Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Salomatlik haqida manbalar yetarlimi?

U-Report UNICEFning Sog'liqni saqlash bo'limi bilan birgalikda, o'smirlar va yoshlar salomatlik to'g'risida ma'lumotlarni olishda qanday to'siqlarga duch kelayotganini tushunish uchun so'rov o'tkazdi. So’rov natijasida olingan ma’lumotlar o'smirlarning sog'lig'i bo'yicha Milliy strategiya va harakatlar rejasini ishlab chiqish uchun kerak bo'ladi.

Ozbekiston Respublikasining Statistika boyicha davlat qomitasining malumotlariga kora, osmirlar (10 yoshdan 19 yoshgacha bolgan shaxslar) aholi umumiy sonining 16,2%ini tashkil qiladi hamda mamlakatning insoniy va iqtisodiy taraqqiyoti uchun noyob salohiyatga ega. Shu bilan birga o'smirlar hali ham ovqatlanish, havoning ifloslanishi va zararli moddalarning ta'siriga duch kelishmoqda. Erta turmush qurish muammosi, shuningdek, ta’lim olish, kasbiy tayyorgarlik hamda mehnat bozoriga kirish muammolari hali ham davom etmoqda.

Hozirgi kunda samarali strategiya va dasturlarni ishlab chiqish uchun o’smirlarning kasalliklar, baxtsiz hodisalar, o’lim holatining oldini olish bo’yicha ma’lumot olish imkoniyati hamda ularning xabardorlik darajasi haqidagi ma’lumotlar hali ham yetarlicha emas.

So’rovda mamlakat bo'ylab 7792 respondent qatnashdi, ularning 41%ini ayollar tashkil etadi.

SALOMATLIK HAQIDA MANBALAR TO'G'RISIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

1.       So'rov ishtirokchilari sog'liqni saqlash to'g'risidagi ma'lumotlarning qaysi manbasiga ko'proq ishonishlariga javob berishdi: respondentlarning 69%i shifokorlar / tibbiyot xodimlariga, ikkinchi o'rinda ota-onalariga (11%) va uchinchi o'rinda Internetga (10%) ishonadilar.

2.       24% respondentlar sog'liq bilan bog'liq barcha mavzularni ota-onalari bilan muhokama qilish noqulay ekanligini ta'kidladilar va 14% respondentlar esa barcha mavzular ota-onalari bilan muhokama qilish uchun qulayligini aytib o’tdi.

3.       Birinchi navbatda, ota-onalar bilan muhokama qilish uchun "noqulay savollar" dan, 31% U-Reportyorlar – jinsiy munosabatlar mavzisini tanlagan.

4.       Sog'liq mavzusiga oid mavzularning ota-onalar bilan muhokama qilishdagi noqulaylik omillari: uyalish 62%, ota-onalarni xafa qilishdan cho’chish – 11%, tushunmasligidan qo'rqishi - 8%, ayblanishdan qo’rqishi – 6%.

5.       U-Reportyorlarning 44%i sog'liq bo’yicha barcha mavzularni shifokorlar / tibbiyot xodimlari bilan muhokama qilish qulay ekanligini ta'kidlashdi. 24% respondentlar uchun tibbiy xodimlar bilan jinsiy munosabatlarni muhokama qilish noqulay.

6.       Sog'liq mavzulari bo’yicha muammolarini shifokorlar / tibbiyot xodimlari bilan muhokama qilishni istamaslik sabablarining uchtaligi: uyat / uyalish - 51%, yomon tashxisni eshitishdan qo'rqish - 16%, shifokorlar malakasiga / tajribasiga ishonmaslik - 12%.
Erkaklar bilan solishtirganda, 12% ko'proq ayollar sog'lig'i bilan bog'liq muammolarni tibbiyot xodimlari bilan muhokama qilishdan uyalishadi.

7.       Respondentlarning 88%i u yoki bu tarzda salomatlik haqida ma’lumot manbai sifatida Internetga ishonadilar – b’azilar ma’lumotlarni qaytadan tekshirib oladi (36%), kimdir ma'lum darajada (32%) yoki ko'p hollarda ishonadi (17%) va boshqalar.

8.       Tibbiy ma'lumot olish uchun respondentlarning 64%i Internetga faqat zarurat tug’ilsa murojaat qiladi, 22%i esa har kuni yoki har hafta foydalanadilar.

9.       Respondentlarning 42%i O'zbekiston yoshlari / o'spirinlari sifatli tibbiy ma'lumotlarga ega bo'lish uchun teng imkoniyatlarga ega emaslar deb ishonishadi, 23% esa bu savolga javob berishga qiynaldilar.

10.   Barcha respondentlarning 26%i sifatli tibbiy ma'lumot manbalari tengligini oshirish uchun tibbiy veb-sayt yaratishni , 17%i - onlayn ilova, 15%i - maxsus markazlarda maslahat berishni taklif qilishmoqda.

11.   90% respondentlar, agar shifokorlar bilan telefon / elektron pochta orqali maslahatlar amalga oshirilishi yo’lga qo’yilsa, tez-tez murojaat qilishlarini bildirishdi: 50%i aniq va 40%i katta ehtimol bilan shunday qilishadi.


Barcha respondentlarning 69%i birinchi navbatda shifokorlar / tibbiyot xodimlariga ishonishadi. Gender xususiyatlari bo'yicha: ayollar (72%) erkaklarga nisbatan (67%) shifokorlarga ko'proq ishonishadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasida yashaydigan respondentlar boshqa hududlarga qaraganda eng ko’p shifokorlarga ishonishadi - 76%.

Toshkent shahrida tibbiyot xodimlariga, boshqa viloyatlarga qaraganda, kamroq ishonch bildirildi Toshkent shahrida istiqomat qiladigan respondentlarning 62%i. Shuningdek, poytaxtda, hududlar bilan solishtirganda, Internetga salomatlik ma'lumotlari manbai sifatida ishonadiganlar ko'pchilikni  tashkil qildi 17% (boshqa viloyatlarda bu o'rtacha 11%). Internetga ishonadiganlar soni Surxondaryo viloyatida eng kam atiga 4%.

"Boshqa" variantini tanlagan respondentlarning 5% quyidagi variantlarni yozdilar:

1.       Faqat o'zlariga / tajribalariga / holatlariga / ichki ovozlariga ishonishadi

2.       Hech kimga ishonishmaydi

3.       O'zlari yoki qarindoshlari farmatsevtlar / shifokorlar / tibbiyot mutaxassislari / tibbiyot kollejlari / institutlarining talabalari

4.       Allohga ishonishadi va Allohning irodasi hamma narsada ekanligiga ishonishadi

5.       Yuqoridagi barcha toifalarga ozgina ishonishadi

6.       Tabiblarga ishonishadi (an'anaviy tabiblarga)

7.       Chet elda nashr etilgan kitoblar va fanga ishonishadi

8.       Axborot va aloqa manbalari, ommaviy axborot vositalari va jurnallar, Rossiya ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytlar

9.       Xalqaro tashkilotlar (JSST).


Respondentlarning 24%i sog'liq bilan bog'liq deyarli barcha mavzular ota-onalari bilan muhokama qilish noqulay ekanligini, 14% respondentlar esa sog'liqqa oid barcha mavzular ota-onalari bilan muhokama qilish uchun qulayligini ta'kidladilar.

Birinchi navbatda, ota-onalar bilan muhokama qilish uchun "noqulay savollar" dan  jinsiy munosabatlar mavzusini tanlagan – U-Reportyorlarning 31%i. Shu bilan birga, bu ko'rsatkich erkaklar uchun yuqoriroq: ayollarga qaraganda erkaklarning 4%i ota-onalari bilan ushbu mavzuni muhokama qilish noqulay deb javob berishdi. Keyingi o’rinda 8% ovoz bilan - "Oila qurish".

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 6%i quyidagilarni yozdilar:

1.       O’zlarining hayotlari va kelajak haqida / o'qish / kelajakdagi kasb / shaxsiy rivojlanish / ish haqida

2.       Ota-onalar – barcha muammolarni muhokama qilishingiz mumkin bo'lgan eng yaqin maslahatchilar.

3.       O'zbekistondagi siyosiy jarayon / siyosat / tarixiy mavzular / yangiliklar (mahalliy va xalqaro)

4.       Diniy / dunyoviy bilimlar

5.       Pul / moliyaviy masalalar

6.       Ilmiy mavzular

7.       Yoqtirgan odami / oilaviy hayot

8.       Jinsiy yo'l bilan o'tadigan kasalliklar / individual kasalliklar

9.       Oilada bunday savollar yo'q / respondent endi o'spirin emas

10.   Ota-onalar yo'q (balog'at yoshidagi respondent).


Respondentlarning 62%i jinsiy munosabatlar, oilani shakllantirish, sport, diyeta va ovqatlanish, aqliy salomatlik hamda sog'liq bilan bog'liq boshqa mavzularni muhokama qilishdan uyalishadi.

Respondentlarning 11%i ushbu mavzularni muhokama qilishda ota-onalarini xafa qilishni xohlamaydilar va 8%i  ota-onalari ularni tushunmasligidan qo’rqadi.

 

"Boshqa" variantini tanlagan respondentlarning 7%i quyidagilarni yozdilar:

1.       Madaniy nuqtai nazardan, hamma narsani oila a'zolari bilan muhokama qilish noo'rin / etika, tarbiya va milliy mentalitetga, ming yillar davomida paydo bo'lgan qadriyatlarga mos kelmaydi.

2.       Diniy qarashlarga mos kelmaydi / shariatga mos kelmaydi.

3.       Ushbu masalalardan o’zi xabardor bo'lgan.

4.       Bunday muammolarni ota-onalar bilan muhokama qilish g'alati, ota-onalar bilan bunday mavzularni muhokama qilish ularga hurmatsizlikdir.

5.       Ota-onalarini xafa qilishdan bosh tortish / ularni bezovta qilmaslik / ota-onalarning ishonchini yo'qotmaslik / ularga og'irlik qilmaslik.

6.       Nozik mavzu, odobsizlik.

7.       Bunday masalalarni ota-onalar bilan muhokama qilishning hojati yo'q.

8.       O'zlarining muammolarini mustaqil hal qilishga o’rganishgan / shaxsiy muammolar ommaviy bo'lmasligi kerak / sirlarni oshkor qilmaslik / bolalar va ota-onalar o'rtasida masofa bo'lishi kerak.

9.       Respondentlarning o'zlari ota-ona / allaqachon turmushga chiqqanlar / uylanganlar / o'spirinlik yoshida emaslar.

10.   Ota-onalarning o'zlari bunday muammolarni farzandlari bilan muhokama qilish noo'rin deb topadilar.

 

U-Reportyoralning ba’zi fikrlari:

Hamma narsani ham oila a’zolari bilan muhokama qilish madaniyatga toʻgʻri kelmaydi.

 

Оdob ahloq va ming yillik shakllanib kelgan milliy qadriyatlarga toʻgʻri kelmaydi.

 

Е’tiqodga to’g’ri kelmaydi.

 

Shariatga toʻgʻri kelmaydi.

 

Savollar haqida yetarli tushunchaga egaman.

 

Bunday savollarni ota-ona bilan muhokama qilishi g’alati.

 

O’zlarimiz uchun ota-onamiz siqilishligini xoxlamaymiz.

 

Ota-onani havotirga qoyishni istamayman.

 

Ota-ona bilan bunday savollarni muhokama qilishi noqulay.

 

Bu masalaalarni ota ona bilan gaplashish farosatsizlik.

 

Ota-onaga aytish/muhokama qilish shart bo'lmagan masalalar deb o'ylayman.

 

Shaxsiy masalarni o’zim xal qilishga odatlanganman.

 

Ota onang bilan bunaqa savol javob o‘tkazgandan o‘lganing yaxshi.  Men o‘zbekman or nomus sharm xayo degan tushunchalarim bor. Senlar qaerda  o‘qigansan.

 

Men buni allaqachon ota-onam bilan muhokama qilganman, ammo ular ozishimni taqiqlashdi.

 

O'zbeklar jinsiy tarbiya to'g'risida gaplashmaydilar – bu ular uchun uyat, ruhiy tushkunlik haqida gapirishmaydi – bu degani to’qlikka sho’xlik, infektsiyalar haqida gapirishmaydi, chunki ular o'zlari ham bilishmaydi.

 

Chunki bularni ota ona oldida gapirish bexayolik ularni shunday hurmat qilamanki kuzlariga tik qara olmayman ularning gapi men uchun qonunu lekin oz fikrimni bildiraman.

 

Urishishadi tushkinlikga tushdim, yoki o’zimni o’ldirgim kelyabdi desam va bu battar tushkinlikga solishini bilaman.

Agar diyeta boshlamoqchiman desam oyim ustimdan kuladila:) Va qolgan masalalar (oila qurish, jinsiy munosabat) oila bilan gaplashadigan narsamas menimcha.

 

Farosatim bor, shuning uchun.

 

 

U-Reportyorlarning 44%i sog'liq uchun barcha mavzularni shifokorlar / tibbiy xizmat ko'rsatuvchilar bilan muhokama qilish qulay ekanligini aytishdi. 24% respondentlar uchun tibbiy xodimlar bilan jinsiy munosabatlarni muhokama qilish noqulay.

"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan respondentlarning 3%i quyidagilarni yozdilar:

1.       O'zlari yoki qarindoshlari - shifokorlar / tibbiyot xodimlari

2.       Shifokorlarga ishonch yo'qligi yoki ishonch bilan bog’liq savollar (shifokorlar bilimlari yetarli emasligi/ kasbiy ko'nikmalari / tajribasi / malakasi yo'qligi)

3.       Tibbiyot sohasidagi korruptsiya muammolari

4.       Allaqachon o'smirlik davrida emaslar.

 

Erkaklar bilan solishtirganda, 12% ko'proq ayollar sog'lig'i bilan bog'liq muammolarini tibbiyot xodimlari bilan muhokama qilishdan uyalishadi. Shu bilan birga, 6% ko'proq erkaklar yomon tashxisni eshitishdan qo'rqishadi va shifokorlarning bilimlariga / tajribalariga ishonmaydilar.

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 8%i quyidagini yozdilar:

1.       Yuqoridagi barcha javoblar.

2.       Shaxsiy xatolarni muhokama qilishda qiyinchiliklar.

3.       Shifokorlar / tibbiyot xodimlari mas'uliyatsiz / ishonch uyg’otmaydilar / batafsil ma'lumot bermaydilar / bilim, malaka va tajribaga ega emaslar.

4.       Bu muammolarni notanishlar (shifokorlar / tibbiyot xodimlari) bilan muhokama qilishga zaruriyat yo’q / bu oilaviy muammolar / shaxsiy / uchinchi shaxslarning aralashishiga istagi yo'qligi / o’z ahvolini muhokama qilish istagi yo'q.

5.       Shunchaki istak yo'q.

6.       Ularning maslahatiga ehtiyoj yo'q (yoshni hisobga olgan holda).

7.       Qondan qo'rqish / kuchli dorilar sababsiz tayinlanishidan qo'rqish.

8.       Shifokorlar / tibbiyot xodimlarga murojaat qilish uchun moliyaviy imkoniyat yo'q.


Respondentlarning 88%i u yoki boshqa tarzda Internetga sog'liq to'g'risida ma'lumot manbai sifatida ishonadilar – kimdir Internetdagi ma’lumotlarni qayta tekshirib oladi (36%), kimdir ma'lum darajada (32%) yoki ko'p hollarda ishonadi (17%) va boshqalar.

Hammadan ko’proq Internetda topilgan sog'liq haqidagi ma'lumotni qaytadan tekshirishga harakat qilishadigan respondentlar Toshkent shahrida - 46%. Sirdaryo, Namangan, Andijon viloyatlarida, asosan, Internetdagi ma'lumotlarga ishonmaydiganlar va bunday ma’lumotlardan foydalanmaydiganlar ko'proq (taxminan 16%).


Sog'liqni saqlash to'g'risidagi ma'lumotni olish uchun respondentlarning 64%i Internetdan zarurat bo'lganda, 22%i esa har kuni yoki har hafta foydalanadilar. Respublika bo’yicha hammadan ko’p Buxoro viloyatida respondentlarning 1/5 qismi Internetdan har kuni ushbu maqsadlar uchun foydalanadilar.

 

So‘ralganlarning 42%i O‘zbekistonda yoshlar / o‘smirlar sifatli tibbiy ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun teng imkoniyatga ega emas deb hisoblashadi, 23%i esa bu savolga javob berishda qiynalgan.

Buxoro va Jizzax viloyatlarida, O'zbekistonlik o'spirinlar / yoshlar sog'liqni saqlash to'g'risida sifatli ma'lumot olish uchun teng imkoniyatga ega emas deb hisoblaganlarning ko’pchiligini52%ni tashkil etadi. Eng ko'p ushbu savolga Xorazm viloyatida javob berishga qiynalishdi - 27%. Sirdaryo viloyatida, barcha U-Reportyorlar ichida eng ko’pi, sifatli tibbiy ma'lumotlarga ega bo'lish hamma joyda teng deb  44% respondetlar fikr bildirishdi.


Respondentlarning fikriga ko'ra, sifatli tibbiy ma'lumotlardan foydalanishdagi tengsizlikning sababilari: iqtisodiy / moliyaviy tengsizlik – 26%, Internetga ulanishdagi qiyinchiliklar – 18%, qishloqda yashash – 15%, ta’lim olish imkoniyati muammolari – 13%.

Toshkent va Jizzax viloyatlarida sifatli tibbiy ma'lumotlarga ega bo'lishdagi tengsizlikni iqtisodiy / moliyaviy ahvol bilan bog'liq bo'lganlarning aksariyati (37%) tashkil etadi. Navoiy va Farg'ona viloyatlarida va Toshkentda respondentlarning 14%i bu ularning ijtimoiy mavqeiga bog'liq deb hisoblashadi. Namangan viloyatidagi respondentlarning 23%i ushbu tengsizlikni qishloqda yashash bilan izohlashadi. Sirdaryo viloyatidagi U-Reportyorlarning 27%i uchun, birinchi navbatda, Internetga kirishda muammolar mavjud.

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 7%i quyidagicha yozdilar:

1.       Yuqoridagi barcha javoblar

2.       Shifokorlar / tibbiyot xodimlarining malaka darajasi / shifokorlarning qobiliyatsizligi va targ'ibot-tashviqot ishlarining sustligi

3.       Yoshlar orasida qiziqishning yo'qligi, ushbu ma'lumotni izlash usullari va yo’llarini bilmaslik va xabarsizlik / o'quv yurtlarida tibbiyot fanining yo'qligi

4.       Sog'liqni saqlash bo'yicha sifatli va ochiq ma'lumotlarning yo'qligi / o'quv materiallari, kitoblar va manbalarning yetishmasligi

5.       Korruptsiya va sog'liqni saqlash tizimining rivojlanmaganligi / tibbiyot xodimlarining shaxsiy boyishga bo'lgan qiziqishi

6.       Fikrlash / aqliy qobiliyat / ong / ta'lim / oddiy istak yo’qligi / tibbiy madaniyatning yo'qligi / tor fikrlash doirasi

7.       Ota-onalar, ayniqsa, qishloq joylarida, bu haqda xabardor emasligi.


Barcha respondentlarning 26%i sifatli tibbiy ma'lumotlardan foydalanish tengligini oshirish uchun tibbiy sayt yaratishni taklif qilishdi. 17%i ushbu maqsadlar uchun onlayn ilova yaratish kerak deb hisoblashadi va 15% respondentlar maxsus markazlarda maslahat olish teng imkoniyatlarni yaratishga yordam beradi deb o'ylashadi.

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 7%i quyidagicha yozdilar:

1.       Yuqoridagi barcha javoblar

2.       Kam ta'minlangan oilalarga moliyaviy yordam / qo’llab-quvvatlash / ishsizlikka qarshi kurash

3.       Qishloq joylarida Internetga kirishni ta'minlash va sifati / tezligini oshirish / mobil telefon aloqasini yaxshilash

4.       Qishloq joylaridagi aholining elektr / gazdan foydalanishini ta'minlash

5.       Malakali shifokorlar jamoatchilik bilan doimiy aloqada bo'lishlari / sog'liq to'g'risida ko'proq televizion dasturlar yaratishlari va "Tibbiy Onlayn TV" alohida telekanalini yaratish uchun televideniye va ommaviy axborot vositalaridan foydalanish.

6.       Mahallalarda maxsus maslahat markazlarini tashkillashtirish tajribali psixolog / urolog / ginekolog bilan.

7.       Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoki Koronavirusinfo.uz SMS orqali aholiga maslahat berish, chunki hamma ham Internetda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydi.

8.       Telegram / onlayn telefon orqali konsultatsiyalar berish bo’yicha bot yaratish va video aloqa orqali tibbiy yordam ko'rsatish / yagona sog'liqni saqlash portalini yaratish (Britaniya NHS portali singari), ma'lumotlarning doimiy yangilanishi va Internetga ulanmasdan foydalanish imkoniyati bilan bepul, doimiy kirishga ega milliy bilim bazasini , Onlayn tarzda, anonim rejimda savol berish imkoniyati mavjud tibbiy sayt yaratish.

9.       Maktabgacha ta'lim muassasalarida, maktablarda, kollejlarda / litseylarda va universitetlarda sog'lomlashtirish darslarini tashkil qilish, shunda yoshlar/o'spirinlar uchun sog'liq / bepul ixtisoslashtirilgan kurslar / sog'lomlashtirish mashg'ulotlari to'g'risida ko'proq ma'lumotga ega bo'ladilar.

10.   Tashkilotlar uchun tibbiy muassasalarga ekskursiyalar, o'quv tashriflari, kasalxonalarda taniqli shifokorlar bilan uchrashuvlar, tibbiyot sohasida mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil etish uchun ko'ngillilarni jalb qilish.

11.   An'anaviy tibbiyot markazlarining ochilishi.

12.   O'zbekistonda jinsiy masalalar haqidagi ta'limni targ'ib qilish.

13.   Shifokorlarning / tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish / ta'lim va tibbiyot sohasidagi korrupsiyaga qarshi kurashish / shifokorlarning boqimandalik xulq-atvorini yo'q qilish.

14.   Barcha fuqarolar uchun amaldagi tibbiy sug'urta tizimini yaratish.

15.   Internetda ma'lumotlarning aksariyati rus yoki ingliz tillarida taqdim etilganligi sababli, sog'liqni saqlash to'g'risidagi ma'lumotlarni o'zbek tilida ta'minlash.



Respondentlarning yarmi, agar bu telefon / elektron pochta orqali amalga oshirilsa, ko’proq tibbiy yordamga murojaat qilishlarini ta'kidlashgan va 40% respondentlar tibbiy xizmatlarga ko'proq murojaat qilishlari ehtimoli oshishini aytdi. Faqat 6% salbiy javob berilgan.

Toshkent shahridagi respondetlarning aksariyati bunday xizmatning joriy etilishiga shubha bilan qarashadi, u yerda U-Reportyorlarning 10%i  bari bir bunday maslahatlarga murojaat qilmasliklarini aytishdi. Jizzax viloyatida esa ushbu yangilikni ko'pchilik qo'llab-quvvatladi –  respondentlarning 60%i.

 

Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan respondentlarning fikrini aks ettiradi.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo