Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Talabalarni qo'llab-quvvatlash uchun nima kerak?

U-Report Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda OTM talabalarining COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan muammolarini o'rganish va ularning o'qishini qo'llab-quvvatlash uchun nima kerakligini bilish maqsadida so’rov o’tkazdi.

So`rov natijalari talabalarning masofadan o'qishi bilan bog'liq muammolarini aniqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj, shartnoma pulini to'lashda qiyinchiliklarga uchrayotgan talabalarning muammolarini o’rganish va ko'rib chiqish uchun ishlatiladi.

 

Biz karantin tufayli muammolarga duch kelgan va kontraktni to'lashda yordamga muhtoj bo'lgan respondentlardan so'rov yakunida o'zlari to'g'risida ma'lumot qoldirishlarini so'radik. Ushbu ro'yxat U-Report tomonidan Yoshlar ishlari agentligiga topshirildi.

 

So'rovda mamlakat bo'ylab 13 mingdan ortiq respondentlar qatnashdi, ularning 69%i universitet talabalari, shulardan 15%i grant egalari (byudjet bo'yicha o'qish) ekanligi aniqlandi.

 

TALABALARNI QO'LLAB-QUVVATLASH HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

 

1.      So’rovda qatnashgan talabalarning 60% bakalavr, 8% magistr va 1% aspirant.

2.      U-Reportyorlarning 43%i pandemiya davrida o'quv jarayonidagi asosiy muammo Internet bilan bog'liq muammolar ekanligini ta'kidladilar. Shu bilan birga, eng ko'p ovoz Surxondaryo viloyatida qayd etildi (55%).

3.      Ikkinchi o'rinda darslarni o'tkazish bilan bog'liq muammo – respondentlarning 19%i dars berish uslubi qiziq emasligini ta'kidlashdi. Poytaxtda darslar sifati bilan qoniqmagan talabalar soni 24% va bu ko’rsatkich boshqa hududlarga nisbatan eng yuqori.

4.      Respondentlarning aksariyati (60%) talabalarni qo'llab-quvvatlash uchun davlat idoralari 2020-21 yillarga mo'ljallangan shartnoma miqdorini qayta ko'rib chiqishlari kerak deb hisoblashadi. Yana 15% respondentlar to'lovlarni to'lash shakllari (qismlarga bo'lib-bo'lib to'lash, to'lashni uzaytirish va hk) bilan bog'liq variantlarni tanladilar.

5.      Talabalarni fikricha, ularni qo'llab-quvvatlash uchun ikkinchi o'rinda – Internet narxini pasaytirilishi – 11% respondentlar shunday javob berishdilar. Shu bilan birga, Qoraqalpog'iston Respublikasida talabalar uchun Internet narxini pasaytirish taklifi eng ko'p ovoz to’pladi (19% respondentlar).

6.      U-Reportyorlarning yarmidan ko'pi (53%) shartnomani to'lashdagi asosiy muammo karantin tufayli daromadlarning kamayib ketganligini va 10%i esa daromadlar umuman to'xtaganini aytdilar.

 

 

 

 So‘ralganlarning yarmidan ko‘pi (59%) bakalavr talabalari, 8% magistratura va 1% ga yaqin aspiranturada tahsil olmoqda.

 

 

 

 

So'rovda qatnashganlarning 36%i ikkinchi bosqichda, 24%i uchinchi bosqichda, 16%i birinchi bosqichda va 15%i to'rtinchi bosqichda.



U-Reportyorlarning 43%i pandemiya davrida o'quv jarayonidagi asosiy muammo Internet muammosi ekanligini ta'kidladilar. Shu bilan birga, Surxondaryo viloyatida Internet bilan bog'liq vaziyat eng dolzarbligini ko’rish mumkin, u yerda respondentlarning 55%i ushbu muammo borligini ta'kidlagan.

 

Ikkinchi o'rindagi muammo darslarni o'qitish uslubi qiziq emasligini – respondentlarning 19%i buni ta'kidlashdilar. Eng yuqori foiz poytaxtga to'g'ri keladi, u yerda, boshqa hududlarga nisbatan, o’qish bilan qoniqmagan talabalar soni eng ko'p (24%).

 

Respondentlarning 5%i darslar umuman o'tkazilmasligini ta'kidlashgan. Darslar umuman o'tkazilmasligini ko'rsatgan respondentlarning eng ko'p qismi Toshkent shahrida (8%).

 

Toshkent va Andijon viloyatlarida darslar mazmunini tushunmaslik muammosi eng yuqori (boshqa viloyatlarga nisbatan) 10% talabalar bu haqda xabar qildi.

