Yevropa va
Markaziy Osiyodagi 45 ta davlat 2006 yildan buyon OPV (odam papilloma virusi)
vaksinasini taqdim etdi. OPVga qarshi emlanish ko’lamini oshirishga
qaratilgan sa'y-harakatlarga qaramay, mintaqaning bir nechta mamlakatlarida
hali ham bu ko’rsatkichlar past. 2019 yildan boshlab O'zbekiston 9 yoshli
qizlar orasida OPV vaksinatsiyasini joriy etdi.
So'rovning
maqsadi: • Yoshlarning OPV vaksinatsiyasi haqida
xabardorligini va ularning emlash qarorlarini qabul qilishda tutgan o'rni
to'g'risida tasavvurlarini baholash; • OPV vaksinasini olish istaklarini baholash • OPV vaksinatsiyasi uchun mavjud
to'siqlarni aniqlash.
Maʼlumotlar
ishlatilishi: immunizatsiya va OPV vaksinatsiyasini
ko’lamini koʻpaytirish uchun yechimlar va xabarlarni, shu jumladan U-Report
chatboti uchun, ishlab chiqishda qoʻllaniladi.
So’rov geografiyasi: O'zbekiston Respublikasi Respondentlar soni: 2200
dan ortiq U-Report
foydalanuvchilari. Tahlil faqat qizlarning javoblari tahlili asosida taqdim
etiladi (63%). |
SO'ROVNING ASOSIY NATIJALARI: 1.
Soʻrov ishtirokchilarining aksariyati (66%) OPV (inson
papilloma virusi) vaksinasi haqida eshitmagan. Faqat 28% ijobiy javob berdi.
2.
OPV vaksinasi respondentlarning
sog'lig'i uchun qanchalik muhim deb o’ylashlarini so'raganda, quyidagi
natijalar olindi: 1) 44% sog'liq uchun bir qancha muhim deb hisoblaydi 2) 42% OPV vaksinasi
haqida bilmaydi 3) 8% bu "juda
muhim" ekanligini aytdi 4)
Faqat 6% foydasiz deb javob berdi. 3. Qizlarning 3 tadan biri (32%) OPV vaksinasini olishni rejalashtirmayapman
deb javob bergan. Yana 42% OPVga qarshi emlanishiga hali ishonchi komil
emasligini aytdi. 4. Qiz respondentlarning faqat 22 foizi OPVga qarshi emlash
rejalari haqida "ha" deb javob berdi. Shu bilan birga, ushbu
javobni 26+ yoshdagi (25%) qizlar ko'proq tanladilar, 13-26 yoshlilarga (18%)
qaraganda. 5.
Respondentlarning 57 foizi OPV vaksinasini
olish yoki olmaslik qaroriga ta'sir qilishi mumkinligiga ishonishadi. Faqat 17%
bu savolga "yo'q" deb javob berdi. 6. Soʻrovnoma
oʻtkazilgan qizlarning aksariyati (79%) hech qachon OPVga qarshi vaksinatsiya qilish bo’yicha hech kimdan tavsiya
olmaganini aytishdi. 7. Ayol
respondentlarning OPV vaksinasini hali olmaganligining eng top 4 sabablaridan: 1) OPV vaksinasi
haqida ma'lumot yetishmasligi (38%) 2)
Nojo’ya
ta'siridan qo'rqish (31%) 3)
Qayerdan olishni bilmasligi (30%) 4) Reproduktiv
salomatlikka ta'sir qilishi mumkinligidan qo'rqish (12%). |
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun U-Report Uzbekistan
(ureport.in) havolasiga o’ting.
Izoh: So'rovlardan olingan ma'lumotlar
UNICEF fikrini ifodalamaydi, reprezentativ ma'lumot emas va ushbu U-Report
so'rovida ishtirok etgan respondentlarning fikrini aks ettiradi.