Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Migratsiyaga aloqador bolalarga COVID-19 qanday ta’sir ko’rsatdi?

 

U-Report O'zbekistondagi bola huquqlari bo'yicha Ombudsman (OMBUDSMAN) va UNICEF bilan birgalikda yoshlar o'rtasida so'rov o'tkazdi.

 

So'rovning maqsadi:  COVID-19 ning migratsiyaga boq’liqligi bor bolalarga ta'sirini o'rganish.

 

Ma'lumotlar ishlatilishi: Hukumatga bolalarga karantin choralarining mumkin bo'lgan xavf va oqibatlarini kamaytirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish.

 

So'rov geografiyasi: O'zbekistonning barcha hududlari

 

Respondentlar soni: 8000 dan ortiq U-Report foydalanuvchilari.

 

 

 

 

SO’ROVNING ASOSIY HULOSALARI:

 

1.      66% respondentlarning oila a'zolari oxirgi 1,5 yil davomida chet elda ishlamagan. Shuningdek, 22%i oila a'zolarining bir qismi hozirgi paytda chet elda ishlashayotganini qayd etgan.

2.      Chet elda yaqinlari bor respondentlarning 50%ida "otasi", 18%ida "aka/uka/opa/singlisi", deyarli 9%  respondentlarning esa ota-onasi ishlaydi.

3.      Respondentlarning fikriga ko'ra, pandemiya davrida bolalarni tarbiyalashning eng keng tarqalgan 3 usuli quyidagilardir: hotirjam tushuntirish – 36%, ko'chaga chiqishni taqiqlash – 15% va yaxshi xulq uchun mukofotlash – 11%.

4.      Qarindoshlari chet elda ishlayotgan respondentlar, pandemiya davrida  tarbiyalash usuli sifatida  "hotirjam tushuntirishni" (45%) chet elda qarindoshlari ishlamaydiganlarga (34%)  nisbatan ko’proq tanladi.

5.      Respondentlarning fikricha va javoblar tahliliga  ko'ra, onalar migratsiyaga aloqador bolalarni (23%) migratsiyada yaqinlari bo'lmagan bolalarning onalariga nisbatan (15%) ko'proq jazoladilar.

6.      Tarbiyaning salbiy usullariga duch kelganlarning 54 foiziga ko'ra, bu jazo choralari "pandemiya paytidan" boshlangan, faqat 1/3 qismi "har doim" bo’lganligini ko'rsatdi (31%).

7.      Respondentlarning fikriga ko'ra, bolalar qiyin vaziyatlarda eng ko’p  "ona va otadan" (48%) va "onalar" (22%) dan yordam olishni xohlashadi.

8.      35.9% respondentlar o'tgan yil davomida o'zlarining kayfiyatini "tez-tez o’zgarib turdi" deb baholagan.

Respondentlarining  20% “a’lo” va 16% "yaxshi" variantlarini tanladi.

9.       Shu bilan birga, ularning kayfiyatini baholashda jinsiy nisbat farqlari mavjud: kayfiyatning tez-tez o'zgarishi qizlarda ko'proq qayd etilgan (41%) – o’g’il bolalarga nisbatan  (31%).

10.  Migratsiyaga aloqador respondentlar sog'lig'ini mehnat migratsiyasida qarindoshlari bo'lmaganlarga qaraganda biroz yomonroq baholaydilar. Masalan, "yomon" va "juda yomon" variantlari migratsiyaga aloqasi yo’q respondentlarning 5% tanlangan bo’lsa; qarindoshlari chet elda ishlaydigan respondentlarning 9% xuddi shunday variantlarga ovoz bergan.

 

 


Eng ko'p respondentlar Toshkent shahriga (13%), Samarqand (11%) va Farg'ona viloyatlariga (10%) to'g'ri keldi. Eng kam respondentlar Sirdaryo (3%) va Navoiy viloyatidan (5%) ishtirok etdilar. Respondentlarning faqat 0.4% o'z hududini ko'rsatmadi.

Respondentlar orasida jins nisbatida qizlar 39% ni tashkil etdi, o’g’il bolalar esa 61% ni tashkil etdi. 

So'rovning maqsadli guruhi 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston yoshlari edi. Barcha respondentlardan 1800 dan ortiq respondentlar ushbu toifaga kirgan, ularning javoblari asosida ushbu so'rovnoma tahlili tuzilgan.

Respondentlarning 2/3 qismi oxirgi 1,5 yil mobaynida ularning oila a'zolaridan hech biri chet elda ishlamagan deb javob berdi. Respondentlarning 9 foizi ularning oila a'zolari oxirgi 1,5 yil davomida chet elda ishlaganligini ko’rsatdi. Shuningdek, 22% ularning oila a'zolaridan kimdir  hozirda chet elda ishlayotganini ta'kidladi.


Respondentlarning 49%ida  "otasi", 18%ida "aka/uka/opa/singlisi", deyarli 9%ida ota–onasi horijda ishaydi, 6% respondentlarning onasi mehnat migratsiyasida. Hududlardagi respondentlarning (Toshkent shahridan tashqari barcha hududlar) javoblari natijalari umumiy natijadan sezilarli darajada farq qilmadi. Shunday qilib, hududlar uchun eng keng tarqalgan javoblar "ota" (52%), "aka/uka/opa/singil" (19%) va "ota-ona" (8%) edi.

  


Respondentlarning javoblariga ko'ra, pandemiya davrida bolalarni tarbiyalashning eng ommabop  3 usuli quyidagilardir: hotirjam tushuntirish - 36%, tashqariga chiqishni taqiqlash - 5% va yaxshi xulq - atvorni rag'batlantirish 11%.

 

Jinsiy farqlar nuqtai nazaridan, yoshlarning ba'zi javoblari bir - biridan unchalik farq qilmadi, masalan: qizlarning 39%i va o'g'il bolalarning 33%i "xotirjamlik bilan tushuntirishgan", "yaxshi xulq –atvorni rag’batlantirishgan – qizlarning 9%i va o’g’il bolalarning 12%i,  hamda  baland ovoz bilan baqirishgan javobini qizlarning 4%i o'g'il bolalarning esa 3%i tanladi.

 

Yoshlar o'rtasidagi javoblar O'zbekistondan tashqaridagi qarindoshlarining ish omiliga ko'ra alohida tahlil qilindi. Eng keng tarqalgan javoblar "xotirjamlik bilan tushuntirish", "tashqariga chiqishga taqiqladik" va "yaxshi xulq uchun mukofotlash" boldi. Qarindoshlari chet elda ishlaydigan respondentlar (45%) chet elda qarindoshlari bo'lmaganlarga (34%) nisbatan ko’proq pandemiya paytida tarbiyalash usuli sifatida xotirjam tushuntirishnitanladi. Shuningdek, chiqishni taqiqlash kabi tarbiya uslubida farqlar aniqlandi: qarindoshlari chet elda ishlaydigan respondentlarda 10%, chet elda qarindoshlari bolmagan respondentlarda 16%.

 

Quyidagi javoblarni tanlagan respondentlar uchun: "Gaplashmaslik", "Baqirish", "Silkitib, quloqlardan tortish", "Haqorat qilish/xo'rlash", "Ko'chaga chiqishni taqiqlash", "Kaltaklash", "Imtiyozlardan mahrum qilish","Telefonni olib qo'yish" va Boshqalar qo'shimcha savol berildi -" Har doim shunday muomala qilinadimi yoki koronavirus pandemiyasi paytidan boshlanganmi?" Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, ko'pchilik uchun bunday tarbiya usullari "pandemiya paytidan" (55%) boshlangan, 1/3 qismida esa "doim" bo'lgan (31%).

"Har doim" javobini tanlash asosan qarindoshlarining mehnat migratsiyasi holatiga bog'liq ekanini ko’rsatdi. Shunday qilib, hozirda qarindoshlari mehnat migratsiyasida bo'lgan bolalar orasida bu tez-tez uchragan (40%), qarindoshlari chet elda ishlamaydiganlar orasida – 29% hollarda uchragan.

 

"Sizningcha, bolalar kimdan qiyin vaziyatda yordam olishni xohlar edilar?" degan savolga jinsi bo'yicha ajratilganda quyidagi natijalar olindi

 

Hamma (%)

Qiz bolalar (%)

O’gi’I bolalar (%)

Ota-ona

48.0

48.7

47.3

Ona

21.6

25.7

17.0

Ota

6.1

4.2

8.3

Aka/Opa

4.8

4.2

5.4

Bilmayman

4.7

4.1

5.4

Boshqa

4.2

4.5

3.8

Bobo/Buvi

3.9

2.8

5.0

Sinfdoshlar

2.6

2.4

2.9

Shifokorlar

2.0

1.8

2.1

O’qituvchilar

1.5

1.2

1.9

Militsiya

0.4

0.3

0.6

Qo’shnilar

0.2

0.1

0.3

 

 

Tahlil natijalariga ko'ra, respondentlar, asosan, qiyin vaziyatlarda "ota-ona" (48%) va "ona"dan (22%) yordam olishni xohlashadi. Shu bilan birga, "ota" javobi respondentlar orasida atigi 6% ni tashkil qilgan. Respondentlarning 2% dan kamrog'i "o'qituvchilar", "shifokorlar" kabi javoblarni tanlagan. "Qo'shnilar" va "militsiya" variantlarining har biri 0% ko’rsatdi.

Muhojirlarning farzandlari va oila a'zolari chetda ishlamaydigan bolalar o'rtasidagi javoblar tahlili ba'zi farqlarni ko'rsatdi.

- Muhojirlarning bolalari orasida "Ota-ona" (38%), "Ona" (28%) va "Ota" (9%),

- Migratsiyada qarindoshlari bo'lmagan bolalar orasida xuddi shu javoblar quyidagicha taqsimlandi: "Ota-ona" (52%), "Ona" (19%) va "Ota" (5%).

Eng kam tarqalgan javoblar "o'qituvchilar", "sinfdoshlar", "shifokorlar", "qo'shnilar" va "militsiya" bo’ldi.

 

Respondentlarning aksariyati o'tgan yilgi kayfiyatini "tez-tez ozgarib turgan" (36%), yana 20%i "a'lo", 16%i kayfiyatini "yaxshi" deb baholagan.

 

Tahlil shuningdek, ularning kayfiyatini baholashda jinsiy nisbat farqlarini ko'rsatdi: tez-tez kayfiyat o'zgarishi o'g’il bolalarga (31%) nisbatan qizlarda kuzatilgan: 41%. Qiz bola respondentlarning kamroq qismi "a'lo" va "yaxshi" kayfiyatni qayd etgan: "a'lo" (18%)? o'g'il bolalarning (22%) ga nisbatan;  yoki "yaxshi" 13%, o'g'il bolalarning 18%ga nisbatanSo'nggi 1,5 yil mobaynida o’g’il bolalarning 1,3%i va qiz bolalarning 1,2%i o'z kayfiyatini "yomon" deb baholagan.

 

So'rov natijalariga ko'ra, qarindoshlarning mehnat migratsiyasi maqomi respondentlarning kayfiyatiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi.

 

 

Shuningdek, respondentlarga "Umuman olganda, sog'lig'ingizni qanday baholaysiz?" degan savol berildi, unga respondentlar "yaxshi" (38%), "a'lo" (32%) va "o'rtacha"(24%)  deb javob berishdi. Qizlar va o’gil bolalarning "a'lo" va "o'rtacha" javob variantlarida jins  jihatidan sezilarli farqlar mavjudligini ko’rsatdi:  27,4% - 36,3%ga qarshi,  27% qizlarda va 20,8% yigitlarda.

 

Respondentlar salomatligini baholashda qarindoshlarning mehnat migratsiyasi maqomi ta'siri haqidagi savol natijalari shuni ko'rsatdiki, migratsiyaga aloqador respondentlar o'z sog'lig'ini mehnat migratsiyasi tasirida bolmaganlarga qaraganda  bir oz yomonroq baholaydilar.

Misol uchun, "yomon" variantini tanlagan respondentlarning ulushidagi farq: bu variantni qarindoshlari chet elda ishlamaydigan respondentlarning 5%i va qarindoshlari chet elda ishlayotganlari 8%i tanladi.

 

Izoh: So'rovnomalar natijasida olingan ma'lumotlar YUNISEFning fikri emas, reprezentativ hisoblanmaydi va U-Reportning ushbu  so'rovida ishtirok etgan respondentlarning fikrlarini aks ettiradi.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo