Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
OIV infeksiyasi haqida bilimlaringizni sinab ko’ring!

OIV infeksiyasi haqida bilimlaringizni sinab ko’ring!

 

U-Report O‘zbekistondagi UNAIDS bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida OIV haqida so‘rov o‘tkazdi.

 

So’rov maqsadi:  Yoshlarning OIV infeksiyasi va uning yuqish yo'llari haqida xabardorligini o’rganish.

 

So’rov natijalari O‘zbekistonda yoshlarni OIV infeksiyasidan xabardor qilish va oldini olish bo‘yicha dasturlar samaradorligini oshirish uchun qo’llaniladi.

 

So’rov geografiyasi:  O’zbekiston Respublikasi barcha hududlari.

 

Respondentlar soni: 12 725  U-Report foydalanuvchilari .

 

 

 

 

SO’ROVNING ASOSIY XULOSALARI:

 

1.      Respondentlarning 69%i OIV va OITS orasida farq borligini bilishini aytdi. 14% buni bilmasligini yoki hatto bunday atamalarni birinchi marta eshitishini tan oldi (4%).

 

2.      Respondentlarning 42%i OIVga qarshi davo bor, deb javob bergan.

 

3.      Respondentlarning 17%i OIV infeksiyasi bilan kasallangan odamni tashqi ko‘rinishiga qarab aniqlash mumkin, deb hisoblasa, yana 13%i bilmasligini aytib o’tgan.

 

4.      Respondentlarning 42%i OIV infeksiyasi qanday yuqishi haqidagi savolga aniq va to‘liq javob bera olmadi.

 

5.      Respondentlarning 72%i hech qachon OIV-test topshirmaganligini bildirdi.

Qizlar orasida hech qachon OIV testidan o'tmagan respondentlar soni nisbatan ko'proq (77%, yigitlar uchun 69%).

 

6.      Respondentlar hech qachon OIV testini topshirmaganlar soni bo’yicha eng top 4 ta hudud – Qoraqalpog’iston Respublikasi (85%), Namangan va Qashqadaryo viloyatlari (84%dan) va Navioy viloyati (83%).

 

7.      Respondentlarning 70%i OIV infeksiyasiga anonim tarzda “OITSga qarshi kurash markazining idoralarida” tekshirilishi mumkinligini to‘g‘ri ko‘rsatgan bo‘lsa, respondentlarning 15%i bunday testni qayerda topshirish mumkinligini bilmayman, deb javob bergan.

 

8.      Respondentlar OIV infeksiyasi haqida qaysi ma'lumot manbasiga ko'proq ishonishini bildirdi:

1)      57% tibbiyot xodimlari va shifokorlarga

2)      «Internet OAV» va «ota-ona» variantlari har biri – 10%dan to’plagan.

 

9.       Toshkent shahri va Toshkent viloyatida OIV infeksiyasi haqida xabardorlik darajasi boshqa viloyatlar bilan taqqoslaganda nisbatan yuqoriroq.

 





























O'zbekistonda UNAIDS bilan hamkorlikda o'tkazilgan so'rovda 12 725 U-Report foydalanuvchilari qatnashdi. So‘rovdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda yoshlarning OIV infeksiyasi haqida xabardorligi va oldini olish bo‘yicha dasturlar samaradorligini oshirish maqsadida yoshlarning OIV infeksiyasi va uning yuqish yo‘llari haqida xabardorligini o‘rganish bo‘lganligi sababli 35 yoshgacha bo‘lgan respondentlar tanlab olindi. Shunday qilib, ushbu so'rovda qatnashganlar soni 10 704 nafarni tashkil etdi.

Respondentlarning asosiy qismi Toshkent shahri (12%), Xorazm (11%) va Samarqand (10%) viloyatlariga to’g’ri keladi. So’rovda eng kam respondentlar Sirdaryo viloyatidan qatnashgan (3%).

Gender bo'yicha taqsimlanishiga ko’ra, so'rovda qatnashgan barcha respondentlarning 60% yigitlar va 40% qizlarni tashkil etdi.

 

 4235                                         6462

 (40%)                                                   (60%)

 

 

Respondentlarning aksariyati (69%) OIV va OITS turli tushunchalar ekanligini ko‘rsatib to‘g‘ri javobni tanladi. Respondentlarning 17%iga ko'ra, OIV va OITS bir narsa.

 Respondentlarning ko'pchiligi OIV va OITS bir xil narsa emasligini to'g'ri ta'kidlagan bo'lsa-da, gender nuqtai nazaridan, u yoki bu yo'nalishda aniq ustunlik bo'lmasa ham, ba'zi farqlar kuzatilishi mumkin. Masalan, qizlar (71%) yigitlarga (68%) qaraganda bu masaladan ko'proq xabardor ekanligini ta'kidlash mumkin.

OITS va OIV – bitta narsami?

Hudud

Ha       

Bilmayman

Yo’q

Bular o'zi nima?

Andijon viloyati

23

8

65

4

Buxoro viloyati

17

10

70

3

Farg’ona viloyati

20

8

69

3

Jizzax viloyati

19

11

66

4

Namangan viloyati

18

12

65

5

Navoiy viloyati

17

10

71

2

Qashqadaryo viloyati

18

12

64

6

Qoraqalpog’iston Respublikasi

19

13

62

6

Samarqand viloyati

19

11

66

4

Sirdaryo viloyati

22

10

64

4

Surxondaryo viloyati

17

10

68

5

Toshkent shahri

17

6

76

1

Toshkent viloyati

17

8

72

3

Xorazm viloyati

17

8

71

4

 

Hududlarni solishtiradigan bolsak, Andijon viloyatida respndentlarning deyarli tortdan bir qismi (23%) OIV va OITSni bir xil degan notogri fikrda bolsa, Fargona va Sirdaryo viloyatlarida ham bu javobni tanlaganlar korsatkichi yuqori (ortacha 21%dan). Shu bilan birga Toshkent shahrida 76% javob berganlar OIV va OITS turli ekanligini to’g’ri ko’rsatgan.

JAVOB: Yo'q.

-          OIV – bu inson immunitet tanqisligi virusi. U immunitet tizimini buzadi. Shu sababli, inson immuniteti infeksiya va kasalliklarga qarshi kurasha olmay qoladi.

 

-          OIV-infeksiyasi – OIV virusi sabab yuzaga keladigan surunkali kasallik.

 

Agar davolanmasa, OITS  – orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi rivojlanadi.

-          OITS – bu OIV infeksiyasi rivojlanishining oxirgi bosqichidir.

 

 


Respondentlarning 41%i OIV-infeksiyasiga davo borligini ko’rsatib to’g’ri javob berdilar va respondentlarning biroz ko’proq qismi (46%) davo yo’q deb xato hisoblashadi. Qayd etish joizki, respondentlarning 13%i bu savolga javobni bilmasligini aytishdi.


Sorov natijalari shuni korsatadiki, qizlarning 48%, yigitlarning 45% OIV infeksiyasini davolab bolmaydi degan fikrda. Bundan tashqari, bu savolga javob bilmaydigan yigitlar (14%) qizlarga (11%) qaraganda koproq.

OIV infeksiyasiga davo bormi?

Hudud

Ha

Bilmayman

Yo’q

Andijon viloyati

40

16

44

Buxoro viloyati

42

12

46

Farg’ona viloyati

38

14

48

Jizzax viloyati

41

14

45

Namangan viloyati

40

17

43

Navoiy viloyati

42

15

43

Qashqadaryo viloyati

43

17

40

Qoraqalpog’iston Respublikasi

40

16

44

Samarqand viloyati

37

16

47

Sirdaryo viloyati

41

13

46

Surxondaryo viloyati

36

19

45

Toshkent shahri

45

10

45

Toshkent viloyati

43

12

45

Xorazm viloyati

39

16

45

Viloyatlar kesimi boyicha Fargona (48%) va Samarqand (47%) viloyatlari OIV infeksiyasida davo yoq degan notogri fikr boyicha yetakchilik qilayotgan bolsa, Toshkent shahrida respondentlarni 45% davo bor deb hisoblaydi.

JAVOB: OIV-infeksiyasini butunlay yo'q qilib bolmaydi.

 

LEKIN antiretrovirus preparatlari bilan samarali davolash mumkin – ular inson tanasida virus ko'payishini bloklaydi. Davolash tez va muntazam bo'lishi kerak – bu OIV bilan kasallangan odamga, viruslanmagan odamdek, sifatli va davomiy hayot kechirishga yordam beradi.

 

 

Respondentlarning 70% OIV bilan yashaydigan odamni tashqi korinishiga qarab aniqlash mumkinmasligini togri korsatdilar. Shu bilan birga respondentlarning 17% OIV infeksiyasi bilan yashaydigan odamni tashqi ko’rinishiga qarab aniqlash mumkin degan noto’g’ri fikrda.

Javoblarni gender boyicha taqsimlaganda nisbiy tenglik mavjud, shuni takidlash mumkinki, OIV bilan yashaydigan odamni tashqi korinishi orqali aniqlash mumkin degan notogri fikrdagi respondentlar orasida qizlarga qaraganda yigitlar biroz koproq (qizlarning 16%, yigitlarning 18%).

 

Tashqi ko'rinishidan odamda OIV borligini aniqlash mumkinmi?

Hudud

Ha

Bilmayman

Yo’q

Andijon viloyati

18

16

66

Buxoro viloyati

21

17

62

Farg’ona viloyati

19

15

65

Jizzax viloyati

20

19

61

Namangan viloyati

24

16

60

Navoiy viloyati

18

17

65

Qashqadaryo viloyati

19

19

62

Qoraqalpog’iston Respublikasi

20

20

61

Samarqand viloyati

18

16

66

Sirdaryo viloyati

22

14

64

Surxondaryo viloyati

20

18

62

Toshkent shahri

16

10

74

Toshkent viloyati

17

13

70

Xorazm viloyati

19

16

65

 

Hududlar kesimida, OIV bilan yashaydigan odamni tashqi koʻrinishga qarab aniqlash mumkin deb notogri javob berganlarning eng koʻp qismi Namangan viloyatidagi respondentlar (24%). Toshkent shahridan – 74% va Toshkent viloyatidan – 70% respondentlar OIV bilan yashaydigan odamni tashqi korinishidan aniqlab bolmaydi degan fikr bilan bu borada eng kop xabardor ekanligini ko‘rsatib berdi.

JAVOB: Yo'q.

OIV bilan kasallangan odam sog'lom ko'rinishi va o'zini yaxshi his qilishi, lekin boshqalarga yuqtiruvchi bo'lishi mumkin. OIV testi – bu organizmda virus bor-yo'qligini aniqlashning yagona usuli.

 

 


Respondentlarning yarmidan ko‘pi (58%) OIV infeksiyasi faqat uchta yo‘l bilan – jinsiy, onadan bolaga va qon orqali yuqishini belgilar to‘g‘ri javob ko‘rsatdi. Respondentlarning 6%i OIV yuqish yo‘llaridan xabardor emas, respondentlarning 13%i esa OIV infeksiyasi yuqoridagi barcha variantlar, jumladan havo tomchilari, umumiy idish-tovoq, kiyim-kechak, quchoqlashish va qo‘l berib korishish orqali yuqishi mumkin, deb hisoblaydi.


Jins kesimiga keladigan bo’lsak, yigitlar (58%) ham, qizlar ham (57%) "Faqat 1,2,3" javob variantini taxminan teng tanlaganliklarini kuzatish mumkin. Biroq, yigitlar orasida OIV infeksiyasi faqat jinsiy yo'l bilan yuqadi deb hisoblaydiganlar ko'p (16%), qizlar esa bu javob variantini kamroq tanladilar - 10%.

Shunisi e'tiborga loyiqki, qizlarning 16%i OIV infeksiyasi yuqoridagi barcha variantlar, shu jumladan havo tomchilari, umumiy idishlar, kiyim-kechak va quchoqlash, qo'l berib ko’rishish orqali yuqishi mumkin, degan noto'g'ri fikrda, ammo shunga o'xshash fikrdagi yigitlar biroz kamroq - 11%.

OIV qanday yuqishi mumkin?

Hudud

Havo-tomchi orqali

Yuqoridagi barchasi

Bilmayman

Onadan bolaga

Jinsiy yo'l orqali

Faqat 1,2,3

Qon orqali

Umumiy idish, kiyim orqali

Quchoqlashish, qo'l berib salomlashish orqali

Andijon viloyati

1

11

8

5

13

51

5

3

3

Buxuro viloyati

3

14

7

4

12

50

4

3

3

Farg’ona viloyati

3

12

5

4

14

52

5

2

3

Jizzax viloyati

3

13

8

4

15

45

5

3

4

Namangan viloyati

3

14

9

6

11

44

8

2

3

Navoiy viloyati

1

15

6

4

11

53

5

2

3

Qashqadaryo viloyati

4

13

9

5

16

43

5

2

3

Qoraqalpog’iston Respublikasi

4

13

9

4

14

44

6

3

3

Samarqand viloyati

3

12

7

4

15

49

5

3

2

Sirdaryo viloyati

4

15

6

3

14

47

6

2

3

Surxondaryo viloyati

4

9

8

5

15

47

5

4

3

Toshkent shahri

3

7

4

3

15

63

4

1

1

Toshkent viloyati

2

12

5

5

13

55

4

1

3

Xorazm viloyati

3

16

9

4

14

41

6

4

3

 

Xorazm viloyatida respondentlarning 16%i OIV infeksiyasi barcha mumkin bolgan yollar bilan yuqadi deb hisoblasa, Qashqadaryo viloyatida ham shuncha respondent (16%) OIV infeksiyasi faqat jinsiy aloqa orqali yuqadi, deb hisoblaydi. OIV yuqishining 3ta to’g’ri yo’lini ko’rsatgan eng ko’p respondentlar Toshkent shahrida – 63%.

JAVOB: Faqat 1, 2, 3 variantlar:

jinsiy yo'l bilan, qon orqali (qon quyish paytida, infeksiyalangan shpritslar orqali va h.k.); shuningdek, OIV bilan kasallangan onadan (davolanmaydigan) bolaga (homiladorlik, tug'ish – 10-15% xavfi bor, va emizish davrida).

Quchoqlash, qo'l berib salomlashish, o'pishish va b. orqali OIV-infeksiyasi YUQMAYDI!

 

 


Respondentlarning uchdan ikki qismidan ortig'i (70%) OITSga qarshi anonim testni OITS markazida topshirish mumkin, deb to'g'ri javob berdi va 15% anonim OIV testini qayerda topshirish mumkinligini bilmadi.

Gender bo'yicha yigit va qizlarning OITSga qarshi kurashish markazi bo'limlarida anonim tarzda OIV testidan o'tish mumkinligi haqida taxminan bir xil xabardor (yigitlar uchun 71% va qizlar uchun 69%).

 

Qayerda OIV-infeksiyaga testni anonim topshirish mumkinligini bilasizmi?

Hudud

Shifoxonalarda

OITSga qarshi kurashish markazi bo'linmalarida

Tuman poliklinikalarida

Bilmayman

Andijon viloyati

8

59

17

16

Buxoro viloyati

10

56

15

19

Farg’ona viloyati

8

60

15

17

Jizzax viloyati

10

62

12

16

Namangan viloyati

9

57

18

16

Navoiy viloyati

9

61

13

17

Qashqadaryo viloyati

8

58

14

20

Qoraqalpog’iston Respublikasi

9

60

15

16

Samarqand viloyati

9

62

13

16

Sirdaryo viloyati

14

58

15

13

Surxondaryo viloyati

8

59

17

16

Toshkent shahri

6

65

9

20

Toshkent viloyati

8

57

16

19

Xorazm viloyati

9

62

14

15

Toshkent shahrida respondentlarning 65%i OITSga qarshi kurashish markazi filialida OIV infeksiyasi bo‘yicha anonim testdan o‘tish mumkin deb javob bergan. Shu bilan birga, xuddi shu Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida respondentlarning beshdan bir qismi (20%i) OIV infeksiyasiga anonim test o‘tkazish joyi haqida bilmaydi.

JAVOB: 1-variant.

OITSga qarshi kurashish markazida anonim OIV testini topshirishingiz mumkin. Markazlar barcha hududlarda mavjud.     

 


Respondentlarning 72%i hech qachon OIV testini topshirmaganlarini bildirdi, faqat 9%i nisbatan yaqinda - so'nggi 6 oy ichida testdan o'tgan.


Gender taqsimoti bo'yicha so'rov natijalari shuni ko'rsatdiki, yigitlarga (69%) nisbatan, hech qachon OIV uchun testdan o'tmagan qizlar soni (77%) ko'proq. So'nggi 6 va 12 oy yoki bir yildan ortiq vaqt davomida OIV testini o'tkazgan yigitlar (10%, 6% va 16%) qizlarga nisbatan (8%, 4% va 10%) koproq.

 

Siz OIVga test topshirib ko'rganmisiz?

Hudud

Ha, oxirgi 12 oy ichida

Ha, oxirgi 6 oy ichida

Ha, bir yildan oshdi

Yo'q, umuman topshirmaganman

Andijon viloyati

3

9

10

79

Buxoro viloyati

3

7

8

82

Farg’ona viloyati

4

7

10

80

Jizzax viloyati

2

8

8

82

Namangan viloyati

3

5

8

84

Navoiy viloyati

3

5

9

83

Qashqadaryo viloyati

2

5

9

84

Qoraqalpog’iston Respublikasi

2

5

8

85

Samarqand viloyati

3

5

11

80

Sirdaryo viloyati

6

9

15

70

Surxondaryo viloyati

3

7

8

81

Toshkent shahri

6

10

21

63

Toshkent viloyati

5

8

15

72

Xorazm viloyati

6

7

7

80

Hech qachon OIVga test topshirmagan eng kop respondentlar soni quyidagi 4 ta hududlarga togri keladi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi (85%), Namangan va Qashqadaryo viloyatlari (har biri 84% dan) va Navoiy viloyati (83%). Toshkent shahrida respondentlarning 21%i bir yildan ko‘proq vaqt oldin, 10%i so‘nggi 6 oy ichida OIVga test topshirgan.

INFO: Yilda bir marta OIV testini topshirish odamda OIV holatini o'z vaqtida aniqlashga va o'z vaqtida davolashni boshlab, virus yukini nolga kamaytirishga yordam beradi.   

 

 


Respondentlarning yarmidan ko'pi (57%) OIV infeksiyasi haqida ma'lumot olishda ko'proq tibbiyot xodimlari va shifokorlarga ishonishini bildirdi. Respondentlarning 10%i ota-onalariga, yana shuncha miqdordagisi Internetdagi ommaviy axborot vositalariga ishonishini ochiqladi. Shuni ta'kidlash mumkinki, yoshlarning eng kichik qismi bu masalada blogerlar va tanish, do'stlariga ishongan bo’lishini aytgan (respondentlarning umumiy sonidan 1%dan).

“Boshqa” variantini tanlagan respondentlar (12%) quyidagi javoblarni ko‘rsatdilar:

- Hech kim

- Xudo

- Ilmiy adabiyot

- Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotiga.

- "OIV infeksiyasiga ixtisoslashgan tashkilotlar xodimlari".


OIV infeksiyasi haqida gap ketganda, yigitlarning 53%i va qizlarning 61%i tibbiyot xodimlari va shifokorlarga ko'proq ishongan bo’lishlarini aytdilar. Ijtimoiy tarmoqlarga qizlarning 7%i, yigitlarning 12%i ishonishini bildirdi. Taxminan teng miqdordagi yigit va qizlar xalqaro tashkilotlar xodimlaridan ma'lumotlarga ishongan bo’lishardilar (yigitlarning 7%i va qizlarning 6%i).

Hudud

Blogerlarga

Do’stlar va tanishlarimga

Tibbiyot xodimlari, shifokorlarga

Ota-onamga

Internet OAVlariga

Xalqaro tashkilotlar xodimlariga

Ijtimoiy tarmoqlar

TV va radio

O'qituvchilarimga

Andijon  viloyati

6

6

46

12

11

6

4

3

6

Buxoro  viloyati

3

4

45

12

12

10

5

4

5

Farg’ona  viloyati

5

5

45

13

13

8

4

3

4

Jizzax  viloyati

2

7

44

11

13

6

4

6

7

Namangan  viloyati

3

6

42

15

11

5

4

7

7

Navoiy  viloyati

3

6

47

10

8

11

6

3

6

Qashqadaryo  viloyati

6

9

41

10

11

8

4

5

6

Qoraqalpog’iston Respublikasi

5

3

45

13

10

9

4

5

6

Samarqand  viloyati

6

6

43

16

12

5

4

3

5

Sirdaryo  viloyati

4

5

45

12

10

8

7

4

5

Surxondaryo  viloyati

4

2

42

18

7

6

6

8

7

Toshkent  shahri

5

2

45

12

11

11

6

4

4

Toshkent  viloyati

5

6

47

12

11

7

5

3

4

Xorazm  viloyati

4

4

49

16

9

5

4

3

6

 

Qashqadaryo viloyatida respondentlarning 9%i OIV infeksiyasi haqida ma’lumot olishda do‘stlariga ishongan bo’lardi. Xorazm viloyatidagi respondentlarning deyarli yarmi (49%i) shifokorlar va tibbiyot xodimlariga ko‘proq ishonardi, Surxondaryo viloyatida respondentlarning 18%i OIV infeksiyasi haqidagi ma’lumotlarda ota-onalariga ishonishardi. Jizzax viloyatida respondentlarning 13%i OIV infeksiyasi haqida Internetdagi ommaviy axborot vositalaridan olingan maʼlumotlarga ishongan bo’lardi.

 

Izoh: Keltirilgan ma’lumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ ma'lumot hisoblanmaydi. So’rov natijalari U-Reportning shu so'rovida ishtirok etgan respondentlarning fikrlari tahlilidir.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo