U-Report Davlat test markazi (DTM) bilan hamkorlikda yoshlarning oliy
ta’lim muassasalarining (OTM) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish
imtihonlari jarayoniga munosabatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash
maqsadida so’rov o’tkazdi.
So’rov natijalari shu sohada amalga oshirilgan ishlarning natijasini
ko‘rishga, kirish imtihonlari jarayonidagi mavjud savollarga yangicha
yondashuvni ishlab chiqishga, mavjud dasturlarni takomillashtirishga yordam
beradi.
So'rovda mamlakat bo'ylab 13011 dan ortiq respondentlar ishtirok
etishdi, ulardan 34%ga yaqini ayollardir. Shu bilan birga, respondentlarning
umumiy sonidan 34%i bu yil milliy universitetlarga kirish imtihonlarida
qatnashdilar: ularning 18%i universitetga qabul qilingan, qolgan 16%i
imtihonlardan o'ta olmagan – ular bu yilgi imtihon jarayoni haqida o’z
fikrlarini bildirdi.
KIRISH IMTIHONLARI HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:
1. U-Reportyorlarning aksariyati (92%) kirish
imtihonini test formatida topshirdilar.
2. Respondentlarning 45%i stadion va parklardagi
imtihonlarni ijobiy baholadi: ularning 17%i a'lo darajada baholadi. Yana taxminan
30%dan ortiq ishtirokchilarga imtihonlarni ochiq joylarda o'tkazish noqulaylik
tug'dirgan (shovqin, harorat, yorug'lik va boshqalar).
3. Respondentlarning faqat 23%i bu yilgi kirish
imtihonlari shaffof bo'lmagan deb hisoblaydilar.
4. Respondentlarning yarmidan ko'pi (54%) kirish
imtihonlari paytida biron bir noqonuniy ishni ko'rmaganini ta’kidlashdi. Biroq,
respondentlarning 14%i korrupsiyaga shaxsan duch kelgan.
5. Korruptsiyaga duch kelganlarning aksariyati
Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan – 20% dan ko'prog'i. Bundan tashqari,
Qashqadaryo viloyatidagi U-Reportyorlarning aksariyati (44%) kirish imtihonlari
davomida abituriyentlar tomonidan qonunbuzarliklarga guvoh bo'lishdi.
6. Mamlakatimiz hududlari kesimida korrupsiyaga eng
kam duch kelganlar Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasida – respondentlarning
62%i salbiy javob bergan.
7. Respondentlarning 46%i abituriyentlar noqonuniy
harakatlariga duch kelganda hech narsa qilmagan. Respondentlarning atigi 17%i abituriyentlar
tomonidan qoidalar buzilganligi to'g'risida tashkilotchilarni xabardor qilib,
noqonuniy ishlarni bartaraf etish choralarini ko'rdilar.
8. U-Reportyorlarning 55%dan ko'prog'ining fikriga
ko'ra, test sinovlari abituriyentlarning bilimlarini baholashning eng adolatli
shakli hisoblanadi: ularning 36%i test sinovlarini qog'ozda an'anaviy tarzda yechish
tarafdori.
9. Respondentlarning 26%i kirish imtihonlarini
yanada adolatli o'tkazish uchun kuzatuvchilar sonini ko'paytirish zarur deb
hisoblaydi, yana 24%i bunga kirish fanlarini sertifikatlash orqali erishish
mumkin deb hisoblashadi. Bundan tashqari, 10% respondentlar maktabda imtihon
topshirish tarafdori.
10. U-Reportyorlarning aksariyati (75%), 2020 yilda
bo'lgani kabi, OTMlarga hujjatlarni onlayn shaklda topshirishni yoqladilar.
Bu yil kirish imtihonlarida U-Reportyorlarning
36%i ishtirok etdi. Ularning 18%i talaba bo'lishdi, qolgan 16%i o'qishga kira olmadilar. Yana 2% chet el
universitetlariga hujjat topshirishdi.
Respondentlarning 3%i magistr / aspirant bo'ldi.
U-Reportyorlarning aksariyati (92%) kirish
imtihonini test shaklida topshirdilar. Respondentlarning 5%i kasbiy (ijodiy)
imtihon topshirganligini bildirgan. Faqat 2% ikkala turdagi – ham test, ham
ijodiy imtihonda qatnashdi.
Respondentlarning 29%i stadion va istirohat bog'larida o'tkazilgan
imtihonlar sharoitini “Yaxshi” deb baholamoqda. Respondentlarning 23%i “o’rtacha” baho bergan. U-Reportyorlarning yana 17%i o'tgan
imtihonlarning sharoitlarini "A'lo" deb baholadi.
19% respondentlar imtihon paytida ularga issiq
yoki sovuq bo’ldi deb ob-havo sharoiti ularga ta'sir qilganini bi'ldirishdi.
Shu bilan birga, 3% ko'proq ayol respondentlar
ochiq joyda fikrni jamlashga qiyinroq bo’lganini bildirishdi.
"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan
5% respondentlar quyidagilarni yozdilar:
•
Magistratura
/ aspiranturaga imtihonlarni topshirishgan, onlayn tarzda xorijiy
universitetlarning filiallariga topshirishgan
•
Quyoshdan
himoya qilish uchun bosh kiyimlar berilmagan
•
Tartibsizlik,
gigiyena va stollarning iflosligi
•
Kuzatuvchilar
yaxshi ishlamadilar (telefon va shpargalka varaqlaridan foydalanish imkoniyati
mavjud edi)
•
Issiq
havo bo'lishiga qaramay, imtihon paytida abituriyentlarni suv bilan
ta'minlamagan
•
Ertalab
shudring / yomg'ir yog'ishi sababli stullar va stollar namlangan, stollar /
stullar sifatsiz / noqulay bo'lgan.
•
Test
sinovi hujjatlaridagi xatolar
•
Shovqin tufayli diqqatni jamlash qiyin bo’lgan
•
Yorug'lik
yomon bo'lgan (quyosh nurlari tufayli ko'rish qiyin bo'lgan, ikkinchi smenada
qorong'i bo'lgan)
•
Hasharotlar
uchgan va halaqit bergan.
U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)
Baribir nazoratni ushlash qiyin buldi. Kamera
muammosi. Bunday sharoitga bulsa korrурsiya
bo’lib qolishi mumkin.
В целом все хорошо, однако не выдавали кепки от солнца, как обещали, было
жарко очень сидеть на открытой местности, не было социальной дистанции.
Quyosh tushgani sababli fikrlash qiyin bòldi.Nazoratchilarda ham òz ishida
sustkashliklar kòp kùzatildi.Hammaga ham kepka berilmadi.Muammolar juda
kòp,lekin aytganimni foydasi yòq
Quyosh nuriga teskari joylagan edi stullar yorug'lik orqa tomonda tushdi
menimcha chap tarafdan bo'lishi kerak edi
Жарко, солнце било прямо в лицо. На просьбу повернуть парту отказали. Парты
и стулья были грязные, с сантиметровым наростом пыли и никто не удосужился дать
хотя бы салфетки чтобы мы сами их протерли
Men kechki smenada topshirdim va Ohirgacha ecdim ohirida Javoblar
varaqasiga korishda korongi bolib yahwi koraolmadim
Man eshitishim bo'yicha davlat har bitta
abuturent uchun kepka va suv ajratgan edi. Lekin men test topshirgan hiyobonda
na suv berildi va na kepka.
Gigiena uchun berilgan kepka va qo‘lqoblar
ishlatilgan edi bu juda yomon pandemyada
Test yechishga qiynaldim chunki issiq boshimni
og‘ritib qo‘ydi ham biroz shabada bo‘lgani un test varaqasi, javoblar
varaqasini ushlash muammo tug‘dirdi. Biroz qiynaldim.
Nazorat sust bo‘ldi,a'loqa vositalaridsn
foydalanishga sharoit bo‘ldi.
Guruh nazoratchilari bir-biri bilan gaplashib
xalal berganini va havoni keskin isib ketishini hisobga olmasak chidasa
bo'ladi.
Ayrim joylarga kamera ham qo'yilmagan ekan,
telefondan foydalanilgan holatga ham guvoh bo'ldim
Yaqqol noxaqlikka yol qoyildi. Shaffoflik
bolmadi
Juda sovuq bo'ldi kirish uchun ko'p vaxt ketdi.
A'lo
darajada õtdi,toza xavo fikrimni jamlashga,diqqatimni testga qaratishimga
yordam berdi.
Zo'r o'tdi, ochiq joyda bòlgani erkinlik va dadillik hissini berdi lekin shamol bilan ozroq muammo bòldi.
Hududlar kesimida shuni ko'rish mumkinki, kirish imtihonlari sharoitlarini "a'lo"
deb baholaganlarning aksariyati Qoraqalpog'iston Respublikasi, Namangan, Navoiy
va Xorazm viloyatlarida yashaydi – har bir hududda respondentlarning
21%i. Toshkent shahrida so'ralganlarning atigi 11%i “a'lo”
bahoni berdi.
Samarqand viloyatidagi respondentlarning 1/4
qismi imtihon paytida noqulay harorat sharoitlari bo'lganligini ta'kidladilar.
Umuman olganda, kirish imtihonlarini ochiq joylarda tashkil etish sharoitlari bo'yicha eng ijobiy baho Namangan (53%), Jizzax viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi (49%), Navoiy (48%), Farg'onada (47%) viloyatlarida berilgan.
U-Reportyorlarning
38%i bu yil oliy o'quv yurtlariga kirish
imtihonlari "o'rtacha" shaffof o'tdi, deb javob berishdi. 29%
imtihonlar shaffof o'tgan deb hisoblaydi.
Shu
bilan birga, 23% ularning shaffof emasligiga ishonishadi.
Qiziqarlisi shundaki, agar talaba bo’lganlarning faqatgina 15%i kirish imtihonlari shaffof bo’lmagan desa, o’qishga kira olmaganlarning 32%i imtihonlar shaffof bo’lmagan deb aytishdi.
Bu savolga javob berganlarning yarmidan ko'pi (54%) kirish imtihonlari
paytida hech qanday noqonuniy hodisalarni ko'rmaganliklarini aytdilar.
Biroq, respondentlarning 14%i korrupsiyaga
shaxsan duch kelganligini yozishdi. Bundan tashqari, yana 30%i bunday holatlar
haqida faqat eshitganliklarini aytishdi.
"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan
2% respondentlar quyidagilarni yozdilar:
•
Bilishmaydi
•
Korrupsiya holatlari bo'lganiga ishonishmaydi
•
Repetitorlik qilgan o'qituvchilar imtihonda kuzatuvchi
sifatida qatnashdilar
•
Test
javoblari yoki test savollarining o'zi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatildi
•
Kirish
imtihonlari paytida telefonlarni / elektron moslamalarni olib yurish / ulardan
foydalanish imkoniyati bo’ldi
•
Televizorda ko'rishdi
•
Abituriyentlarning
Telegram-kanalidagi muhokamalarda
ko’rishdi
•
Test savollari eski edi.
U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)
Ну там во всех каналах же вышли тесты одного пацана у кого отец ректор. Вот
у него самый высокий балл.
Grantga kirgan o'quvchilarning kòpchiligi grandga yarasha bilmga ega emas.
На коробке, то есть которые есть
вопросы тут должен быть скотч или пломба?
Muhrlangan qoģozni ochib yana yopish qiyinmi bir marta yopildimi yana yopa
olish mumkin ochgan keyin.
Ha eshitdim ham ko'rdim ham. Test variantlari
internet olamini bosib ketdi. To'g'ri ularni tarqatganlarga nisbatan kerakli
chora tadbirlar qo'llandi ammo yuqorida aytib o'tganimdek sistemani
o'zgartirish kerak. Bu ketishda bo'lmaydi....
Internet tarmoqlarida rasmga olinib,men imtihon
topshirgan hududdagi test variantalrini ham kòrdim.
Koʻrdim va majur koʻrmaganlikka oldim.
koz oldimda uyali aloqadan foydalaniwganini
guvohi bolganman.
Masalan, elektron qurilmalarfan foydalanishga
sharoit bo‘ldi.
В прямую не участвовала но участвовала семья подруги, после их разговора начали раздавать договора тем кто из-за 1 и т.д баллов не прошли.
Mamlakatimiz hududlari kesimida, Qashqadaryo va Buxoro
viloyatlaridagi respondentlar oliy o'quv yurtlariga kirish imtihonlari paytida korrupsiyaga eng ko’p duch kelishgan – bu ikki viloyatda so'ralganlarning 20%dan
ko'prog'i. Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasida korrupsiyaga eng kam duch kelgani haqida aytishdi – 62% dan. Namangan viloyatida korrupsiya holatlari to'g'risida eng ko’p boshqalardan eshitgan – 37% respondentlar.
Qashqadaryo viloyatidagi U-Reportyorlarning 44%i kirish imtihonlari paytida abituriyentlarning qonunbuzarliklariga guvoh bo'lishibdi – bu butun mamlakat bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichdir. Bunday huquqbuzarliklarning eng kami Qoraqalpog'iston Respublikasida qayd etilgan – ushbu hududdagi respondentlarning 75%i salbiy javob bergan.
Respondentlarning 46%i abituriyentlarning noqonuniy harakatlariga duch kelgan hollarda
hech narsa qilmagan. U-Reportyorlarning 32%i bunday abituriyentlar tashkilotchilar
tomonidan aniqlanib, imtihonlardan chetlashtirilganligini ta'kidladilar. Bu
savolga javob berganlarning atigi 10%i guruh kuzatuvchisiga bu haqda xabar
bergan, va 6%i DTM vakiliga.
"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan
5% respondentlar quyidagilarni yozdilar:
•
Abituriyentlarning
noqonuniy xatti-harakatlari to'g'risida boshqalardan eshitgan, fotosuratlarni
ko'rgan
•
Abituriyentlarga
zarar yetkazmaslik uchun bu haqda gapirishni xohlashmagan
•
Avvalgi
tajriba tufayli biror narsa qilish foydasiz deb o'ylashadi
•
Test
savollarini yechish bilan band bo’lishgan
•
Kuzatuvchilar
zarur choralarni o'zlari ko'rishdi.
U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)
bowqa odamni konglini ogritip nima qildim bu
yerda aytganim bilan man kormaganlarim xam kopku
Guruh nazoratchisi nazoratchisiga aytdim u e'tibor ham bermadi
Guruh nazoratchisi yordam berib utib ketdi lk
hich kimga aytmadim
Imtixongacha testlar chiqib ketdi
Internetlaga sovolla chiqib ketganidi hicnma
qilib bomasidi
Masalalarni ishlash bilan band edim
Men o‘z bilimimga ishongandim.shuning uchun
ularga parvo qilmadim
Nazoratchini o‘zi kerakli chora ko‘rdi.
Кимирлаб гапирма кимирлаган гапирган чикиб
кетади деди айтолмадим телефон дан махсуз апаратдан фойдаланди
Никто не обращал внимание
Я увидела как другая девушка пользовалась гарнитурой, и рядом с ней сидел парень который сказал об этом наблюдателю группы, в итоге выгнали того парня.
U-Reportyorlarning
36%ining
fikriga ko'ra, test sinovlarining qog'ozga an'anaviy yechilishi
– abituriyentlarning bilimlarini baholashning eng adolatli shakli.
Ikkinchi o'rinda kompyuterda testlarni yechish – 19%. Uchinchi o'rinda esa test
va suhbat – 17%.
Qizig'i shundaki, ayollar erkaklarnikiga
qaraganda 4%ga ko'proq qog'ozdagi testlarni yechish formatini tanlashga moyil.
"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan
respondentlarning 4%i quyidagilarni yozgan:
•
Bir
nechta javob variantlarini tanlashng (birlashtirilgan)
•
Kirish
imtihonlarini bekor qilish kerak
•
Bilishmaydi
•
OTMning
o'qish yo'nalishiga bog'liq
•
Maktab
baholariga ko'ra, Rossiyadagi Yagona davlat imtihoniga (YeGE) o'xshash tizimni
taklif qilishgan
•
Imtihonlarni
xalqaro darajadagi sertifikatlar bilan almashtirish (GMAT, GRE, IELTS)
U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)
Kirish imtihonlarini bekor qilish kerak.
Xohlovchilar o'zlari istagan ta'lim yo'nalishida o'qiy olishi lozim. Faqat
bitiruv imtihonlarini yuqori saviyada tashkil etish lozim. Kasblarning
talablaridan kelib chiqib, hech bo'lmaganda ruchkaning yozishini
qulaylashtirgan (natijani kasbning talabidan kelib chiqib amaliy faoliyatni
baholash, plagiatga yo'l qo'ymaslik, ishlab chiqarishga yangiliklarni tezkor
joriy eta olish imkoniyatlaridan kelib chiqib baholashni nazarda tutgan holda)
talabaga diplom va albatta kafolatli ish o'rni bilan taklif qilish lozim. 2.
Yuqoridagi taklifni hisobga olgan holda kirish imtihonlarini shunchaki mantiqiy
savollar asosida o'tkazib qo'ysa ham bo'ladi. Ya'ni, tanlangan kasbga layoqat
borasidagi mqntiqiy yechimlar, psixologik holat va boshqalar.
Это зависит от профиля ВУЗа. В одних
ВУЗах достаточно провести тест в любой форме, в других - совмещать тесты,
творческий экзамен, письменные ответы на билеты.
Тесты я не задавала а в творческий экзамен считаю не честны , по причине
того что они сами решают что пойдёт а что нет , также не озвучивают точные
критерии , также проблема с материалами и условиями проведения , в этот раз
сталкнулись с некачественной бумагой , и без выбора места ( рисовать на мольберте
или на парте
Тесты это хорошо,но я хотела бы чтобы проверяли разговорную речь ,на
сколько человек знает язык ,на котором будет учиться. И учитывали это тоже.
Кроме этого чтобы,обращали внимание на письмо на сколько красиво и грамотно.
Тесты как ЕГЭ очень хороший вариант, вообще нужно отменить ежегодный тесты.
И нужно сделать как в других развитых странах. Нужно создать единые экзамены.
Для русских нужно сделать сертификат о знание русского языка.
Тесты должны приниматься онлайн, с сервером под контролем недвижимых
иностранных контроллеров и программистов или советом независимых блогеров,
журналистов и депутатов
Сертификаты международного уровня, так как в таком случае не получится
связать это дело с коррупцией.
Respondentlarning deyarli 1/4 qismi kirish
fanlarini sertifikatlashni taklif qilmoqdalar (ingliz tilidan IELTS imtihoni
kabi). U-Reportyorlarning
18%i kuzatuvchilar sonini ko'paytirishni taklif
qilmoqdalar va 10%i imtihonlarni katta binolarda o'tkazish kerak,
deb hisoblaydilar.
"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan
15% respondentlar quyidagilarni yozdilar:
•
Yuqoridagi barcha javob
variantlari
•
Bir
vaqtning o'zida bir nechta variantni tanlashgan
•
Bilishmaydi
•
Ushbu
sohada har qanday o'zgarishlar yuz berishi mumkinligiga shubha bilan qarashadi
•
Chet
el universitetlari tajribasini o'rganish
•
Kirish imtihonlari jarayoni va DTM
faoliyatini nazorat qilishda huquqni muhofaza qilish organlarining (Ichki
ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa organlar) rolini
kuchaytirish
•
DTM faoliyatini takomillashtirish va shaffoflikni
ta'minlash, DTMda "xodimlarni (kadrlarni) tozalash" ishlarini olib borish
•
Kirish imtihonlari uchun kuzatuvchilar sonini
ko'paytirish va ularning tayyorgarligini yaxshilash, har yili ularning
tarkibini yangilash, boshqa mamlakatlardan kuzatuvchilarni taklif qilish
•
Harbiylarning farzandlari uchun OTMlarga kirish uchun imtiyozlarni olib
tashlash va kirish imtihonlarini hamma uchun bir xil
qilish
•
Kirish imtihonlari o'tkaziladigan binolarning
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash (kameralar bilan jihozlangan va imtihonlar jarayonini jonli efirda
kuzatib borish)
•
Bloggerlar
va jurnalistlarni jalb qilish, imtihonni to'liq Internetda, televizorda jonli
efirda namoyish etish
•
Kirish
imtihonlari paytida huquqbuzarlarga jazo choralarini kuchaytirish
•
Inson omilini kamaytirish
•
Imtihonlarni kompyuterda
onlayn tarzda o'tkazish
•
Korruptsiya
va "tanish-bilish" bilan kurashish
•
Bakalavriat
bosqichida o'qish uchun kirish imtihonlarini olib tashlash
•
Test savollarini
yaxshiroq tuzish
•
Xususiy
OTMlarni tashkil etish va kirish imtihonlari vakolatini ularning o'zlariga
topshirish
• Kirish imtihonlarini xususiy xorijiy kompaniyalarga topshirish.
U-Reportyorlarning aksariyati (75%), 2020 yilda bo'lgani kabi, OTMlarga hujjatlarni onlayn shaklda topshirishni afzal ko'rishdi. Shu bilan birga, respondentlarning 1/5 qismi
o'zlari tanlagan universitetga tashrif buyurib, hujjatlarni oflayn ravishda
rasmiylashtirish tarafdori.
"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan
2% respondentlar quyidagilarni yozdilar:
•
"Onlayn"
va "Oflayn" ikkita javob variantini tanlashgan
•
OTMlarda
ochiq eshiklar kunlarini tashkil qilish kerak
•
Hujjatlarni
topshirish uchun to'lovlarni olib tashlash va jarayonni bepul qilish kerak
•
Abituriyentlarning
xohishiga ko'ra – ularga tanlov berish.
Izoh: Soʻrovlar natijasida
olingan maʼlumotlar UNICEFning
fikrini aks
ettirmaydi, reprezentativ
maʼlumotlar
hisoblanmaydi va
ushbu U-Report so’rovida qatnashgan
respondentlarning fikrini
aks ettiradi.