U-Report O’zbekiston
Respublikasi Adliya Vazirligi bilan hamkorlikda yoshlar adliya organlari
to’g’risida nimalarni bilishini va ularga munosabatini o’rganish maqsadida
so’rov o’tkazdi. Natijalardan ushbu sohada yoshlar bilan ishlashni rejalashtirish uchun foydalaniladi.
So'rovda mamlakat bo'ylab 8600 dan ortiq
respondentlar ishtirok etishdi, ulardan 35% dan ortig'i ayol
respondentlardir.
ADLIYA
ORGANLARI HAQIDA SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:
1. Respondentlarning 45% Adliya vazirligi nima bilan shug’ullanishi haqida aniq tasavvurga ega
emas: ulardan 24% “umuman hech narsa” bilmayman deb javob berishgan.
2. U-Reportyorlarning aksariyati (60%) adliya
organlari tizimiga qaysi muassasalar kirishini bilishmaydi va
yana 11 % respondentlar javob berishga qiynalgan.
3. Respondentlarning 41%i barcha adliya
organlaridan faqat ba'zilarining faoliyati to'g'risida va faqat
14%i barcha adliya organlari to'g'risida biladilar.
4. U-Reportyorlarning aksariyati (63%) adliya
organlarida ishlashni xohlaydi. Adliya organlarida ishlashni istaganlarning
aksariyati Surxondaryo (76%) va Qashqadaryo (74%) viloyatlariga to’g’ri keladi.
5. So'rov ishtirokchilari adliya organlarida
ishlashga nima jalb qilishini sanab o'tdilar: 49%i – inson huquqlarini himoya
qilish uchun, 21%i – huquqiy siyosatni takomillashtirish va 13%i – hujjatlar
bilan ishlashni yoqtirishini bildirdi.
6. Adliya idoralarida ishlashni istamagan respondentlarning 25% o'z sabablari haqida gapirib berishdi: ular boshqa sohaga qiziqish bildirmoqda (62%), adliya idoralariga ishonmaydilar (19%), davlat xizmatida bo'lishni istamaydilar (10%).
Respondentlarning
45%i Adliya vazirligi nima bilan shug’ullanishi haqida aniq tasavvurga emas:
ulardan 24% "umuman hech narsani" bilmayman deb javob
berishgan.
So'rovda qatnashganlarning 55%i Adliya vazirligi faoliyati haqida bir muncha xabardorligini aytishdi: shulardan 23%i vazirlik faoliyati to'g'risida juda yaxshi xabardorman deb javob berishdi. Shu bilan birga, gender nuqtai nazaridan, Adliya vazirligi faoliyati to'g'risida erkaklarning 26%i juda yaxshi bilsa, ayollar orasida faqat 17%i bu variantni tanlagan.
Hududlar
kesimida qaralsa Adliya vazirligi faoliyati to'g'risida yaxshi biladigan respondentlarning
aksariyati Namangan va Andijon viloyatlarida yashayid – taxminan 29%i. Adliya vazirligi faoliyati to'g'risida umuman
hech narsa bilmasligini bildirgan respondentlarning aksariyati Xorazm
viloyatidan – 28%.
MA’LUMOT: Adliya vazirligining asosiy vazifalari:
· yagona davlat huquqiy siyosatini
yuritish
· qonunlar yaratilishini
muvofiqlashtirish
· aholining huquqiy savodxonligini
oshirish
· jamoat tashkilotlarini
rivojlantirish
· fuqarolarning huquqlarini huquqiy
himoya qilish
· yuridik kadrlarni tayyorlash va
takomillashtirish va hokazo
Batafsil: https://lex.uz/docs/3681788
U-Reportyorlarning aksariyati (60%) Adliya organalri tizimiga qaysi muassasalari
kirishini bilishmaydi va
yana 11 % respondentlar javob berishga qiynalgan.
Respondentlarning atigi 29%i bu haqida
ma’lumotga ega. Ayollarga (24%) nisbatan 8% ko'proq erkaklar (32%) adliya
organlari tizimiga kiradigan muassasalar haqida bilishadi.
Hududlar kesimida ushbu savolga quyidagicha javob berildi:
Jizzax viloyatida respondentlarning aksariyati (37%i)
qaysi muassasalar adliya organlari tizimiga kiritilganligi to'g'risida
ma'lumotga ega – bu viloyatlar
aro eng yuqori ko’rsatkich.
Bu haqda eng kam xabardor bo'lganlar Qashqadaryo, Sirdaryo va Xorazm
viloyatlarida bo'lib, respondentlarning 65%ga yaqini adliya organlarining
tarkibi to'g'risida bilmaydi.
MA’LUMOT UCHUN:
Adliya organlari tizimi – bu Adliya vazirligidan tashqari, shuningdek:
·
notariat, arxivlar, davlat xizmatlari markazlari
·
Intellektual mulk agentligi
·
Respublika sud ekspertiza markazi
·
Huquqiy siyosat tadqiqot instituti
·
«Adolat» huquqiy axborot markazi
·
Yuristlar malakasini oshirish markazi
·
Adliya organlarida AKTni rivojlantirish markazi
·
yuridik kollejlar, litsey va universitet
Batafsil: https://lex.uz/docs/3681788
41% respondentlar barcha adliya organlaridan faqat
bir qanchasining faoliyati to'g'risida bilishadi. Respondentlarning 28%i adliya organlarining
ko'pini bilishini va faqat 14%i barcha adliya organlari faoliyati to'g'risida
bilishini aytishdi.
Biz U-Reportyorlardan yuqorida keltirib o'tilgan
adliya organlaridan qaysi biri haqida ma'lumotga ega emasligini so’radik va
5412ta javob oldik. Sulardan yoshlar eng kam xabardorligi bo’lgan 6ta
muassasani aniqladik:
1. «Adolat» huquqiy axborot markazi (1188ta javob)
2. Intellektual mulk agentligi (1132ta javob)
3. Adliya organlarida AKTni
rivojlantirish markazi (1101ta javob)
4. Huquqiy siyosat tadqiqot
instituti (1051ta javob)
5. Yuristlar malakasini oshirish
markazi (288ta javob)
6. Respublika sud ekspertiza
markazi (261ta javob)
U-Reportyorlarning aksariyati (63%) adliya
idoralarida ishlashni xohlaydi. Ayollar
(65%) erkaklarga (62%) qaraganda adliya tizimida ishlasjni bir oz ko'proq xohlashar
ekan.
U-Reportyorlar orasida 1%i adliya idoralarida ishlayotganligi ma'lum bo'ldi.
Adliya idoralarida ishlashni xohlovchilarning aksariyati Surxondaryo va
Qashqadaryo viloyatlaridan – mos ravishda 76% va 74%dan. Xohlovchilarning eng kam qismi Toshkent
shahrida yashaydi – bu yerda respondentlarning atigi 38%i adliya organlarida ishlash
istagi borligini va yana 44%i xohlamasligini bildirgan.
So'ralganlarning 49%i adliya idoralarida inson
huquqlarini himoya qilish
imkoniyati, 21%i huquqiy siyosatni
takomillashtirish
uchun va 13%i hujjatlar bilan
ishlashni yoqtirishni bildirgan. Shu
bilan birga, erkaklarga qaraganda (47%) ayol respondentlarning sal ko'prog’i
(51%) aynan inson huquqlarini himoya qilish imkoni jalb qiladi.
"Boshqa" javobini
tanlagan 3% respondentlar quyidagilarni yozdilar:
1. Yuqoridagi barcha javoblar.
2. Korrupsiyaga qarshi kurashish
3. Siyosat va ijtimoiy masalalarga qiziqish
4. Mamlakatda adolatni qaror toptirish maqsadida
5. Advokatura va sud jarayonlariga qiziqish
6. Kasbi bo'yicha yuristlar
7. Mamlakat rivojiga hissa qo'shish maqsadida
8. Huquqiy savodxonlikni oshirish
9. Davlat idoralarida ishlashga qiziqish
10. O'z huquqlari to'g'risida ko'proq bilish uchun.
U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)
Oddiy fuqarolarga yurudik tomonlama ko‘mak
berish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish korrupsiyaga chek qo‘yish uchun.
Для улучшения срабатывания нормативных механизмов, закреплённых в законах.
Ликвидация кумовства, коррупции и неуместной бюрократии.
Jamoat tashkilotlarini rivojlantirish orqali,inson huquqlarini himoya
qilish,ko'p yillar davomida
qiyinchilikda yashab kelgan Xalqimiz yashash sharoitini
yaxshilash,korrupsiyaga qarshi kurashish.
Respublika Sud ekspertiza markazida psixolog
bulib ishlashni istayman
Har bir insonga o'z haq huquqlaridan foydalana
olishiga yordam berish uchun
Adliya idoralarida ishlashni istamagan respondentlarning 25%i o'z sabablari haqida
gapirib berishdi: boshqa sohaga qiziqishi (62%), adliya idoralariga ishonmasligi (19%), davlat xizmatida bo'lishni xohlamasligi(10%).
Shu bilan birga,
erkaklarga (58%) qaraganda ko'proq ayollar (72%)
boshqa sohaga qiziqishini bildirishgan. Ayollarga qaraganda 12% ko'proq erkaklar adliya
organlariga ishonmasliklarini bildirdilar.
"Boshqa" javobini tanlagan 6% respondentlar quyidagilarni
yozdilar:
1.
Yuqoridagi barcha
variantlar
2.
Boshqa sohada ishlashni
xohlashadi (ta'lim, tibbiyot, o'z biznesida, bank sohasida)
3. Tegishli ma'lumot yo'q
4. Chet elda ishlashni xohlashadi
5. Adliya tizimidagi ishlar diniy qarashlarga mos
kelmaydi
6.
Davlat tilini yaxshi bilishmaydi
U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)
Коррупсия кучли, мен адолатсизликларга чидолмайман
Боюсь коррупции, не хочу ввязываться
Yaxshi chin dildan
ishlaydiganlar bor lekin yuqoriga kotarilishga ishonmayman
Keyin boshqa sohaga qiziqaman.
Tizimga ishonchim ham yoq
Tizimga toʻliq ishonmayman. Boshqa soha talabasiman
Adliya organlari faoliyati haqida ma’lumotlarni www.minjust.uz veb-saytida va/yoki +998712070454 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan respondentlarning fikrini aks ettiradi.