|
|
|
|
U-Report Yoshlar ishlari
agentligi (YIA) bilan hamkorlikda soʻrov oʻtkazdi.
Soʻrov maqsadi: yoshlar bugungi kunda qanday
mavzularda ijtimoiy loyihalarni kutayotganini o’rganish. Soʻrov natijalari yoshlari uchun qiziqarli
mavzu va yoʻnalishlarda
davlat ijtimoiy buyurtmalarini olish uchun muhimdir. Loyihalar NNT, ko‘ngilli
yoshlar va boshqa qiziqadiganlar tomonidan amalga oshiriladi. Soʻrov
geografiyasi: Oʻzbekistonning barcha
viloyatlari Respondentlar soni: 7525 U-Report foydalanuvchilari. _______________________________ MA’LUMOT:
Davlat ijtimoiy buyurtmasi – bu ijtimoiy faravonlik uchun, pul topishni maqsad qilmaydigan, ishlarni bajarish, tadbirlar oʻtkazish yoki loyihalarni amalga
oshirish uchun davlat organining buyurtmasi.
|
SOʻROVNING ASOSIY XULOSALARI: 1. Yoshlar ishlari agentligining eng tanilgan loyihasi
"Yosh kitobxon" tanlovi boʻlib, 24%
respondentlar bu loyihani bilishini ta’kidladi. 13
yoshgacha boʻlgan respondentlar orasida
ushbu loyihani taniydiganlar ulushi 42%ini tashkil etdi. 2. Modul5 loyihasi ham ommabop loyihalardan bo’lib, 13-18
yoshdagi respondentlarning 7%i va 18 yoshdan katta boʻlganlarning 5%i ushbu loyihani bilishini aytdi. 3. Respondentlarning 32%i Agentlikning sanab oʻtilgan hech bir loyihasi haqida eshitmagan. Bunday
javob berganlar ulushi ayniqsa Toshkent
shahrida yuqori boʻldi (51%). 4. 62% respondentlar ijtimoiy loyihalarni
rivojlantirishning eng ustuvor yoʻnalishlari
qatorida fan va ta’limni koʻradi. Ikkinchi oʻrinni ikki yoʻnalish
egalladi: "IT-texnologiyalar" va "Tadbirkorlik va
bandlik" – har biri 17%dan ovoz yig’di. 5. Respondentlarning 65%i ijtimoiy loyihalarda volontyor
sifatida ishtirok etishni istaydi. 6.
Volontyorlikka
qiziqish ayniqsa maktab (59%), shuningdek, kollej va litsey (57%) oʻquvchilari orasida yuqori. Ish bilan
band boʻlgan respondentlarning koʻpchiligida xohish boʻlsada, vaqt
yetishmasligi volontyor bo’lishga to’siq sifatida aytildi.
7.
Hududlar
kesimida, ijtimoiy loyihalarda volontyor sifatida ishtirok etish ishtiyoqi Navoiy,
Namangan va Andijon viloyatlarida yuqoriroq (oʻrta hisobda 56%). Eng kam qiziqish darajasi (43%) Toshkent shahridagi
respondentlar orasida kuzatildi.
|
Ijtimoiy loyihalar boʻyicha oʻtkazilgan soʻrovda 7525 U-Report foydalanuvchisi ishtirok etdi. Soʻrovda koʻproq Toshkent shahri (13%), Farg'ona (12%) va Samarqand (10%) viloyatlaridan respondentlar qatnashdilar. Sirdaryo, Navoiy
va Jizzax viloyatlaridan esa kamroq respondentlar soʻrovda ishtirok etdilar (har bir viloyatdan 4%dan).
Respondentlarning 86%i 30 yoshgacha boʻlgan shaxslarni tashkil etdi. Ammo soʻrovda eng faol boʻlgan yosh qatlami bu – 20-29 yoshdagi respondentlar boʻlib, ular umumiy respondentlarning 59%ini tashkil etdi. 13-19 yoshdagi respondentlarning ulushi esa 27%ni tashkil etdi.
Sorov ishtirokchilarining deyarli yarmi (47%) OTM talabalari boʻldi. Byudjet tashkilotlari xodimlari respondentlarning 12%ini, maktab oʻquvchilari esa 10%ini tashkil qildi. Umuman olganda, barcha respondentlarning 33%i ishlaydigan yoki ish izlayotgan respondentlarga toʻgʻri keladi. Ayni shu guruhga biz, shuningdek, "Boshqa" variantini tanlaganlarni ham qoʻshdik.
