Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Masofaviy maktab ta’limi Sizga ma’qulmi?

U-Report O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazi bilan birgalikda maktab o`quvchilarining karantindan so`ng tashkil etilgan masofaviy ta’lim sifati to`g`risidagi fikrlarini o`rganish uchun so`rov o`tkazdi. So`rov natijalari Hukumatga masofaviy ta’limni takomillashtirishga, shuningdek keyingi o`quv yiliga maktab o`quv dasturi rejasini ishlab chiqish uchun zarur.

So`rovda mamlakat bo`yicha 14696 respondent qatnashdi, ularning 46%i so`rov mavzusi ularga tegishli ekanligini aytdi va so`rov natijalari ularning fikri asosida shakllantirildi: ularning 29%i 1-11 sinf o`quvchilaridir. 11%i o`quvchilarning ota-onalari va 7% respondentlar o`quvchilarga dars tayyorlashda yordam berishlarini aytishgan. Javob beruvchilarning 6%i nogironligi bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashgan maktabda o`qiydi.

 

MASOFAVIY TA’LIM HAQIDAGI SO`ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

 1.       Respondentlarning 93%i karantin tufayli maktablar yopilganidan so`ng u yoki bu tarzda maktab dasturiga muvofiq o`qigan.

2.       Jizzax viloyatida maktablar karantinga yopilgandan so`ng o`qimaganlar soni 10%ni tashkil qilgan va bu boshqa hududlarga nisbatan eng yuqori ko`rsatkich. Respublika miqyosida  bu vaziyatning eng ko`p uchraydigan sabablari: 26% respondentlarga masofadan o`qish noqulay, 20%iga qiziq emas va 16%i televideniye/internetga ega emasliklarini , 14%i esa darslarni tushinish qiyinligini sabab qilib ko’rsatgan.

3.       Masofaviy o`qish uchun eng ommabop platformalar: televideniye orqali – 33% va Telegram kanali orqali darslarni respondentlarning 32%i o`qigan.

4.       Respondentlarning 68%i masofaviy o`qitilayotgan barcha darslarni bajarganini aytishgan (ularning 73%i qizlar). 19%i, asosan, barcha darslarni bajarganini, ammo ba’zilarini o`tkazib yuborishganini ochiqladi.

5.       Respondentlarning 54%i masofaviy o`qitishda berilayotgan ma’lumotlarni / dars mazmunini “yaxshi” va “a’lo” deb baholagan, 8%i javob berishda qiynalgan.

6.       56% U-Reportyorlar masofadan o`qitishda darslarni taqdim etilish, tushuntirish/ yetkazish uslubini “yaxshi” va “a’lo” deb baholashgan, shuningdek 17%i past baholar berishgan (1 va 2 ball).

7.       Respondentlarning 80%iga yaqini oilalari darslarni tayyorlashda yordam berishini aytishdi: ilhomlantiradi yoki doimo, har tomonlama yordam beradi, uy yumushlaridan ozod etishga harakat qilishadi, internet bilan ta’minlashadi va hokazo.

8.       65% respondentlar karantin paytida maktab o`qituvchilari ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlashganini aytishdi: darslarni bajarishga undashgan, telefon qilishgan, ahvollari haqida so`rashgan va darslarni tushintirishgan. 26% U-Reportyorlar o`qituvchilari faqat baholashganini aytishgan, 8% respondentlar esa hech qanday yordamni sezishmagan.

9.       Aksariyat U-Reportyorlar (63%) o`qituvchilari Telegram chatidan masofaviy ta’lim bo`yicha bilimlarini baholash uchun foydalanganliklarini ta’kidlashgan.

10.   U-Reportyorlarning 35%i yakuniy imtihonlarni bekor qilish tarafdori, 22%i esa umumiy natijalarga o`rtacha baho berishni taklif qilishgan.

11.   40% respondentlar maktab ochilganidan keyin ham masofaviy o`qitishni davom ettirish g`oyasini qo`llab-quvvatlaydilar: shartlarsiz yoki mazamunni o`zgartirish, taqdimot uslubini yaxshilash orqali. 17%i bunga shubha bilan qarashadi, ammo qarshi ham emas. Faqat 36% U-Reportyor bu g`oyaga qarshi.

 

  

 

So`rovda qatnashgan respondentlar haqida umumiy ma’lumot:

U-Reportyorlarning 29%i 1-11-sinflarda o`qiydi. Javob beruvchilarning 11%ibu ota-onalar va 7% respondent o`quvchilarga dars tayyorlashda yordam berishlarini aytishgan.  

18% respondentlarning qarindoshlari va yaqinlarining aytishicha, respondentlarning 48%i 1-4 sinfda va 31%i 5-8 sinflarda o`qishadi, qolganlari yuqori sinflarda o`qiydi.

6% respondentlar nogironligi bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabga boradilar/ularning nogironligi bor.

 

 

93% respondentlar karantin tufayli maktablar yopilgach, masofaviy ta’lim dasturi bo`yicha u yoki bu shaklda o`qiganlar.

55% U-Reportyorlar TV yoki onlayn shaklda masofaviy ta’lim olishganini aytishgan. Eng yuqori natija Qashqadryo viloyatida (59%).

Qoraqolpog`istonlik ishtirokchilarning 33%ining  o`qituvchilari ukardan doimiy xabar olayotganini takidlashgan va bu boshqa viloyatlar ichida eng yuqori ko`rsatkich.

Jizzax viloyatida respondentlarning 10%i maktab dasturi bo’yicha o’qimaganliklarini aytib o`tishgan va bu boshqa viloyatlarga nisbatan eng yuqori ko`rsatkich.

“Boshqa” javob variantini tanlagan 4% respondentlar quyidagilarni yozdilar:

·       Bir nechta javob variantlarini tanlashgan.

·       Yuqoridagi barcha variantlarni tanlshgan.

·       Internetga ulanish sifati masofadan turib o`qish uchun talabga javob bermaydi va o`qishga xalaqit beradigan boshqa omillar (tomorqa ishlari, uy ishlari va boshqalar)ni aytib o`tishdi.

·       Moodle, ZOOM, Google classroom, ReadingEggs, MyiMaths, MangaHigh platformalari orqali.

·       Repetitorlar bilan onlayn tarzda.

·       Imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalari farzandlari uy vazifalarini bajarishini aytishgan, ammo nutq terapevti, psixolog va massaj terapevtidan foydalanish imkoniyatiga ega emasliklarini bildirishdi.


26% U-Reportyorlar maktab yopilganidan so`ng o`qimaganliklarini – masofadan turib o`qish noqulay bo`lganligini sabab qilib ko’rsatgan.  20% uchun bu qiziq emas, 16%i TV va Internet aloqasiga ega emasliklari uchun o’qimagan.

O`g`il bolalarga qaraganda 5% qizlar masofaviy o`rganish qulay emasligini ta’kidlashgan. Va qizlarga nisbatan 8% ko`proq o`g`il bolalar masofaviy darslar ularni qiziqtirmasligini aytdi.  

Biz “Boshqa” variantini tanlagan U-Reportyorlarning 15% idan sabablarini ko`rsatishini so`radik:

1.       Elektr yo`q.

2.       Ishlashga vaqt yo`q.

3.       O`qish xohishi yo`q.

4.       Dars jadvali  yo`qligi tufayli darslar qachon o`tkazilishi noma’lum.

5.       O`qituvchilar faqat uy vazifalarini yuboradilar va darslarni tushintirishmaydi.

6.       Internetga ulanish tezligi past.

7.       Uyda o`quv qo`llanmalarining yetishmasligi.



33% U-Reportyorlar ta’lim olish uchun TVdan foydalanishgan. Ikkinchi o`rinda Telegram kanali –  32%i bilan. Shu bilan birga, nogironligi bor bolalar uchun Telegram darslari TV darslaridan ko`ra ommaboproq.

