|
|
U-Report NNT O’zbekiston
internet tadbirkorlari va elektron tijorat Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda
yoshlar oʻrtasida soʻrov oʻtkazdi.
Soʻrov maqsadi: Volontyorlik va amaliyot
o’tash (stajirovka) to’g’risida ma’lumot olish uchun yagona platforma
yoshlarga qay darajada kerakligini hamda u yerda nimalarni joriy qilish
kerakligini bilib olish. Soʻrov
geografiyasi:
Oʻzbekistonning barcha
viloyatlari Respondentlar soni: 11 315 U-Report foydalanuvchilari
|
SOʻROVNING
ASOSIY XULOSALARI: 1.
Barcha respondentlarning 34 %ni oliy
oʻquv yurti talabalari tashkil qildi. Ishlayotgan
yoshlarning ulushi 26% boʻldi. 2.
Respondentlarning 69%i volontyorlik va amaliyotga qiziqish
bildirdi: ulardan 23% amaliyot oʻtashga
qiziqish bildirgan boʻlsa, 28%ga
ikkala variant ham qiziqarli. 3.
Soʻrov ishtirokchilarining 49%i amaliyot oʻtash va volontyorlik haqida ijtimoiy tarmoqlardan
topmoqda. 4.
Respondentlarning 1/3 qismidan koʻprogʻi (35%) volontyorlik
va amaliyot toʻgʻrisida ma’lumotlarni qayerdan izlashni bilmaydi. Bunday
ma’lumotlarni qidirishda qiyinchiliklarga ayniqsa ish izlayotganlar (47%),
shuningdek oʻqimayotgan
va ishlamayotganlar (44%) duch kelyapti. 5.
Soʻrov
ishtirokchilarining 74%i volontyorlik va amaliyot oʻtash boʻyicha mavjud
imkoniyatlar mujassamlashgan yagona platforma yaratilishini yoqlaydi. 6.
Yaratilajak
platformada soʻrovnomada
keltirilgan barcha funksiyalar boʻlishini respondentlarning
33%i istaydi. Xususan, eng ommabop funksiyalar
sifatida ID pasportiga ega shaxsiy kabinet (22%)
va izlash tugmasi (8%) tanlandi. 7. Treninglar haqida berilgan savolga respondentlarning 28%i
barcha turdagi treninglarga qiziqish bildirdi. Shuningdek, eng qiziqarli
mavzular qatorida quyidagi 4 ta yoʻnalish
nomlandi: kasb yoki hunarga oʻrgatuvchi
(22%), motivatsion (16%), yumshoq koʻnikmalarni rivojlantirishga
yoʻnaltirilgan (15%), rezyume yozish va suhbatdan oʻtishni o’rganish (14%). 8.
Volontyorlikni
ragʻbatlantirish maqsadida respondentlarning 28%i oʻquv dasturlariga chegirmalar, 22% volontyorlik faoliyatini mehnat
daftarchasiga ish staji sifatida kiritilishi va 14% kitoblarga chegirmalar bo'lishini
istaydi. 9.
Respondentlar
quyidagi tashkilotlarda volontyorlik va amaliyot oʻtashga koʻproq
qiziqish bildirdilar: davlat idoralari va vazirliklarda (20%), BMT va xalqaro
tashkilotlarda (16%), yoshlar tashkilotlarida (11%) va odamlar va tabiatga
yordam beruvchi tashkilotlarda (10%). |
Respublika boʻyicha oʻtkazilgan soʻrovda 11315 respondent qatnashgan boʻlib, ularning 12%i Toshkent shahriga toʻgʻri keldi. Respondentlarning 60%ini erkaklar va 34%ini ayollar tashkil qilgan boʻlsa, 6% respondentlar oʻz jinsini oshkor
etmadi.
Volontyorlik maktab
oʻquvchilarining 30%iga qiziq boʻlsa, oliy oʻquv yurti talabalarining 31%iga faqat amaliyot oʻtash qiziqarli. Ikkala faoliyat 31 foizlik oʻrtacha koʻrsatkich bilan ish qidirayotganlar,
o'qimayotgan va ishlamayotganlar, shuningdek ham ishlayotgan, ham oʻqiyotganlar va oliy oʻquv yurti talabalariga
birdek qiziqarli. Ayni vaqtda ish bilan band yoshlarning 34%iga volontyorlik
yoki amaliyot oʻtash qiziqarli emas va
bunga vaqt yetishmasligi asosiy sababdir.
Qoraqalpog'iston Respublikasida volontyorlikka qiziquvchilar ulushi boshqa viloyatlaga nisbatan koʻproq (bu hudud respondentlarning 26%i), eng kam qiziqish esa Toshkent shahrida (11%) qayd qilindi. Amaliyot oʻtash esa Buxoro, Fargʻona, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlari va Toshkent shahri aholisi uchun qiziqroq (o'rtacha 24%), Qoraqalpog'iston Respublikasida bunday imkoniyat faqatgina 17%iga qiziqarli boʻldi.
Respondentlarning
uchdan bir qismi (35%) volontyorlik va amaliyot
toʻgʻrisida ma’lumotni qaerdan izlashni bilmaydi.
Bu borada Surxondaryo
(42%) va Toshkent (41%) viloyatlari aholisi eng katta qiyinchiliklarga duch
kelishmoqda. Faoliyat turi boʻyicha qaraganda, ish
qidirayotganlarning 47%i, shuningdek o'qimayotgan va ishlamayotdiganlarning 44%i
bunday ma'lumotlarni qayerdan olishini bilmaydi.
Volontyorlik va
amaliyot toʻgʻrisida ma’lumot olishning
eng ommabop kanali – ijtimoiy tarmoqlar boʻldi (33%). Hududlar
kesimida, Navoiy va Andijon viloyatlarida respondentlarning aksariyati
yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardan olishini ta’kidladi (har ikkala viloyatda 38
foizdan).
Telegram
kanallari 16% respondentlar uchun asosiy ma’lumot manbai sifatida ham yetakchilik
qilmoqda.
Soʻrov
ishtirokchilarining asosiy
qismi (74%) volontyorlik
va amaliyot oʻtash
imkoniyatlari toʻgʻrisida ma’lumot
berish uchun yagona platforma yaratish foydali bo'lishiga ishonadi. Ushbu gʻoyani oliy oʻquv yurti talabalarining 80% qo'llab-quvvatlaydi.
Eng kam
optimizm esa NEET (Not in Education, Employment, or Training) toifadagi
respondentlar, ya'ni oʻqimaydigan va ish
bilan ta’minlanmagan respondentar orasida qayd qilindi. Ularning faqatgina 62%i
platformaning yaratilishi qoʻllab-quvvatlaydi va 11%i
bunga qiziqmasligini ta’kidlaydi.
Respondentlarning uchdan bir qismi yagona
platformada soʻrovnomada keltirilgan barcha funksiyalarni
koʻrishni xohlaydi. Shuningdek, soʻrov qatnashchilarining 22%i ID pasportiga ega shaxsiy profilga ega boʻlish istagini bildirdi. Yana 21%, shuningdek, volontyorlik va amaliyotlarni
izlash imkoniyatiga ham qiziqadi.
Respondentlarning oʻzlari yozgan sharxlardan ma’lum boʻlishicha, ularning koʻpchiligini ushbu yagona platformada haq toʻlanadigan ish imkoniyatlarini
izlash funksiyasi ham qiziqtiradi.
"Boshqa" javob variantini koʻrsatgan 14% respondentlar quyidagilarni yozdilar:
·
Barcha variantlar tanlandi;
·
Volontyorlik va uning
afzalliklari haqida ma’lumotlar;
·
Boʻsh vaqtda qoʻshimcha daromad topish imkoniyatlari;
·
Volontyorlik – bu ixtiyoriy faoliyat, uni tartibga solishga hojat yoʻq;
·
Asosiysi, tizim
shaffofligni ta’minlash lozim.
U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)
Ishsizlarga ish topishda yordam berish katta e'tibor berilishini
istardim;
Motivatsiya haqida;
Делить
по сферам деятельности, видеть реальные фото и условия места прохождения
стажировки, сделать коментарии видимыми всем, и чтобы невозможно было удалить;
Kompaniyada hodimlarni oylik maoshlari haqida ham ma'lumotlar ko'rsatilsa;
Amaliyotdan song ish bilan ta'minlanish imkoniyati;
takliflarni bildirayotgan yoki bildirishni xohlagan ko'ngillilarni
takliflarini o'rganish va ularni amalga oshirishda agentlik va boshqa
tashkilotlarning qo'llab-quvvatlashi. Qog'ozbozlik uchun emas balki chin
ko'ngildan ko'mak berish;
Volontyorlarni mukofatlash ularni jomoat dan ajratib turadigan biron bir
narsa oylap topish. Yangi kelgan volontyorlar bilan ishlashadigan bir inson
bolish kerak;
Хорижда амалиёт ўташ тугмаси;
Самому
создавать проекты/ мероприятия;
Alohida biznes uchun ko‘rsatmalar.
Ushbu savolga
ham koʻplab respondentlar (28%) keltirilgan
barcha variantlarni tanladi. Respondentlarning 22%i kasb yoki hunar oʻrgatish boʻyicha treninglarga, 16 foizi esa ilhomlantiruvchi,
motivatsion treninglarga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, soʻrovda qatnashganlarning 15%iga notiqlik, yetakchilik kabi yumshoq koʻnikmalarni rivojlantiruvchi treninglar qiziqarli. Ishga joylashish uchun
zarur bo'ladigan amaliy koʻnikmalar, chunonchi,
rezyumeni toʻgʻri yozish va suhbatdan
oʻtish respondentlarning 14%iga qiziqarli ekan.
"Boshqa" javob variantini koʻrsatgan 8% respondentlar quyidagilarni yozdilar:
·
Barcha variantlar tanlandi;
·
Bu savolga javob
berishga qiyinaldilar;
·
Mehnat bozorida talab
qilinadigan zamonaviy koʻnikmalarni oʻzlashtirish boʻyicha treninglar;
·
Tadbirkorlik boʻyicha treninglar;
·
Muvaffaqiyatli
kompaniyalar va shaxlarning tajribasini oʻrganish.
U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)
Insonni o'zi haqidagi suhbatlar qiziq;
Политическая
деятельность;
Программирование,
создание и развитие бизнеса, продвижение в социальных сетях и таргет, маркетинг
и ИТ и другие подобные;
Transferable skills;
Xar bir tashkilotni ish olib borishini va uni qonunlarimizga bo'y sunib
ishlashini nazorat qilish buyicha bo'lsin treninglaringiz;
IT treninglar;
Chet elda o'qish uchun, grant yutish uchun nima qilish kerak.Qaysi
davlatda o'qigan yaxshi.Shunaqa malumot beradigan treninglar;
Организация
массовых мероприятий;
Pul topish
yullari haqida;
Rivojlangan kompaniyalar qanday yuzaga kelganligi;
Dinimiz
ta'limini.
Respondentlarning
28%i uchun volontyorlik uchun oʻquv dasturlariga
chegirmalar taqdim qilinishi eng qiziqarli ragʻbat deb aytildi. Hududlararo, bunday
ragʻbatlantirish, avvalambor, Toshkent viloyati (32%) va Jizzax viloyatlaridagi
(32%) respondentlarni jalb qiladi va aksincha, Toshkent shahridagi
respondentlarni esa bunday ragʻbat unchalik qiziqtirmaydi
(22%).
Poytaxtlik
respondentlarning 27%i volontyorlik faoliyati mehnat daftarchasida ish staji
sifatida qayd etilishi asosiy ragʻbat boʻlishini ta’kidladilar.
Shuni ham ta’kidlab
oʻtish joizki, yigitlarning 15%i volontyorlik uchun hech qanday mukofot
olishni istamaydi, qizlarning esa faqat 6%i bu variantni tanladi. Shuningdek, volontyorlik
uchun ragʻbat sifatida yoshlar tadbirlariga chipta
olishni istagan yigitlarning ulushi bunday ragʻbatni istagan
qizlarning ulushidan 2 baravar kam.
Respondentlarning taxminan uchdan bir
qismi (29%) barcha taqdim qilingan tashkilotlardan volontyorlik va amaliyot oʻtash takliflarini olishni istaydi.
Respondentlarning
20%i davlat idoralarida bunday faoliyat bilan shugʻullanishga qiziqish bildirdi, yigitlarning
22%i va qizlarning 16%i bu variantni tanladilar. Hududlararo bunday faoliyatga
qiziquvchilarning eng yuqori ulushi Surxondaryo viloyatida kuzatilgan bo'lib,
respondentlarning 29i%i volontyorlik va amaliyotni aynan davlat idoralari va
vazirliklarda oʻtashni istaydi. Ushbu koʻrsatkich boʻyicha eng past daraja esa
Toshkent shahrida qayd etildi – 12%.
Shuningdek,
yoshlar orasida xalqaro tashkilotlar va BMTda volontyorlik va amaliyot oʻtash imkoniyatlariga qiziqish katta – respondentlarning 16%i. Bunday
imkoniyatlarga koʻproq poytaxtlik respondentlar qiziqish
bildirdilar (23%) va eng kam qiziqish bildirganlar Surxondaryo viloyatiga toʻgʻri keladi (8%).
Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi,
reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan respondentlarning
fikrini aks ettiradi.