Soʻrov natijalariga koʻra, Yoshlar ishlari agentligining eng taniqli
loyihasi – "Yosh kitobxon" tanlovi, uni 24% respondent bilishini ta’kidladi. Ushbu loyiha ayniqsa kichik yosh qatlami orasida koʻproq ma’lum, 13 yoshgacha boʻlgan respondentlarning 42%i va 13-18 yoshdagi respondentlarning 28%i ushbu javob variantini tanladilar.
Faoliyat turiga koʻra, bu
loyihani 30% maktab oʻquvchilari,
28% abituriyentlar va 26% litsey va kollej talabalari bilishadi.
Aksincha, Modul5 loyihasi yoshi kattaroq respondentlar orasida koʻproq mashhur. 13 yoshgacha boʻlgan respondentlar orasida hech kim bu loyihani
bilmas ekan, 13-18 yoshdagi respondentlarning 7%i va 18 yoshdan katta
respondentlarning 5%i ushbu loyihani bilishini ta’kidlagan. Bu loyihani qolganlarga
qaraganda koʻproq bloggerlar va OAV xodimlari
bilishdi (10%).
Shuningdek, bloggerlar va OAV xodimlarining 19%i sanab oʻtilgan agentlik loyihalarining barchasini bilishini
ta’kidlagan.
Biroq, respondentlarning deyarli 1/3 qismi sanab oʻtilgan hech bir loyihani bilmasligini ta’kidladi. Ushbu koʻrsatkich hozirgi paytda ish bilan band boʻlganlar orasida ayniqsa yuqori. Hududlararo esa, Toshkent shahridagi respondentlarning 51%i agentlikning hech bir loyihasi haqida eshitmagan. "Yosh kitobxon" tanlovi Navoiy viloyatidagi respondentlarning 33%iga ma’lum va 7% Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi respondentlar Modul5 loyihasi haqida bilimga ega, bu hududlar kesimidagi eng yuqori koʻrsatkichlardir.
Biz, shuningdek, respondentlardan ijtimoiy
loyihalar uchun ustuvor boʻlgan yoʻnalishlarni bir nechtasini belgilashini soʻradik. Natijada 7525ta
respondentga 10778ta javob toʻgʻri keldi.
Respondentlarning 62%i bugungi kunda
ijtimoiy loyihalarni rivojlantirishning eng ustuvor yoʻnalishi – Fan va ta’lim deb belgiladi. Bu yoʻnalishni rivojlantirishni
koʻproq yoshi kattaroq boʻlgan va ayni chogʻda ish bilan
ta’minlangan, xususan, xalqaro tashkilotlar va huquq-targ’ibot organlari
xodimlari qoʻllab-quvvatlaydi.
Ijtimoiy loyihalarning boshqa muhim yoʻnalishlari qatorida – IT-texnologiyalar hamda tadbirkorlik va bandlik. Bu loyihalarning har biri 17% respondentlar uchun qiziqdir.
Respondentlarning yarmi (50%) volontyor
sifatida ijtimoiy loyihalarda katta qiziqish bilan qatnashishga tayyor. Grafikdan koʻrinib turganidek, bunday loyihalarga maktab oʻquvchilari (59%) va kollej/litsey talabalari (57%) koʻproq qiziqish bildirmoqda.
Ish bilan band boʻlgan respondentlar
ijtimoiy loyihalarda volontyorlik qilishga kamroq moyillik bildirdilar.
Ularning aksariyati bu tanlovni vaqt yetishmasligi bilan izohlaydi.
Shuningdek, hozirda oʻqimayotgan va ishlamayotgan, hamda ish izlayotgan respondentlarga ham alohida
e’tibor qaratish lozim. Chunki ularning 43%i katta ishtiyoq bilan volontyor boʻlishga tayyor. Ushbu toifadagi koʻplab respondentlar
bunday loyihalarda ishtirok etish uchun moddiy ragʻbat boʻlgan taqdirdagina volontyorlik qilishga
tayyorligini bildirdi.
Hududlar kesimida, Navoiy viloyatidagi respondentlarning 57%i, hamda
Andijon va Namangan viloyatlaridagi respondentlarning 56%i katta qiziqish bilan
volontyor boʻlishni
istaydi. Eng past qiziqish darajasi Toshkent shahrida qayd qilindi –
respondentlarining 43%igina bunday xohish borligini bildirgan. Boshqa hududlar bilan
taqqoslaganda, poytaxtlik respondentlar koʻproq (23%) bu loyihalarda volontyorlik
qilish uchun vaqtlari yoʻqligini
ta’kidlab oʻtishgan.
Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks
ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida
qatnashgan respondentlarning fikrini aks ettiradi.