Biz “Boshqa” variantini tanlagan respondentlarning 10% idan quyidagi javoblarni oldik:

1.       Bir nechta javob variantlarini tanlashgan.

2.       Faqat darsliklardan foydalanishgan

3.       YouTubeda video darslari.

 

Barcha darslarni o`g`il bolalarga qaraganda 11% ko`proq qizlar bajarishi aniqlandi: 73% qiz bolalar bo’lsa, o`g`il bolalar 62%ni tashkil qildi. O`g`il bolalar, qizlardan farqli ravishda o`tkazib yuboriladigan darslar bo`yicha yetakchilik qilishadi: 18%ga ko`proq.


Biz U-Reportyorlardan berilayotgan ma’lumotlarni/dars mazmunini baholashni so`radik va 29% respondent buni 4 ball bilan baholashdi. So`ralganlarning 1/4 qismi esa besh baho qo`yishdi.

O`g`il bolalar ko’proq tanqidiy nazar bilan qarashini bildirishdi: ular umumiy natijada qizlarga nisbatan pastroq baho qo`yishgan.

 

 

U-Reportyorlarning 30%i masofaviy ta’lim dasturi bo`yicha darslarni taqdim etilish, tushuntirish/ yetkazish uslubini 4 ball bilan baholagan. 26% a’lo va 22% uch ballga baholashgan.

17%i  1 va 2 ball qo`yishgan.

 

O`g`il bolalarga qaraganda 7% ko`proq qizlarning ta’kidlashicha, ularning oilalari doimo darslarda yordam berishadi.  O`g`il bolalarning 26%i va qizlarning 24%i ularning oila a’zolari ularni o`qishga rag`batlantirishini ta’kidlashdi.

17% respondentlarning ta’kidlashicha, ularning oilalari ba’zida darslarga yordam berishadi.

“Boshqa” javob variantini tanlagan 4% respondentlardan oilalaridan qanday yordam olishlarini so`radik:

1.       Barcha darslarni mustaqil ravishda, oila a’zolarisiz bajarishadi.

2.       Oila a’zolari Internetga ulanish uchun moliyaviy yordam beradi.

3.       Oila a’zolari uy vazifalarini bajarishga majburlaydi/nazorat qiladi.

4.       Uy vazifalarini bajarishi uchun uy ishlarini ortiqcha yuklashmaydi.

5.       Internetda qo`shimcha topshiriqlar/testlar topishadi.

6.       Maktab o`quituvchilariga qo`ng`iroq qilishadi va uy vazifasi, farzandlarining masofadan turib o`qish jarayoni haqida ma’lumot olishadi.

 


26% U-Reportyorlar maktab o`qituvchilari faqat baho qo`yishini aytishdi. 24% javob beruvchilar o`qituvchilar darslarni tushintirishda yordam berishayotganini ko`rsatishgan. 22% respondentlar nafaqat baho, balki o`qituvchilar ularni ruhlantirishlarini ham ta’kidlab o`tishgan.

Shu bilan birga, nogironligi bo`lgan bolalarning 12%i o`qituvchilari darslarni, asosan, telefon orqali tushintirishlarini ta’kidlashsa, umumiy bolalarning 9%i ushbu javobni tanlagan.

Biz “Boshqa” variantini tanlagan respondentlardan maktab o`qituvchilaridan qanday yordam olishlarini so`radik:

1.       Bir nechta javob variantlarini tanlashgan.

2.       Telegramda savol-javob qilishgan.

3.       Ular juda ko`p uy vazifalarini so`rashgan va xohlagan paytda javoblarni talab qilishgan.

4.       Ular darslarni telefon orqali tushuntirishga yordam bergan (Telegramdagi audio xabar orqali).

5.       Ba’zilar uy vazifalarini tekshirmasdan shunchaki baholar qo`yishgan.

 

Aksariyat U-Reportyorlar (63%) o`qituvchilari telegram chatidan masofadan turib bilimlarini baholash uchun foydalanganligini ta’kidlashdi. So`ralganlarning 26%i o`qituvchilari bu maqsadda kundalik.uz saytidan foydalanganligini aytishgan.

Nogironligi bo`lgan bolalar uchun kundalik.uz o`qituvchilar orasida unchalik ommabop emas va ularning atigi 17%i ushbu variantni tanlaganliklarini aytishdi. Nogironligi bo`lgan bolalarning 8%i o`qituvchilar ularni qanday baholayotganini bilishmaydi.

Boshqavariantini tanlagan respondentlarning 5%i quyidagicha yozgan: Google Classroom, Dingtalk, Eba, EduPage, ElektronJurnal, Excel, yaklass.ru, K12NetMobile, masofaviy talim platformasi, Moodle, Zoom, shaxsiy saytlar deb javob berishdi.



35% U-Reportyorlar yakuniy imtihonlarni bekor qilish kerak degan javobni berishgan.

22%i umumiy natijalarga o`rtacha baho berishni taklif qilishgan.  18% - rejaga muvofiq (onlayn yoki offlayn)amalga oshirish,  14%  esa buni maktablar ochilgandan keyingina amalga oshirishni taklif qilishgan.

Biz “Boshqa” javob variantini tanlagan respondentlarning 2% o`z variantlarini taklif qilishlarini so`radik:

1.       Bir nechta javob variantlarini tanlashgan.

2.       Telegram chatida.

3.       Oldingi o`qish natijalari va baholarga asoslanib.

4.       Onlayn rejimda (Zoomdan foydalangan holda) video aloqa orqali kompyuterda,  jonli efirda test va sinov tugagandan so`ng, onlayn rejimda javoblar bilan fotosuratni biriktirish.

5.       Imtihonlarni bekor qilish.

6.       Joriy reytingni qo`yish, chorakda o`rtacha bahoni qo`yish.

7.       Onlayn test o`tkazish.

8.       Maktabda ijtimoiy masofa qoidalariga rioya qilgan holda o`tkazish.



U-Reportyorlarning 36%i maktab ochilganidan keyin masofaviy o`qishni davom ettirishiga qarshi.

19% esa bu fikrni to`liq qo`llab-quvvatlaydi va 17% ehtimol davom etish kerak deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, umuman olganda, ko’proq qizlar, o`g`il bolalarga qaraganda, masofaviy o`qishga qarshi.

Nogironligi bo`lgan bolalar orasida masofaviy o`qishni davom ettirishni to`liq qo`llab-quvvatlaydiganlar ko`pchilik va 24%ni tashkil etadi.

“Boshqa”variantini tanlagan 2% respondent`z fikrlarini aytishdi:

1.       Maktabga borishga qiynalayotganlar uchun davom ettirish.

2.       Birinchidan, barchani sifatli va arzon Internetga ulash kerak – buning uchun infratuzilmani  rivojlantirish kerak deb hisoblashadi.

3.       Agar onlayn darslar vaqti va jadvalini o'zgartirilsa, qo’llashini aytgan.

4.       Maktabda olgan bilimlarni mustahkamlash uchun onlayn treningdan foydalanish – masofaviy ta'limni kunduzgi o'qish bilan bir vaqtda joriy etish kerakligi.

5.       Masofaviy o'qitish usullarini takomillashtirish va mazmun / ma'lumot sifatini yaxshilash kerak.

6.       Ha, lekin hamma fanlarni emas – asosiy fanlar maktabda o'qitiladigan aralash dasturni yaratish kerak, qolganlari esa onlayn rejimida o'tkazish kerak.

7.       Ha, maktabga kela olmaydigan, uzoqdan o'qiydigan o’quvchilar, nogironligi bo’lgan bolalar uchun zarur.

Ba’zi U-Reportyorlar fikri:

Yo'q. Men bunga qarshiman. Chunki, ta'lim salohiyati tushib ketadi. Xohlaganlar o'qib, xohlaganlar o'qimay qoladi. Bu vaziyatda, ya'ni masofaviy ta'limda davom etsak ilmlilar kamayib ketadi. Hamma savodsiz bo'lib ketadi. Maktablar ochilgandan keyin ta'lim tizimi kuchaytirish kerak. O'qituvchilar malakasini kuchaytirish kerak. Hozirda, o'quvchilarning maktabga borish ishtiyoqi juda past.

Hech qachon! Maktab nafaqat o'rganish, balki bizning ikkinchi uyimiz hamdir. Bundan tashqari, bizning masofaviy o'qitishimiz eng yuqori darajada emas. Taqdimotlardan matnni o'qishni men o’zim ham bilaman.

Chunki ular deyarli ta'limga foyda keltirmaydilar. Uy vazifalaridagi barcha javoblari va hatto sinovlari javoblarini Internetdan ko'chirib olish mumkin.

O'ylaymanki, masofaviy o'qishni davom ettirish kerak, chunki ba'zida ba'zi o'quvchilar maktabdagi mavzularni tushunmaydilar, kasal bo'lib qolishadi, ba'zida o'qituvchilar yiliga bir marta qayta o’qishlari kerak va ular bir oy davomida maktabga kelmaydilar va o’quvchilar uchun shunchaki darslarini bekor qiladilar. Keyin o’qituvchi qaytganidan keyin biz o'quvchilar darhol yangi mavzuga o'tamiz.

Mazmuni va yetkazish uslubi oʻzgarishi kerak. Fikrimcha hozirgi uslub bilan yetarli darajada darslarni tushuntirib boʻlmaydi. Universtitetlar uchun qoʻllanayotgan Moodle tizimini maktablar uchun ham qoʻllash kerak.

Qarshiman, chunki bolalar jamiyatda sotsializatsiya va jonli muloqotga muhtoj. Gajetlar bolalar hayotiga ta'sir qiladi va ularning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmaydi.

Bu maktabdagi davomatni nazorat qilgan holda, faqat asosiy darsga qo'shimcha ravishda TV darslarni berib borsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Bunda o'qituvchilardan faqat TV darslarga tayanib qolmasdan qo'shimcha ma'lumot berishlari uchun o'z ustida ishlashlarini nazoratga olish kerak.

Onlayn darslarni tomosha qilish megabayt va pul tomonidan juda qimmat va juda qimmatga tushadi. Agar Internetda o'qish uchun bepul dasturlar yaratilsa va videolarni yaxshi ko’rish uchun sifatli bo’lsa. Biz uchun qilgan ishlaringiz uchun rahmat.

Agar materiallar tahrir qilinsa, multimediya ilovalari qo'shilsa, shunda bolalar hamma narsani o'zlari qilishlari mumkin va ota-onalar faqat tekshirishlari kerak. Shuningdek, agar materiallar izohlar bilan to'ldirilsa, masalan Ko'pgina so'zlar, iboralar va tushunchalar bolalarga hali berilmaganligi sababli masofaviy o'qishni davom ettirishni ko'rib chiqish mumkin. Va hozirda hech kim yo'q yordam beradigan.

Menga masofadan o'qitish juda yoqadi, hamma narsa batafsil va hayotiy misollar bilan tushuntiriladi va qo'shimcha darslar o'tilishi shart emas. Ammo bitta narsa shundaki, biz do'stlarimizni, sinfdoshlarni (avvalgidek) ko'ra olmaymiz. Ular bilan o'qish yanada qiziqarli. Ha, ehtimol, ularning ba'zilari mening bilimga bo'lgan sevgimni yetarlicha baholamasliklari mumkin, boshqalari esa, aksincha - ular rag’batlantiradi.

 

Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan respondentlarning fikrini aks ettiradi.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo