Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Yoshlarning ijtimoiy faolligi

Yoshlarni jamiyat hayotida faol bo’lishlariga nima undaydi? U-Report «Yuksalish» umummilliy harakati bilan hamkorlikda yoshlarning ijtimoiy faoliyat haqidagi fikrlari, ularni ijtimoiy faollikka nima undashi, ularning atrofidagi jarayonlarda yoshlarning ijtimoiy ishtirokini qanday oshirish haqidagi fikrlarni bilish maqsadida so’rov o’tkazishdi.

 

So’rov natijalari «Yuksalish» umummilliy harakatiga yoshlarga oid siyosatga taklif berish, shuningdek, yoshlar bo’yicha dasturlarni ishlab chiqish uchun, yoshlar siyosati va 2020 yil Davlat dasturi uchun takliflarni ishlab chiqishda kerak bo’ladi.

 So‘rovda mamlakat bo‘ylab 8403 respondent qatnashdi, ularning 35% - bu ayol respondentlar.

 

YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGI HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

1.       Respondentlarning 52%i biz ko'rsatgan barcha javob variantlarini “ijtimoiy faollik” qatoriga kiradi deb hisbolashadi. Shu bilan birga, ba'zi respondentlarning fikricha, bu faqat odamlarga yordam berish (16%) yoki aktsiyalar/forumlarda ishtirok etish (7%), yoki xayriya ishlari (5%), yoki volontyorlik (4%) va yoki Yoshlar ittifoqiga a'zo bo'lish (3%).

2.       Respondentlarning 32%i o'zlarining ijtimoiy faolligini 3 ballga baholaydilar, 28%i esa oz'larining faolligini yaxshi va 16%i a'lo”ga baholashdi.

3.       Respondentlarning fikriga ko'ra ijtimoiy faollikning eng mashhur sohalari bu: (1) fan va ta'lim sohasi 32%, (2) siyosat - 15%, (3) jismoniy tarbiya va sport - 11%.

4.       Respondentlarning yarmidan ko'pi (57%) o'zlarining ijtimoiy faolligini tashkilotchi sifatida namoyish etishni xohlashadi, respondentlarning 31%i ijrochi bo'lishni afzal ko'rishadi. Shu bilan birga, erkaklar (56%) bilan taqqoslaganda ko'proq ayollar (60%) tashkilotchi bo'lishni xohlashadi.

5.       Respondentlarning fikriga ko'ra ijtimoiy tadbirlar/faoliyat to'g'risida ma'lumotlarning bugungi kunda eng ommabop manbai ijtimoiy tarmoqlar (52%), do'stlar/tanishlar (14%) va o'qish/ish joyi (12%).

6.       Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar ijtimoiy tadbirlar/faoliyat to'g'risida ma'lumot manbai sifatida ayollarga (47%) qaraganda erkaklarga (57%) ko'proq ma'qul keladi. Ayollar ko'proq ma'lumot manbalari sifatida do'stlar/tanishlar yoki ish/o'qish joyini afzal ko'rishadi (32%), erkaklar uchun bu ko'rsatkich 23%ni tashkil qiladi.

7.       Yoshlarning ijtimoiy faolligiga asosiy to'siqlar: vaqtning yetishmasligi (29%), adolatsizlik (22%), shuningdek, yaqinlar tomonida qo'llab-quvvatlash yo’qligi (8%). Respondentlarning 1/5 qismi (20%) hech qanday to'siqlar yo’q degan fikrdalar.

8.       Respondentlarning yarmidan ko'pi (53%) ijtimoiy faollik uchun asosiy undaydigan factor sifatida nomoddiy qiziqishlarni keltirishdi: o'z ishidan mamnunlik (27%), jamoani qo'llab-quvvatlashi (15%) va boshqalar.



Ushbu so'rovda ishtirok etganlarning eng katta guruhi OTM studentlari - 38% (yoki 3166 kishi). So‘ralganlarning 22%i hozirda ishlayotganini, 19%i maktabga o’qishini, 9%i esa kollej yoki litseyda oq’ishini aytdi.

“Vaqtincha ishsizva o'qimaydigan va ishlamaydigan” javob variantlarini 4%dan to’plashgan.

 

 

Ushbu savolga javob bergan respondentlarning yarmidan ko'pi (52%) “ijtimoiy faollik”ga barcha mumkin bo'lgan javob variantlarini keltirishadi.

 Ammo 16% uchun bu birinchi navbatda odamlarga yordam berish. 7% bu aksiyalar yoki forumlarda ishtirok etish deb o’ylashadi. 5% uchun - bu xayriya, 4% - volontyorlik va atigi 3% - Yoshlar ittifoqiga a'zo bo'lish deb hisbolashadi. Ushbu savolga javob berishda aniq gender farqlar topilmadi.

 

 Biz Boshqa variantini ko'rsatgan respondentlarning 8%dan ijtimoiy faollik tushunchasiga qanday talqin berishlarini so'rab, quyidagi variantlarni oldik:

1.       Mehnat faoliyati bilan shug'ullanish, mehnat qilish va pul topish, ishbilarmonlik, mehnat jamoasida faol bo’lish, mahallada faol bo’lish;

2.       Oila va jamiyat uchun foydali bo'lish, jamiyatda faol ishtirok etish, boshqalar va jamiyat uchun og'ir yuk bo'lmaslik;

3.       O'z mutaxassisligi/kasbi haqida mukammal bilimga ega bo'lish, kuchli bilim/ko'nikmalarga va yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega bo'lish va o'z ishlarini ishonchli va samimiy bajarish;

4.       Innovatsiyalar va yangiliklar ishlab chiqish, o'zlarining tashabbuslari, yoshlarning startaplarini qo'llab-quvvatlash, ularni moliyalashtirish va amalga oshirish;

5.       Mamlakatda va dunyoda sodir bo'layotgan voqealar to'g'risida o'z fikrlarini bildirish, voqealarga diqqat bilan qarash va amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarga o'z munosabatini bildirish, ayrim masalalarda fuqarolik pozitsiyasi, adolatli saylovlarda qatnashish, nomzodlarni ko'rsatish;

6.       Internet muhitida va undan tashqaridagi faoliyat, boshqa fuqarolarning Internetda sodir bo'layotgan voqealar to'g'risida xabardorligini oshirish va Internet orqali doimiy ravishda ma'lumot olish;

7.       Ixlos (poklik, o’zini pok tutish, o’zini Allohga xizmat qilishga bag'ishlash);

8.       Jamiyatning / jamoaning boshqa a'zolarining hayotiga befarqlik bilan munosabatda bo'lmaslik hissi;

9.       Jamiyatning barcha jabhalarida korrupsiya, poraxo'rlik va “tanish-bilish” munosabatlarga qarshi kurashish;

10.   Siyosiy partiyalar taqdim etgan vositalardan foydalangan holda ijtimoiy ahamiyatga ega qonunlarni ishlab chiqish, tadqiq qilish va tahrirlashda qatnashish, normativ-huquqiy hujjatlar va qonunlarni muhokama qilishda qatnashish, ahamiyatsiz qonunchilik tashabbuslari va qonunlarga qarshi chiqish;

11.   Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlangan huquqlarini talab qilish, shuningdek, davlat va jamiyat manfaatlariga mos harakat qilish, belgilangan majbiriyatlarni bajarish, yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish qobiliyati;

12.   Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlash, o'z-o'zini maqtash uchun xayriya qilish emas;

13.   To’g’ri va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish;

14.   Gender tengligi, ayollar emansipatsiyasi (ozodligi) sohasidagi ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish va g'oyalarini taklif qilish;

15.   O'zbekiston Yoshlar ittifoqidan tashqari boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga a'zo bo’lish.

 

U-REPORTYORLARNIN FIKRI:

 

“Yaxshi ish egasi bolish, yaxshi do'stlar orttirish, faol bo'lish, uydan chiqib sayr qilish, ishdan va maktabdan keyin va avvaliga aytib o’tganimdek yaxshi ishlash, yaxshi maosh olish, sayr qilish, turli joylarga tashrif buyurish. Sizni nimaga undaydigan bo’lsa ushgan ega bo’lish, maqsad sari intilish va bir joyda o'tirmaslik, hayot yomon deb shikoyat qilmaslik.”

 

Ijtimoiy faollik deganda, bir yoki ikki narsani tushunish hato, mening fikrimcha ijtimoy foallik atrof muhit, Siyosiy jarayonlarni kuzatib baho berish, koʻplab takliflar keltirish, chet el metodlarini Oʻzbek milliy modeliga moslashtirish, Tarixdan kelib chiqib oʻzgartirishlar kirgazish, katta rejalar tuzib uni amalga oshirish uchun Teoriya yaratib Rejaga ogʻishmay rioya qilish”.

 

Ijtimoiy faollik bu jamiyatni qiynaydigan masalalarni kotarib chiqish va bu masalalarni ijobiy hal qilish”.

 

“Aktsiyalar va forumlar foydali sa'y-harakatlar hadi faqat suhbatlashish bilan kifoyalanish va boltologiya deb hisoblayman. Ijtimoiy faollik bu turli xil yo’llar bilan odamlarga yordab berish, keksa ayolni yo'ldan o’tkazib qo’yishdan tortib O'zbekistondagi global muammolarni hal qilishga qadar. Ya'ni pensiyalarning kamlik muammosi, yolg'iz onalarga moddiy yordamning etishmasligi va poraxo'r amaldorlar bilan bog'liq muammolarni hal qilish”.

 

Ijtimoiy faollik deganda men ushbu sferadagi yani ijtimoiy tizimdagi bo'shliqlarni toldirishga harakat qilishni tushunaman. Masalan, koproq ish o'rni yaratishga yordam berish (hech bolmasa taklif yoki loyihalar berish orqali). Harakati cheklanganlardan kop sohalarda foydalanish mumkin. Odamlar ortasida sportni san'atni targib qilish. Muammosi bor odamlarga yordam berish (moddiy yordam bermasa ma'naviy yordam bersa ham boladi). Adashganlarga togri yol korsatishga harakat qilish va shunga oxshash holatlarda qolidan kelgancha yordam berishni tushunaman.

 

Ijjtimoiy faollik -jamiyat hayotida muhim o'ringa ega bo'lish, befarq va loqayd bo'lmagan holda imkoni boricha insonlarga manfaat yetkazish. Xoh katta bo'lsin, xoh kichik muhim o'rinlarda jamiyat hayoti haqida jiddiy fikr bildirish, ya'ni zarur hollarda ijobiy yoki salbiy-tanqidiy va mustaqil qaror qabul qilishga harakat qilish..!

 

“Yashash sharoitlarni vas hunga bog’liq boshqa barcha sharoitlarni yaxshilash uchun bir insonning amalga oshirayotgan o'z harakatlari, va natijada bu harakatlar jamolarar, birlashmalar, harakatlarning shakllanishiga olib kelishi kerak va bir yoqadan bosh chiqarib fikrlaydigan odamlarni birlashishiga olib kelishi.”


 
 

  

Barcha respondentlarning 32%i o'zlarining ijtimoiy faolligini 3 ballga baholaydilar, 28%i esa oz'larining faolligini “yaxshi” va 16%i “a'lo” deb baholashdi. OTM studentlari o'ziga nisbatan eng tanqidiy qarashadi - ular (36%) qolgan guruhlarga nisbatan o'zlariga 3 ball qo’yishgan va eng kam 5 ball qo’yishgan (12%). Maktab o'quvchilari o’zlarini ijtimoiy faolligini talabalar va ishchilarga nisbatan ancha yuqori baholadilar - yarmidan ko'pi (51%) o'zlariga 4-5 ballni qo’ydilar.



U-Reportyorlarning 32%i fan va ta'lim sohasida ijtimoiy faol bo'lishni istaydilar. Ikkinchi o'rinda siyosat - 15%, uchinchi o'rinda - jismoniy tarbiya va sport - 11%.

Woman

Qizig'i shundaki, ayol respondentlar uchun:

- ikkinchi o'rinda madaniyat va san'at sohasi (12%) (erkaklar uchun bu ko'rsatkich 6%)

- yetimlarga yordam berish (11%) (erkaklar uchun bu ko'rsatkich 5%) va

tabiatga / hayvonlarga g'amxo'rlik qilish (9%).

Man

Erkak respondentlar ko'proq boshqa sohalarga qiziqishmoqda:

- siyosat (19%) (ayollar uchun bu ko'rsatkich atigi 7%)

- jismoniy tarbiya va sport (13%).

Right pointing backhand index

Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, qizlar va ayollar ijtimoiy-madaniy sohalarda ijtimoiy faoliyatga ko'proq qiziqishadi, erkaklar esa siyosiy sohada va sportda faol bo'lishni xohlashadi.

 

 

"Boshqa" javobini tanlagan respondentlarning 5%idan qaysi sohada ijtimoiy faol bo'lishni xohlashlarini yozishni so'radik va quyidagi javoblarni oldik:

1.       Yuqoridagi barcha sohalarda;

2.       Biznes, tadbirkorlik, investitsiya va iqtisodiyot;

3.       Harbiy soha, vatan mudofaasi;

4.       Huquqiy sohada, odamlarning huquqiy ma'rifati, huquqiy masalalarda yordam berish,

5.       Madaniy-ma'rifiy yo'nalishda, teatrda, haqiqiy milliy qadriyatlar va marosimlarni, amaliy va tasviriy san'atlarni saqlash;

6.       Kam ta'minlanganlarni qo'llab-quvvatlash, xayriya qilish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, uysizlarga yordam berish;

7.       U-Reportni rivojlantirish;

8.       Qurilish sohasida;

9.       Zo'ravonlik (jismoniy va ma'naviy) jabrdiydalariga yordam berish, gender tenglik, odam savdosi qurbonlariga yordam berish, OIV/OITS bilan yashayotgan odamlarni qo'llab-quvvatlash;

10.   Tibbiyot sohasida, qon topshirish, kasalxonalarda davolanishni istaganlarga yordam berish;

11.   Informatika, AKT, kompyuter texnologiyalari, dasturlash;

12.   Dinni rivojlantirish va targ'ib qilish;

13.   Yoshlar bilan ishlash, o'spirinlar bilan o'zaro munosabatlar, o'spirinlar uchun axloqiy asoslarni tarbiyalash, universitetlarga kirishni xohlaydiganlarni, ammo buni amalga oshirish uchun mablag’ va imkoniyatlarga ega bo'lmaganlarni qo'llab-quvvatlash;

14.   Ota-onalarning duolarini olish va keksa yoshdagi odamlarni qo'llab-quvvatlash;

15.   Qishloq xo'jaligi sohasida;

16.   Jurnalistika sohasida.

 


Respondentlarning yarmidan ko'pi (57%) o'zlarining ijtimoiy faolligini tashkilotchi sifatida namoyish etishni xohlashadi. Shu bilan birga, erkaklar (56%) bilan taqqoslaganda ko'proq ayollar (60%) tashkilotchi bo'lishni istashlari o’ziga diqqatni tortadi.

31% respondentlar ijrochivariantini tanladilar.

4% shunchaki tomoshabin bo'lishni istagan, ijtimoiy faol bo'lishni istamagan yoki javob berishda qiyinalganalar 4%dan to’plashdi.

 

 

Respondentlarning fikriga ko'ra, bugungi kunda ijtimoiy tadbirlar/faoliyat to'g'risida eng ommabop ma'lumot manbai bu: ijtimoiy tarmoqlar (52%), do'stlar/tanishlar (14%) va o'qish/ishlash joyi (12%).

Shu bilan birga, ayol respondentlar ma'lumotlarni asosan do'stlari/tanishlaridan (16%) va o’qish joyi/ish joyida (16%) olishadi (erkaklardan farqli ravishda - 13% va 10%). Shunday ma'lumotni erkaklarning yarmidan ko'pi (56%) ijtimoiy tarmoqlarda olishadi (ayollarda 47%).

Transport va ko'cha bannerlaridagi reklama ijtimoiy faoliyat to'g'risidagi eng kam talab qilinadigan manba sifatida tanlangan va 0%dan to’plagan.



So'rovda qatnashgan yoshlarning yarmidan ko'pi (53%) kelajakda ijtimoiy tadbirlar/faoliyat to'g'risidagi ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali olish qulayroq bo'ladi deb aytishdi. 18% bunday ma'lumotni o'qish / ish joyi va 10% TV va radio orqali olishni istaydi.

Ijtimoiy tadbirlar/faoliyat to'g'risida ma'lumot manbai sifatida ijtimoiy tarmoqlar ayollar (47%) ga qaraganda erkaklarga (57%) ko'proq ma'qul keladi.

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 2%dan ijtimoiy tadbirlar/faoliyat to'g'risida ma'lumot olish qayerda qulayroq bo'lishini so'radik va quyidagi javob variantlarini oldik:

1.       Yuqoridagi barcha manbalardan;

2.       Internet va ommaviy axborot vositalari, televidenie;

3.       O'z-o'zini boshqarish guruhlari va nodavlat notijorat tashkilotlaridan;

4.       Ota-onadan;

5.       Kutubxonalar (kitob olamlari), filmlar, kitoblar, Internet, konsertlar;

6.       Yoshlar ittifoqida.



U-Reportyorlarning 29%i ijtimoiy faol bo'lishga vaqtlari yo'qligini qayd etdilar. 22% respondentlar ijtimoiy faol bo’lmasliklarini adolatsizlik yo’qligida ko’radi, va 8%dan qarindoshlar tomonidan qo'llab-quvvatlash yo'qligi va bunga pul to'lanmasligi sabab deb ko’rsatildi.

Ishlayotgan respondentlar, qolgan guruhlarga qaraganda bir oz bo’lsa ham, asosiy muammo sifatida vaqt yetishmasligini ta'kidladilar. Bundan tashqari, ishlaydigan respondentlar adolat yo'q” degan variantni ko’proq tanlashgan. Vaqtinchalik ishsizlarning 16%i uchun ijtimoiy faol bo’lish uchun ikkinchi eng muhim to'siq bu ish haqqining to'lanmaganligidir.

Boshqalarga nisbatan ko’proq aynan maktab o'quvchilari (26%) ijtimoiy faol bo’lishlari uchun hech qanday to'siqlar yo’qligini bildirishdi. Shuningdek, o’quvchilarning 11%i uchun yaqinlarining yordami yo'qligi katta masala.

Ayollarga (16%) nisbatan ko'proq erkak respondentlar (26%)  ijtimoiy faol bo’lishlari uchun to'sqinlik qiluvchi sabab “adolat yo’qligi” deb ta'kidladilar. Ayollarning 33%i va erkaklarning 27%i ijtimoiy faollik namoyon bo'lishidagi asosiy muammo vaqtning yetishmasligi, ayollarning 5%i va erkaklarning 9%i uchun pul to’lanmasligi.



U-Reportyorlarning ijtimoiy faolligi, birinchi navbatda, ularning ishidan mamnunligiga asoslanar ekan - respondentlarning 27%i ushbu javob varinatini tanladilar. Respondentlarning 15%i yoki ikkinchi eng muhim rag'batlantiruvchi omil bu – o'z jamoasining qo'llab-quvvatlashidir. Turli imtiyozlarga ega bo'lish ushbu so'rovda qatnashgan respondentlarning 13%i uchun muhim motivatsiya sifatida ko’rsatildi.

Ayollar (15%) erkaklarga (10%) nisbatan ko'proq mamlakat ichidagi sayohatni tashkil etish ijtimoiy faolligiga yaxshi turtki bo’lishini aytishdi. 9% erkaklar va 6% ayollar uchun esa ularning ishi omma oldida tan olinishi katta ahamiyatga ega.

4% "boshqa" javob variantini ko'rsatgan respondentlarning  rag'batlantiruvchi omillari haqida yozishni so'radik va quyidagi javoblarni oldik:

1.       Yuqoridagi barcha javoblar;

2.       Hech narsa: ijtimoiy faoliyatni rag'batlantirish kerak emas, chunki u beg’araz va ko’ngilli faoliyat bo'lishi kerak;

3.       Odamlarni xursand qilish va ularga tabassum ulashish orqali yordam bergan odamlardan mamnunlik / minnatdorlik hissi;

4.       O'z xalqining xotirasida 1000 yillarga qolish;

5.       Vatanga muhabbat va vatanparvarlik tuyg'usi;

6.       Ijtimoiy faoliyatga tabiiy va chin ko’nglidan moyillik, fuqarolik pozitsiya va befarq bo’maslik hissi, layfstayl;

7.       O’z mehnatidan qoniqish hissi;

8.       Jamiyat uchun foydali bo’lish;

9.       Savob, vijdon, iymon, rozilik va baraka olishi kabi diyndagi tushunchalar;

10.   Bo'sh vaqtning borligi;

11.   Qaror qabul qilish jarayonida faol ijtimoiy yoshlarning fikrlari tinglash va inobatga olish;

12.   Sharoitlarini yaxshilash uchun qo'shimcha daromad manbai;

13.   Adolatli jamiyatni yaratishda ishtirok etish, qonunbuzarliklardan himoya qilish, xavfsizlik, demokratiya va turli erkinliklarni ta'minlash.

 

U-REPORTYORLARNING FIKRI:

 

“Odamlarning dunyoqarashidagi o'zgarish. Hayotiy shior sukunat - bu oltindir, o'zbek mentalitetining radikal tarafdorlari tomonidan qoralanmasliklari.”

Jamiyatda har bir inson o‘z o‘rnini topishi, o‘zining va oila a‘zolarining qornilari to‘q, ustlari but bo‘lishi, kam ta‘minlanganlarning ham ijtimoiy faol bo‘lishi.

Tashkilotchilarning holisligi, qiziquvchilarni ko‘nglini sindirishi emas qo‘llab-quvvatlashi. Hamma sohada ochiqlik va qonun ustuvorligi.

Agar bu shunchaki chiroyli TV kadr va suratga olish yoki vazirlik / idora xodimlarini reklama qilish uchun emas, degan fikr bo'lsa edi.

Men ishlashni xohlagan sohalarda mamlakatdagi real o'zgarishlarni kuzatish.

Bu ishda nimagadur manfaat boʻlmaydi, beminnat”.

O'z mehnatlarining uzoq muddatli natijalarini olish. Demak, bu bir martalik harakat emas, balki qo'llab-quvvatlanadigan tizimli harakatlar ekanligini his etish.”

Ijtimoiy faollikni amalga oshirishda, huquqni himoya qilish orgamlariga duch kelinadi. Ular har qanday ijtimoiy yangilik, tashabbusni va g'oyani nafaqat bug'ib tashlaydilar, hatto ustingizdan oshkorani masxara qilib kulishadi. Ular uzini jinoyatchi banda azolari kabi tutishadi.

Ehtimol demokratiya bor bo'lsa, bir to'da savodsiz hokimlar o'rniga halqni o'ylaydiganlari tayinlansa faol bo'larman, lekin hozir nima kerak?!

“O’zbekistondagi futbol kuzatuvchilar (skautlar) ishlamasligi oqibatida men va men kabi istedodli yoshlar õzbekiston sharafini himoya qilmayotganligi va O’FF si jiddiy kirishsa bu meni sport sohasida faol bo'lishga undardi.

“Ko'pgina ko’ngillilar etarlicha ta'minlanmagan yoki ish bilan ta'minlangan, qolganlar esa o’z ishi bo’laturib ammo yaxshilik qilishga vaqtlari yo'q.”

“Bunga mehnatning qadrlanishi sabab bo'ladi va boshqalar kimdir qilgan sa'y-harakatlar hisbobiga o’z mavqeini ko’tarishi yaxshi ish emas.”

“Bizda ko'ngillilik qanday reklama qilinmasin, umuman olganda buni faqat tor doiradagi odamlar bilishadi, faqat do'stlari va qarindoshlari va boshqa shu haqida gaplashgan odamlar. Biz tanish bilish orqali emas, balki ko'proq va keng ma'lumot tarqatishimiz kerak.”

 

Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan 8403 respondentlarning fikri.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo