U-Report O’zbekiston tibbiyot yo’nalishi talabalari Assotsiatsiyasi (UzMSA –
Phenomenon) bilan hamkorlikda va JSST ko’magida O’zbekiston yoshlarining
chekishga munosabatini o’rganish maqsadida so’rov o’tkazishdi.
May oyida Butunjahon
tamakisiz kun nishonlanadi. Tamaki tutunidan holi bo’lgan jamoat joylari
odamlar sog’lig’ini himoya qilishga yordam beradi. So’rov natijalari tamakisiz muhit yaratish haqidagi yoshlar
Deklaratsiyasi uchun foydalaniladi.
Qo’shimcha ma’lumot: Tamaki
kompaniyalari marketing va reklama uchun yiliga 8 milliard
dollardan ko'p mablag'larni sarflashdi, dunyo esa tamaki va passiv chekish ta’siri natijasida 8 million odamni yo’qotdi (Global tamaki epidemiyasi haqidagi JSST bayonoti, 2019 y.). Bu yil Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti yoshlarga, tamaki kompaniyalari tamaki va nikotin mahsulotlarini iste’mol qilishda yoshlarni jalb qilishning hiylali usullaridan foydalanishiga e’tibor qaratmoqda.
Shu bilan birga, JSST ma’lumotiga ko’ra tamakining ikkilamchi tutuni (passiv chekish) dunyoda yiliga 1 millionga yaqin odamlarning o’limiga sabab bo’ladi va ulardan, taxminan, 31%i bolalar.
So'rovda mamlakat bo'ylab
10 mingga yaqin respondent qatnashdi, ularning deyarli 40% ayol
respondentlardir.
CHEKISHGA MUNOSABAT HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY
NATIJALARI:
1.
Respondentlarning aksariyati (81%) chekish inson salomatligiga jiddiy
salbiy ta'sir qiladi deb hisoblaydilar.
2.
U-Reportyorlarning 58%i "passiv chekish" nima ekanligini bilishmaydi.
3.
Asosan, respondentlar "passiv chekuvchi” rolida
ko’chada – 39%, restoranlarda / kafelarda – 18%, ishda – 11% bo'lishar ekan.
4.
Respondent ayollarning mutlaq ko'pchiligi (90%) hech qachon chekmagan,
erkaklarning faqat 56%i hech qachon tamaki iste’mol qilmaganligini aytgan.
5.
Respondentlarning 3% ayollari va 12% erkaklar har kuni chekishlarini tan
olishdi.
6.
Chekuvchilarning aksariyati poytaxtda, Namangan va Andijon viloyatlarida bo'lib,
u yerda respondentlarning 12-13% har kuni tamaki
mahsulotlarini chekishlarini ta'kidladilar.
7.
Chekadigan respondentlarning 58%i chekishni tashlash niyati borligini bildirgan. Shu bilan birga, ayollar, erkaklardan farqli
o'laroq, ushbu odatdan voz kechmaslikka ko'proq moyil ekanlar – 25%ga qarshi 16%.
8.
Shuningdek, 10% chekishni tashlagan respondentlar nima uchun bunday
qilganligini bildirishdi: 50% javoblar – yomon odatni olib tashlashga
ongli ravishda intilish.
9.
Chekadigan respondentlar (17%) chekishga undagan sabablarini bildirdi: qiziqish – chekishni boshlashning eng mashhur sabablaridan biri – 33% respondentlar ushbu javob variantini tanlagan; quyidagi javob variantlarini 20%dan to’plashgan: "dam olish istagi"
va “do’stlarim chekishgan”.
10. Respondentlarning aksariyati 75% tamaki tutunidan
xoli muhitni yaratish
g'oyasini qo'llab-quvvatlamoqda (masalan, bog'larda, kafelarda, jamoat
joylarida va transportda).
U-Reportyorlarning
aksariyati (81%) chekish inson salomatligiga jiddiy salbiy ta'sir qiladi deb hisoblashadi. Shu bilan birga, erkaklarga qaraganda 8% ko'proq ayollar chekish odamlarga sezirarli zarar yetkazadi deb hisoblashadi.
Erkaklar chekish unchalik salbiy emasligiga va uning sog'liqqa ta'siri bir necha omillarga bog'liqligiga ishonishga moyilroq. Shunday qilib, 3% ko'proq erkaklar bu chekilgan sigaretalar soniga bog'liq deb o'ylashadi. Bundan tashqari, 2%dan ko'proq erkaklar chekishni sog'liq uchun zararli emas deb o'ylashadi.
U-Reportyorlarning o'rtacha 42%i “passiv chekish” nima ekanligini biladilar. Shu bilan
birga, respondentlarning 58% bu nima ekanligini
bilmasliklarini tan olishdi. Qolgan viloyatlarga
qaraganda Qashqadaryo
viloyatida, shuningdek Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog'iston
Respublikasida passiv chekish haqida ko’proq bilishmaydi. Poytaxtda,
boshqa barcha hududlarga qaraganda "passiv chekish" haqida ko’proq bilishadi – 59% respondentlar ijobiy javob berishgan.
Ko'pincha respondentlar ko’chada "passiv chekuvchi"
bo'lar ekan – 39% holatda. Sirdaryo, Farg'ona va Namangan viloyatlarida, avvalambor, ko’chada “passiv chekish” bilan to’qnashishadi. Toshkent shahrida "ko’chada" variantini tanlagan respondentlarning soni eng kam (28%).
Shu bilan birga, Qoraqalpog'iston Respublikasida, boshqa hududlar bilan
taqqoslaganda, kafe va restoranlarda "passiv chekish" ko’proq uchraydi. Navoiy, Jizzax va Buxoro
viloyatlarida “passiv chekish” bilan ish joyida to’qnashadiganlar ko'proq.
Erkaklarga qaraganda 10% ko'proq ayollar ko’chada "passiv chekish" bilan duch kelishadi.
Kafe va restoranlarda erkaklar ko'proq "passiv chekuvchilar" bo'lishadi – erkaklarning 22% va ayollarning 14% shunday javob
berishgan. Bundan tashqari, erkaklar passiv checkuvchi
bo’lib ishda ko'proq to’qnash kelishar ekan – 15%,
ayollarning esa atigi 6% bunga ish joyida duch kelishmoqda.
"Boshqa" variantini tanlagan respondentlarning 14%i quyidagi joylarda beixtioyor "passiv
chekuvchi" bo’lib qolishar ekan:
1. Hech qayerda – men o'zim chekuvchiman
2. Hamma joyda, deyarli
barcha jamoat joylarida
3. Avtomobillarda
(taksilarda), jamoat transportida (avtobusda), jamoat transporti to'xtash
joyida
4. Do'stlar bilan
5. Bozorda
6. Choyxonada
7. Qarindoshlarnikida
8. Aslida, men atrofdagi odamlarning chekishiga yo'l qo'ymayman.
Respondent ayollarning aksariyati (90%) hech qachon chekmagan, erkaklarning
faqat 56%i hech qachon
chekmaganligini aytgan. So'rovda ishtirok
etgan ayollarning 3%i va erkaklarning 16%i ilgari chekkanliklarini, ammo hozirda
chekishni tashlaganlarini aytishgan.
Erkaklarning 10%i ba’zida
chekib turishadi, bu ko’rsatkich ayollar orasida 1,8%ni tashkil
qiladi.
"Boshqa" javobini tanlagan respondentlarning 2%i quyidagilarni yozgan:
1. Vaziyat va sharoitga
qarab kuniga / haftada / oyiga bitta sigaret chekaman
2. Bolalikda bir necha bor tatib ko'rgan, ammo endi chekishmaydi
3. Ota-onalari chekishadi
4. Hali voyaga yetmaganlar
5. Lyft usulida chekishni
tugatish bosqichida, nikotin pastilllari nikotindan
tutunsiz va boshqalar uchun ishlatishni cheklaydi
6. Tamaki chekishgan, lekin elektron sigareta / vapes / IQOS ga o'tishgan
7. Nosvoy chekishadi
8. Do'stlar bilan kamdan-kam
hollarda chekib turadi
9. Alkogolli ichimliklar iste'mol
qilingan hollarda, mast holatda ba’zida chekishadi
10. Men umuman chekishni istamayman.
Chekuvchilarning
aksariyati poytaxtda, Namangan va Andijon viloyatlarida bo'lib,
respondentlarning 12-13%i har kuni tamaki mahsulotlarini chekishlarini bildirdilar. Hech qachon tamaki chekmaganlarning aksariyati Sirdaryo viloyatida (79%),
shuningdek Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasida (har birida 75%dan). Namangan viloyatida ilgari chekuvchilar va
chekishni tashlaganlar – 15%, shuningdek, Andijon viloyatida – 13%ni tashkil qildi.
Kundalik chekadiganlar, bir necha kunda bir marta, ba'zida chekadigan respondentlar orasida – 1168 ta erkaklar va 177 ta ayollar. Ulardan erkaklarning 61% va ayollarning 43% chekishni tashlamoqchi. Shu bilan birga, ayollarning 25% va erkaklarning 16%i chekishni tashlamoqchi emaslar. Erkaklarga qaraganda ayollarga bu savolga javob berish qiyin bo’ldi.
Qiziqish - bu so'rovda ishtirok etgan erkaklar va ayollar orasida chekishga undagan eng mmaop sabablaridan biri – o'rtacha 33% respondentlar ushbu
javob variantini tanladilar. Shu bilan birga, agar ayollar uchun bu ko'proq dam olish istagi bo’lsa, erkaklar uchun hal qiluvchi omil ularning do'stlarining chekishidir.
“Boshqa” javob variantni tanlagan respondentlarning 17%i chekishni boshlashining quyidagi asosiy sabablarini
ko'rsatdilar:
1.
Depressiyadagi psixologik holat tufayli: stress, asabiylashish va
tushkunlik, kundalik tashvish va muammolardan xalos bo'lish uchun: oilaviy muammolar,
do'stlar va qarindoshlar bilan tushunmovchiliklar, shahsiy munosabatlar, o'quv jarayoni (imtihonlar)
qiyinchiliklari, ishdagi stressli vaziyatlar
2.
Tinchlanish, o'zlarini erkin his etish
3.
Shunchaki chekishadi / hech qanday sabab chekishga undamagan
4.
Odatga
aylangani sababli
5.
Zavqlanish / kayf
olish
6.
Bosh og'rig'idan xalos bo'lish
7.
Boshqalar
chekishga undaydi
8.
Ish chekish bilan bog'liq edi (kalyanchilar)
9.
Spirtli ichimliklar ichgandan keyin chekishadi
10.
Yaxshi tamaki ta'mi va hidi yoqadi
11.
Ishtahani susaytirish maqsadida.
U-REPORTYORLARNING
BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlab qolingan)
Жизнь сложная штука,
постоянная занятость и нагрузка, мозг готов лопнуть. Думаю, курение больше
развито в отстающих странах, все пытаются выжить и у них нет возможности
отдохнуть здоровым отдыхом. Все мысли о работе, нужно делать перерывы, перекур
это единственное чем можно отвлечься, и это правда.
Mamlakatdagi iqtisodiy beqarorlik, ishsizlik. Davlat
organlarining xaddan ziyod iqtisodiyotga aralashuvi (buyrokratiya) va
jamiyatdagi adolatsizlikka moslasha olmaslik.
Развод родителей. Было
очень плохо. Приятель на улице дал сигарету, чтоб меня успокоить.
Чекишни илк бошлаганда мияда қисқа муддатли стресни
ўтказиб юбориш ҳиссиёти бўлди. Асабийлашганда чекиларди. Кейин овқатдан сўнг
чекилди. Шу билан одатга айланиб қолди. Чекилмаса бош оғрийди. Чекиш керак
вақти юрак тез ура бошлайди. Чекгач ўтиб кетади.
Muammolarga yechim. Ko‘pincha
asabiylashish o‘ta yuqori darajada bo‘ladi menda sababi xar xil fuqarolar bilan
ishlash. Chekish biroz bo‘lsada shu narsani unutishga va charchoqni yengishga
yordam beradi.
Это стимулирует мой мозг, чтобы он дальше работал внимательнее и острее.
Chekishni tashlaganlar orasida yomon odatdan xalos bo'lish istagi erkaklar va ayollar orasida eng ommabop
sababdir – o'rtacha 50% respondentlar aynan shu sababni tanladilar. Erkaklar
orasida ikkinchi o'rinda kasalliklarning oldini olish istagi (12%)
va ayollarning 11,5%
uchun bu – yaqin kishisining iltimosi. Uchinchi umumiy sabab –
erkaklarning 11%da sog'liq muammolari va ayollarning 10,4%da yaqinlariga zarar bermaslik istagi bilan bog'liq.
"Boshqa" javob variantini tanlagan
respondentlarning 8%i chekishni tashlash sabablarini quyidagicha izohlagan:
1.
Do'stlar va qarindoshlarga, oilaviy
byudjetga zarar yetkazmaslik
2.
Inson hayotini qisqartirishi / sog'liqqa zararligi / xotira buzilishi
3.
Yuqoridagi barcha javoblar
4.
Diniy sabablar (Alloh uchun): Allohdan qo'rqish, diniy e'tiqodlarga to'g'ri kelmaydi / chekishing
Islomda "harom"
hisoblanishi
5.
Hech qanday zavqni his qilmaslik / foydasizligi / ehtiyoj yo'qolganligi
6.
Chekishdan shunchaki charchashgan / chekishdan zerikish / chekishdan jirkanish hissi
7.
Boshqalarga taqlid qilib chekishni
boshlash va endi aql-idrokka ega bo'lish
8.
Chekishni tashlash oson ish ekanligini isbotlash
9.
Atrof muhitda chekuvchilar qolmaganligi, lekin ular paydo bo'lsa, yana chekish xavfi mavjudligi
10.
Sport bilan shug'ullanishdan son’g (toqqa chiqish / sport zali) va chekish
halaqit berganligi uchun undan voz kechilgan
11.
Ish bilan bog'liq sabablar
12.
Nosvoy bilan almashtirish va boshqa yomon odatlar / Lyftga o'tish.
U-REPORTYORLARNING
BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlab qolingan)
Чтобы на мне не
наживались транснациональные табачные корпорации, а потом на мои же деньги,
устраивали революции, чтобы ввозить в мою страну ещё какую-нибудь гадость.
Men o'zi shaxsiy muammolarim tufayli chekkandim.Lekin
chekish mening muammolarimni hal qila olmadi.Shuning uchun chekishni
tashlagaanman.
Diynimizda musulmon insonlar uchun tamaki xarom ekanligi uchun.
Я не курила, баловались в
колледже. Бросила просто, не было завистмости.
Respondentlarning
aksariyati, 75%i tamaki tutunisiz muhit yaratish g'oyasini
qo'llab-quvvatlaydilar: masalan,
bog'larda, kafelarda, jamoat joylarida va transportda. Shunga qaramay, agar hamma uchun sharoit
yaratilsa, respondentlarning 14%i bunday muhit
yaratishga rozi bo’lishadi. U-Reportyorlarning atigi 5% bu fikrga qarshi
bo'lgan.
Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning
fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu
U-Report so’rovida qatnashgan respondentlarning fikrini aks ettiradi.