 

Respondentlarning 8%, ayniqsa Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida kompyuterlarning yo’qligi bilan bog'liq muammolarga duch kelmoqda.

 

"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan respondentlarning 13%i pandemiya paytida o'quv jarayonida duch keladigan muammolar haqida yozganlar:

1.      Yuqoridagi barcha javoblar

2.      Internetga ulanishning past tezligi / sifati (Moodle va boshqa universitet platformalarida onlayn ta'lim tizimlaridan foydalanish bilan bog'liq muammolar)

3.      O'quv shartnomasini to'lashda moliyaviy qiyinchiliklar ("super kontrakt")

4.      Elektr bilan bog'liq muammolar

5.      O'quv dasturini, Internetda ba'zi fanlarni o'zlashtirishda qiyinchiliklar

6.      Uyda o'qish va uy yumushlari bilan band bo'lish/chalg’ish muammosi

7.      Amaliy mashg'ulotlarga ehtiyoj (masalan, tibbiyotda), chunki Internetda amaliy ko'nikmalarni o'rganish mumkin emas

8.      O'qituvchilarning onlayn ta'limga past tayyorgarligi, onlayn darslarning past sifati, talabalarga nisbatan noto'g'ri munosabat

9.      Talabalarni adolatsiz baholash tizimi.

 

U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI:

 

Darslarni yozma konspekt qilib, rasmga olib jo'natishni talab qilishlari juda katta muammo.

 

Отсутствует академическая атмосфера и моральная поддержка от однокурсников и профессоров, что приводит к снижению мотивации и заинтересованности в учебе.

 

Отключение часто света, мало напряжения компьютеру попросту не хватает, и надо себя как-то содержать на пропитание.

 

Pandemiya davrida ta'lim jarayonida internet bilan bog'liq muammo bor. Men o'zim uyda wi-fi orqali kiraman. Lekin shunda ham nosozliklar mavjud. Orada uzilishlar bor. An'anaviy ta'lim jarayonidagi "ruhiyat" mavjud emas. Shuning uchun barcha sanitariya talablariga amal qilgan holda an'anaviy ta'lim jarayoniga qaytishni ma'qullayman.

 

Men qishloqda turaman, albatta internet juda sekin, kompyuterim ham yuq, darslar shunchaki ko'zni aldash uchun utilmoqda, uslubi deyarli qoniqarsiz, dars mazmunini amalyotsiz tushunish qiyin va shu kabi boshqa muammolardir. Qishloq sharoitida o'qish juda qiyin.

 

Я, как многие другие, привык учиться коллективно. Так всех учат с первого класса в школе, а учиться индивидуально недостаточно мотивации.

 

 

Universitet talabalari qanday muammolarga duch kelmoqda degan savolga javoblarda jiddiy gender tafovutlar aniqlanmadi.

 

Respondentlarning aksariyati (60%) talabalarni bilim olishga intilishlarini qo'llab-quvvatlashi uchun davlat idoralari 2020-21 yillarga mo'ljallangan shartnoma miqdorini qayta ko'rib chiqishlari kerak, deb hisoblashadi. Shu bilan birga, ushbu variant Toshkent shahrida eng ko'p qo'llab-quvvatlangan – 66%.

 

Qoraqalpog'iston Respublikasida talabalar uchun Internet narxini tushirishni taklif etganlarning soni eng ko'p (19%).

 

U-Reportyorlarning atigi 5%i hamma narsadan qoniqish bildirishdi.

 

"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan respondentlarning 9%i quyidagilarni yozgan:

1.      Yuqoridagi barcha javoblar

2.      Keyingi o'quv yili uchun o'qish shartnomasining qiymatini kamaytirish

3.      Kontraktni to'lash muddatini uzaytirish

4.      Internet sifatini oshirish va Internet narxini pasaytirish, qishloq joylarida Internetga kirish imkoniyatlarini yaratish

5.      Universitetlarda professor-o'qituvchilarning malakasini oshirish

6.      Kundalik o'qishga qaytish, karantin tadbirlarini to'xtatib qo'yish,

7.      Grantlar orqali talabalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash (talabalar qoniqarli baholarga ega bo'lsa ham)

8.      Oliy ta'lim tizimidagi korrupsiyaga barham berish

9.      Universitetlardagi o'quv dasturlarini takomillashtirish (keraksiz fanlarni olib tashlash).

10.  Talabalarga bandlik masalasida yordam berish

11.  Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga va kam ta’minlangan oilalarga ularning bolalarini o'qish uchun to'lovlarni to'lashda yordam berish.

 

U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI:

 

Каждым студентам, которые живут за городом организовать проводной интернет, ведь с нашего Вуза выходят специалисты именно этого (телекомы) направления. Если им не предоставят интернет они могут и сами потом не предоставить интернет другим жителям страны.

 

Pandemiya sharoiti yengillashsa oʻquv yili avvalgidek odatiy boʻlishi tarafdoriman.  Onlayn dars umuman foydasi yoʻq yoshlar bekorga  bilim ololmasdan vaqtimiz ketyapti.

Bizning domlalarni o'zgartirish qiyin masala, shu sababli rivojlangan davlatlardan (faqat rossiya yoki MDH dan emas) proferssro domlalarni shartnoma asosida dars o'tish uchun olib kelishlarini taklif qilaman.

SHunngdek rektorlarni yoshartirish kerak, yangicha fikrlaydigan yoshlarni masul vaizfalarga tayinlash ekrak. OTM lardagi buyrokratiyani yo'qotish va o'rniga ko'proq amaliy darslarni ko'paytirish kerak.

Pandemiya davri bolsa ham karantin qoidalariga qat'iy rioya qilib oqishlarni boshlashimiz kerak hechkim uchun qiziqmas online dars masalan men uchun borib osha yerda otirib oqituvchini oz ogzidan tinglab chunish baribir men uchun eng yaxshi yo’l deb oylayman.

Mening fikrim har bir dars zoom orqali bolishi kerak saytga joylangan yo moodlega joylangan darslarni 80 %talaba korib chiqmaydi sababi yakiniy imtihonlar ham online bolmoqda testni yechayorgan talabani hech kim kuzatmayapti va bunde vaziyat borligini sezgan talaba shak shubhasiz 100 balldan 90dan kam yigmaydi achinarlik tarafi hammasi plagat orqali.

 

Ushbu savolga javob berishda jiddiy gender tafovutlar kuzatilmadi.

  

U-Reportyorlarning yarmidan ko'pi (53%) ularning daromadi karantin tufayli kamayganligini va bu shartnomani to'lash bilan bog'liq muammolarni keltirib chiqarayotganligini ta’kidlashgan. Ushbu variant Andijon viloyatida eng ko'p ovoz oldi – so'rovda qatnashganlarning 61%i karantin tufayli ularning daromadi kamayganligini ta'kidlashdi.

So'ralganlarning grant asosida o’qiydigan talabalarning ko'p qismi Qoraqalpog'iston Respublikasida 23% byudjet bo'yicha o'qishlarini bildirganlar.

"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan respondentlarning 10%i quyidagicha yozgan:

1.      Onlayn ta'lim sifati o'quv shartnomasi narxiga mos kelmaydi, darslar o’tilmayadi va o’quv shartnomasi asosida pul to'lash uchun mos emas.

2.      Pandemiya va karantin tadbirlari tufayli moliyaviy qiyinchiliklar (boquvchisining ishsizligi, maoshning kamligi, oilani boqish zarurati va boshqa xarajatlar, bir nechta bola shartnoma asosida o'qiydigan katta oila).

3.      Yetim yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisiz qolgan yoki kam ta'minlangan ota-onalar ijtimoiy himoyaga va tibbiy yordamga muhtoj.

4.      O'rtacha ish haqi miqdoriga to'g'ri kelmaydigan o'qitish shartnomasining sezilarli darajada yuqori qiymati.

5.       O'qish uchun kontraktni to'lashda muammo yo'q.

 

U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI:

 

Не вижу смысла платить за то, что некоторые уроки не ведутся.

 

Kontrakt to'lovi kamaytirilsa bizda kompyuter va shunga o'xshash onlayn ta'limga kerakli jihozlar olishga imkoniyatimiz oshar edi.

 

Oilamda ota-onam ishsiz faqat men ishlardim ammo hozir karantin davrida ishlar ham tuxtagan.

 

На оплачивать контракт не трудно. Но качество образования, предоставляемого в дистанционной форме, не соответствует нынешней цене контракта. Студенты переплачивают. Очень много переплачивают. Учеба в дистанционной форме сводится к тому, что мы ищем материал в Интернете и смотрим обучающие видео на YouTube. Все это можно делать и без учебы в университете.

 

К тому же организация дистанционного образования желает оставлять лучшего. В курсах перемешаны группы национального и европейского потоков, задания выставляются и оцениваются несвоевременно, уроки преподают учителя, которые совершенно не владеют русским языком…

 

 

Gender omillari bo’yicha so’rov natijalari.

 


Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan respondentlarning fikrini aks ettiradi.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo