Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Yoshlar ishlari Agentligi qanday bo’lishi kerak?

Mamlakatda yangi yoshlar tashkilotining tashkil etilish orqali nimalarni kutishyapti? So’rov natijalari yoshlarning taklif va fikrlarini to’plash va ularni yangi Yoshlar ishlari Agentligini tashkil etish to’g’risidagi loyihaga kiritish uchun zarur.

Xabaringiz bor, O’zbekiston Prezidenti  Shavkat Mirziyoyev 2019 yil ohirida Yoshlar ishlari Agentligini (Agentlik) joriy qilishni taklif qildi. Agentlik maqsadi yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning muammolarini samarali yechish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, yoshlar siyosati bo’yicha vakolatli organlar faoliyatini muvofiqlashtirish.

So‘rovda mamlakat bo‘ylab 8,300dan ortiq kishi qatnashdi.

 

YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

1.       U-Reportyorlarning aksariyati (60%) Agentlik keltirilgan barcha toifalar, shu jumladan, o'qimayotgan va ishlamayotganlar, faol va iqtidorli yoshlar hamda nogironligi bor yoshlar bilan teng sharoitda ishlashi kerak deb hisoblashadi. Bundan tashqari, 15% respondentlarning fikriga ko'ra, Agentlik o'qimayotgan va/yoki ishlamayotganlar bilan ishlashi kerak.

2.       U-Reportyorlarning 34%i, birinchi navbatda, Agentlik ta'lim sohasiga e'tibor qaratishi kerak deb hisoblashadi, ikkinchi o'rinda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash (15%) va uchinchi o'rinda ijtimoiy qo'llab-quvvatlash (10%).

3.       U-Reportyorlarning 43%i kelgusida Agentlik bilan bog'lanishning eng qulay usuli deb ijtimoiy tarmoqlarni hisoblashadi. Ikkinchi o'rinda yoshlar uchun maxsus qabulxonalar (31%), uchinchi o'rinda elektron pochta (13%).

4.       85% respondentlar Agentlik barcha viloyatlardagi vakillikka ega bo'lishi kerak deb hisoblashadi.

5.       Respondentlarning yarmidan ko'pi (55%i) Agentlik xodimlarini tanlov asosida tanlash kerak deb hisoblashadi.

6.       U-Reportyorlarning 43%i Agentlik direktori nomzodini yoshlarning o'zlari taklif qilishi kerak deb hisoblashadi. Respondentlarning deyarli 1/5 qismiga ko'ra, Prezident nomzodni taklif qilishi kerak deb hisoblashadi.

7.       U-Reportyorlarning aksariyati (68%i) Agentlik barcha yo'nalishlarda, shu jumladan, kadrlar bazasini shakllantirish, loyihalarni amalga oshirish, yoshlar siyosatini belgilash va hokazolarda ishlashi kerak deb hisoblaydi.

8.       Respondentlarning 78%i OTMlarda "yoshlar bilan ishlash bo'yicha mutaxassis" yo’nalishi bo'yicha o'qishni yaxshi fikr deb bilishadi: shundan yarmidan ko'pi (57%) bu g'oyani to'liq qo'llab-quvvatlamoqda va 21%i “balkim kerakdir” deb hisoblashadi.

9.       U-Reportyorlarning 45% "Hamma uchun teng imkoniyatlar" Agentlikning asosiy tamoyili bo'lishi kerak deb hisoblashadi. Bundan tashqari, "Kamroq gap - ko'proq ish" va "Hech kimni ortda qoldirmaslik" ham ko’p ovozlarni yig’di.



U-Reportyorlarning aksariyati (60%) Agentlik yuqorida keltirilgan barcha toifalar bilan teng asosda ishlashi kerak deb hisoblashadi.

15% respondentlarning fikriga ko'ra, Agentlik ishlashi kerak bo'lgan yoshlarning asosiy toifasi bu o'qimayotgan va/yoki ishlamayotganlardir. Respondentlarning 14%i Agentlik faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlashi kerak deb hisoblashadi.

Shunisi e'tiborga loyiqki, 14 yosh va undan kichik bo’lgan respondentlar Agentlik nogironligi bor shaxslar bilan ishlashi kerakligi to'g'risida ovoz berganlarning ko'pchiligini tashkil etgan - boshqa yosh guruhlari orasida o'rtacha 5%.

 

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 4%idan Agentlik ishlashi kerak bo'lgan yoshlar toifalarini ko'rsatishni so'radik va quyidagi javob variantlarini oldik:

1.       Nafaqat faol / qobiliyatli / iqtidorli yoshlar yoki "navbatchilar" deb ataladigan, balki ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan qat'i nazar, muvaffaqiyatsiz (uyushmagan) yoshlarning aksariyati bilan (ayniqsa ishsizlar, chekka hududlarda, qishloq joylarida istiqomat qiluvchi, mehribonlik uylari tarbiyanaluvchilari, uy-joysiz, moliyaviy sabablarga ko’ra o'qish imkoniyatiga ega bo'lmagan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar bilan).

2.       Islom, Shariyat, Qur'on va Hadis orqali barcha yoshlarga yordam berish va yoshlarni bunday diniy tushunchalardan xabardor qilish.

3.       Iqtidorga ega bo'lganlar, lekin o’z iqtidorlarini amalga oshirishning imkoni yo'q bo’lgan yoshlar bilan.

4.       Yoshlarni yoshiga ko'ra toifalarga ajratish va bo'limlar / ishchi guruhlar orqali barcha toifalar bilan ishlash (nogironligi bor yoshlar, ishsizlar, litsey / kollej / universitet talabalari, abituriyentlar va boshqa toifalar bilan ishlash uchun).

5.       Xalqqa va Prezidentga sodiq odamlar bilan - chunki agar ular sodiq bo'lsa, ular yoshlar va kelajak uchun hamma narsani qiladi.

6.       Sportchilar va ilm fan sohasidagi olimpiadalar ishtirokchilari bilan.

7.       Toifalarga bo'lishning hojati yo'q, adolatlilik va hamma uchun teng imkoniyatlar asosida ketma-ket hamma bilan ishlash kerak.

8.       Faqat o'zlarining tashabbuslarini taklif qiladigan, yetakchilik xususiyatlariga ega bo'lganlar bilan, chunki yoshlarning barcha toifalari bilan ishlash qiyin bo'ladi.

9.       Madaniyati past bo'lgan va tor fikrlaydigan yoshlar bilan.

10.   Kasb-hunarga ega bo'lgan yoki biznes bilan shug'ullanishni xohlaydigan, ammo kerakli resurslarga ega bo'lmaganlar bilan (masalan, bankdan kredit olishning qiyinchiliklarga duch kelayotganlar bilan).

11.   Yangi Yoshlar Agentligi kerak emas (respondentlar buni Yoshlar ittifoqi faoliyatini takrorlashidan, samarasiz bo'lishidan va soliq to'lovchilarning pullarini sarflashidan, fuqarolarga soliq yukini tushirishidan qo'rqishadi).

U-REPORTYORLAR FIKRI:

Yoshlar Ittifoqini va qolgan yoshlar bilan ishlaydigan tashkilotlarning eng katta kamchiligi faqat shu koʻzga koʻringan iqtidorli yoshlar bilan ishlashi!

Qayerda tadbir yoki yigʻilish, suhbat boʻlsa ham faqat oʻsha iqtidorli deb bilgan yoshlar boradi aniqrogʻi ularga taklifnoma joʻnatishadi!

Bunday tashkilot bitta bo'lmasligi kerak. Tashkilotda har bir toifa bilan shug'ullanadigan alohida institutlar bo'lgani durust.

Nogironligi bor shaxslar bn 1 ta bo'lim ishlidi. Faol yoshlar bn bitta bo'lim. Ishlamaydigan va oqimaydiganlar bn alohida bo'lim, Talabalar bn alohida iwlash kk chunki talabalarga mos ish yo'q darsdan kein iwlagani.

Eng asosi barcha ishlarni chekka xududdagi yoshlar bilan xam keng doira qilishish kerak faqat shaharda emas, ittifoq xam kamolot xam shu vaqtgacha viloyat markazlaridagi hamda Toshkent shahrida ko'plab loyixa tadbirlari o'tkazib respuplikamiz chekka xududidagi yoshlariga e'tiborini Kam berdi.

Bu agentlik o'zaro toifalanmagan yoshlar: ya'ni maktabning yuqori bosqich, kollej, litsey o'quvchilari, Oliy ta'lim talabalari va boshqa 35 yoshgacha bölgan ongli yoshlar tashkil etishi kerak.

Diniy tomonlama ham tushuncha berilishi kerak agar yoshlarga halol xarom gunoh savobni tushuntirilsa korrupsiya giyohvandlik terrorchilik Suriya masalasi xullas hammasi yechiladi

Tashabbus qilib chiqqan ya'ni o'z xohishi bilan qo'shilgan yoshlar bilan ishlasa maqsadga muofiq bo'ladi Chunki tepadagi variantlarni hammasiga ham ma'qul bo'lavermaydi. Qobiliyatli, yuragida olovi bor, hayotda o'z maqsadiga ega yoshlar bilan.

Fikrim shundan iboratki, ushbu agentlik yoshlarning barcha toifasi bilan (1 yoshdan 7-8 yoshgacha bo'lgan yoshlardan tashqari) bir xil va faol ishlashi lozim. Misol uchun ushbu toifalar bilan ishlashda alohida-alohida guruhlar tashkil etish lozim, ya'ni 10-12 yoshdagilar uchun alohida guruh agentligi,13-17 yoshlardan uchun alohida va 17-19 yoshlar uchun alohida guruh hamda unda yuqori yoshdagilar uchun alohida guruh agentliklarini shakllantirish lozim deb o'ylayman.Bundan tashqari ushbu kichik guruhlarni yuqorida yoshi bo'yicha guruhlangan  yoshlarning qobiliyati , jismoniy yoki aqliy hamda axloqiy nuqsonlaridan kelib chiqqan holda.



U-Reportyorlarning 34%i Agentlik, birinchi navbatda, ta'lim sohasiga e'tibor qaratishi kerak deb hisoblashadi, ikkinchi o'rinda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash (15%) va uchinchi o'rinda ijtimoiy qo'llab-quvvatlash (10%).

Qizig'i shundaki, erkaklarning 16%ii (11% ayollar), Agentlik tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashi kerak deb hisoblashadi. Shu bilan birga, ayollarning 41%i (erkaklarga nisbatan 10%ga ko’proq) Agentlikka ta'lim sohasiga e'tibor berishii taklif qilishdi.

Shuningdek, ayollarning 12%i (9% erkaklar bilan solishtirganda) Agentlikni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash sohasiga ko'proq jalb qilinishini istaydi. Ayollarga qaraganda erkak respondentlarning fikriga ko'ra, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (IT sohasini) rivojlantirish Agentlik uchun ko'proq ahamiyatga ega bo’lishi kerak (6% ayollar va 11% erkaklar).

 

"Boshqa" javobni tanlagan respondentlarning 7%dan Agentlik e'tibor berishi kerak bo'lgan sohalarni ko'rsatishni so'radik va quyidagi takliflarni oldik:

1.       Yuqoridagi barcha yo'nalishlar

2.       Yoshlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda

3.       Faqat bitta yo'nalish bilan cheklanish kerak emas

4.       Yoshlarni ish bilan ta'minlash, ish o'rinlari yaratish, mehnat bozori, universitet bitiruvchilariga munosib ish sharoitlari va ish haqi bilan ta'minlash, yosh mehnat muhojirlarini qo'llab-quvvatlash

5.       Yoshlarning ijtimoiy faolligi, ularning xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini qo'llab-quvvatlash, ta'lim va boshqa musobaqalarga qiziqishini uyg'otish

6.       Diniy ta'lim va ma'rifat, yoshlar tarbiyasi

7.       Korrupsiyaga qarshi kurash, yoshlar orasidagi korrupsiyani oldini olish

8.       Talabalarni yotoqxonalar va turar joylar bilan ta'minlash, talabalarning o’qish faoliyati asosida ularga munosib stipendiya berish, universitetlarda o'qish uchun pul to'lashda qiynalayotgan "kontraktchilar"ga moliyaviy yordam berish.

9.       Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish

10.   Inson huquqlarini himoya qilish, siyosiy, huquqiy va moliyaviy savodxonlik, yoshlarni davlat boshqaruviga jalb qilish

11.   Jonivorlar huquqlarini himoya qilish

12.   San'at

13.   Ijtimoiy tenglikni yaratish

14.   Psixologiya va ruhiy salomatlik, tibbiyot va sog'liqni saqlash, tibbiy tayyorgarlikni oshirish

15.   Ilm sohalarini kuchaytirish: Kompyuter, biologiya, kimyo, fizika, geometriya, geologiya, psixologiya, arxitektura, biokimyo, fiziologiya, geomineralogiya.

 

U-REPORTYORLAR FIKRI:

Yoshlarga nima kerak? Yoshlarga  birinchi o‘rinda ish kerak. Yoshlarni bandligini ta'minlash uchun ko‘proq ishchi o‘rin yaratishga harakat qilinglar . Iltimos qog‘ozda ish bilan ta'minlamanglar, Real ish bilan ta'minlanglar.

Agentlik yoshlar uchun qaysi yunalish qiziq bo’lsa o’sha bilan shug’ullanishi kerak. Aynan bir yo’nalishni tanlab olish maqsadga muvofiq emas deb hisoblayman. Har bir yunalish buyicha yuridik va jismoniy shahslar, NNTlar uchun grandlar e’lon qilib ularni realizatsiyasi uchun uslubiy-moliyaviy paderjka qilib, nazoratini olib borish kerak. Yoshlarga nima yunalish qiziq va dolzarb deb hisoblasa shu yo’nalish bilan, qanaqa kam harajat kop foydali proekti bolsa oshani realizatsiyasi bilan shugullanish kerak.

Menimcha, birinchi urinda respublika miqyosida yoshlar statistikasini bilish yani 30 yoshgacha nechta fukoro bor, Ulardan kanchasi nima ish kiladi va nimalar bilan band shularni bilish kerak.

Qanaqa tashkil qilsangiz ham ozimizni aldaydigan bolmasin iltimos. Mana stipendiya masalasida shuncha nohaqliklar bolyapti hamma korib turibdi lekin kimga murojaat qilishni bilmaymiz chunki natijasi aniqku barbir tizim ozgartirilmaydi. Kontarktda oqiyotgan talabalar teng huquqlilik prinsipi ishlamayotganidan norozi buni bemalol public poll qilib bam bilib olish mumkin. Qachonki yoshlar ana shunday jiddiy muammolari aytganida har qanday vaziyatda yoshlarni huquqlarini himoya qiladigan iltimos yoshlarni shiladigan pulini qolidan olib ezasigan taahkilotlardan toyib ketdik lanatlar bolsin deb qargashdan charchadik oliy talim vazirligini.

 


U-Reportyorlarning 43%i uchun Agentlik bilan bog'lanishningning eng qulay usuli – bu ijtimoiy tarmoqlar. Respondentlarning 31%i Agentlik yoshlar uchun maxsus qabulxonalar ishini amalga oshirishlarini istaydi. 13% respondentlar elektron pochta orqali Agentlikka murojaat qilishni xohlashadi. Barcha respondentlarning atigi 1%i qog'ozli murojaatlarni afzal ko'rishadi.

Biz "Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 3%dan Agentlik bilan bog'lanishning afzal usullarini ko'rsatishni so'radik va quyidagi takliflarni oldik:

1.       Yuqoridagi barcha usullar va har qanday usullar - eng muhimi shundaki, ular murojaatlarga tez va professional ravishda javob berishlari kerak va yoshlar murojaatlari bilan ishlashning aniq va samarali mexanizmi yaratilishi kerak.

2.       Qishloq joylarda Internetga ulanish bilan bog'liq muammolar mavjud - Agentlikka murojaat qilishning oflayn usullarini ham ko'rib chiqish kerak.

3.       Mahalla qo'mitalari orqali.

4.       Telegram, Telegram bot va boshqa mashhur messenjerlar orqali.

5.       Telefon orqali, yoshlarning murojaatlari uchun bitta qisqa ishonch telefon raqami bilan bitta call-markaz tashkil qilish.

6.       Davlat xizmatlarining yagona portali onlayn ariza va murojaatlarni yuborish imkoniyati bo'lgan yoshlardan so'rovlarni qabul qilish uchun ID raqamlaridan foydalangan holda, maxsus Agentlik veb-sayti, onlayn yoshlar platformasi, yoshlar murojaatlari uchun "Yagona darcha" tamoyili asosida ishlaydigan markazlar, yoshlar uchun virtual qabulxona, yoshlar uchun maxsus ijtimoiy tarmoq yaratish, smartfonlar uchun maxsus dastur.

7.       Viloyatlardagi bo'limlar / filiallar / qabulxonalar / maslahat byurolari / markazlari (masalan, Davlat xizmatlari agentligi kabi yoshlar kelishi va murojaat qilishlari mumkin bo'lgan binolar / xonalar yaratish).

8.       Turli xil qatlamlar va yosh toifalari asosida ularga murojaat qilish imkoniyatini yaratish (masalan, maktab o'quvchilari uchun - Agentlikning maktablardagi qabulxonasi, universitet talabalari uchun - OMTlardagi qabulxonalar, ishsizlar uchun - mehnat birjasidagi qabulxonalar va hokazo).

9.       Yoshlar uchun qimmatga tushmaydigan Agentlikka murojaat qilish usullari orqali.

10.   Faoliyatning har bir sohasida muvaffaqiyatga erishgan vakillar / tengdoshlar / sardorlar orqali (yoshlar ittifoqida bo'lgani kabi), ular o'z sohalarini batafsil o'rganish va yoshlarning murojaatlarini qabul qilishlari uchun.

11.   Maktablar / litseylar / kollejlar / universitetlarda va boshqa joylarda tadbirlarni tashkil etish orqali yoshlar murojaatini qabul qilish, ayniqsa, olis va borish qiyin bo'lgan yashash joylarida qabul qilish.

 

U-REPORTYORLAR FIKRI:

Har bir shaharda yoshlar uchun maxsus qabulxonalar tashkil etish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat olib boorish kerak deb o'ylayman chunki ko'pgina yoshlar ijtimoiy tarmoqlarda ko'p vaqt sarflashadi.

Hozirgi zamonda elektron pochta ,ijtimoiy tarmoq kuchli rivojlangan. Hamma uchun bitta yagona portal yaratilsa yaxshi bo‘lardi. Hamma bir- birini muammosini bilardi. Keyin unda ko‘zbo‘yamachilik bo‘lmasdi.

Elektron portal yaratilishi kerak, hamma saytlarda uning reklamasi bo'lsa, kun.uz singari yangiliklar berib borilsa, barcha yangi ko'ngilochar mavzudagi musiqa, o'yinlar, DTM testlari, umuman yoshlarga kerak barcha resurslarni topish mumkin bo'ladigan sayt orqali murojaatlar qabul qilinishi kk. Chunki ushbu saytni barcha yoshlar yaxshi tanishi kerak.

Murojaatning barcha turi qulay va sodda bo’lishi kerak, elektron yoshlar portalini ishga tushurish kerak, barcha ma’lumot va bazalarni shakllantirish, loyihalardan oldindan habardor bolib ishtirok etish uchun ruyhatdan bemalol uta olishi va hokazo kreativ imkoniyatlari bilan birgalikda.

Har bir qatlamga qarab, yaʼni taʼlimdagilarga taʼlim dargohlarida, mehnat bilan band boʻlganlarga ish joyida yoki birjalarga, qolganlarga ijtimoiy holatiga qarab murojaat etishi qulay boʻlgan joylarda.

Telgramm va shunga o'xshagan messengerlar orqali aniq va londa bog'lanish tizimini yaratish kerak. Uzbekistоn yoshlarining kop qismi elektron pochta nimaligini ham bilishmidi messengerlardan esa hamma foydalaniladi

Qabulhonalar ochish kerak faqat ularni sfatiga xam e'tibor berish kerak. Masalan, tumandagi bilan viloyat yoki shahardagini farqi bo‘lmasligi kerak. Tumagda murojaat qilsez viloyatga boring ishiz bitirib berishadi degan vajlar bo‘lmasligi kerak.

Iloji bo'lsa agentlikning raisining o'zi har qanday murojaаtni ko'rib chiqishi kerak deb o'ylayman. Chunki viloyat, tumanlarda tanish bilishchilik va boshqa sabablar tufayli murojatga nisbatan yordam ko'rsatilmasligi mumkin. Elektron pochta. Ijtimoiy tarmoqlar.

 


85% respondentlar Agentlik barcha viloyatlardagi vakillikka ega bo'lishi kerak, deb hisoblashadi: ularning 70%i barcha viloyatlarda teng taqsimda vakil bo’lishi kerak, 15%i esa qanday bo’lsa ham viloyatlarda Agentlik vakili bo'lishi kerak deb hisoblashadi.

Qizig’i, erkaklarga (68%) nisbatan ko'proq ayollar (74%) teng mintaqaviy vakillikni yoqlaydi.

Respondentlarning atigi 10%i bu kerak emas deb hisoblashadi va alohida viloyatlarga ajratish shart emas deb hisoblashadi.

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 3%dan ushbu savolga shaxsiy javoblarini yozishni so'radik va quyidagi javob variantlarini oldik:

1.       Ha, teng ravishda, chunki ma'lum bir hududda Agentlik xodimlari o'z shaharlari, viloyatlari, tumanlari va ular ishlashi kerak bo'lgan yoshlar muammolari to'g'risida yaxshi ma'lumotga ega bo'lishlari kerak.

2.       Ha, har bir mahalla / qishloq / ovul / tuman kesimida Agentlik vakolatxonasi bo'lishi kerak.

3.       Ha, ko'p millatlilikni hisobga olish kerak.

4.       Ha, yosh aholining taqsimlanishi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati, yoshlarning tegishli kontingenti, hudud aholisiga qarab to'plangan muammolar va amalga oshirilayotgan loyihalar hajmi asosida.

5.       Ha, faqat agar Agentlikning mahalliy bo'limlari byudjet mablag'larini soliq to'lovchining pullari bilan sarf qilmaslik uchun tegishli darajada samarali ishlasagina.

6.       Ha, hudularda / viloyatlarda o'z vakolatxonangizga ega bo'lishi kerak, ammo eng muhimi, o'z ishi uchun javobgarlikni his qiladigan va tanlov asosida tanlab olingan va tanishish-bilishsiz va korruptsiyasiz, Agentlikning munosib va ​​malakali xodimlarni olgan holda.

7.       Ha, kerak, chunki ma'lum darajada hududlar / viloyatlardagi yoshlar ish bilan ta’minlanadi.

8.       Ha, kerak Oliy Majlis senatorlari kabi, har bir viloyatdan 6 kishi yoki har bir viloyatda Agentlikdan 5 vakili kerak.

9.       Yo'q, kerak emas, agar Agentlikning markaziy apparati o'z faoliyatini samarali amalga oshirsa, vaqtni va davlat mablag’larini tejash uchun har bir hududda qabulxona / vakolatxonalar ochishning hojati yo'q.

10.   Yo'q, buning hojati yo'q, chunki Agentlik yoshlar murojaatlarini portal yoki boshqa usullar orqali hamda ayrim yoshlarning muammolarini hal qilish uchun mintaqalardagi alohida vakillari orqali qabul qilishi mumkin.

11.   Yo'q, kerak emas, chunki Yoshlar ittifoqining ishini takrorlash kerak emas va Agentlik va Yoshlar ittifoqini yagona davlat organi sifatida birlashtirish kerak.

12.   Yo'q, kerak emas, chunki "korruptsiyaga yo'l" ochiladi va har bir agentlikning hududlar / viloyatlardagi faoliyatini kuzatib borish monitoring qilish qiyin bo'ladi.

13.   Yo'q, har bir mintaqada vakolatxonaga ega bo'lish shart emas, chunki u odatiy holga (rutinaga) aylanishi mumkin. Muayyan vaziyatlarda tezkor qarorlar qabul qilish bo'yicha komissiyalar tuzish yaxshiroqdir.

 

U-REPORTYORLAR FIKRI:

Xamma viloyatda bulishi muxim. Chunki, xamma joyda sharoit, vaziyat, dunekarash va muammolar turlicha!

Ha bòlishi kerak. Sababi 1- muhitni biladi 2- inson avvalo òzini uyidagi, mahallasidagi, shahridagi, viloyatidagi yoshlar bilan ishlasa kònikma va yordam berishi anchagina oson bòladi.

Ha albatta axir hamma muammo viloyat va tumanlardaku iloji bo'lsa ularni vakolatini kattaroq qilish kerak.

Barcha viloyatlarda, barcha tumanlarda, hattoki barcha mahallalarda, buni iqtisodiy resursini topsa bo'ladi. Ittifoq, Agentlik, Jamg'arma barchasi bitta tashkilot bo'lishi lozim.

Nafaqat viloyat, tuman, shaxarlarda ham bo'lishi kerak. Agar unga bo'ysunuvchi yoki u bilan hamkorlikda faoliyat yuritadigan tashkilotlar bo'lsa, ularni ish tizimini nazorat qilish uchun.

Ha ammo oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondashadigan har bir yoshni qoʻllab quvvatlaydigan yosh kadrni vakil sifatida tanlash kerak. Vakilni har 6 oydan undan quyi pogʻonada faoliyat olib borayotgan shaxslardan anonim tarzda ish faoliyati muntazam nazorat qilib borilishi kerak.

Agentlikni xar bir viloyatda kamida 5 ta ishonchli vakili bo‘lishi kerak, bu tizimni nazorat qilish taxlil qilish uchun juda muxim.

Bo'gindagi rahbarlar sonini ko'paytirishdan mantiq yo'q, 5 ta zo'r yosh shaxsdan yaxshi kengash tuzib boshqarsa bo'ladi

Ularni hozirda mavjud Ittifoq tarkibida yoki alohida tashkil qilish kerak bunda ularni samarali ishlashiga e'tibor berish bilan birgalikda iqtisodiy tarafiga ham etibor qaratish kerak chunki har bir alohida shtat qilib ochish bilan ularni moddiy- texnik ta'minoti ham kelib chiqadi shuning uchun har tamonlama uylab qilish kerak bo'lmasa bu ham ishlamaydigan yana bir sohani keltirib chiqaradi

Agentlikdagi xodimlar Respublikaning qaysi hududidan bo‘lishi muxim emas. Muximi yoshlarni muammosini ko‘tarib, unga yechim topaoladigan, ularga Vatanparvarlikni, kuch g‘ayratni, sadoqatni, eng muximi ishonchni shakllantiradigan bo‘lsa, har bir hududdagi yoshlarga oid masalalarni shaxsiy manfaati va ehtiyoji darajasida deb bilsa bas.

Yo’q. Hammasini onlayn boshqarish kerak. Faqat glavniy ofis Toshkentda bo‘lishi kerak. Qolgan xamma yoshlar onlayn orqali murojaat qilishi kulayroq anchagina.

Bajaraliyotgan ishlar nazoratini oyda bir tekshirsa bo'ladi yoki nazoratni jamoatchilik orqali o'tkazish kerak. Boshqa sabab uchun vakil bo'lishini ma'nosi yo'q. Barchasini internet orqali hal qilsa bo'ladi

Menimcha, agentlikda qaysi viloyatdan yoshlar ishlashini ahamiyati yo'q. Muhimi halol, to'g'ri, fidoyi, intiluvchan va bilimli yoshlar bo'lishi kerak. Va albatta u insonlar insonparvar, xalqparvar, yurtparvar bo'lishi kerak. Ana shunday yoshlar, o'zi boshqa viloyatda tug'ilib o'sgan bo'lishiga qaramay, boshqa viloyat va respublikada yuz bergan fojealarga befarq bo'lmay, uni qutqazish choralariga kirishadi.

Hududlar viloyatlarda vakillar nima uchun kerakligini anglab, nima ishlar va proektlar qilishini asoslab berib, nimalar bilan shug’ullanishi va qanaqa resurslar kerakligini himoya qilib bera olsa shunda vakillar bo’lishi, vakillar ham o’z navbatida faoliyati davomida nimalar qilishi dasturi aniq bo’lishi, samaradorlik ko’rsatkichlari baholab borilishi zarur.

 

 

Respondentlarning yarmidan ko'pi (55%) Agentlik xodimlarini tanlov asosida tanlash kerak deb hisoblashadi.

U-Reportyorlarning 23%i, bo'lajak xodimlar Yoshlar ittifoqida tajribaga ega bo'lsalar, Agentlik foyda ko'radi deb hisoblashadi.

11% Agentlik xodimlarini yoshlar orasida obro'ga ega bo'lganlar orasidan tanlab olish kerakligiga ishonishadi.

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 7%dan Agentlik xodimlarini qaysi tamoyil asosda va qaysi mezonlar asosida tanlash kerakligini so'radik va ulardan quyidagi javob variantlarini oldik:

1.       Iste'dod va intellektual qobiliyatlarga asoslangan, rahbarlik va notiqlik qobiliyatiga ega, tashkiliy ko'nikmalarga ega, o'z sohalarida qobiliyatli, tanqidiy fikrlash va muloqot qobiliyatiga ega bo'lganlar.

2.       Talabalar va ishsiz yoshlar, ayniqsa qishloq joylarda istiqomat qiluvchi yoshlar, Uyushmagan yoshlardan, nogironligi bor va kam ta'minlangan yoshlardan, chunki ular oddiy o'spirinlarga qaraganda nima yaxshi va nima yomonligini yaxshi bilishganligi sababli.

3.       Yoshlar orasidan ochiq tanlov asosida, Agentlik barchaga bo'sh ish o'rinlari to'g'risida tezkor va ochiq ma'lumotlarni taqdim etishi kerak.

4.       Kompyuterda maxsus test / imtihon, tushunish va idrok qilish uchun testlar, iloji boricha psixologik testlar, yuqori darajadagi aql-idrokka ega (IQ), tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega.

5.       Adolatga asoslangan holda tanish-bilish va korrupsiyasiz (qarindoshlar va tanish bilishalr asosida emas).

6.       Agentlikda malaka oshirish va stajirovkalarni (amaliyotlarni) ta'minlash.

7.       Yoshlarning tenglik asosida erkin ovoz berish yo'li bilan.

8.       Ularning faoliyati, bilimi, ish tajribasi (davlat organlarida), zamonaviy dunyoqarashga ega (eski uslubda o'ylamagan va populist bo'lmagan), vatanparvarlik, vatanga sadoqat, vijdon, obro' va obro'ga ega, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega yoshlar orasidan.

9.       Milliy istiqlol g'oyasi, ma'naviyat va ma'rifat, pedagogik ma'lumot va tajribaga ega bo'lgan fanlarni o'qitgan maktab / litseylardagi o'qituvchilar orasidan.

10.   Yoshlar ittifoqi xodimlarini orasidan tanlashning hojati yo'q, chunki yoshlar ushbu tashkilotga bo'lgan ishonchini yo'qotdi va bu yoshlarning umidlarini oqlamadi, faqat Yoshlar ittifoqiga aloqador bo'lmaganlarni tanlash kerak.

11.   Haqiqiy yoshlarni targ'ib qilishdan manfaatdor va tajribaga ega bo'lgan partiya a'zolaridan.

12.   Mo'minlar, chunki ular vijdonli bo'ladilar va o'z lavozimlarida noqonuniy xatti-harakatlar qilmaydilar.

13.   Yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega yuqori psixologik ma'lumotli psixologlar.

14.   Yoshlarga doir qonunlar va ularning huquqlaridan xabardor, shuningdek, oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lgan mamlakatda amalga oshirilayotgan so'nggi o'zgarishlar va islohotlarni yaxshi biladiganlar orasidan.

15.   Ko'ngillilar va ijtimoiy faollar orasidan.

16.   Bloggerlar (masalan, Xushnudbek Xudoyberdiev, Nozim Safari, deputat Rasul Kusherbayev).

17.   O'z yutuqlarini qog'ozda emas, amalda namoyish eta olgan bankir va tadbirkorlar orasidan.

18.   Ko'p yillik xorijiy tajribaga ega bo'lgan professionallar orasidan.

19.   Ba'zi huquqni muhofaza qilish organlari / militsiya xodimlari (odamlarga odatdagidek jinoyatchilarga kabi bo’lmagan munosabatda bo'lganlar orasidan).

20.   Yoshlar bilan ishlash g'oyasiga ega bo'lgan har qanday odam yoki bu ish uning tashabbusi bilan amalga oshiriladigan odam bo'lishi mumkin.

21.   Yosh olimlar va fan vakillari.

22.   Hokimliklarda va moliya tizimida tajribaga ega bo'lgan yoshlar.

U-REPORTYORLAR FIKRI:

Ayan yuqorida ketliriganlari qabul qilish kerak emas! Ularni yoshlar mutlaqo qiziqishmaydi. Ularni "tepada" faqat qarsaklar chalish va qog'ozdan ertaklarni (xisobotlarnii) o'qish uchun yig'ishadi. Biz vijdonli (!) yoshlarni ko'p sohalarda  tanitishga intilayotgan odamlarni tanlashimiz kerak.

Menimcha, yoshlar ittifoqidan odamlarni qabul qilish kerak emas, boshqa yoshlarga imkoniyat berish kerak, bu o'z navbatida ularga masuliyatni his qilishlariga yordam beradi. Shunday qilib, hamma narsa tanlov asosida bo'lishi kerak. Yoki intervyu olishga urinib ko'rib, xodimni sinov rejimida qoldirish mumkin.

Eng avvalo vatanparvarlik xislatlari bo'lishi lozim ish uchun yoki qog'oz uchun emas natija uchun ishlidigan yoshlarni ishga olish kerak.

Uzur. Lekin yoshlar ittifoqi degan narsani ozini yo'qatsh kerak. Togri barkim ayrim viloyat tumanlarda ular ish tarzini yaxshi olib borar lekin men ularga ishonmayman. Chunki meni koz boyamachilik blan aldashgan. Ular faqat og'zda gapradi lekin amalda hechnima qlshmaydi. Faqat davlatni oylgini pulini yeb yotshbdi.

Yoshlar ittifoqi aralashmasligi kerak ayniqsa sardorlar chunki ular õzlaridan amaldor yasab olgan insofsizlar ulardan kõra KAMOLOT yaxshi edi. Barchani teng huquqda ochiq tanlov orqali hech qanday imtiyozsiz

birovni haqidan qo’rqib ish yuritish uchun jamiyatni Quron oyatlarni va Rosulullox Sallolloxu Alayxi Vassallamni xadislariga tayanib ish qurish uchun bu xar ishda tugri buladi va oxiratda InshaAllax najot topguchilardan buladi shunday xayot kechirganlar.

Mutaxassisligiga qarash kerak. Yoshlar bilan ishlash buyicha kadrlar tayerlaydigan OTMlar bor. Masalan NamDUda ijtimoiy madaniy faoliyat ta'lim yo’nalishi bor. Kimyo yoki texnikani Bitirgan kadr qanday yoshlar bilan ishlaydi. Yoki tadbir kilsa mln uchun qiladi sifati uchun emas. Shunga chek qo’yish kerak. Yoshlar bilan ishlashda fundamental bilim kerak...

O'zgacha tanlov asosida xodimlar tanlab olinishi kerak. Agar Yoshlar Ittifoqidan yoki mavjud tamoyillar asosida xodimlar tanlab olinsa yana bitta agentlik ko'payadi xolos.

Suhbat. Bu orqali nomzodning qay darajada liderligi, kreativ fikrlashi, yoshlar manfaatini o'ylashi, vaziyatlarni to'g'ri baholay olishi va unga yechim topa olish yoki olmasligini bilib olish mumkin. Boshqa tomondan, qog'ozbozlikka yo'l qo'yilmaydi. Qo'shimchasiga suhbat qay tarzda o'tqizilishi tajribasiga ega bo'ladi.

Eng muximi yangitdan (amalda) tanlov asosida qabul qilishi kerak. Bizda esa xammasi risoladagidek bo’ladi qog’ozda. Aslida avvalgi, buyruqni bajaruvchi "robotlar" ishga olinadi. Agar mutlaqo yangi tarkib kelmas ekan o’zgarish bo’lmaydi.

U yega yoshlar tanlanishi kerak, 40 yoshga kirganlar emas – ular yoshlarga nima kerakligini bilmaydilar.

So'nggi 10 yil ichida yoshlar ittifoqidan biron bir kishiga ruxsat bermaslik kerak, ular bu sohada 0 (vakuum) hech narsa olib kelishmagan.

U yerda biron bir Yetakchilarga ehtiyoj yo'q, bu idorada hamma teng huquqlarga ega ekanligiga ishonch hosil qilish kerak, ya'ni biron bir narsada ishtirok etgan va hokim yoki shunga o'xshash odamlardan "vakolat" olgan kishi bo'lmaydi, hamma birgalikda ishlashi kerak, ofisda hech kim o'tirmasligi va buyruq va ko'rsatmalar berish bilan kifoyalanmasligi uchun.

Qiyinchilik ko'rgan yosh bo'lishi kerak. Sohada bilimi va tajribasi (!) bo'lishi shart! Boshqa tashqi omillarga aloqadorlik ko'rsatkichlari (YIda ishlaganmi, yo'qmi, oliy ma'lumotlimi, yo'qmi, mukofoti-yu sovrinlari) ahamiyatsiz bo'lishi kerak, mukofot uchun, qarsak uchun ishlaydiganlar tiqilib yotibdi shundoq ham

Kelib chiqishi, yoshi, dini, ma'lumoti, millatidan qat'iy nazar yoshlar bilan til topisha oladigan. yoshlarning dardini biladigan va o'zining shahar( tuman) yoshlarini muammo va yutuqlarini yaxshi biladigan shahs.

 


U-Reportyorlarning 43%i yoshlarning o'zlari Agentlik direktori nomzodini ilgari surishlari kerak deb hisoblashadi.

Respondentlarning 19%iga ko'ra, Prezident ushbu lavozimga nomzodni taklif qilishi kerak.

11% respondentlar ushbu huquqni tegishli ravishda ommaviy axborot vositalari / bloggerlar va Yoshlar ittifoqiga beradilar.

Olingan natijalarga ko'ra, shuni tahlil qilish mumkinki, U-Reportyorlar yoshlar va Yoshlar ittifoqi o'rtasidagi farqni ajratib, Yoshlar ittifoqi bu masalada barcha yoshlarning ovozi bo'la olmaydi deb ta'kidlaydilar.

Qizig'i shundaki, ayol respondentlarning yarmi (50%) erkaklarning 40%iga nisbatan yoshlarning o'zlari bu lavozimga nomzod taklif qilishlarini qo'llab-quvvatlamoqda. O'z navbatida, 20% erkaklar bu masalani

Prezident hal qilishi kerak deb hisoblashadi, bu fikrni qo'llab-quvvatlaydigan ayollar esa 15%ni tashkil etadi. Bundan tashqari, ko'proq erkaklar (13%) OAV / bloggerlar Agentlik direktori nomzodini ilgari surishlari kerak deb hisoblashadi – ayollarning atigi 6% ushbu variantni tanladi.

 

Biz "Boshqa" javobini tanlagan respondentlarning 4%dan Agentlik direktorligiga nomzodni kim taklif qilishi kerakligini ko'rsatishni so'radik va quyidagi javoblarni oldik:

1.       Butun respublika bo'ylab yoshlar o'rtasida ovoz berish yoki yoshlar orasida qurultoy bo'lishi kerak. Nomzodlar o'zlari haqida ommaviy axborot vositalarida yoshlarni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha dasturlari haqida gapirib berishlari va yoshlarga Internetda ovoz berish imkoniyatini berishlari kerak.

2.       Yoshlar ittifoqi ochiq ovoz berish / saylov o'tkazish uchun nomzodlar ro'yxatini ochiq e'lon qilishi kerak (nomzodlar deputatlar singari o'z dasturlarini taqdim etishlari kerak) va parlament oxir-oqibat Agentlik direktori lavozimini tasdiqlsha va Agentlik Parlament oldida hisobot berishini yo’lga qo’yish kerak.

3.       Tuman / shahar / viloyat hokimiyati.

4.       Mahalla qo'mitalari, mahalla kengashlari.

5.       Tanlov asosida va 18 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan Yoshlar ittifoqi tizimidagi faollarni tanlab olish uchun maxsus komissiya tuzilishi kerak.

6.       Allohdan qo'rqadiganlar, diniy soha vakillari.

U-REPORTYORLAR FIKRI:

Aniq bir javobim yo'q, manimcha prezident qo'ygani ma'qul. Nimaga deganda bu loyihani ommaga ular taqdim qildi, eng yaxshi nomzodlarni ham ular bera oladi.

Menimcha saralangan yoshlarni prezident bilan yoki parlament a'zolari bilan suhbat qilgandan so'ng nomzod taklif etilishi kerak. Shuningdek yoshlarni fikri ham o'rganilishi kerak.

Prezident taklif qila olmaydi chunki unga yetib boradigan malumotlar hammasi ham sog'lom emas, vazirlar mahkamasi yoshlar ittifoqi va yoki har qanday eski tashkilot tayinlamasligi kerak modam yangi O'zbekiston uchun xizmat qilishi lozim,eski tashkilotlarda eskilik odamlari eskicha fikrlaydigan bishluqlar ko'p .Nomzodni internet tarmoqlari orqali yoshlarning o'zi saylagani maqul.

Parlament, yoshlar, vazirlar maxkamasi, OAV/bloggerlar bittadan nomzod taklif qilsin, Prezident tanlasin.

Ovoz berish yo‘li bilan saylanishi kerak. Albatta bu yerda taklif haqida gap ketayapti lekin shunday bo‘lsada rahbarni anonim so‘rov asosida ijtimoiy tarmoqlarda saylasalar yaxshi bo‘lardi.

Prezident, Parlament, Yoshlar, OAV/bloggerlar, YI, faqat taklif bera olsin, so'ng nomzodi ko'rsatilgan yoshni yaxshilab o'rganib chiqilsin, psixologik suhbatlar o'tkazilsin, ishlashiga, o'zini ko'rsatishga sinov muddati, imkoniyat berilsin va hokazolar.

Yuqoridagi savoldan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, ushbu agentlikning rahbarini ham huddi agentliklarini xodimlari singari ochiq tanlovlarda asosida barchaning ko'z o'ngida saralab olish lozim. Ushbu agentlikning rahbarini kimdir(alohida bir shaxs) maslahat berishi yoki  rahbarlik lavozimiga tayinlashi noto'g'ri ish deb o'ylayman. O'ylashimcha ushbu tashkilot kelgusida  butun Respublikamiz bo'ylab ish olib boradi shuningdek respublikamizdagi barcha yoshlar bilan birdek ishlaydi , shundan kelib chiqib aytadigan bo'lsam ushbu agentlikning rahbarini tayinlashda barchaning fikri muhim va uni ochiq tanlov orqali aniqlash yaxshiroq bo'ladi.

Birinchi navbatda, hech kim nomzod taklif qilmasligi kerak! Birinchidan, bu tashabbus nomzodning o'zidan chiqishi kerak va Yoshlar ittifoqi yoshlar bilan birgalikda ma'qullanishi kerak va saylovlar imkon qadar shaffof o'tkazilishi kerak.

Holis inson yani parlamentdan ham bolmasin prezident ham tayinlamasin shundagina yoshlar fikri geragicha vazirliklarga yetib boradi keraklilari albatta.



U-Reportyorlarning aksariyati (68%) Agentlik keltirilgan barcha yo'nalishlarda ishlashi kerak deb hisoblaydi

Shu bilan birga, ba'zi respondentlar Agentlik uchun alohida yo'nalishlarni ajratib ko'rsatishgan: kadrlar bazasini shakllantirish (9%), loyihalarni amalga oshirish (7%), yoshlarni rag'batlantirish (6%) va yoshlar siyosatini aniqlash (5%).

Biz "Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 2%dan Agentlik qanday ishlashi kerakligini so'radik va quyidagi javoblarni oldik:

1.       Muammolarni samarali, tizimli hal etish, yoshlar duch keladigan to'siqlarni buzish va ular uchun barcha sohalarda zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish.

2.       Yosh yetakchilar va rahbarlarni tarbiyalash.

3.       Yoshlarni birlashtirish va Respublika darajada loyihalarni amalga oshirish.

4.       Har bir yosh bilan individual ish, psixologik yordamni rivojlantirish, yoshlarning ruhiy salomatligini yo'lga qo'yish.

5.       Yoshlarni ish bilan ta'minlash, ularga munosib haq to'lash.

6.       Ijtimoiy zaif yoshlarni qo'llab-quvvatlash (nogironligi bor, kam ta'minlanganlar, bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari).

7.       Kam ta'minlangan oilalardagi yoshlarning munosib ta'lim olishi, milliy va xorijiy universitetlarda o'qish uchun ko'proq grant olishlari uchun moliyaviy yordam.

8.       Ilm-fan, sport, biznes / tadbirkorlik, siyosat, ma'naviyat va ma'rifat, sport va sog'lom turmush tarzi, yoshlar tashkilotlari, ko'ngillilar/volontyorlar tashkilotlarini rivojlantirish uchun yoshlar loyihalarini taqdim etish va ilgari surish.

9.       Yoshlarning huquqlarini va huquqiy himoyasini amalga oshirish, yoshlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish.

10.   Korruptsiyaga qarshi ochiqchasiga kurash (tanish-bilishchilikga qarshi kurash).

11.   Yoshlarni tarbiyalash, madaniyatni shakllantirish, ularni vatanparvarlik va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

12.   Chekka hududlar va qishloq joylardagi yoshlar bilan ishlashni tashkil qilish.

13.   Nafaqat mamlakat ichidagi yoshlar bilan, balki chet elda joylashgan O'zbekiston yoshlari bilan ham ishlash (masalan, yosh mehnat muhojirlari yoki talabalar bilan) - Xorijda agentlik vakolatxonalari zarur.

14.   Yoshlarning so'z erkinligini ta'minlash, ularning ovozi va fikrlarini tinglash.

U-REPORTYORLAR FIKRI:

Yoshlarni ish o'rni bilan ta'minlash kerak, ish o'rnidagi qizlarni himoyasini kuchaytirish kerak jins bilan bo'g'liq jinoyatlar 120-moddaga o'zgartirish kiritish kerak ya'ni jazoni kuchaytirish kerak, bekorchilikdan janjallar bo'layabdi jinoyyatchilik bo'layabdi, yo'qchilikdan o'g'irlik bo'lyabdi, yetishmovchilikdan oilalar ajrashib ketayabdi, bu savollarni tuzish uchun hayotni tushungan odam bulish kerak edi birinchi navbatta.

Agentlik yoshlarga har jihatdan yordam berishi kerak deb o'ylayman. Toshlar siyosatini aniqlash va loyihalarni amalga oshirishga, startaplarni qo'llab-quvvatlashga, yoshlarni rag'batlantirishga (prezident stipendiyalari konkurslarini tashkil qilib joylarni sotish orqali emas), xodimlar bazasini yaratish, sotib olinmagan joylarni emas (keyin hamma xodimlar yo'qligidan shikoyat qiladi chunki korruptsiya holatlari juda ko'p) .

Hamyurtlarimizni chet elda grant asosida o'qishga va chet elliklar bilan ko'proq tajriba almashishlariga ko'maklashishlari hamda yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalarida grantlarni ko'paytirib kontraktlarni kamaytirish kerak ijtimoiy ahvoli past ya'ni kam ta'minlangan oilalarning farzandlarini qo’llab-quvvatlash.

Asosan yoshlarni murojaat asosidagi muammolaridan statistik taxlillar asosida ishni asosiy yo’nalishini belgilash kerak.

Yoshlarni qo'llab quvvatlash, ijtimoiy himoya va ko'makka katta ahamiyat qaratish, chet ellarda o'qimoqchi bo'lgan yoshlarga imtiyozlar, moddiy yordam berish. Zamonaviy kadrlarni ulg'aytirishda jahon standartlaridan andoza olish.

Faqat kozga avvaldan koringan yoshlarni jalb qilmasdan uyushmagan ammo qobilyatli yoshlarni tanlab ular bilan ishlashi volontyorlik ishlari va avval imkoniyati yetmagan yoshlarga imkoniyat berishlari lozim

Qisqa qilib aytganda yoshlar ishonchini qozonishi (Y.I ga o'xshab yoshlar ongida "bizga nima bera oldi ?" mazmunidagi fikrni shakllantmasligi) va eng avvalo chekka hududlardagi yoshlarni kasbiy va ma'naviy bilimini oshirishga e'tiborni qaratishi kerak.

Birinchi navbatda yoshlarni, huquqiy bilimini yaxshilashga yordam berish kerak , yoshlarni ishga yo‘naltirish kerak , yoshlarni biznes startlarna o‘rgatish kerak , yoshlarda g‘oya bo‘lsa agentlik kredit chiqarishga yordam berishi kerak . Kreditni boshlang‘ich tilovini agentlik to‘lashi kerak yoki boshlang‘ich to‘lovsiz olishga amaliy yordam qilishi kerak.

Agar yoshlar ta'lim olish bilan bog'liq muammolarga duch kelsalar, yashash joyi yo'qligi (propiska, shu bilan birga o'qishdagi muammolar), hujjatlar bilan yordam berish, bepul kurslar tashkil etish (kam ta'minlangan oilalar uchun), qo'shma loyihalar tuzish, ko'ngillilar jamoalarini yaratish, huquq va majburiyatlar haqida xabardorligini oshirish, yoshlagar siyosatini nima keragi bor?

Agentlik hayotning barcha sohalarida yoshlarning manfaatlarini himoya qilishi shart. Masalan, tibbiyot, transport, jamoat ovqatlanishida talabalar uchun imtiyozlar. Normal ta'lim olish uchun sharoit va imkoniyatlarni yaratish, bu yuqori malakali kasblarga ishga kirish uchun etarli ko'nikmalarni beradi.

Doimiy ravishda yoshlarni, ayniqsa mahalla miqyosida ular o'zlarining mahallalari va hovlilarini obodonlashtirishga hissa qo'shishlari uchun ularni ilhomlantirish kerak. Albatta, ilhom bosim va majburlash orqali emas, balki odamlar uchun beg'araz ish qiladigan va o'z tajribalarini baham ko'radigan yaxshi ma'ruzachilarni va taniqli odamlarni taklif qilish orqali.

 


Respondentlarning 78%i universitetlarda "yoshlar bilan ishlash bo'yicha mutaxassis" yo’nalishi bo'yicha o'qishni yaxshi fikr deb bilishadi. Shulardan yarmidan ko'pi (57%) bu g'oyani to'liq qo'llab-quvvatlamoqda va 21%i bunga loyiq bo'lishi mumkin deb hisoblashadi.

U-Reportyorlarning 19%i bunga rozi emas va bunday kadrlar tayyorlashning hojati yo'q deb o'ylashadi. Ayol respondentlar, erkaklar bilan solishtirganda, ushbu g'oyaning ko'proq tarafdorlari.


45% U-Reportyorlarning fikricha "Hamma uchun teng imkoniyatlar" shiori Agentlik faoliyatining asosiy tamoyili bo'lishi kerak. Respondentlarning 22%i yangi agentlikni o'z faoliyatida "Kamroq gap - ko'proq ish" tamoyiliga asoslanishini xohlaydi.

12% respondentlarning fikriga ko'ra, Agentlik "Hech kimni ortda qoldirmaslik" tamoyiliga amal qilishi kerak, aytib o’tish kerakki bu shior shuningdek BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari shioridir.

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 3%dan Agentlik ishlashi kerak bo'lgan o'z tamoyillarini taklif qilishni so'radik va quyidagi javoblarni oldik:

1.       Adolat va zehn.

2.       Faol yoshlar - O'zbekiston kelajagi!

3.       Xalq roziligi yo‘lida emas, Alloh roziligi yulida ishlashi lozim.

4.       Barchasi halq manfaati uchun.

5.       Biz har bitta yosh insonni to‘liq tushunamiz! Unga hamdard bo‘lamiz! Eng yaxshi do‘st bo‘lamiz!

6.       Hamma yo‘nalishlarni teng olib borish.

7.       Ko'zbo'yamachilikka chek qo'yish va real harakat!

8.       Yoshlarga munosib mehnat sharoiti va ularni mehnat qilishga bilimga va tadbirkorlikka o'rgatish.

9.       Demokratik tamoyillar asosida.

10.   Qog‘ozbozlikdan yiroqda ishlash kerak.

11.   Sog‘lom raqobat.

12.   Barchada iste'dodni topish va to'g'ri yo'naltirish.

13.   Yoshlarga etibor – kelajakka e'tibor.

14.   Iqtidorli yoshlarni toping, ularning kelishini kutmasdan.

15.   Iqtidorsiz inson yo'q: Iqtidor 1%, mehnat 99%. Buni yoshlar ongiga singdirish asosiy ish. Gap faqat yoshlarga motivatsiya bo'lishi uchun aytilishi kerak.

16.   Sog'lom yoshlar - sog'lom kelajak!

17.   Eng faol yoshlarga imkon berish, g'oyalarni qullab-quvvatlash.

18.   O'zbekiston farzandlari uchun.

19.   Birlashgan ózar, birlashmagan tózar.

20.   Barcha uchun keng imkoniyatlar.

21.   Kelajak bizning qo’limizda.

22.   Vatan omon bo’lsin.

23.   Vatan ravnaqi uchun hammasiga tayyormiz.

24.   Har bir fuqoraning suzi biz uchun muhim.

25.   Vatan va o'z kelajagingni qur. Kelajagingga e'tiborsiz bo'lma.

26.   Tenglik, birdamlik, faollik, ochiqlik.

27.   Tenglik, adolatlik, qonuniylik, shafoflik, ochiqlik.

28.   Kelajak yoshlarniki.

29.   Sening kimliging muhim emas, asosiysi sen nimani fikrlashing!

30.   Quyidan yuqoriga tamoyilida ishlashi kerak. Takliflar quyidan chiqishi kerak.

31.   Yoshlarni buyuk kelajak uchun tarbiyalaymiz.

32.   Maddohlarsiz kelajak sari.

33.   Otam davlatim, onam jannatim, ularning borligi mening omadim.

34.   Yoshlarning iqtidorsizi, yoshlarning jinoyatchisi, yoshlarning bekorchisi bo'lmaydi.

35.   Yoshlar davlat kelajagi demak yoshlar muammolari davlat ahamiyatiga molik muammo.


U-REPORTYORLAR FIKRI:

Bu tunalishlarni hech qaysi birini faoliyatni asosi qilib, yoshlarni tuliqligicha qamrab olib bo'lmaydi chunki har bir hududning shu joyga xos pastu balandi bor shuning uchun ishlar davomida duch kelingan barcha sohada ishlar qilinib ketaverilishi kerak.

Hech bir yosh qobilyatsiz emas. Kimdir ilm-fanni o‘rgansa, boshqasini yaxshi hunarga qobiliyati bor. Shunichun hich kimi chetlamaslik kerak.

Tadbirlarni minimallashtirish, songa sifatga ishlash. Yomon odatlarni yo'qotish - birinchi muammo, masala bo'lish kerak. Jamiyatni yaxshilash uchun yomon narsalarni yo'qotsak kifoya.

Menimcha bu tamoyillarni hech biri kerak emas. Shunchaki ta'limda korrupsiya yo'qotilsa - shuni o'zi kifoya!

Yoshlar ittifoqiga o‘xshab samarasiz loyiha bo‘lmasa bo‘ldi.

Tamoyil birlik xilma-xillikda va har bir yosh o'z mahallasi yoki hovlisini rivojlantirish uchun o'z aloqadorligi va vazifasini his qiladi. Global maqsadlarga erishishning hojati yo'q, ularga mahalla miqyosida o'z mahallasini rivojlantirishga hissa qo'shishni o'rganishsin. Ham faol ham unchalik faol bo’lmagan yoshlar bo'ladi, asosiysi har kim o'z maqsadini his qilishi.

Ha, biz haqiqatdan ham uzoq manzillarga bormoqchi bo'lsak avvalambor xalqimiz birlashishi kerak. Xalq ishonishi kerak. Xalq ishonishi uchun qonunlar hammaga birday ishlashi va har jabhada adolat o'rnatilishi kerak. Kuch adolatdadur degan edi Sohibqiron bobomiz. Mana sizga yaxshi tamoyil, ADOLAT va OSHKORALIK.

Faqatgina ta'lim muassasida taxsil olayotganlar bilan cheklanmay barcha toifadagi yoshlar bilan ishlashi. Biror soxada ishlayotganlar xam yoshlar. Lekin asosiy yo‘nalish maktab kollej va oliy ta'limda taxsil olaytganlarga berilib qolayotgandek. Ishsizlar bor qanchalab migrantlar.

Mutlaqo shaffoflik, doimiy natijadorlik, amaliy ko'nikmalarni doimiy shakllantirib borish, eng asosiysi VATANPARVAR kadrlarni tarbiyalash!!!

 

Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan 8300 dan ortqi respondentlarning fikri. 


Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo