Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Karantin davrida oiladagi munosabatlar

U-Report “OILA” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda karantin davrida izolyatsiya sharoitida oilalardagi munosabatlarni o'rganish uchun so’rov o’tkazdilar. So’rov natijalari izolyatsiyadagi oilalar bilan amaliy ishlarda qo'llaniladi.

So’rovda mamlakat bo'ylab 10 419 respondent qatnashdi, ularning 36%i ayol respondentlar.

Karantin davrida oiladagi MUNOSABATLAR HAQIDAGI SO’ROVINING ASOSIY NATIJALARI:

1.       U-Reportyorlarning 63%i karantin paytida bir xonadonda 3-6 kishi bo’lib yashashlarini, respondentlarning 21%i - 7 va undan ko’p kishi bo’lib, 16%i - 1-2 kishi bo’lib yashashlarini aytishdi.

2.       Respondentlarning deyarli yarmi (47%) karantin paytida birgalikda yashash sharoitida oilaviy munosabatlari o'zgarmaganligini ta'kidlashdi.

3.       Ham erkak ham ayollarning 38%i o'zaro munosabatlar yaxshilanganini aytishdi: ularning deyarli yarmi bu o'zaro muloqot ko’payganligi tufayli mumkin bo'lganiga ishonishadi.

4.       Respondentlarning 8%i ta'kidladilashi bo’yicha ularning munosabatlari yomonlashgan: shundan 40% erkaklar va 45% ayollar bu oiladakilari jizzaki bo’lib qolganliklari oqibatida deb hisoblashadi; ikkinchi o'rinda hamma faqat uyali telefonlar / televizorlar bilan band bo’lib qolganligini aytishdi (19% erkaklar va 13% ayollar).

5.       U-Reportyorlarning 48%i ularning oilalarida janjal va mojarolar ba'zan ro'y berishini aytishdi va 43%i bunday xolatlar yo'qligini ta'kidlashdi. Shu bilan birga, geografik joylashuv bo’yicha tahlil shuni ko'rsatadiki, poytaxtda oilaviy nizolarning mavjudligi boshqa hududlarga nisbatan o'rtacha 10% ga yuqoriroq.

6.       O'rtacha 43% respondentlar oilalaridagi nizolar oddiy oilaviy janjal deb hisoblashadi. Oiladagi janjal va nizolarning eng tarqalgan sabablari quyidagilar:

- tushunmovchiliklar (17%)

- pul yetishmovchiligi (13%)

- ish joyidan mahrum bo'lish va xonadon a'zolarining yomon fe’li (o'rtacha 6%dan).

7.       Respondentlarning 63%i karantin izolyatsiyasi oiladagi zo'ravonlik xavfini oshirmaydi degan fikrda: ulardan 66% erkaklar va 57% ayollar. 19% esa bu xavf ortishiga ishonishadi.

8.       O'z-o'zini izolyatsiya qilish paytida, respondentlarning 28%i ishlashni davom ettirmoqda (18% masofadan turib va 10% oddiy rejimda); o'rtacha 26% uy va qishloq xo'jaligi ishlari bilan shug'ullanmoqda; 25%i o'z ustida ishlamoqda.

9.       So'rovda ishtirok etganlarning 52%i ijobiy va barqaror psixologik holatni saqlab qolishgan. Qolgan 48% turli sabablarga ko'ra har xil turdagi psixologik muammolarga duch kelayotganlarini tan olishdi.

Ayollar, erkaklarga qaraganda, ko'proq ish va darslar bilan bog’liq, yakkalanib qolish, oiladagi janjallar tufayli ko'proq stress holatlariga tushayotganini aytishdi.

10.   Erkaklar (32%) ayollarga (22%) qaraganda ko'proq moddiy yordamga muhtojlar. Ayollar (19%) erkaklarga qaraganda (9%) psixologik yordam olishni istashadi.

 

U-Reportyorlarning 63%i karantin paytida 3-6 kishi bo’lib bir xonadonda yashashlarini aytishdi. Respondentlarning 14%i 7 va undan ortiq kishi bo’lib istiqomat qilishlarini ta'kidlashdi.

Faqat 10% va 6% respondentlar ikki yoki bir kishi bo’lib yashashar ekan.


Erkaklar va ayollarning deyarli bir xil nisbati (48% va 46%) karantin paytida ularning yashash sharoitida oilaviy munosabatlar o'zgarmaganligini aytishdi. Bundan tashqari, ularning taxminan 38%i o'zaro munosabatlar yaxshilanganini ta'kidlashdi. Respondentlarning atigi 8%i ularning munosabatlari yomonlashganligini ta’kidlashdi.

 

46% erkaklar va ayollarning ta'kidlashicha, oilada muloqot ko’paygan va respondentlarning 27%i karantin ularni shunchaki yaqinlashtirishga yordam bergan deb hisbolashadi.

Shu bilan birga, erkaklar oilaviy ishlarga qo'shadigan hissasini ayollarga nisbatdan 7%ga balandroq baholashdi.

 

Ayollar ham (8%) erkaklarga (3%) nisbatan uy yumushlarini bajarishda yaxshiroq bo’lib qolganligini ta’kidlashmoqdalar.

 

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 6%i o'zaro munosabatlar qanday yaxshilanganini yozganlar:

1.       Yuqorida aytilganlarning barchasi.

2.       Qo'shimcha onlayn kurslar orqali kitoblarni o'qish, o'z-o'zini rivojlantirish bilan shug'ullanayotganlari.

3.       Oilada o'zaro yordam kuchaygani, bir-birlariga tobora e'tiborli bo'layotganligi, munosabatlari yaxshilanganligi, sabr-toqatli va tinchroq bo'lishgani, bir-birlarini yaxshiroq tushuna boshlashgani.

4.       Ovqat pishirishni o'rganganligi, uyda pishirishga vaqt topishi, uy ishlarida birgalikda ishlashga ko'proq vaqt ajratilishi.

5.       Farzandlar bilan ko'proq vaqt o'tkazishi, bolalarni tarbiyalashga ko'proq jalb bo’layotganligi.

6.       Diniy vazifalarga ko'proq vaqt ajratish imkoniyati.

7.       Men ajrashganman / ajrashganman, uylanmaganman / yolg'izman.

 

BA’ZI U-REPORTYORLARNING FIKRLARI:

Biz ko'proq ishlarni birgalikda bajarmoqdamiz, sport o'yinlari, birgalikda kitob o'qish va hk.

 

Mani onam og‘ir bemorlar. Xozir karantinda onamga ko‘proq o‘zim qarayapman. Ertalab turib katta o‘g‘limni jismoniy mashq bilan shug‘ullantiryapman. Xovli uyda yer maydonimiz katta o‘tgan yillari yerda ishlashga vaqt bo‘lmasidi. Xozir yerga pomidor kartoshka ekyapman. Va eng asosiysi oldin juda kam bir oila bo‘lib dasturxon atrofida o‘tirardik. Xozir bo‘lsa nonushta xam birgalikda.

 

Bir-biringizdan qochib ketadigan joy yo'q, shuning uchun ko'pincha murosaga borish yoki yon berish kerak.

 

Hammamiz bir-birimizni yanada ko'proq seva boshladik. Biz 34 kun davomida o'zimizning uyimizdan chiqmadik va o'zimizni yakkalab qo'ydik.

 

Er erligini ayol ayolligini qilyabdi. Barchamiz asliy fitrat bo'yicha yashayapmiz.

 

Oilaviy munosabatlar yomonlashgan variantini tanlagan erkaklarning 40%i va ayollarning 45%i, bu hamma jizzaki bo’lib qolgan bilan bog'liq deb hisoblashadi. Erkaklarning 19%i va ayollarning 13%i barcha o'zlarining mobil telefonlari / televizorlari bilan band bo’lib qolganligini  ta'kidlashdi.

Ko'proq ayollar (11%), erkaklardan farqli o'laroq, shaxsiy joy kamayganligini qayd etdilar.

 

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 15%i o'zaro munosabatlar yomonlashayotgan sabablarini yozganlar:

1.       Yuqoridagi barcha variantlar.

2.       Karantin davrida mehnat faoliyati cheklanganligi va ishsizlik tufayli tirikchilikda (oziq-ovqat va moliyaviy vositalar) yetishmovchiliklar, va oila byudjetidagi salbiy oqibatlar.

3.       Oilada keksa yoshdagi odamlarning psixologik holatining yomonlashishi, qaynona va kelin o'rtasidagi munosabatlarning yomonlashishi.

4.       Oiladagi zo'ravonlik va otalar / erlarning bolalarga va sherigiga nisbatan tazyiqlarining kuchayishi.

5.       Masofadan o'qish uchun Internetga ulanish bilan bog'liq muammolar, bu o'quvchilar va talabalarning asabiy holatini kuchaytirishi, uyda o'qish va uy vazifasi bilan bog'liq muammolar.

6.       Ota-onalar doimiy ravishda bir joyda bo'lishib, farzandlariga nisbatan asabiylashishi.

7.       Uyda hech narsa bilan band bo’lolmaslik, bu o’zaro, ota-onalar va bolalar o'rtasidagi janjal va nizolarni keltirib chiqarishi.

 

U-Reportyorlarning 48% ta'kidlashicha, ularning oilalarida janjal va mojarolar faqat ba'zida sodir bo'ladi. Shu bilan birga, javoblarning hududiy miqyosida - poytaxtda vaqti-vaqti bilan oilaviy nizolar yuzaga kelishini tan olgan respondentlar ko'proq (53%), mamlakatning boshqa viloyatlari bilan taqqoslaganda (46%).

"Oilaviy janjal / mojarolar bo'lmaydi" varianti bo'yicha vaziyat deyarli bir xil: hududlarda poytaxtdagiga qaraganda 10% ko'proq respondentlar oilaviy nizolar yo'qligini aytishdi.

So‘rovda ishtiroq etganlarning 43%i oilaviy janjal va nizolar mavjud emasligini aytishdi.

 

 

O'rtacha respondentlarning 43%i bu oddiy oilaviy nizolar deb hisoblashadi.

Oiladagi janjal va nizolarning eng tarqalgan sabablari:

- tushunmovchiliklar (17%)

- pul yetishmovchiligi (13%)

- ishdan mahrum bo'lish va xonadon a'zolaridan birining yomon fe’li (har biri o'rtacha 6%dan).

 

Ayollar uchun uydagilarning yomon fe’li va uy ishlarini bajarishda yordam olmasligi, erkaklarga qaraganda ko'proq oilaviy nizolarni keltirib chiqaradi.

 

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 3%i janjal va nizolarning quyidagi asosiy sabablarini qayd etgan:

1.       Yuqoridagi barcha variantlar

2.       Oddiy oiladagi mayda-chuyda janjallar va qisqa muddatli nizolar, qaynona va kelin o'rtasidagi janjallar.

3.       Bolalarni o'qitish va tarbiyalashdagi kelishmovchiliklar, bolalar masofadan o'qitish darslarida ota-onalar bilan bahslashishi, quloqsiz bolalar, ularni tarbiyalash muammolari.

4.       Bolalar uyda o'tirishni xohlamaydilar, masofadan ishlash jarayonida chalg'itadilar.

5.       Ishga chiqa olmaslik sababli uydagilarning asabiylashishi, tushkun kayfiyati.

6.       Uyda barcha oila a'zolarining doimiy bo'lishi, shaxsiy joyga rioya qilmaslik, sheriklarning bir-biriga nisbatan murosasizligi.

 

 

Respondentlarning 63%i karantin izolyatsiyasi oiladagi zo'ravonlik xavfini oshiradi degan fikrga qo'shilmaydi: ularning 66% erkaklar va 57% ayollardir.

19%i esa xavf ortishiga ishonishadi.

Bu savolga ayollarning 21 foizi va erkaklarning 17 foizi javob berishga qiynalishdi.

 

 

U-Reportyorlarimiz asosan nima bilan shug'ullanishlarini bilib oldik.

Respondtlarning 28%i ishlashni davom ettirmoqdalar (18% masofadan ishlashmoqda va 10% odatiy rejimda).

 

O'rtacha 26% respondentlar uy va qishloq xo'jalik ishlari bilan shug'ullanmoqdalar: shundan 25% ayollar va 9% erkaklar uy ishlarida, tomorqada ishlayotganlar va chorvachilik bilan shug'illanayotganlar 15% erkaklar va 3% ayollardir.

 

Barcha respondentlarning 1/4 qismi o'z ustida ishlayotganligini aytishdi: ta’lim olish, kitob o'qish va sport bilan shug’ullanib.

 

Erkaklar (12%) ayollarga (9%) qaraganda ko'proq ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilib va Internetda o’tirishar ekan.

 

"Boshqa" javobini tanlagan U-Reportyorlarning 8%i o'z-o'zini izolyatsiya qilish paytida asosan nima bilan shug'ullanayotganliklarini yozdilar:

1.       Yuqoridagi barcha javoblar.

2.       Onlayn darslar, universitetda onlayn / masofaviy o'qish, o'rta maktab o'quvchilari uchun televideniye orqali video darslar, rivojlantirish vebinarlari.

3.       Filmlar, teleko'rsatuvlar, televizorni tomosha qilish.

4.       Sport bilan shug'ullanish, uyda mashq qilish.

5.       Uy ishlarini bajarish, pishiriqlar qilish/ovqat qilish, tomorqada ishlash.

6.       Qarindoshlar bilan aloqa qilish.

7.       Telefon / kompyuter, ijtimoiy tarmoqlar, kompyuter o'yinlarini o'ynash.

8.       Namoz o'qish, ro’za tutish va boshqa diniy vazifalarni bajarish.

 

Respondentlarning 52%i ijobiy va bir maromidagi psixologik holatni saqlab qolishgan. Ulardan 55%i erkaklar, ayollar esa 46%.

Qolgan 48% turli sabablarga ko'ra har xil turdagi psixologik muammolarga duch kelayotganliklarini tan olishdi.

Ayollar, erkaklarga qaraganda ko'proq ish va darslar bilan bog’liq muammolar, yakkalanib qolishi, oiladagi janjallar tufayli ko'proq stress qilishlarini aytishdi.

 

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 3%i so'nggi 2-3 hafta ichida o'zlarining psixologik holatini sanab o’tdi:

1.       Uy yumushlaridan zerikish, doimo uyda, maktabsiz bo’lib qolganligi, hayotdagi maqsadini yo'qotish.

2.       Karantin paytida qo'shimcha va ortib borayotgan ish yukidan charchashi, ishdagi tushunmovchiliklar.

3.       Qarindoshlarini ko'rish imkoniyati yo'qligi sababli tushkunlikka tushish (huquqni muhofaza qilish organlarida, tibbiyot sohasidagi ishlayotganlarni, chet elda qolgan qarindoshlarini).

4.       Har bir holatga qarab o'zgaruvchanlik, barcha javoblardan ozgina, har kuni turli kayfiyat.

5.       Ishni yo'qotish, ishsizlik va karantin, moliyaviy qiyinchiliklardan keyin nima qilish kerakligi haqida bilmaslik tufayli tushkunlik holati va stress. Kredit olish imkoniyati yo'qligi, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun moliyaviy yordam yetishmasligi tufayli tushkunlikka tushish.

6.       Internet bilan bog'liq muammolar tufayli asabiylashish (Internet sifati, yomon aloqa, qimmat aloqa, aloqa yo'qligi).

7.       Ta'lim darajasining pasayishi, onlayn darslar va darslarning maktabda va universitetda oflayn darslar bilan taqqoslanmasligi, o'quv materialini topshirolmalsik qo'rquvi tufayli unchalik yaxshi emas.

8.       Uyda doimiy qolish, janjal va oila a'zolari bilan nizolar tufayli yuzaga kelgan stress.

9.       Xavotirli, jizzaki, g'azablanish holatlari.

10.   Apatiya, dangasalik holatlari.

11.   Vaqt yetishmasligi.

12.   Ishga borishda muammo va qiyinchiliklar (ish joyiga borish uchun piyoda yurish zarurati).

13.   Hokimiyat tomonidan qarorlar qabul qilish jarayonida yuzaga kelgan stress, vaziyatning noaniqligi, ma'muriy protseduralar buzilishi, ichki ishlar tuzilmalarining huquqlari mutanosib ravishda ko'payishi.

14.   Yolg'izlik.

15.   Mamlakatning kelajagi uchun xavotirli holat.

16.   Yomon uyqu rejimi.

17.   Karantin vaqtidan samarali foydalanish tufayli tinch holat.

 

BA’ZI U-REPORTYORLARNING FIKRLARI:

Ba'zan bu tugamaydi degan tashvish, kelajakdan qo'rqish, hayot xuddi shunday davom etayotganini his qilish va uni o'zgartiraolmaslik hissi.

 

Ko'p odamlar g'azablanishdi, bu mening holatimga ta'sir qilyapti, chunki odamlarni hech narsa o'zgartirmasligini bilish og’ir botyapti, mehribonlik yo'qoldi, kattalarga hurmat yo’qoldi.

 

Psihologik holat juda o'zgaruvchan. Ba'zida bu dunyodagi vaziyatdan, kelajak haqida o'ylashdan qo'rqib xavotirga tushaman. Ba'zida odatiy hol bo'lib, o'z biznesi bilan shug'ullanishga, foydali va qiziqarli ish bilan shug'ullanishga majbur qiladi.. Ammo hali ham umidsizlik va atrofdagi narsalarga befarqlik mavjud. Va shuning uchun bir doira ichidagi hissiy holatdaman.

 

Uyda siqilib biroz tushkunlikka tushgan vaqtlarim ham bo'layapti asosan osoyishta bir maromida bo'layapman ammo ba'zan erkin yurgan vaqtlarimni qaysidir ma'noda sog'inib qoldim sababi deyarli har kuni ko'chada bo'lar edim. Do'stlarimni ko'ra olmayapkanim ham tushkunlikka sabab bo'lmoqda bundan tashqari ishim ham aynan karantin tufayli biroz to'xtalishlarga uchramoqda.

 

Ish haqi uch baravar kam bo'lganligi sababli tushkunlik holatidaman chunki ish ko’payib ketdi! Hatto homilador ayolimga e’tibor berishga vaqt yo'q.

 

So'rovda qatnashganlarning 28%i yordamga muhtoj emasliklarini ta'kidlashgan. Aynan shuncha respondentlar esa (28%) moddiy yordam olishni xohlashadi.

Shu bilan birga, erkaklarga (32%), ayollarga (22%) nisbatan, ko'proq moddiy yordam kerak. Ayollar (19%), erkaklarga qaraganda (9%), psixologik yordamga ko'proq muhtojligini aytishdi.

 

U-Reportyorlar shuningdek, Internetda ishlash (10%) va masofadan o'qitish (9%) uchun Internetda ta’lim olib o’rganishga ehtiyoj sezadilar. Respondentlarning oz qismi kasanachilik (uy) ishi bilan ta’minlanish (4%) va yuridik maslahatlarga (3%) muhtojligini aytib o’tishdi.

 

"Boshqa" javob variantini tanlagan U-Reportyorlarning 6%i ularni qanday qo'llab-quvvatlash kerakligini yozdilar:

1.       Internet tarmog'iga ulanish sifati va imkoniyatini, ayniqsa chekka hududlarda yaxshilash.

2.       Ish, Internetda / masofadan turib ishlash, uyda pul ishlash imkoniyatini olish.

3.       Hech qanday yordam talab qilinmaydi, karantin choralarini tezkorlik bilan olib tashlash, mamlakat bo'ylab harakatlanish erkinligi ta’minlanishi.

4.       Imtiyozli kredit olishga ko'mak, biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish bo'yicha maslahatlar, asbob-uskunalar bilan ta'minlash (tikuv, overlok), biznesni rivojlantirish uchun xodimlarni qo'llab-quvvatlanishini.

5.       Tibbiy yordam, shifokor bilan masofadan maslahatlashish imkoni.

6.       Gigiyena va koronavirusdan himoya qilinishini (maxsus kostyumlar, niqoblar, dezinfektsiyalash vositalari).

7.       Elektron kitoblar, audio kitoblar, o'quv mashg'ulotlari, sinflar, filmlar va b. haqida ma'lumotlarga ega bo'lgan onlayn platformani yaratilishini.

8.       San'at sohasidagi ko’ngil ochar narslar.

9.       Do'stlar va qarindoshlarni qo'llab-quvvatlanishini.

10.   Kommunal to'lovlarni to’lashda yordam.

11.   Mamlakatda tinchlik va xavfsizlik.

12.   Yuqorida aytilganlarning barchasi.

13.   Karantin tufayli ko'tarilgan oziq-ovqat narxlarini pasaytirishishini.  

 


Agar yordam kerak bo’lsa, qo’ng’iroq qiling:
📞 oilaviy zo’ravonlikka duch kelsangiz – 1169  (Zo’ravonlik qurbonlarining reabilitatsiya va adaptatsiya Markazi)
📞ichki ishlar organlari – 102
 
Qiyin hayotiy vaziyatga tushgan ayollar uchun (soat 8.00dan - 18.00gacha):
📞Operator: +998 97 137 24 24
 
📞Yurist: + 998 97 137 26 26
 
📞Psixolog: + 998 97 137 27 27


Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan 10419 tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadigan respondentlarning fikrini aks ettiradi.

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo