Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Sun'iy intellekt (SI) Yoshlar hayotida

U-Report UNICEF va Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda soʻrovnoma oʻtkazdi.

 

Asosiy maqsad: so‘rovnoma orqali yoshlar SI ni qanday va qayerda ko‘proq ishlatishini, ularda ishonch darajasi va xavotirlarini aniqlash.

 

So‘rovnoma natijalari samarali o‘quv dasturlari va raqamli savodxonlik strategiyalarini ishlab chiqishga imkon beradi.

 

Jami 10 ta savol

 

So‘rov geografiyasi: O‘zbekiston Respublikasi

 

Respondentlar soni: so‘rovga 2000 dan ortiq U-Report foydalanuvchilari javob bergan.

 

 

 

 

SO‘ROVNOMA BO‘YICHA ASOSIY XULOSALAR:

1.     So‘rovda qatnashganlarning aksariyati sun’iy intellektdan (SI) har kuni yoki tez-tez foydalanishini tasdiqladi: 39% — har kuni, har uchinchi respondent (32%) — haftasiga bir necha marta. Faqat taxminan 13% SI’dan umuman foydalanmaydi.

 

  1. Ishtirokchilar javoblariga ko‘ra, SI’dan foydalanishning asosiy maqsadi — o‘qish va tadqiqotlar (43%). Yana 25% respondent SI’ni “hamma yo‘nalishlarda birdek” qo‘llashini bildirgan. E’tiborlisi, 7% respondent SI’dan suhbatlashish va shaxsiy muammolarni hal qilish uchun foydalanishini aytgan.

3.     ChatGPT — SI servislar orasida mutlaq yetakchi: so‘rovda qatnashganlarning 74%i aynan shu servisdan foydalanadi.

  1. Ishtirokchilarning SI javoblariga bo‘lgan ishonch darajasi:

1)     52% — qisman ishonadi (60–70% darajada),

2)     25% — yuqori darajada ishonadi (80–90%),

3)     19% — SI javoblariga 50%dan kam ishonishini bildirgan.

 

  1. Respondentlarning 74%i SI bo‘yicha bilimlarini yetarli deb baholaydi: 40% — “yaxshi”, 35% — “o‘rtacha”.

14% esa o‘z bilimlarini “a’lo” deb hisoblaydi.

 

  1. SI rivoji bilan bog‘liq respondentlarning TOP 5 qo‘rquvlari:

1)     Tafakkurning sustlashuvi / aql erinchoqligi — 22%;

2)     Manipulyatsiya, xatolar va aldanish ehtimoli — 21%;

3)     Shaxsiy ma’lumotlarga kirish bilan bog‘liq xavotir — 18%;

4)     Insoniyat uchun umumiy xavf — 10%;

5)     Ishni yo‘qotishdan qo‘rquv — 9%.

 

7.     Ishtirokchilarning aksariyati SI hozircha o‘qituvchilarni almashtira olmaydi, deb hisoblaydi:

1)     37% — hozircha almashtira olmaydi, deb hisoblaydi;

2)     21% — umuman hech qachon almashtira olmaydi, deb ishonadi.

Shu bilan birga, har uchinchi respondent (32%) qisman almashtirish mumkinligini tan oladi.

8.     Respondentlar fikricha, kelajakda SI’dan yordamga bo‘lgan asosiy ehtiyojlar quyidagi yo‘nalishlarda bo‘ladi:

1)     O‘qish va ta’lim — 24% (qizlar orasida 28%, yigitlarda 21%);

2)     Ma’lumot izlash — 23%;

3)     Ish va kasb bo‘yicha yordam — 12%;

4)     Tarjima va tillar — 10%.

  1. Yoshlar SI’ni o‘rganishni xohlaydigan asosiy formatlar:

1)     54% masofaviy o‘qishni tanlaydi: 30% — onlayn kurslar, 24% — video darslar;

2)     Jonli oflayn mashg‘ulotlarni atigi 18% tanlagan;

3)     Yana 10% kitoblar va maqolalarni afzal ko‘radi.

  1. “One Million Prompters” o‘quv kursi haqida xabardorlik juda past: respondentlarning 77%i dastur haqida umuman eshitmagan. Yana 15% eshitganini, biroq juda kam ma’lumotga ega ekanini bildirgan.

 























































SAVOLLAR TAHLILI

1.    SI haqida bilasizmi va uni qanchalik tez-tez ishlatasiz?

Qizlar va yigitlar orasida SI foydalanish deyarli bir xil. Qizlarning 39%i va yigitlarning 40%i SI’dan har kuni foydalanadi. Haftasiga bir necha marta foydalanadiganlar orasida ham o‘xshash holat kuzatiladi: qizlarda 31%, yigitlarda 32%. Kichik farqlar faqat SI’dan umuman foydalanmaydiganlar orasida ko‘rinadi — qizlar orasida bundaylar 12%, yigitlarda esa 8%. Bu gender omili SI bilan tanishlik va undan foydalanish darajasiga deyarli ta’sir qilmasligini ko‘rsatadi: har ikki guruh texnologiyalar bilan yuqori darajada tanish va faol foydalanmoqda.

Eng faol foydalanuvchilar — o‘smirlar va yoshlar. SI’dan har kuni foydalanadiganlar ulushi 0–14 yoshdagi bolalar orasida 44%, 15–19 yoshdagilar orasida 48% va 20–24 yosh guruhida 42%ni tashkil etadi. 25 yoshdan katta guruhlarda esa kundalik foydalanish pasayadi: 25–30 yoshda 25%, 31–34 yoshda 23% va 35+ yoshdagilar orasida 26%. Shu bilan birga, SI haqida eshitgan, ammo undan foydalanmaydiganlar ulushi ham yosh oshgani sari ko‘payadi: yosh guruhlarda 7–8% bo‘lsa, 25 yoshdan kattalarda bu ko‘rsatkich 16–22%gacha yetadi. Demak, respondentlar yoshi kattalashgani sari SI’dan kamroq foydalanadi va ko‘proq umumiy tanishlik darajasida qoladi.

Hududlar kesimida ham SI’dan foydalanish bo‘yicha sezilarli farqlar mavjud bo‘lib, bu raqamli faollik darajalarining turlicha ekanini ko‘rsatadi. SI’dan kundalik foydalanish eng yuqori darajada Navoiy viloyatida (50%), shuningdek Andijon viloyati va Toshkent shahrida (har ikkisida 46%) qayd etilgan. Bu hududlarda raqamli texnologiyalarga jalb etilish yuqori ekanini ko‘rsatadi. Boshqa hududlarda kundalik foydalanish pastroq: masalan, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida bu ko‘rsatkich 31%ni tashkil etadi, mamlakat bo‘yicha o‘rtacha daraja esa 39%.Sirdaryo viloyatida esa SI’dan foydalanish ko‘proq haftasiga bir necha marta amalga oshiriladi — 47%, bu ushbu toifada eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Shu bilan birga, ayrim hududlarda SI haqida biladigan, ammo undan foydalanmaydiganlar ulushi ancha yuqori. Xususan, Toshkent viloyatida (15%), Surxondaryo viloyatida (13%) va Qoraqalpog‘istonda (11%) bu ko‘rsatkichlar mamlakat bo‘yicha o‘rtacha 9%dan yuqori. SI bilan umuman tanish bo‘lmaganlar ulushi ham hududlar bo‘yicha farqlanadi: Qoraqalpog‘istonda (14%), Qashqadaryo viloyatida (13%) va Xorazm viloyatida (12%) bu ko‘rsatkich yuqori, Toshkent shahrida esa eng past — atigi 5%.

 

2.    SI ni HOZIRDA ko‘proq qaysi maqsadda ishlatasiz?

SI foydalanish maqsadlari qizlar va yigitlar orasida sezilarli darajada farqlanadi. Qizlar SI’dan o‘qish va tadqiqotlar uchun ancha ko‘proq foydalanadi — 53%, yigitlarda esa bu ko‘rsatkich pastroq — 35%. Bunga qarama-qarshi ravishda, yigitlar SI’ni ish va ijodiy faoliyatda faolroq qo‘llaydi (17%), qizlar orasida esa bu ulush atigi 4%. Hayotiy maslahatlar olish ham yigitlar orasida biroz ko‘proq uchraydi (6%), qizlarda esa 4%.

Shu bilan birga, SI’dan “barcha yo‘nalishlarda birdek” foydalanadiganlar ulushi deyarli teng: qizlarda 25%, yigitlarda 26%. Bu toifa har ikki guruhda ham ikkinchi eng ommabop variant hisoblanadi. Qolgan yo‘nalishlarda farqlar minimal.

Yosh bo‘yicha farqlar yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Eng yosh guruhlarda (0–14 va 15–19 yosh) SI’dan asosan o‘qish uchun foydalanish ustun — mos ravishda 56% va 58%. 20–24 yosh guruhida bu ko‘rsatkich 39%gacha pasayadi, 25–30 yoshdagilar orasida esa 27%ni tashkil etadi. Shu bilan birga, ish va ijod yo‘nalishidagi foydalanish ortib boradi: 25–30 yosh guruhida 22%, 31–34 yoshdagilar orasida esa 24%.

Katta yoshdagi respondentlar SI’dan hayotiy maslahatlar olish uchun ham ko‘proq foydalanadi: 25–30 va 35+ yosh guruhlarida bu ko‘rsatkich 9%ni tashkil etsa, o‘smirlar orasida atigi 2–3%. “Hammasida teng” varianti yosh oshgani sari ko‘payib boradi va 20–24 yosh guruhida 32%, 31–34 yoshda esa 28%ga yetadi. Bu texnologiyalardan foydalanishda yanada keng va kompleks yondashuv shakllanayotganini ko‘rsatadi. Umuman olganda, yosh ishtirokchilar SI’dan asosan o‘qish uchun, kattaroq yoshdagilar esa ish, ijod va shaxsiy masalalarni hal etish uchun foydalanmoqda.

 

Hududiy kesim SI’dan foydalanish maqsadlarida sezilarli farqlarni ko‘rsatadi. Aksariyat viloyatlarda o‘qish birinchi o‘rinda turadi — ayniqsa Jizzax, Namangan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida bu ko‘rsatkich 48–52%gacha yetadi. Ayrim hududlarda esa SI’dan bir vaqtning o‘zida turli vazifalarda foydalanish yuqori ulushni egallaydi — masalan, Navoiy, Andijon va Toshkent viloyatlarida.

Ba’zi hududlarda o‘ziga xos jihatlar kuzatiladi: Sirdaryo viloyatida hayotiy maslahatlar olish uchun SI’dan foydalanish ulushi yuqoriroq. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida esa SI ko‘proq ish va ijodiy faoliyatda qo‘llanadi. Xorazm va Qoraqalpog‘istonda esa o‘qish bilan bir qatorda, SI kundalik masalalarni hal qilish va maslahatlar izlash uchun ham sezilarli darajada ishlatiladi.

 

 

3.    Qaysi SI dastur yoki servislaridan foydalanasiz?

SI servislaridan foydalanish barcha guruhlarda ChatGPT’ning yaqqol ustunligini ko‘rsatadi. Gender kesimida qizlarning 80%i va yigitlarning 69%i ChatGPT’dan foydalanadi, bu uni eng mashhur vositaga aylantiradi. Yigitlar bir vaqtning o‘zida bir nechta servisdan foydalanishni biroz ko‘proq tanlagan — 14% (qizlarda 8%). Shuningdek, yigitlar orasida Google Gemini’dan foydalanish ulushi biroz yuqoriroq (7% — qizlarda 5%), Deepseek’da ham xuddi shunday holat kuzatiladi (2% — qizlarda 1%). Qizlar esa asosan bitta servis — ChatGPT bilan cheklanadi. Hech bir SI servisidan foydalanmaydiganlar ulushi har ikki guruhda ham past: qizlarda 2%, yigitlarda 3%.

ChatGPT barcha yosh guruhlarida yetakchi bo‘lib qolmoqda, biroq yosh oshgani sari undan foydalanish darajasi pasayadi: 15–19 yoshdagi o‘smirlar va 20–24 yoshdagi yoshlar orasida 78% bo‘lsa, 35+ yosh guruhida bu ko‘rsatkich 59%gacha tushadi. Google Gemini’ga qiziqish esa kattaroq yosh guruhlarida ortadi: 25–30 yoshda 12%, 31–34 yoshda 10% bo‘lib, bu yoshlar orasidagi ko‘rsatkichlardan yuqori. E’tiborlisi, eng yosh ishtirokchilar (0–14 yosh) YandexGPT/ Alisa’dan boshqalarga nisbatan ko‘proq foydalanadi (8%).

“Barcha servislarni birgalikda ishlataman” deganlar ulushi barcha yosh guruhlarida 10–12% atrofida saqlanib qolmoqda. SI’dan umuman foydalanmaydiganlar ulushi esa yosh oshgani sari ortadi: yoshlar orasida 1–2% bo‘lsa, 35+ guruhida 10%ga yetadi. Bu holat yoshlar uchun texnologiyalarning qulayligi, kattalarda esa SI’ga nisbatan ehtiyotkorlik yoki yangi texnologiyalarni qo‘llash odati yetarli darajada shakllanmaganini ko‘rsatishi mumkin.

Hududlar kesimida deyarli bir xil va barqaror manzara kuzatiladi: barcha hududlarda mutlaq yetakchiChatGPT bolib, undan foydalanish 61%dan 80%gacha ozgaradi. Ayniqsa, Buxoro va Jizzax viloyatlarida hamda Qoraqalpogistonda ChatGPTdan foydalanish darajasi yuqoritaxminan 80%.

Google Gemini va YandexGPT servislaridan foydalanish ancha kam uchraydi va koproq Namangan hamda Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan. Tasvirlar yaratishga mo‘ljallangan generativ modellar (Midjourney, DALL·E)dan foydalanish esa deyarli barcha hududlarda minimal darajada qolmoqda.

 

4.    SI javoblariga qanchalik ishonasiz?

Qizlar va yigitlar orasida SI javoblariga bo‘lgan ishonch o‘xshash tarzda taqsimlangan. Har ikki guruhda ham eng ko‘p tanlangan variant — qisman ishonch (60–70%) bo‘lib, qizlarning 49%i va yigitlarning 55%i shu javobni bergan. Yuqori darajadagi ishonch (80–90%) ham deyarli teng: qizlarda 27%, yigitlarda 23%.

SI’ga to‘liq ishonadiganlar soni kam — qizlar orasida 5%, yigitlarda esa 3%. 50%dan past ishonch darajasi har ikki guruhda bir xil — 6%. Yigitlar qizlarga nisbatan biroz ko‘proq to‘liq ishonmasligini bildirgan (3% — qizlarda 1%). Umuman olganda, gender farqlari minimal: aksariyat respondentlar o‘zini o‘rtacha darajada ishonadiganlar toifasiga kiritadi, keskin pozitsiyalarni esa juda ozchilik egallaydi.


Yosh bo‘yicha farqlar esa ancha yaqqol namoyon bo‘ladi. Eng yuqori to‘liq ishonch darajasi 0–14 yoshdagi bolalar orasida qayd etilgan — 12%, bu boshqa barcha yosh guruhlariga nisbatan ancha yuqori. Aksincha, 31–34 yosh guruhida to‘liq ishonch eng past — 2%, aynan shu guruhda ishonmaslik (6%) va shubhalanish (10%) ko‘rsatkichlari eng yuqori.

15–24 yoshdagi respondentlar eng ko‘p qisman ishonch toifasiga kiradi — 52–53%, shubhalanuvchilar ulushi esa 10–12% atrofida barqaror. 25–30 va 35+ yoshdagi respondentlar orasida past ishonch (50%dan past) darajasi oshadi — 6–9%, bu o‘smirlarga nisbatan yuqoriroq. Shunday qilib, yosh ishtirokchilar SI’ga ko‘proq ishonishga moyil bo‘lsa, kattalar ehtiyotkorroq bo‘lib, SI’ga kamroq ishonadi.

Hududlar kesimida ham umumiy manzara nisbatan bir xil: aksariyat viloyatlarda respondentlar orasida SI’ga nisbatan qisman ishonch ustun (50–57%). Eng yuqori to‘liq ishonch Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida qayd etilgan (6–7%).

Yuqori darajadagi ishonch (80–90%) Xorazm, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida ko‘proq uchraydi — bu hududlarda ko‘rsatkich 29–32%ga yetadi. Shu bilan birga, ayrim hududlarda shubhalanish darajasi yuqoriroq: masalan, Sirdaryo viloyatida shubhalanayotganlar ulushi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori (16%), shuningdek, 50%dan past ishonch bildirganlar ulushi ham sezilarli.

 

5.     SI bo‘yicha bilimlaringizni qanday baholaysiz?

So‘rovda qatnashgan qizlar va yigitlarning SI bo‘yicha bilimlarini baholashi umuman olganda o‘xshash. Qizlarning 15%i va yigitlarning 13%i o‘z bilimlarini «a’lo» deb hisoblaydi, respondentlarning katta qismi esa o‘zini «yaxshi» darajada baholaydi — qizlarda 42%, yigitlarda 38%. Har ikki guruhda ham taxminan uchdan bir qismi bilimlarini «o‘rtacha» deb ko‘rsatgan. SI bo‘yicha umuman bilimga ega bo‘lmaganlar ulushi juda past — atigi 4%.

Yosh kesimida farqlar ancha yaqqol namoyon bo‘ladi. Eng yuqori baholarni o‘ziga o‘smirlar beradi: 0–14 va 15–19 yosh guruhlarida 18% respondent o‘z bilimlarini «a’lo» deb hisoblaydi, «yaxshi» darajani esa 40–44% tanlagan. 20–24 yosh guruhida ham ishonch yuqori bo‘lib qoladi, biroq bu yerda «o‘rtacha» darajadagi baholar ulushi oshib, 39%ga yetadi.

25 yoshdan keyin ko‘rsatkichlar pasaya boshlaydi: 25–34 yosh oralig‘ida «a’lo» degan bahoni atigi 7% tanlaydi, «o‘rtacha» esa asosiy bahoga aylanadi — 31–34 yosh guruhida 47%gacha yetadi. Kattaroq yoshdagi respondentlar (35+) orasida bilimlarini sust deb hisoblaydiganlar (13%) yoki umuman bilimga ega emasligini aytganlar (6%) ulushi yuqoriroq. Bu holat yoshlar o‘zini ishonchliroq his qilishi, kattalar esa bilimlarini tanqidiyroq baholashini ko‘rsatadi.

Hududlar kesimida eng ishonchli baholar Toshkent shahridagi respondentlar orasida kuzatiladi (18% — «alo»), shuningdek Qoraqalpogiston (17%), Toshkent viloyati (16%) va Andijon viloyatida (16%). Aksariyat boshqa hududlarda «alo» bahosi 10–15% oraligida. Sirdaryo viloyati bundan mustasno bolib, bu yerda «alo» bahosi umuman qayd etilmagan, aksincha «ortacha» daraja ustun — 56%, bu mamlakat boyicha eng yuqori korsatkichdir.

Bilimlarini «yomon» deb baholaganlar ulushi Buxoro viloyatida (12%), shuningdek 31–34 yosh guruhida va Samarqand viloyatida (9%) nisbatan yuqori. Ayrim hududlarda SI boyicha umuman bilimga ega bolmaganlar ulushi ham yuqoriroqNamangan va Qashqadaryo viloyatlarida 7–8%.

 

6.    SI dan eng ko‘p nimadan qo‘rqasiz?

SI rivoji bilan bog‘liq xavotirlar qizlar va yigitlar orasida sezilarli darajada farqlanadi. Qizlar eng avvalo tafakkurning susayishi, ya’ni aqlning “erinchoqlashuvi”dan xavotirda — 24%, shuningdek shaxsiy ma’lumotlar va maxfiylik buzilishidan qo‘rqish darajasi ham yuqori — 21%. Yigitlarda esa manzara biroz boshqacha: ular ko‘proq xatolar va aldovlardan (12%), shuningdek insoniyat uchun umumiy xavflardan (10%) qo‘rqadi, bu ko‘rsatkichlar qizlarga nisbatan biroz yuqoriroq.

Ish o‘rinlarining yo‘qolishidan qo‘rquv deyarli bir xil darajada uchraydi — qizlarda 8%, yigitlarda 10%. Shu bilan birga, yigitlar orasida “hech narsadan qo‘rqmayman” deganlar ko‘proq (9%), qizlarda esa bu ulush pastroq — 5%. Umuman olganda, har ikki guruhni eng ko‘p tashvishga solayotgan omillar — SI’ning tafakkurga ta’siri, maxfiylik va xavfsizlik masalalaridir.

14 yoshgacha bolgan respondentlarda xatolar va aldovlardan qorquv (17%), shuningdek maxfiylik buzilishi (17%) kuchliroq bolib, bu notogri axborot xavfiga sezgirlikni aks ettiradi. 15–24 yoshdagi ishtirokchilar orasida esa asosan shaxsiy malumotlar xavfsizligi (19–20%) va tafakkur susayishi bilan bogliq xavotirlar ustun. Ayniqsa, 20–24 yosh guruhida tafakkur susayishidan qorquv 28%ga yetib, barcha yosh guruhlari orasida eng yuqori korsatkichni tashkil etadi.

25–34 yoshdagi respondentlarda xavotirlar yanada rang-baranglashadi: maxfiylik buzilishi (14–18%) bilan bir qatorda insoniyat uchun umumiy xavflar borasidagi tashvishlar ham ortadi14–16%gacha. 35 yoshdan kattalarda esa manipulyatsiya (13%) va global xavflar (16%)dan qo‘rquv kuchayadi. Qiziqarli jihati shundaki, kattalar orasida “hech narsadan qo‘rqmayman” deganlar ulushi yuqoriroq: 31–34 yoshda 14%, 35+ guruhida esa 15%. Bu ko‘rsatkich o‘smirlarga nisbatan ancha baland.

 

Hududlar kesimida qaralganda, deyarli barcha viloyatlarda eng keng tarqalgan xavotir — tafakkur va aqlning susayishi bo‘lib qolmoqda. Bu ko‘rsatkich Xorazm va Andijon viloyatlarida ayniqsa yuqori — mos ravishda 31% va 26%gacha. Ikkinchi eng ko‘p uchraydigan qo‘rquv — shaxsiy ma’lumotlar va maxfiylik buzilishi bo‘lib, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida bu ko‘rsatkich 20%dan yuqori.

Xatolar va aldovlardan qo‘rquv Buxoro, Jizzax va Navoiy viloyatlarida ayniqsa yaqqol ifodalangan. Ayrim hududlarda (Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm) texnologiyalarga qaramlik bilan bog‘liq xavotirlar ham sezilarli. Hech narsadan qo‘rqmaydiganlar ulushi umumiy hisobda kichik bo‘lsa-da, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida o‘rtacha ko‘rsatkichdan biroz yuqoriroq.

 

7.    Hozirda SI o‘qituvchilarni o’rnini almashtira oladimi?

Qizlar va yigitlar orasida SI o‘qituvchilarni almashtira olishi haqidagi fikrlar deyarli bir xil taqsimlangan. Bunday imkoniyatga to‘liq ishonadiganlar juda kam — qizlarda 6%, yigitlarda 5%. Har uchinchi respondent SI o‘qituvchilarni faqat qisman almashtira oladi, deb hisoblaydi — har ikki guruhda ham 32%.

Shu bilan birga, yigitlar SI hozircha o‘qituvchilarni almashtira olmaydi, deb ko‘proq aytgan (40%), qizlarda esa bu ko‘rsatkich 34%. Qizlar biroz ko‘proq SI hech qachon o‘qituvchilarni almashtira olmaydi, degan fikrni bildirgan — 23%, yigitlarda esa 19%. Umuman olganda, har ikki guruh ehtiyotkorona pozitsiyada: ular qisman almashtirish imkonini tan olsa-da, to‘liq o‘rin bosishga ishonmaydi.

 

 

Yosh bo‘yicha farqlar yanada yaqqolroq ko‘rinadi. 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida SI o‘qituvchilarni to‘liq almashtira oladi, deb hisoblovchilar eng ko‘p — 10%, bu barcha boshqa yosh guruhlaridan yuqori. 15–24 yoshdagi respondentlar esa ko‘proq qisman almashtirish variantiga moyil (31–34%), biroq ayni paytda SI hali yetarli darajada rivojlanmagan, degan fikr ham kuchayadi: 20–24 yosh guruhida bu ko‘rsatkich 40%, 25–30 yoshda esa 43% bo‘lib, eng yuqori darajani tashkil etadi.

31 yoshdan kattalarda “hech qachon almashtira olmaydi” degan pozitsiya kuchayadi: 31–34 yosh guruhida 27%, 35+ yoshda esa 24%. Demak, yosh respondentlar qisman almashtirish g‘oyasiga ochiqroq, bolalar to‘liq almashtirish ehtimolini ko‘proq tan oladi, kattalar esa ko‘proq shubha bilan qarab, o‘qituvchining o‘rni beqiyos ekaniga ishonadi.

Hududlar kesimida ham fikrlar turlicha. Aksariyat viloyatlarda respondentlar SI hozircha o‘qituvchilarni almashtira olmaydi, degan fikrga ko‘proq qo‘shiladi va bu ko‘rsatkich 32%dan 45%gacha o‘zgaradi. Qisman almashtirish g‘oyasiga eng yuqori ishonch Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida qayd etilgan — taxminan 40%.

Eng skeptik qarashlar Jizzax, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida kuzatiladi — bu hududlarda SI hech qachon o‘qituvchini almashtira olmaydi, deb hisoblovchilar ulushi ancha yuqori. Qiziqarli jihati shundaki, Qashqadaryo viloyati, Qoraqalpog‘iston va Toshkent viloyatida SI o‘qituvchilarni to‘liq almashtirishi mumkinligini tan oluvchilar ulushi nisbatan yuqori (8–12%), bu esa mamlakat bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichdir.


8.    Qaysi sohada Siz yaqin KELAJAKDA SI dan eng ko‘p yordam olishni xohlaysiz?

SI yaqin kelajakda eng ko‘p o‘qish va ta’lim sohasida yordam olishni istaydi — 28%. Yigitlar orasida bu ko‘rsatkich pastroq — 21%. Biroq yigitlar SI’dan ish va kasb sohasida (13% — qizlarda 10%) hamda biznesda (9% — qizlarda 6%) ko‘proq yordam kutmoqda.

Ma’lumot izlash har ikki guruh uchun ham muhim bo‘lib qolmoqda, biroq yigitlar orasida bu ehtiyoj kuchliroq — 25%, qizlarda esa 21%. Tillar va tarjima yo‘nalishiga qiziqish qizlar orasida biroz yuqoriroq (11%), yigitlarda esa 8%. Umuman olganda, qizlar ko‘proq ta’lim va tillar bilan bog‘liq yo‘nalishlarni tanlasa, yigitlar ish, biznes va ma’lumot izlash sohalariga ustuvorlik beradi.

 

14 yoshgacha bolgan bolalar SIdan eng kop oqishda yordam olishni xohlaydi — 37%, bu ularning asosiy faoliyati talim ekanini aks ettiradi. 15–19 yosh guruhida ham bu ustuvorlik saqlanib qoladi (30%), biroq asta-sekin kamayib boradi.

25 yoshdan keyin esa asosiy ehtiyoj malumot izlashga kochadi — 28–31%. Bu holat kattalarning ish va kundalik ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Yosh oshgani sari professional yordamga bo‘lgan ehtiyoj ham ortadi: 31–34 yosh guruhida 18% respondent SI’dan ish sohasida yordam olishni istaydi, bu eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Biznesga qiziqish ham kattalar orasida kuchliroq — 31–34 yoshda 12%gacha. Sog‘liq va psixologik yordamga ehtiyoj ham yosh o‘tishi bilan ortadi: o‘smirlar orasida 0–4% bo‘lsa, 35+ yosh guruhida 6%ga yetadi. Demak, yoshlar asosan ta’limga, kattalar esa professional, axborot va hayotiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj.

 

Hududlar kesimida umumiy manzara o‘xshash bo‘lib qolmoqda: aksariyat viloyatlarda asosiy ehtiyoj — ta’lim va ma’lumot izlash. Biroq bu yo‘nalishlarning kuchi hududlarga qarab farqlanadi. Ta’lim bo‘yicha eng yuqori talab Jizzax (32%), Toshkent (30%) va Andijon (27%) viloyatlarida qayd etilgan. Shuningdek, professional sohada yordam olish ham muhim yo‘nalish bo‘lib, ayniqsa Buxoro, Samarqand va Namangan viloyatlarida yaqqol ko‘rinadi.

Biznes va tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqish barcha hududlarda barqaror, ammo Farg‘ona, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida ayniqsa yuqori. Dasturlash va IT bo‘yicha yordam Surxondaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida ko‘proq talab qilinadi. Psixologik yordam va sog‘liq yo‘nalishi ikkinchi darajali bo‘lsa-da, baribir muhim hisoblanadi — ayniqsa Navoiy viloyati, Qoraqalpog‘iston va Buxoro viloyatlarida. Ko‘ngilocharlik va o‘yinlar esa barcha hududlarda past talabga ega.

 

9.    Agar imkoniyat bo‘lsa, sun’iy intellekt haqida qaysi formatda o‘qishni xohlardingiz?

SI haqida organish formatlariga bolgan qiziqish qizlar va yigitlar orasida biroz farq qiladi, biroq asosiy ustuvorliklar oxshash. Har ikki guruhda ham onlayn kurslar birinchi o‘rinda turadi — qizlarda 29%, yigitlarda 30%. Shu bilan birga, yigitlar video darslarni ko‘proq tanlaydi — 26%, qizlar orasida esa bu ko‘rsatkich 19%.

Qizlar jonli mashg‘ulotlarni biroz ko‘proq afzal ko‘radi — 20%, yigitlarda esa 17%. O‘yinlar va kvestlarga qiziqish har ikki guruhda ham o‘rtacha darajada: qizlarda 8%, yigitlarda 6%. SI haqida umuman o‘rganishni xohlamaydiganlar ulushi deyarli teng — 8–9%.

Yosh bo‘yicha farqlar yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. 14–19 yoshdagi bolalar va o‘smirlar onlayn kurslarni (28–30%) va jonli mashg‘ulotlarni (19–21%) ko‘proq tanlaydi, shuningdek o‘yin formatlariga qiziqish ham yuqoriroq — 9%gacha.

20–24 yoshdagi respondentlar hamon onlayn kurslarga (33%) va video darslarga (23%) ustuvorlik beradi, biroq jonli mashg‘ulotlarni kamroq tanlaydi (14%). 25–30 yosh guruhi esa video darslarga eng yuqori talabni ko‘rsatadi — 35%, bu format aynan ular uchun asosiy hisoblanadi.

31 yoshdan katta respondentlar orasida onlayn kurslar yana eng afzal formatga aylanadi (28–35%). Yosh oshgani sari SI haqida o‘rganishni xohlamaydiganlar ulushi ham biroz ortadi — 35+ yosh guruhida 11%gacha.

Hududlar kesimida barcha viloyatlarda yetakchi format — onlayn kurslar (o‘rtacha 30%). Ayniqsa Toshkent viloyati (40%), Samarqand viloyati (37%) va Andijon (35%) hududlarida bu ko‘rsatkich yuqori. Ikkinchi o‘rinda video darslar turadi (23%), ular ayniqsa Xorazm (29%), Buxoro (29%) va Surxondaryo (27%) viloyatlarida mashhur.

O‘yin va kvest formatlarini 7% respondent tanlagan bo‘lsa-da, Jizzax viloyatida (15%) va Surxondaryoda (11%) bu formatga qiziqish yuqoriroq. Jonli mashg‘ulotlar (18%) eng ko‘p Sirdaryo (27%), Buxoro (20%) va Farg‘ona (20%) viloyatlarida talabgir.

Kitoblar va maqolalar formatini 9% respondent tanlagan, eng yuqori ko‘rsatkichlar Surxondaryo (13%) va Qashqadaryo (13%) viloyatlarida qayd etilgan. SI haqida o‘rganishga qiziqmaslik umumiy hisobda 9%ni tashkil etsa-da, Namangan (14%) va Xorazm (11%) viloyatlarida bu ko‘rsatkich sezilarli darajada yuqori.

 

10. Prezident tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “One Million Prompters” (“Bir million sun’iy intellekt yetakchilari”) o’quv kursi haqida eshitganmisiz?

Prezident tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “One Million Prompters” (“Bir million sun’iy intellekt yetakchilari”) o‘quv kursi haqida xabardorlik qizlar va yigitlar orasida biroz farq qiladi, biroq umumiy tendensiya bir xil — respondentlarning aksariyati bu kurs haqida eshitmagan.

Qizlar orasida 44% kurs haqida umuman bilmasligini, yana 39% esa bu haqda birinchi marta eshitayotganini aytgan. Yigitlarda bu ko‘rsatkichlar biroz pastroq — mos ravishda 37% va 36%, bu esa yigitlar orasida xabardorlik biroz yuqoriroq ekanini ko‘rsatadi. Shuningdek, yigitlar ko‘proq “eshitganman, lekin kam bilaman” variantini tanlagan — 18%, qizlarda esa bu ko‘rsatkich 11%. Umuman olganda, gender bo‘yicha farqlar katta emas, biroq yigitlar kurs haqida biroz ko‘proq eshitgan.

Yosh boyicha kesimda farqlar yanada yaqqolroq. Eng yuqori xabardorlik 14 yoshgacha bolgan bolalar orasida kuzatiladi: ularning 11%i kursni yaxshi bilishini, yana 16%i esa eshitganini aytgan. Shunga qaramay, bu guruhda ham 44% kurs haqida birinchi marta eshitayotganini bildirgan.

15–24 yoshdagi respondentlar orasida xabardorlik barqaror past darajada: taxminan 36–39% birinchi marta eshitganini, 40–41% esa umuman eshitmaganini aytgan. Eng past xabardorlik 35 yoshdan katta respondentlar orasida qayd etilgan — ularning 46%i kurs haqida hech qachon eshitmagan, bu eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Demak, yoshlar orasida xabardorlik biroz yuqoriroq bo‘lsa-da, umuman olganda barcha yosh guruhlarida kurs haqidagi tasavvur juda cheklangan, amaliy ishtirok esa juda kam.

Hududlar kesimida ham “One Million Prompters” kursi haqida xabardorlik deyarli barcha joylarda past bo‘lib qolmoqda, biroq ayrim farqlar mavjud. Eng xabardor respondentlar Xorazm viloyatida (12% kursni yaxshi biladi), Surxondaryo (11%) va Namangan viloyatlarida (10%) qayd etilgan — bu eng yuqori ko‘rsatkichlardir. Eng past xabardorlik esa Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Toshkent shahrida kuzatiladi — bu hududlarda kurs haqida biladiganlar atigi 3%.

Umuman olganda, manzara shuni ko‘rsatadiki: kurs haqida eshitganlar kam, uni yaxshi biladiganlar esa juda oz, faol ishtirok esa istisno holat bo‘lib qolmoqda.


MA’LUMOT:

“One Million Prompters” – bu o’quv dasturi  Raqamli texnologiyalar vazirligi, Dubai AI Center va Dubai Future Foundation hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan.

Dastur ishtirokchilarni sun’iy intellekt bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga, jumladan generativ AI va prompt engineering (so‘rovlar yaratish)ga o‘rgatadi. Ta’lim AI Study platformasi orqali bepul olib boriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://omp.aistudy.uz/

 

Eslatma: So‘rovlar natijasida olingan ma’lumotlar UNICEFning fikrini ifodalamaydi, ular reprezentativ emas va ushbu U-Report so‘rovnomasida ishtirok etgan respondentlarning fikrlarini aks ettiradi.

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo