsus alohida sayt (29%), Telegram bot (29%), sayt my.gov.uz (20%) va  XTV rasmiy sayti (16%). Shu bilan birga, boshqa ijtimoiy tarmoqlar (1.2%) va elektron pochta (1.4%) eng mashhur hisoblanadi.

Quyidagi jadvallarda keltirilgan ushbu savolga javoblarning jinsi va yoshi tahlili respondentlarning afzalliklarida sezilarli farq qilmadi.


Biroq, eng mashhur platformalarni tahlil qilishda respondentlarning toifalari bo'yicha fikrlarning farqlari aniqlandi. Shunday qilib, maxsus alohida sayt "Ota – onalar" va "Maktab ma'muriyati" dan ko'ra "Boshqalar" (33%) va "O’quvchi” (30%) orasida ko'proq tanladilar 23%. Maktab ma'muriyati va ota-onalarning XTV rasmiy veb-saytidan interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish uchun platforma sifatida foydalanish haqidagi fikrlari ham farq qildi: 24% va 15%. Bundan tashqari, O’quvchilar bilan solishtirganda (12%) my.gov.uz (27%) saytini ikki barobar ko'proq ota - onalar tanladilar.

 

Izoh: So'rovnomalar natijasida olingan ma'lumotlar YUNISEFning fikri emas, reprezentativ hisoblanmaydi va U-Reportning ushbu so'rovida ishtirok etgan respondentlarning fikrlarini aks ettiradi.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo