|
|
U-Report UNICEFning sogʻliqni saqlash boʻlimi, Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda soʻrov oʻtkazdi. Soʻrov maqsadi: maktablar
atrofidagi yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida
maktab oʻquvchilari va yoshlarning fikrini oʻrganish, hamda uni takomillashtirish yoʻllarini
topish.
Soʻrov natijalari maktablar atrofida yo'l harakati xavfsizligi boʻyicha
strategiya va harakatlar rejasini ishlab chiqish uchun qo’llaniladi.
Soʻrov
geografiyasi: Oʻzbekistonning barcha
viloyatlari. Respondentlar soni: 7500 dan ortiq U-Report foydalanuvchilari. |
SOʻROVNING ASOSIY XULOSALARI: 1.
Respondentlarning
33%i maktablari atrofida yoʻl harakati
xavfsizligini (YHX) ta’minlash boʻyicha hech
qanday choralar koʻrilmagan
deb javob berdi. 2.
Maktab
atrofida YHXni ta’minlash uchun eng keng tarqalgan choralar
"Bolalar" (18%) va "Tezlikni cheklash" (14%) yoʻl belgilari oʻrnatilgani. 3.
Aksariyat (75%) respondentlarning
javoblariga koʻra,
maktab oʻquvchilari
maktabga asosan piyoda boradilar. Toshkent
shahrida maktabga piyoda boradigan oʻquvchilar
ulushi boshqa viloyatlarga nisbatan bir muncha pastroq (62%). 4.
Respondentlarning yarmi
(51%) maktabga olib boruvchi yoʻllar xavfsiz emas deb hisoblaydi. Toshkent shahrida
bunday oʻylaydiganlar ulushi kattaroq (60%). 5.
39%
respondentlar maktablardagi YHX va yoʻl harakati
qoidalari boʻyicha darslarni oʻqitish sifatini "oʻrtacha" baholadi. Soʻrov
ishtirokchilarining 17%i ushbu darsni oʻqitish
sifati pastligi yoki dars boʻlsa ham,
uni oʻqitadigan oʻqituvchining
yoʻqligiga shikoyat qilishgan. 6.
Respondentlarning
katta qismi (70%) yoʻl harakati
qoidalari boʻyicha oʻz bilimlarini "yaxshi" deb baholadi, yana 3%
respondentlar bu qoidalarni bilmasligini belgiladi. 7.
Faqat 37% respondentlargina
maktabida YHX boʻyicha plakatlar va qoʻshimcha koʻrgazmali materiallar mavjud deb javob berdi. 8.
Oʻquvchilar uchun YHXni
ta’minlash boʻyicha amalga oshirilayotgan choralar haqida ma’lumot olish uchun
quyidagi 3ta axborot kanali eng qulay: (1) televideniye (24%), (2) ijtimoiy
tarmoqlar (23%) va (3) YHXBB mutaxassislari bilan uchrashuvlar (21%). 9.
YHX oshirish boʻyicha
eng koʻp tanlangan takliflar quyidagilardir: - YHXBB
mutaxassislarini darslarga taklif qilish (19%); - Yoʻl harakati qoidalarini maktabda oʻrgatish (18%); - Piyodalar
va velosipedlar uchun yoʻlaklarini
tashkil qilish (16%); - Maktab
atrofida mashinalar uchun tezlikni 30km/soatgacha cheklash. |
Ishtirokchilarning aksariyati Toshkent shahri (16%), Samarqand va Fargʻona viloyatlariga (har bir viloyatda 10% dan) toʻgʻri keldi. Eng kam respondentlar esa Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida qayd etildi (har birida 4% dan).
Gender boʻyicha, yigit respondentlar 61% ni va qizlar 37% ni tashkil qilgan
boʻlsa, 2%
respondentlargina oʻz jinslarini oshkor etishmadi.
Yoshi boʻyicha esa, barcha respondentlarning 25%i 30 yoshdan kattalarga toʻgʻri keldi. U-Report auditoriyasi (14-30 yosh) orasida
18 va 19 yoshdagi foydalanuvchilar (har biriga 7%dan) ushbu soʻrovda faolroq ishtirok etishdi.
Respondentlarning 1/3 qismi oʻzlari yoki oila a’zolari boradigan
maktab atrofida yoʻl harakati xavfsizligini (YHX) ta’minlash boʻyicha hech qanday choralar koʻrilmagan, deb javob berdi. Ushbu javobni tanlaganlarning eng
yuqori foizi (44%) Sirdaryo viloyatida qayd etilgan. Shuningdek, Surxondaryo
(42%) va Jizzax (41%) viloyatlaridagi respondentlarning aksariyati maktab atrofida
oʻquvchilarning
xavfsizligini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmaganligini ta’kidlab oʻtishdi. Navoiy viloyati (21%) va
Qoraqalpog'iston Respublikasida (24%) boshqa viloyatlarga nisbatan kamroq
respondentlar maktablar atrofida YHX choralari yoʻq deya e’tirof etdilar.
Soʻrov natijalariga koʻra, maktablar atrofida yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash
boʻyicha eng ommabop choralar "Bolalar" belgisi (18%) va tezlik
cheklovi (14%) ekan. Biroq, chizmadan koʻrinib turganidek, bu savolga javob
berishda hududlararo farqlar mavjud. Masalan, Buxoro viloyatida yoʻldagi suni’iy balandliklardan koʻproq (21%) foydalanilgan ekan.
"Boshqa" javob variantini koʻrsatgan 4% respondentlar quyidagilarni yozdilar:
· Bir nechta variantni tanladilar;
· Maktab mahalla/turar joy mavzesi ichida joylashgan, shu sababli yoʻllar xavfsiz;
· Yer usti piyodalar oʻtish joyi tashkil qilingan;
· YHXBB xodimi maketi oʻrnatilgan.
Respondentlar O'zbekistonda maktab oʻquvchilarining aksariyati (75%) maktabga piyoda borishini bildirgan. Viloyatlar oʻrtasida bu savolga javob berishda sezilarli farqlar mavjud emas. Faqatgina Toshkent shahrida boshqa viloyatlardan farqli oʻlaroq maktabga piyoda boruvchi respondentlar ulushi bir muncha kamroq (62%). Toshkentda 17% oʻquvchilarni ota-onasi oʻz mashinalarida bolalarni maktabga olib boradi, 9%i esa avtobusdan, 6%i taksidan va 2%i metrodan foydalanishi ma’lum boʻldi.
Respondentlarning
51% iga koʻra, maktabga boradigan yoʻllar xavfsiz emas.
Hududlar kesimida ba’zi tafovutlar mavjud. Masalan, yoʻllarning xavfsizligi
poytaxtliklarni koʻproq tashvishga soladi, ularning 60%i "Yoʻq", ya’ni “yo’llar xavfsiz
emas” deya javob berdi. Bunday respondentlarning ulushi Surxondaryo (56%) va
Buxoro (54%) viloyatlarida ham yuqori.
Sirdaryolik respondentlarning
yarmi, aksincha, maktabga eltuvchi yoʻllar xavfsiz deb javob berdi.
Yosh nuqtai nazaridan bu savolga javob berish yaqqol farqlarni ajratish mumkin. Yoshi kattaroq boʻlgan respondentlar (30 yoshdan katta) maktab
atrofidagi yoʻllar xavfli degan fikrga koʻproq qoʻshiladilar:
68%i ushbu variantni tanlagan. Taqqoslash uchun, 15 yoshli respondentlarning 22
foizigina maktabga boradigan yoʻl xavfli
deb hisoblaydi.
Respondentlarning katta qismi yoʻl harakati qoidalari boʻyicha oʻzlarining bilimlarini "yaxshi" (70%)
va "a’lo" (19%) deb baholadi.
Yosh qatlamlari oʻrtasida
farq mavjud emas: ham yoshi kichik, ham yoshi katta respondentlar oʻz bilimlarini birdek yuqori baholagan.
Shuningdek, hududlar oʻrtasida ham
sezilarli farq mavjud emas. Yagona oʻziga xos
jihati shundaki, Toshkent shahridagi respondentlar boshqa viloyatlarga nisbatan
koʻprog’i (30%) oʻz bilimlarini "a’lo" deb baholadi.
Gender jihatidan esa biroz farq kuzatildi. Masalan, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini bilish boʻyicha oʻz
bilimini a’lo baholagan yigitlar ulushi 22% boʻlsa, qizlar orasi bu koʻrsatkich
15%ni tashkil etdi.
Respondentlarning 8 foizigina ularning maktablarida xavfsizlik va yoʻl harakati
qoidalari bo'yicha darslar juda sifatli va batafsil oʻtkazilishini
ta’kidladi. Soʻrov ishtirokchilarini 11%i darslar “juda yomon” oʻtilishini belgilagan boʻlsa, 6% respodentlar
oʻquv dasturida bunday dars boʻlsa ham, bu soha boʻyicha oʻqituvchining yoʻqligini aytib oʻtgan. Bu muammo ayniqsa Sirdaryo
viloyatida jiddiyroq: bu viloyatdagi respodentlarning 9% bu darsni oʻtish uchun oʻqituvchi yoʻqligini ta’kidladi.
20% respondentlarning maktabida bu dars umuman oʻtilmaydi. Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent
viloyatlarida respondentlarning 25%i ushbu yoʻnalishda ixtisoslashtirilgan darslar yoʻqligini belgiladi.
Soʻrov oʻtkazilgan vaqtda maktabda ishlagan yoki oʻqigan respondentlarning aksariyati ularning
maktabida ushbu materiallar mavjudligini belgiladilar. Ota-onalar, hamda jiyanlari
maktabga boradigan respondentlar koʻproq
"Men xabardor emasman" variantini tanlaganlar.
Hududlar kesimida, Navoiy viloyatidagi soʻrov ishtirokchilarining 48%i maktablarida YHX boʻyicha qoʻshimcha koʻrgazmali materiallar mavjudligini ta’kidladi.
Ushbu javob variantini tanlagan respondentlarning eng kichik ulushi (33%) esa Toshkent
shahri va Samarqand viloyatida qayd etildi.
23%
respondentlar fikriga koʻra, yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash boʻyicha tadbirlar haqida ma'lumot olish uchun eng qulay usul YHXBB
mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil qilish bo’lishi mumkin. Bu javob varianti ayniqsa ota-onalar va maktabda ishlaydiganlar uchun koʻproq manzur keldi. Oʻquvchilarning ota-onalari uchun ikkinchi maqbul variant ochiq darslarni tashkil qilishdir (19%). Maktabda
faoliyat yurituvchilar esa bunday usulini kamroq qoʻllab-quvvatlashdi (7%).
Oʻquvchilarning oʻzlari esa televideniye (24%) va ijtimoiy tarmoqlar (23%) orqali yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida ma’lumot olish afzalroq deb aytishdi.
Respondentlarning 19%i YHXBB mutaxassislarni maktab darslariga taklif qilish maktablarning atrofidagi yoʻllarning
xavfsizligini oshirishga yordam beradi, deb hisoblaydi. Bu gʻoyani ayniqsa maktabda ishlaydiganlar koʻproq qoʻllab-quvvatlaydilar, ularning 22%i bu variantni
tanladi.
Oʻquvchi respondentlarning oʻzlari va maktabga ukasi yoki singlisi boradiganlar, xavfsizlikni ta’minlash uchun maktab oʻquvchilariga yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish eng samarali usul (21%) deb hisoblashdi. Ota-onalarning fikriga
koʻra esa, xavfli yoʻllarga qarshi kurashning eng samarali usuli maktablar atrofidagi yoʻllarda avtomobillar
uchun tezlikni 30 km/soatgacha cheklashdir – ota-onalarning
17%i.
Maktablar atrofidagi hududlarni avtomobillar uchun mutlaqo yopilishini 7% respondentlar qoʻllab-quvvatladi.
Shu bilan birga, ushbu variantni tanlaganlarning ulushi Toshkent shahridagi
respondentlar orasida sezilarli darajada yuqori – 17%, qolgan barcha viloyatlarda
oʻrtacha koʻrsatkich
5%ni tashkil qildi.
"Boshqa" javob variantini koʻrsatgan 6% respondentlar quyidagilarni yozdilar:
· Sanab oʻtilgan barcha
chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak;
· Haydovchilik guvohnomasini olishdagi korrupsiyaga barham
berish, haydovchilar malakasi va bilimini oshirish;
· Maktablar yaqinida kamera va foto-radarlar oʻrnatish;
·
Svetoforlar oʻrnatish;
· Yoʻlda sun’iy balandliklar tashkil qilish;
· Maktab avtobuslarini tashkil etish.
Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi,
reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan respondentlarning
fikrini aks ettiradi.