Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyani qabul qilish g'oyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil sentyabr oyida BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi. U-Report, Inson huquqlari milliy markazi bilan birgalikda, ushbu Konvensiya loyihasi haqida yoshlarning fikrini bilish uchun so'rov o'tkazdi.
So'rov natijalari joriy yilning 12-13 avgust kunlari BMT Bosh kotibi, YEXHT, O’zbekiston
hukumati, BMT agentliklari va boshqa xalqaro tashkilotlar va mamlakat vakillari
ishtirok etgan inson huquqlari bo’yicha Samarqand veb-forumida taqdim qilindi. Inson huquqlari bo’yicha Samarqand forumi bilan www.asianforum.uz da tanishib
chiqishingiz mumkin.
Konvensiyaning
maqsadi – yoshlarning huquqlari, erkinliklari, qiziqishlari, ehtiyojlarini belgilash va ularni amalga
oshirish bo'yicha davlatlarning majburiyatlarini ta'minlash.
So’nggi o’n yilliklar tajribasi shuni aniq ko'rsatadiki, shiddat bilan o’zgarib borayotgan dunyoda, asosiy ulushi yoshlar bo’lgan, inson kapitali va innovatsion salohiyatni jadal rivojlantirish, samarali to’plash va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lgan davlatlar ustunlikka ega bo'ladi.
So'rovda mamlakat
bo'ylab 10 mingdan ortiq respondentlar qatnashgan, ularning 37%i ayol respondentlardir.
YOSHLAR TO’G’RISIDAGI BMT
KONVENSIYASI HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:
1.
So'rovda
qatnashganlarning 68%i
hozirda O'zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan BMTning yoshlar huquqlari
bo'yicha xalqaro konvensiyasi ishlab chiqilayotganidan xabardor emas.
2.
U-Reportyorlarning aksariyati (81%) BMTning Yoshlar
huquqlari to'g'risidagi konvensiya yoshlarning huquqlari to'g'risidagi universal hujjat sifatida
zarur deb hisoblashadi.
3.
Respondentlarning
52%i "yoshlar" deb 30
yoshgacha bo'lgan odamlarni belgilash kerak deb hisoblashadi. Shu bilan birga, respondentlarning 1/4 qismi 35
yoshgacha bo'lganlarni "yoshlar" deb hisoblanishiga
ishonishadi.
4.
So'rovda
ishtiroq etganlarning deyarli yarmi
yoshlarning o'zlari yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy belgilovchisi va ijrochisi bo'lishi kerak deb
hisoblashadi. So‘ralganlarning 1/4 qismi buni butun jamiyat amalga oshirishi
kerak desa, 16%i esa parlamentga tayanadi.
5.
54% U-Reportyorlarning fikriga ko'ra, Yoshlar huquqlari
to'g'risidagi konvensiyani
qabul qilinishi, dunyo bo'ylab
yoshlarning hayotini yaxshilaydi.
6.
U-Reportyorlarning 48%i Konvensiya qabul qilinganidan keyin ularning hayotlari ancha yaxshi
bo'lishiga ishonishadi.
7.
Barcha
respondentlarning 62%i
yoshlar ham, yoshi kattalar ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yoshlar
huquqlarini monitoring qilish qo'mitasiga a'zo bo'lishlari kerak deb
hisoblashadi.
8.
Yoshlar huquq va erkinliklari bo'yicha quyidagi 5 ta mavzu eng ommabop deya e’tirof
etildi: ta'lim olish huquqi (deyarli
20%), fikrlash va so’z
erkinligi (deyarli 13%), sog'liqni saqlash (12,4%), ishlash huquqi (10%), erkinlik va shaxsiy daxlsizlik (9,6%).
So‘rovda qatnashganlarning aksariyati (68%)
O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan BMTning yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi
xalqaro konvensiya ishlab chiqilayotganidan xabardor emas ekan. Etiborlisi, bu haqda bilmaganlarning aksariyati Toshkent
shahri va Toshkent viloyatida – 73%.
Aksariyat U-Reportyorlarning (81%) fikriga ko'ra, BMTning Yoshlar
huquqlari to'g'risidagi konvensiya zarur. Ko'pchilik shunday fikrda bo’lgan
respondentlar Navoiy va Buxoro
viloyatlarida, u yerda 85% respondentlar bunday Konvensiya zarurligini ta'kidladilar.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasini ishlab chiqish g'oyasini ayollar ko'proq qo’llab-quvvatlaydi – 83%, erkaklar orasida bu ko’rsatkich 80%. Shu bilan birga, qat'iy ravishda: "Yo'q" deganlar orasida ayollar (6%) ga qaraganda erkaklar ko'proq (10%).
Barcha
respondentlarning 53%i
"yoshlar" deb 30 yoshgacha bo'lgan insonlarga aytish kerak deb hisoblashadi. Shu bilan birga, respondentlarning
1/4 qismi 35 yoshgacha bo'lganlar"yoshlar" deb hisoblanishi kerak deb ishonishadi.
U-Reportyorlarning 9%i yoshlik odamning
yoshiga bog'liq bo'lmasligi kerak deb hisoblashadi.
Xorazm va Navoiy
viloyatlarida yoshlarni ta’riflash 30 yoshgacha bo'lishi kerak deganlar soni ko'p – har ikkala hududda ham bu ko'rsatkich 58% atrofida.
"Boshqa"
javob variantini ko'rsatgan respondentlarning 6%i quyidagilarni yozdilar:
1.
18
yoshgacha
2.
18 -
25 yosh
3.
20 -
25 yoshda yoki 20-27 yoshda
4.
25 -
30 yosh
5.
30 -
35 yosh
6.
Oliy
ma'lumotni tugatgunga qadar
7.
45
yoshgacha, chunki umr ko'rish davomiyligi oshdi.
8.
50
yoshgacha
9.
Pensiya
yoshiga qadar.
U-REPORTYORLARNING BA’ZI
FIKRLARI:
Maksimum 25 yoshgacha boʻlgan shaxslar yosh deyish
mumkin. Undan yuqorisi oʻrta yashar hisoblanadi.
Umri davomida o’zini o’zgartira
oladigan shaxsiy fikrga ega bo’la olgan barcha yoshlar hisoblanadi.
Inson ilm o'rganishdan, zamon bilan hamnafaslikdan
to'xtamas ekan, yosh bo'lib qolaveradi
Молодёжь тот, кто строит свою
карьеру и тот кто самостоятельный. Не считаются молодёжью те кто проживают за
счет своих родителей, ибо они являются еще детьми. Поэтому сказать определённую
цифру не могу.
Qachonki ozini mustaqilman deb hisoblab mustaqil yashay
olsa.
O'zbekistonda o'rta umr ko'rish yoshiga qarab xulosa qilsak 35 yoshgacha
Bu narsani yosh bilan umumuman aloqasi bo’lmasligi kerak.
45 yoshgacha inson qo’lidan barcha ishlar kela oladi.
Hammada har hil. Bu oilaviy
kelib chiqishiga bog'liq ya'ni buvi-buvasi,va ota onasini munosabatiga bog'liq
Ҳар бир оилада ота-онанинг ақли ва фаросати билан фарзанд
тарбияланади. Фарзанднинг неча ёшигача ЁШ ҳисобланиши бу ота-онанинг қай
даражада яхши ё ёмон тарбия ва эътибор беришига боғлиқ.
Нельзя делить людей по возрасту и наделять в соответствии с
возрастом разными правами!
Insonning kuch
quvvatiga ega bolgunga qadar u inson yosh hisoblanadi
Islomda erkak kishi 40 yoshgacha yigit hisoblanadi. Yoshlar yoshi 28-30
atrofida bolishi kerak
Yoshlar
deganda yoshini hisobga olmaslik kerak chunki bizda ta'lim tizimi juda g'alati ko'p
o'qish kere chet davlatlarida yosh professor bor bizni davlatda sochi
oqarmaguncha yoki butunlay to’kilmaguncha olmaydi, qilgan ishiga qarash kerak bu mani
shahsiy fikrim.
54% erkaklar yoshlar
30 yoshgacha hisoblanishiga (ayollarda 51%), ayollarning 28%i yoshlar 35 yoshga qadar bo’lishi
kerakligiga (erkaklarda 22%) ishonishadi.
Respondentlarning
deyarli yarmi yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy belgilovchisi va ijrochisi yoshlarning o'zlari bo'lishi kerak deb hisoblashadi. So‘rovda ishtirok etganlarning deyarli 1/4 qismi buni butun jamiyat
amalga oshirishi kerak, deb hisoblasa, 16%i buning uchun Parlament javobgar bo‘lishi kerak deb
hisoblashadi.
Poytaxtda Parlament
ishtirokiga eng tanqidiy fikrlaydiganlar
ko’pchilikni tashkil qiladi va u yerda
respondentlarning atigi 9% Parlament yoshlar siyosatiga jalb qilinishi kerak
deb hisoblashadi. Navoiy viloyatida boshqa hududlarga nisbatan ushbu funksiyalarni
yoshlarning o'zlariga topshirishni taklif qilayotganlar ko'pchilikni
tashkil qiladi - 59%.
"Boshqa"
javob variantini ko'rsatgan respondentlarning 4%i quyidagilarni yozdilar:
1.
Hamma
birgalikda javobgar bo'lishi kerak
2.
Odamlar
va jamiyat
3.
Vazirlar
Mahkamasi va boshqa
vazirliklar
4.
Yoshlar
ishlari bo'yicha agentlik yoki alohida tashkil etilgan boshqa davlat tuzilmasi
5.
O'zbekiston
yoshlar ittifoqi sifatida yoshlarning jamoat tashkilotlari
6.
Prezident
7.
Deputatlar
va Parlament
8.
Maxsus
tuzilgan komissiya
9.
Yoshlar
va yosh avlod uchun alohida siyosiy partiya yaratilishi
10.
O'zbekiston
musulmonlari idorasi (Diniy Idora)
11.
Bloggerlar,
jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari.
U-REPORTYORLARNING BA’ZI
FIKRLARI:
Все вместе
взятое, потому что разработчик и исполнитель – это разные понятия. Все три
пункта должны участвовать и в разработке, и в исполнении.
O'zbekiston sharoitida faqat prezident ishonchni oqlaydi, boshqa
mansabdorlar, parlament,
jamiyat hali bu narsaga tayyor emas.
Masuliyat
katta ekan javobgarlar hammani zimmasidadir. Hujjatlar bilan ishlaydigan odamlar ko’p lekin odamlar bilan ishlaydigan shaxs zarur yani:
prezidentni shahsan
o’zlari va prezident maxsus uyushmasi bilan.
Bunda aniq bir toifa bo'lishi belgilab qo'yilmagan.
Mening fikrimcha bu jarayonda
yoshi ulug'larimiz, nuroniylar, dinimiz peshvolari, yoshlarimizning faol
ishtirokchilari va ishsiz yurgan yoshlarimizni fikrlarini ham inobatga olgan
yaxshi deb o'ylayman!
Yoshlar demokratik
partiyasini tuzish zarur.
По моему мнению нужно создать партию молодежную (Например: интересы
молодежи или партия молодого поколения и т.д.)
От государство
должно быть сформирована комиссия по реализации уровня вовлеченности, и
развития молодежи, данная комиссия должна определить ключевые направления
развития.
Axir yoshlar parlamenti va agentligi tashkil etildiku. Ularning vazifasi
aynan shuni nazorat qilish deb oʻylayman
Erkaklar bilan
taqqoslaganda, ayollar yoshlarni o'zlarini ko'proq qo'llab-quvvatlamoqda - 55%ga
qarshi 48%. Shu bilan birga,
erkaklar parlament mamlakatda yoshlar siyosatini ishlab chiqishi va amalga
oshirishi kerak degan fikrga ko'proq moyil.
53% U-Reportyorlarning fikriga ko'ra, Yoshlar huquqlari
to'g'risidagi konvensiya qabul qilinishi, butun dunyo yoshlarining hayotini yaxshilaydi, chunki bu katta imkoniyatlarga ega teng
huquqli jamiyatni yaratishga yordam beradi. Ushbu fikrni qo’llovchilar Sirdaryo viloyatida ko'pchilik –
respondentlarning 61%i.
Toshkent shahrida
esa ushbu g'oyani
qo'llab-quvvatlovchilarning soni eng oz – 40%ni
tashkil qiladi, va 19%i yoshlarning turmush sharoiti
o'zgarishsiz qoladi deb ishonishadi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bu borada hali bir
fikrga kelmaganlar ham ko'p –
taxminan 33%.
U-Reportyorlaning 48%i Konvensiya qabul qilinganidan keyin hayotlari
yaxshilanishini kutishadi. Qoraqalpog'iston Respublikasida respondentlarning 58%i o'z hayotlarida ijobiy o'zgarishlarni
kutishmoqda. Poytaxtda hali nimani kutish kerakligini bilmaydiganlarning soni ko'p va respondentlarning
atigi 31%i ijobiy
javob berishdi.
Ushbu Konvensiyani qabul qilishga ayollar nisbatan ijobiy munosabatda – 53% va 46% erkaklar ularning hayotlari ancha yaxshi bo'ladi deb hisoblashadi. Ayollar bilan solishtirganda (10%), erkaklar (14%) hech narsa o'zgarmasligini aytdi.
"Boshqa"
javob variantini ko'rsatgan respondentlarning 5%i quyidagicha yozdilar:
1.
Yoshlarning
imkoniyatlarini kengaytirish (ta'lim, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish
nuqtai nazaridan)
2.
Hozirgi
siyosiy vaziyatga qarab hech narsa o'zgarmaydi
3.
Konvensiyaning
to'g'ri bajarilishi va amalga oshirilishiga bog'liq
4.
Konvensiyaning
qabul qilinishi yoshlarga qanday ta'sir qilishini tushunish uchun vaqt kerak
5.
Yoshlar
huquqlari to'g'risidagi konvensiyaning qabul qilinishiga qarshi.
U-REPORTYORLARNING BA’ZI
FIKRLARI:
Qonun qabul
qilinsagina biz uning foydasi yoki foydasizligi haqida gapira olamiz ungacha
bir narsa deyish qiyin.
Ничего. Это Узбекистан, и все для галочки.
Vaqt ko’rsatadi,hamma davlatda har xil natija bo’lishi mumkin, bizda erkinlik va mustaqillik yetishmaydi.
Agar qabul qilingan bilan amaliy
natijalar bo'lmasa hammasi qog'ozda qolib ketadi, men bu konvensiyaga natija
bera boshlamagunicha ishonch bildirolmayman.
Faqatgina
hujjatlarda o‘zgaradi. Amaliyotda esa hech narsa bo‘lmaydi.
Появится возможность прямого контакта представителей молодежи с более
старшим и опытным поколением.
Qanday
tashkillashtirilishiga bog'liq masalan amerikadagi yoshlar uchun kerak bo'lgan
narsa bizda ma'naviyatimizga zid ko'riladi. Universal ya'ni ham amerika ham
o'zbek yoshlari uchun birdek zarur narsa bu faqat bilim olish erkinligi. Agarda
konvensiya bilim olishga erkinlikni ta'minlasa shu bo'ladi konvensiyaning
yutug'i.
Yoshlar huquqlari Konvensiyasi har davlatda har xil bo'lishi Shart! Chunki
hamma davlat yoshlari oralarida bir jinsli va o'shanga o'xshagan
"ODAMLARNI" korishishini istashmaydi. Masalan O'zbekistonda,
Rossiyada, Islom davlatlarida va boshqa odatiy oila tarbiyasi tarafdori bor
davlatlarda!!! Chunki bu odamiylikga UMUMAN TO'G'RI KELMAYDI!!!
Мое мнение, зачем
делить общество на молодых и не молодых. Надо создавать равные условия для
всех. Создавать законы, которые учитывают права всех слоев населения и всех
возрастов.
Все зависит от людей, которые будут отвечать за нововведения, было бы
отлично если бы сам президент курировал этот вопрос, так скажем посредникам
нельзя верить. Вспомнив прошлое все государственные представители кроме тех кто
имеет частую связь с Президентом во время работы пренебрегали своими
обязанностями и думали что казна это их личный капитал!
Barcha
respondentlarning 62%i
Konvensiya qoidalarini davlatlar tomonidan bajarilishini nazorat qiladigan
BMTning Yoshlar huquqlari bo'yicha maxsus qo'mitasiga yoshlar ham, kattalar
ham kirishi kerak deb
hisoblashadi. Shu bilan
birga, respondentlarning deyarli 1/4 qismi BMTning ushbu tuzilmasiga faqat
yoshlar kiritilishi kerak deb hisoblashadi. Navoiy viloyatida ushbu qo'mitada
faqat yoshlar vakili bo'lishi kerak deb hisoblaydiganlarning aksariyati - 31%.
Ayollarga
qaraganda 9% ko'proq erkaklar BMTning Yoshlar huquqlari qo'mitasida faqat
yoshlar vakili bo'lishi kerak, deb hisoblashadi. Shu bilan birga, ayollar ushbu
qo'mitada yosh va keksa odamlar teng ravishda qatnashishi kerak degan fikrga
ko'proq moyil - 69% ayollar va 58% erkaklar.
U-Reportyorlarning
so'zlariga ko'ra, quyidagi beshta
asosiy huquq va erkinliklar ular uchun muhim - bu ta'lim olish huquqi (deyarli 20%), fikrlash va uni ifoda etish erkinligi (deyarli 13%), sog'liqni
saqlash (12,4%), mehnat huquqi (taxminan 10%), erkinlik
va shaxsiy daxlsizlik (9,6%).
Respondentlar
orasida qurolli mojarolar va favqulodda vaziyatlarda himoyalanish huquqi hamda kamsitishlardan (diskriminatsiyadan)
himoya qilish huquqlari mashhur emas.
Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar
UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va
ushbu U-Report so’rovida qatnashgan respondentlarning fikrini aks ettiradi.