Kirish imtihonlari 2023 yilda shaffof
o‘tdimi? |
|
|
|
U-REPORT Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Bilimni baholash
agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda
so’rovnoma o’tkazdi.
Maqsad: Yoshlarning oliy ta’lim muassasalari
(OTM) bakalavriatiga kirish imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazishda shaffoflik
darajasi haqida fikrlarini o‘rganish.
Olingan natijalar
OTMlarga kirish imtihonlarini tashkil etish bo'yicha korrupsiyaga qarshi mavjud dasturlarni
takomillashtirishga yordam beradi.
So’rovnoma miqyosi: O’zbekiston Respublikasi
So’rovnoma
qatnashchilari soni: U-REPORTning taxminan 3500
nafar foydalanuvchilari so’rovga javob berdi.
MA’LUMOT: Bilimni
baholash agentligi (BBA oldingi DTM) – davlat OTMlarining bakalavriat ta’lim
yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazishga mas’ul. Mutaxassislik
fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihonlar esa OTMlar tomonidan o‘tkaziladi. Faqat
8 ta OTMga kirishda chet tilidan ijodiy imtihonlarni BBA o‘tkazadi.
|
SO’ROVNOMANING
ASOSIY XULOSALARI:
1. U-Report respondentlari
abituriyent OTMlarga kirishda tayanishi lozim bo’lgan eng muhim 3 omil
sifatida quyidagi javoblarni tanlashdi (2022 yil natijalari bilan
solishtirganda ketma-ketlik o'zgarishsiz qoldi): 1)
Repetitorlar,
kurslardagi yordam (43%) (2022 yilda 50% bo’lgan); 2)
Maktabda olingan bilimlariga (28%); 3)
Omadiga
(8%) - bu javobni tanlagan qizlar (10%) soni yigitlarga (6%) nisbatan sal ko’proq.
2. So’rov
ishtirokchilarining 63% ning firkriga ko’ra, imtihonga kirishdagi
tekshiruvlar juda qattiq o’tkazildi (2022 da bu ko’rsatkich 60% bo’lgandi):
shpargalka, telefon, boshqa vositalar olib kirish yoki o’rniga boshqani
kiritish imkonsiz bo’ldi. Yana 19% ishtirokchilar – yaxshilab harakat qilsa
imkoni topsa bo’lardi degan fikrda (bu 2022 yilda 22%).
3. Qizlarning 88%i
(2022 yilda bu ko'rsatkich 10% ga kam edi - 78 foizni tashkil etgandi) imtihon
vaqtida kimdir shpargalka, telefon, boshqa vositalardan foydalanganiga shaxsan
guvoh bo’lmaganligini aytib o’tishgan, 82% yigitlar ham shunday javob
berishdi. 4. Faqat 7% ishtirokchilar imtihon vaqtida noqonuniy faoliyatga
(shpargalkalar, abituriyentga yordam, telefon va boshqalar) SHAXSAN guvoh
bo’lishganini tasdiqlashgan (2022 yilda bu ko‘rsatkich 9 foizni tashkil
etgan). 5. Ishtirokchilarning katta qismi (65%) joriy yilgi OTMlarga kirish imtihonlari ochiq va
shaffof bo‘ldi deb javob berishdi (2022 yilda bu
ko'rsatkich 68 foizni tashkil etgandi). Faqat 17% ishtirokchilar salbiy javob
berishgan. 6. OTM larga
imtihonlarni yanada shaffof bo’lishi uchun ishtirokchilar quyidagi 5 ta top
takliflarni berishgan: 1) Yoshlarning
imtihonlarga munosabatini o'zgartirish 20% (2022 yilda faqat 15% bu
variantni tanlagandi) 2) Qoida
buzganlarga nisbatan qattiqroq jazo (17%) 3)
Bitiruvchilar uchun yagona davlat imtihonini joriy etish (12%) 4) Fanlarni
sertifikatlash (11%) 5) Imtihonlarda
kameralar sonini oshirish (10%). 7. So’rovnoma
ishtirokchilari OTMlarga kirish imtihonlarini tashkil etish uchun eng
yahshi vaqt bu (natijalar 2022 yil bilan solishtirganda deyarli
o'zgarishsiz qoldi): 1)
Doimgidek
avgustda – 51%; 2)
Bir yilda bir necha marotaba – 34%; 3)
Iyulda – 9%, deb javob
berdi. |
Batafsilroq shu havoladan ma’lumotlarni
olish mumkin: https://uzbekistan.ureport.in/opinion/3528/
Izoh: Keltirilgan ma’lumotlar YUNISEFning fikrini aks ettirmaydi,
reprezentativ ma'lumot xisoblanmaydi. So’rov natijalari U-Reportning shu
so'rovida ishtirok etgan respondentlarning fikrlarini tahlilidir.