U-Report O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va UNICEFning Ta'lim bo'limi bilan karantin davrida maktabgacha yoshdagi bolalarning tarbiyasi va vaqti qanday o’tayotganini bilish, shuningdek, Hukumatga bolalar bog'chalari uchun dasturlarini takomillashtirishga yordam berish maqsadida so’rov o’tkazishdi.
COVID-19 virusining pandemiyasi oqibatida O'zbekiston Hukumati maktabgacha ta'limni to'xtatishga qaror qildi. Bunga qaramasdan, 3 - 6 yoshli bolalarning ota-onalari bolaga hatto favqulodda vaziyatlarda ham rivojlanishi uchun eng yaxshi imkoniyatni berishlari kerak. Maktabgacha ta'lim vazirligi (MTV) ota-onalar va bolalarga qiziqarli va ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etishga yordam berish uchun masofadan turib o'qitishni televideniye, Telegram ilovasi va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirdi.
So'rovning
maqsadi karantin davrida ota-onalarning fikrlari va ularning yosh bolalarini tarbiyalash va
rivojlantirish sharoitlarini tushunishdir. Bu Hukumatga
hozirda va kelajakda O'zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasalari ochilganda
siyosat va dasturlarni takomillashtirishga yordam beradi.
So'rovda mamlakat bo'ylab
9636 respondent ishtirok etib, ulardan 41%i (43% ayollar
va 57% erkaklar) maktabgacha yoshdagi (3-6 yosh) bolalar bilan
yashashlarini va ular oldin (koronavirus sababli yopilgan) bolalar
bog'chalariga borganini aytishdi. Va aynan ularning
fikrlari asosida ushbu so'rov natijalari shakllantirildi.
KARANTIN DAVRIDA BOLALAR HAQIDAGI
SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:
1.
So'ralganlarning 67%i
karantin tufayli bolalar bog'chalari yopilganidan
so'ng, bolalari bilan ko'proq vaqt o'tkazayotganini aytishdi, ayollar orasida bu ko’rsatkich 71%.
2.
Respondentlarning 21%dan ko'prog'i ular bilan birga
yashaydigan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan alohida shug’ullanmasligini aytishdi – bolalar o'zlaricha xohlagan
narsalarini qilishadi.
3.
So’rov shuni
ko'rsatdiki, boshqa oila a'zolariga nisbatan aka-uka va opa-singillar birga
yashaydigan maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatdan mas’uliyatliroq
qarashadi – ular bolalarning kun
rejasini / o'yinlarini
rejalashtirishadi va rejaga qat'iy rioya qilishadi (32%); shuningdek, bolalar
bilan birgalikda o'yinlar / mashg'ulotlar o'tkazish uchun ko’proq g'oyalarga (42%) ega.
4.
Oila a'zolari ko'pincha bolalar bilan o'yinlar /
tadbirlar g'oyalarini qayerdan
olishlarini aytishdi: 33%i har
doim o'zlarining g'oyalariga ega ekanliklarini ta'kidladilar, 28% ota-onalar Internet
/ TVdan olishlarini, 20%
bolalarning g'oyalarini qo’llashlarini aytishdi.
5.
Respondentlarning 44%i maktabgacha
yoshdagi bolalar bog'chaga bora
olmasliklari tufayli o'zlarini biron siqilgan his
qilishlarini aytdilar. Surxondaryo viloyatidagi respondentlar (51%) boshqa
hududlarga qaraganda ko'proq bolalar siqilishini xis qilganini ta'kidladilar.
6.
Shu bilan birga, respondentlarning 47%i bolalar bog'chasiga borolmayotganliklari,
do'stlari va o'qituvchilarini ko'rishga imkoniyati yo’q bo’lishiga
qaramay, o'zlarini normal his qilayotganliklarini va hatto tinchroq bo’ldi deb javob
berishdi. Eng yuqori ko’rsatkich Farg'ona viloyatida
kuzatilgan - 54%.
7.
13% respondentlar kun bo'yi uyda qolib, bir vaqtning
o'zida ishlash "juda qiyin va og’ir",
38%i esa "biroz qiyin" ekanligini
ta'kidlashgan.
8.
40% respondentlar bolalari uyda o'qish, rasm chizish, ashula aytish, raqs tushish bilan avvalgidan ko'proq shug’ullayotganini ta’kidlashdi;
respondentlarning 11%i maktabgacha
yoshdagi bolalari yuqorida aytilganlarning hech
birini bajarmasligini ochiqladi.
9.
Oila a'zolari orasida bolalarga o'qish, rasm chizish,
qo'shiq aytishda va b. yordam berishda yetakchilar aniqlandi: onalar (51%), aka-uka
va opa-singillar (15%), hamda bobo-buvilar (13%).
10.
So'ralganlarning 58%i
maktabgacha yoshdagi bolalar avvalgidan ko'ra ko’proq televizor
ko'rayotganini, video o'yinlar / telefon o'ynayotganliklarini aytishdi, va faqat atigi 7% respondentlar
bu borada o'z farzandlariga qat'iy cheklov qo’yganini ta'kidlashdi.
11.
So'ralganlarning 79%i
maktabgacha yoshdagi bolalar, asosan, multfilmlar va bolalar filmlarini tomosha qilishlarini, 12%i esa bolalar uchun ta’lim dasturlarini
tanlashlarini ta'kidlagan.
12.
74% so'ralganlarning aytishicha, oilalaridagi bolalar ovqatlanishdan oldin va keyin, hojatxonadan
foydalanganlarida, faol o'yinlardan keyin / ko'chadan kelganlaridan so’ng har doim qo'llarini sovun bilan yuvadilar. Bu savolga
eng kam ijobiy javob Surxondaryo viloyatidan olindi - 64%.
13.
So'ralganlarning 65%i
koronavirus bilan bog'liq hozirgi sharoitda barcha uydagilar bolalarga niqob kiyishni va odamlar bilan ko'chada
ijtimoiy masofani saqlashni o'rgatishlarini ta'kidladilar. Sirdaryo va Namangan
viloyatlarida bu ko’rsatkich taxminan 73%.
4000 ga yaqin
respondentlarning 47%i 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan
bolalarning ota-onalari bo'lib, ular karantin paytida maktabgacha ta'lim
muassasalari yopilganligi sabab farzandlari
bolalar bog'chalariga borishni to'xtatganliklarini ta'kidlashdi. 29%i aka-uka
va opa-singillar, 15%i ammalari
va amakilari, 2%i buvalari va buvilaridir.
Biz boshqa variantni
tanlagan respondentlarning 7%dan bolalarga kimligini yozishini so'radik va
quyidagi javoblarni oldik: xolalari, amakisi, birga yashaydigan uzoq yoki
yaqin qarindoshlari, jiyani va boshqalar.
Respondentlarning
67%i karantin tufayli bolalar bog'chalari yopilganidan
so'ng, bolalari bilan avvalgidan
ancha ko'proq vaqt
o'tkazishni boshlagan. Shu bilan birga, erkaklarga
qaraganda 7% dan ortiq ayollar bolalarga ko'proq vaqt ajratishi ma’lum
bo’ldi.
So’rov shuni ko'rsatdiki, aka-uka va opa-singillar (32%) bolalar uchun vazifa / o'yinlarni boshqa oila a’zolaridan ko'proq rejalashtirishadi va rejaga qat'iy
amal qilishadi. Shu bilan birga, amma va tog’alar (kamida 17%) bolalar bilan
kunlik ishlarni rejalashtirmaydi va, umuman, boshqa barcha oila a’zolariga qaraganda kamroq
maktabgacha yoshdagi bolalar bilan shug'ullanadilar.
75%
respondentlar, karantin tufayli bolalar bog'chalari yopilganidan keyin, biron bir shalkda maktabgacha
yoshdagi bolalar bilan shug'ullanishlarini ta'kidladilar.
"Boshqa"
variantini tanlagan respondentlarning 4%i quyidagilarni yozdilar:
1. Erkaklar ish bilan band,
ayollarni uyda bolalar band qilishadi, garchi ularda ish jadvali bo'lsa ham,
karantin paytida ish ko'paygan va bolalarga vaqt ajratish qiyin.
2. Bolalar hali kichkina (8
oy).
3. Bolalar yo'q, bolalarning
ota-onalari bor, shuning uchun ularga qarashning hojati yo'q.
4. Bolalar bog'chaga
bormaydilar, chunki maktabgacha ta'lim muassasasida joy yo'q.
5. Ular kitoblarni
o'qishadi,
Pochemuchkada Internetda dars qilishadi, uy
vazifasini bajarishadi, applikatsiya qilishadi -
bularning barchasi faqat dam olish kunlari. Qolgan vaqt bolalarni o'z hollariga qoldirishadi - konstruktor, lego va
hokazolarni o'ynaydi, chunki ota-onalar uzoqdan ishlaydi va uy ishlarini
qilishadi.
6. Yuqorida aytilganlarning
barchasi har kuni.
7. Qishloq sharoitida bolalar bilan shug’illanishing iloji yo'q.
Ma'lum
bo'lishicha, bolalarning bo'sh vaqtlarini o'tkazish bo'yicha eng ko'p g'oyalar
aka-opalar orasida bo'lgan - 42%i bolalar uchun o'yinlar / tadbirlar o'tkazish bo’yicha g'oyalarga ega. Ota-onalarning 28%i g'oyalarni topish uchun hammadan ko'proq
Internet / TV-ga ishonishadi. Amma va tog’alar (24%)
bolalarning o'zlari o'ynashlarini ta’kidlashdi.
Qizig'i shundaki, erkaklar
(36%), 29% ayollarga qaraganda, bolalar bilan birgalikda o’ynash uchun ko'proq g’oyalarga ega.
"Boshqa"
javob variantini tanlagan respondentlarning 2%ning fikri:
1.
Aqlga
kelgan narsalarni qilishadi (ularning bolalik tajribalari, ota-onalari va bolalik davridagi o'yinlari asosida).
2.
Ishda g’oyalar olishadi.
3.
Ijtimoiy
tarmoqlardan.
4.
Bolalar
bog'chasi onlayn darslarni tashkil etadi, bola o'z
telegram-akkauntiga ega va darslarni o'zi ko'rib chiqadi, bolalar bog'chasi
o'qituvchilari uy vazifalarini, multfilmlarni, o'yinlarni va o'quv
qo'llanmalarini berishadi.
5.
Uyda
o'quv faoliyati bilan shug'ullanadigan kitoblar mavjud.
6. Yuqoridagi barcha javoblar.
Samarqand
viloyatida (20%) boshqa viloyatlardagi respondentlarga qaraganda bolalar “juda
qattiq siqilishgani” aniqlandi. Farg'ona viloyatida bolalar holati normal / siqilmagan degan
respondentalarning soni boshqa viloyatlarga qaraganda ko'proq - 44%. Buxoro viloyatida respondentlarning 22%i hatto bolalar tinchroq
bo’lib, o'zlarini yaxshi his qilishlarini
ta'kidladilar.
"Boshqa"
javob variantini tanlagan respondentlarning 4%i quyidagilarni yozdilar:
1.
Yig'lashadi va bolalar bog'chasini, maktabni va do'stlarni sog'inishgan.
2.
Tarbiyachilar /
o'qituvchilar bolalar bilan doimiy aloqada bo'lgani uchun kayfiyat yaxshi.
3.
Bolalar bog'chaga borishga hojat yo'qligidan xursand,
ular uyda bolalar bog'chasiga qaraganda yaxshiroq ekanliklarini aytishadi.
4.
Bolalar koronavirus tufayli yopilishidan oldin ham
bolalar bog'chasiga bormaganlar: yoshi, joy yetishmasligi sababli.
5.
Uyda quloqsiz bo’lib qoldi.
Ayollarning
16%i uyda kuni bilan bolalar bilan
qolib, uy ro’zg’orini olib borish “juda qiyin va og’ir” deb baholagan, erkaklardan esa bu ko’rsatkich 11%. 39% respondentlar bu holatni normal deb hisoblashadi va
38% "biroz murakkab" deya
ta’kidlashdi.
"Boshqa"
javobini tanlaganlarning 2% shunday deb yozgan:
1.
Ko'pincha ishda va bolalarga faqat dam olish kunlari
e'tibor berishlari mumkin.
2.
Moddiy qiyinchiliklardan tashqari, hammasi yaxshi.
3.
Ish kunidan so'ng, bolalar bilan mashg'ulotlar qilish uchun kuch / quvvat yetishmaydi.
4.
Hech qanday qiyinchilik yo'q, chunki boshqa oila
a'zolari yordam beradi.
5.
Ular masofadan /
uzoqdan ishlashadi.
Respondentlarning
40%i bolalar uyda o'qishi, rasm chizishi, qo'shiq aytishi, raqs tushishi
avvalgiga qaraganda ko'proq bo’layotganligiga ishonishadi. 32% bolalar buni avvalgidek
olib borayapti deb javob berdi.
Respondentlarning
11%i o'z oilalaridagi maktabgacha yoshdagi bolalari karantin tufayli uyda
bo'lganlarida o'qishmaydi, chizishmaydi, kuylashmaydi deya tan olishdi.
Toshkentlik
respondentlar qolganlarga qaraganda ko'pchilikni tashkil
qilib (57%) – bolalarga asosan
onalar o'qish, rasm chizish, qo'shiq aytishda yordam berishadi deb javob
berishgan. Namangan viloyatida ko'pchilik erkaklar (15%) bolalar
bilan shug’ullinishi aniqlandi.
Namangan
va Farg'ona viloyatlarida bobo va buvilarning roli boshqa hududlarga nisbatan
eng katta - 17%.
"Boshqa"
javob variantini tanlagan respondentlarning 3%i shunday deb yozgan:
1.
Barcha oila a'zolari (navbat bilan, vaqtlari bo'lganda).
2.
Katta akalarining xotini,
katta kelin (kelinoyi).
3.
Enaga.
Respondentlarning
yarmidan ko'pi (58%) maktabgacha yoshdagi bolalar avvalgiga qaraganda ko'proq
vaqt televizor ko'rish, video o'yinlar / telefon o'ynashlarini ta'kidladilar. Respondentlarning 1/4 qismidan ko'prog'i avvalgidek vaqt sarflashadi deb hisoblashadi.
Respondentlarning
ko'pchiligiga ko'ra (79%) bolalar, asosan, multfilmlar / bolalar uchun
filmlar ko'rishadi.
Faqat 12% bolalar ta'lim dasturlarini tomosha qilishadi. Bolalarning 4%i
kattalar tomosha
qiladigan dasturlarni tomosha
qilishadi.
"Boshqa" variantini tanlagan respondentlarning 3%i shunday deb yozdilar:
1. "Bolajon",
"Aqlvoy", "Oilaviy", "Ilk qadam"
telekanallari, Loo Loo Kids qo'shiqlari, filmlar.
2. Bir nechta
javoblar (multfilmlar / bolalar filmlari va bolalarning o'quv dasturlari).
3. Youtubedagi
multfilmlar, bolalarning Internet kanallari.
4. Bolalarda
TV / Internetga qiziqish yo'q, yoki Internet nima
ekanligini bilmaydi.
5. Bola
televizorni ko'rmaydi, faqat planshetga yuklangan o'quv videolari va
multfilmlar - ota-ona nazorati ostida.
6. Mantiq
va aqlni rivojlantirish bo'yicha materiallar.
7. Ular
Islomni o'rgatishadi, bolalar uchun islomiy maktablar, xususiy islomiy
maktablar ochish yaxshi bo'lar edi.
8. Bloggerlar,
vloglar kanallarini tomosha qilishadi.
9. Kompyuter
o'yinlarini o’ynashadi (Minecraft va
boshqalar).
So’rov natijalargia ko'ra, Sirdaryo viloyatida (84%) va Qoraqalpog'iston Respublikasida (84%) ovqatlanishdan oldin, hojatxonadan foydalangandan so’ng qo'llarini doimiy ravishda sovun bilan yuvadigan bolalar ko'pchilikni tashkil etadi.
Bu savolga eng kam ijobiy javob
Surxondaryo viloyatidan olindi - 64%.
Sirdaryo
viloyatida bolalariga niqob taqishni o'rgatish, odamlar bilan ko'chada ijtimoiy
masofani saqlashni o'rgatadiganlar respondentlarning aksariyatini tashkil qildi (73%). Navoiy viloyatida bunga eng kam o’rgatishar ekan - 59%. Qoraqalpog'iston
Respublikasi va Xorazm viloyatida barcha respondentlarga qaraganda ko'proq (7%)
bolalar bu narsalarni televizor / Internet orqali bilib olishar ekan.
Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar
UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va
ushbu U-Report so’rovida qatnashgan respondentlarning fikrini aks ettiradi.