|
|
U-Report Yoshlаr ishlаri
agеntligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining O'zbekistondagi ofisi bilan
hamkorlikda Fargʻona viloyati yoshlari oʻrtasida soʻrov oʻtkazdi.
Soʻrov maqsadi: Fargʻona yoshlarining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari hamda mamlakatda
olib borilayotgan islohotlarga fikrlari va munosabatlarini oʻrganish.
Soʻrov geografiyasi: Fargʻona viloyati
Respondentlar soni: 2000 dan ortiq U-Report
foydalanuvchilari
|
SOʻROVNING ASOSIY XULOSALARI: 1.
Respondentlarning
77% da kelajak haqida o'ylar ijobiy tuygʻularni uygʻotadi: ularning 44% i kelajakka ishonch, 22%i umid va
11%i xotirjamlik bilan qaraydi. 2.
Qoʻrquv hissi asosan daromadi hatto oziq-ovqat xarajatlarini
ham qoplamaydigan respondentlar orasida yuqori (14%). 3. Ish haqining pastligi va korrupsiya yoshlarni havotirga
soluvchi asosiy muammolar sifatida ta’kidlandi: har variant 52% dan to’pladi. 4.
Respondentlarning
40% oilaviy daromadi barcha zaruriy ehtiyojlarga yetarli ekanligini
ta'kidladi. Shu bilan birga, respondentlarning 48% ularning
oilalarida ta'lim olish uchun sharoitlar borligini, ammo bu sharoitlar
yetarli emasligini e’tirof etdi. 5.
Respondentlar
hayotda muvaffaqiyatga erishishning 3 ta eng muhim omili sifatida
quyigadilarni keltirishdi: mehnat va intizom (37%), iste'dod va mahorat (17%)
va oliy ma'lumotga ega boʻlish (11%). 6.
Respondentlarning
43%i uchun ma'naviy va shaxsiy barkamollik hayotda muhim ahamiyat kasb etadi. 7.
Respondentlarning
aksariyati (34%), jinsidan qat'iy nazar, boʻsh
vaqtlarini Internetda, xususan, ijtimoiy tarmoqlarda, oʻtkazadilar. 8.
Soʻrov ishtirokchilari kelgusi 2 yil uchun ustuvor
vazifalarni nomlashdi: oʻz biznesini
ochish (27%), ishga joylashish (21%) va oliy ta’lim muassasasiga kirish
(15%). Ammo javobda jiddiy gender farqlari mavjudligini
ta’kidlab oʻtish joiz. 9. Daromad topish maqsadida chet elga ketish istagini 23%
respondentlar bildirdi. Bu savolda ham gender tafovutlar kuzatiladi – qizlarning
75% i hozirgi yashash joyidan boshqa mamlakat yoki viloyatga ketishni
rejalashtirmayapti. Yigitlar orasida esa bu ko'rsatkich 51% ni tashkil
etadi.
|
Fargʻona viloyati yoshlarining oʻz kelajagi borasidagi qarashlari va munosabatlarini oʻrganish maqsadida tashkil qilingan soʻrovda ja’mi
qatnashchilarining 33% ayollar va 67% erkaklar bo’ldi.
Soʻrov
ishtirokchilarining deyarli yarmi (44%) kelajakka ishonch hissi bilan qaraydi. Javoblarni tanlash
ketma-ketligida katta gender farqlari kuzatilmaydi, ammo shunga qaramay, ma'lum
bir javobni tanlashda farq bor. Masalan, qizlar yigitlarga qaraganda kelajakka koʻproq ishonch bilan qaraydilar (52% va 40% mos ravishda).
Yigitlar orasida ishonchsizlik hissi boʻlgan respondentlar ulushi 10%, ya’ni shu variantni tanlagan qizlar ulushiga
nisbatan 2 baravar koʻproqdir.
Grafikdan koʻrinib turibdiki, respondentlarning yarmidan koʻpi (52%) ish haqining pastligi va korrupsiya bilan bogʻliq muammolardan xavotirda. Ikkinchi oʻrinda ishsizlik (38%), uchinchi oʻrinda kommunal xizmatlar bilan bog'liq muammolar (34%). Shuni ham ta'kidlab oʻtish kerakki, koʻplab soʻrov ishtirokchilari savolga javob sifatida keltirilgan barcha variantlarni dolzarb muammolar qatorida belgiladilar.
Moliyaviy sharoit haqidagi savolga respondentlarning
40 foizi ularning oilaviy daromadlari faqat eng zarur ehtiyojlarga, ya’ni oziq-ovqat
va kiyim-kechak uchun yetarli ekanligini ta'kidladi. Ishtirokchilarning
1/3 qismida daromadlar oilaning barcha ehtiyojlarini qoplaydi.
E’tiborl jihati, respondentlarning moddiy holati
ularning kelajakka bo'lgan munosabatiga ta'sir qiladi. Masalan, kelajakka
ishonch bilan qaraydigan respondentlar orasida oilaviy daromadi jamgʻarishga ham yetadiganlarning ulushi (shu toifa respondentlarning 60%) va
daromadlari barcha ehtiyojlarni qoplashga yetadiganlarning ulushi (45%)
boshqalarga nisbatan koʻproq.
Shu bilan birga, oilaviy daromadi faqat oziq-ovqat
uchun yetarli boʻlgan va hatto
oziq-ovqat uchun ham yetarli boʻlmagan respondentlar
orasida kelajakka ishonch ancha past: mos ravishda 31% va 39%. Ushbu toifadagi
respondentlar, daromadi yuqoriroq respondentlar bilan taqqoslaganda, kelajakka
nisbatan koʻproq qoʻrquv va ishonchsizlikni
his qilishadi. Shunday qilib, moliyaviy holati hatto oziq-ovqat xarajatlarini qoplashga yetmaydigan
so'rov qatnashchilarining 14% i qoʻrquvni his qilsa,
moliyaviy ta'minlanish darajasi eng yuqori boʻlgan ishtirokchilarning
atigi 2 foizida bunday tuyg’ular kuzatiladi.
Respondentlarning 48%i ularning oilalarida
ta'lim olish uchun sharoitlar bor, lekin bu sharoitlar yetarli emas deb hisoblaydi. Respondentlarning faqat
37 foizida barcha ta'lim xarajatlarini qoplash uchun kerakli imkoniyatlar
mavjud. Respondentlarning 12 foizida ta'lim olish uchun yetarli sharoitlar yoʻq.
Biroq, quyida keltirilgan grafikda koʻrsatilganidek, aksariyat respondentlarning fikriga koʻra, ta'lim hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun eng muhim omil emas.
Respondentlarning aksariyati (37%) koʻp mehnat va intizom hayotda muvaffaqiyatga erishishning asosiy omili deb
hisoblaydi. Shuningdek, respondentlarning 17% qobiliyat va iste'dodning muhimligini
ta'kidlab oʻtdi. Hayotda muvaffaqiyatga erishishning
asosiy omillari qatorida oliy ma’lumotli boʻlish 3-oʻrinda: 11% respondentlar bu muhim ekanligi aniqlandi.
Shuni ham ta'kidlash joizki, oliy ma’lumotning
muhimligiga qizlarning 18% ishonadi, yigitlar orasida esa bu koʻrsatkich 8 foizni tashkil qiladi. Ahamiyati boʻyicha bu omil yigitlar orasida 4-o'rinni egalladi , "kirishimlilik va
yaxshi xarakter" omilidan keyin va "kerakli insonlar bilan aloqalar
o'rnatish" omili bilan bir oʻrinda (har biri uchun 8%
dan).
Agar respondentlarning umumiy sonidan faqat 7%i
hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun pul yoki boylik zarur deb hisoblasa,
e'tiborga loyiq jihati, moddiy ahvoli hatto oziq-ovqat xarajatlarini qoplashga
yetmaydigan respondentlar orasida ushbu ulush 25% ni tashkil qiladi. Aynan ular
orasida qobiliyat va iste'dodga ishonadiganlar ulushi eng past darajada (4%). Shuningdek, ushbu toifadagi respondentlar
orasida muvaffaqiyat qozonishning asosiy omillari sifatida qarindoshlarning
yuqori lavozimlarni egallashini belgilaganlar koʻrsatkichi ham yuqori (18%).
U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)
Muvaffaqiyat
uchun yuqoridagi sharoit va omillarning deyarli barchasi kerak boladi chunki
hammasi bir biriga bog'liq. Va albatta bu yerda omad ham muhim deb o'ylayman)
Lekin faqat omadga ishonib qolmaslik kerak chunki harakat qilmagan insonga
o'zidan o'zi hech narsa paydo bo'lib qolmaydi
O‘tkir zehn va
tirishqoqlik.
Qonun
ustuvorligi yani qonunga hamma birdek amal qilishi
Условия
и факторы? 1) Необязательно наверно в данный момент если даже учюсь незнаю даже
поможет ли диплом найти работу, 2) Умение и таланты может быть но этого не
достаточно. 3) Упорный труд, дисциплина скороее всего из всех выше
перечисленных 4) со стороны кто не знает наверно это главный фактор) я в родном
городе хотел устроиться на работу примерно 20 компаниям просто так зашёл пошёл
на собеседование они говорят давайте оставьте документы позовём ждёшь
неделю,месяц,года,века от них всё равно ответа не придет, ты это знаешь точно,
я думаю что лучше чем другие их работники мыслю здраво, и с умом кто может мне
предложить работу никто да это правильно без связей,без денег, без таланта, без
высоких должностей родных тебе никто не возьмёт на работу вот что я думаю в
данный момент наверно многие кто ходил как я и кого не принял на работу без
вышеперечисленных "субсидий" думают так же.
Ota-onam sog'
salomatligi,oilam tinchligi
O’zbekiston sharoitida barchasi kerak
Manimcha
insonning o'zida ishtiyoq bo'lishi kerak sharoit deganda esa bizga ota onamiz
ham hukumatimiz ham yetarli sharoitni berib qo'yishyapti faqat insonning o'zida
harakat bo'lishi kerak bu juda muhim
Respondentlar ushbu savol uchun 3 tagacha
variantni tanlashlari mumkin edi. Soʻrov
qatnashchilarining 43% uchun ma'naviy va shaxsiy yuksalish ular hayotida eng
katta ahamiyatga ega. Boshqa ommabop omillar qatorida jamiyatdagi adolat va
tenglik (31%) va diniy bilim (30%) ta’kidlandi. Eng ahamiyati past boʻlgan omil sifatida yaxshi dam olish keltirildi, barcha
respondentlarning 4%i.
Yoshlar orasida boʻsh vaqtini Internetda, xususan, ijtimoiy tarmoqlarda oʻtkazish eng ommabop mashgʻulotdir. Jinsi yoki moliyaviy
holatidan qat'i nazar barcha respondentlarning 34%i aynan shu yoʻsinda boʻsh vaqtini oʻtkazadi.
Ikkinchi ommabop javob – bu kitob o'qish, ammo
gender jihatidan biroz farqlar mavjud. Masalan, qizlar yigitlarga qaraganda koʻproq kitob mutolaa qiladilar (27 foizga nisbatan 19%). Uchinchi mashhur dam
olish mashgʻuloti televizor koʻrish, xobbi yoki oʻyinlarni oʻynash hisoblanadi (barcha respondentlarning 14%).
Respondentlarning 16 foizi "Boshqa"
variantini tanlaganligi sababli, ushbu toifadagi sharhlarni ham ko'rib
chiqishga muhim ahamiyat kasb etadi.
U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)
Qizlar |
Yigitlar |
· Uy
ishlari · Bo’sh vaqt yo’q · Repetitordaman bo‘sh vaqtim yo‘q xatto qolgan 3ta
blokka vaqt yetmaydi · Farzandlarim
bilan, oilam davrasida · Bósh
vaqtim kam bóladi bólganda esa uxlab olaman · Farzand
tarbiyasi bilan shuĝullanyapman · Musiqa tinglayman |
· Uy ishlari uy hayvonlariga qarayman · Dasturlashga va til kurslariga sarf qilaman · Dehqonchilik
qilaman · Biznesga
harakat · Bo‘sh
vaqtim yo‘q · Men Bosh vaqtimda ham ishleman chunki shunga
majburman oilaviy sharoitim shunaqa · Dostlar bn bolaman yoki internet |
27% respondentlar uchun oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish kelgusi 2 yil uchun ustuvor reja hisoblanadi. Ushbu variant, ayniqsa,
yigitlar orasida ommaboproq (31%). Qizlarning faqat 16 foizida bunday niyat
mavjud.
Qizlar koʻproq "ishga
joylashish" variantiga moyilroq (30%). Oliy ta’lim muassasasiga kirish niyatini
bildirish boʻyicha ham qizlarning ulushi kattaroq – 20%,
yigitlarning faqat 12% buni xohlaydi.
U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)
IELTS
imtihonidan o'tib chet elga magistratura o'qishga ketish
Magistraturani Yaponyada òqib xorijda òz yaxshi kòrgan sohada ishlash..
Hunar òrganib
òqiwni tamomlab malaka oshirish uchun yevropaga borish va zamonaviy
texnologiyalarni yurtimizga olib kirish
Zulfiya mukofotini qo'lga kiritish va yil talabasi bo'lish hamda yoshlar
parliamenti azosi bo'lish
Самореализация
в творческом плане
Xalqimga foydasi tegadigan ilm olib, uni tarqatish. Yangilik qilish
Олийгохда ўқишни
давом эттирган холда. IELTS
дан даража олиб ва рус тилидан грамматикамни яхшилаш. Ва албатта ис лекин вақт бўлса
Kelgusi 2 yillik rejalar
haqidagi oldingi savolga, respondentlarning atigi 7% chet elga ishlash
maqsadida ketish istagini bildirganiga qaramay, ushbu masalani alohida ko'rib
chiqqan savolda, respondentlarning 23% daromad topish uchun chet elga
ketmoqchi ekanligini ta'kidladi.
Shunisi e'tiborga loyiqki, qizlarning aksariyati
uydan uzoqqa ketmaslikni afzal koʻradi: ularning 75%
kelgusi yilda hech qaerga ketishni rejalashtirmayapti (ta’lim olish tufayli –
67%i, hozirgi ishidan mamnunligi tufayli –
8%).
Shu bilan birga, Farg'onalik U-Reportyorlarning 1%
i ayni vaqtda chet elda ishlayotganini va yana 3% i u yerda bo'lganligini,
boshqa mamlakatni tark etmasligini ta’kidladi.
Izoh: Soʻrovlar natijasida
olingan maʼlumotlar UNICEFning
fikrini aks
ettirmaydi, reprezentativ
maʼlumotlar
hisoblanmaydi va
ushbu U-Report so’rovida qatnashgan
respondentlarning fikrini
aks ettiradi.