Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Oliy ta’lim muassasangizda korrupsiya bormi?

 

U-Report BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (UNODC) bilan hamkorlikda yoshlar orasida soʻrov oʻtkazdi. Soʻrov UNODC, Yoshlar Ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, UNDP va YuNESKO (UNESCO) hamkorligida amalga oshirilayotgan Tinchlikparvarlik loyihasi doirasida amalga oshirildi.

 

 

Soʻrov maqsadi: talabalarning korrupsiyaga nisbatan munosabatini va OTMlarda (oliy ta’lim muassasasi) korrupsiya holatini o’rganish.

 

Soʻrov geografiyasi: Oʻzbekistonning barcha viloyatlari

 

Respondentlar soni: 9227 U-Report foydalanuvchilari.

61% respondentlar OTM talabasi bo’ldi va ulardan 53%i boshlangʻich bosqichlarga toʻgʻri keladi.

 

 

 

 

SOʻROVNING ASOSIY XULOSALARI:

1.       Talabalarning deyarli 40%i korrupsiya pul va sovg'alar berish bilan cheklanib qolmaydi deb hisoblaydi, ular savolda keltirilgan barcha variantlarni korrupsiya deya e’tirof etdilar. Respondentlarning 27%i korrupsiya deganda faqat naqd pul koʻrinishida pora berish deb tushunadi.

2.       OTMda korrupsiya nima degan savolga – tahminan 35%ga yaqin soʻrov ishtirokchilari qimmatbaho sovg'alar berish variantini tanlamadi.

3.       Respondentlarning 40 foizidan OTMda pora talab qilishganni bo’lishdi. 22% respondentlar esa OTMda korrupsiya holatlarini eshitmagan va ko'rmagan.

4.       40% respondentlarning fikriga koʻra, talabalar o'zlari korrupsiya holatlarini keltirib chiqaradi. Yana 23%i o'qituvchilarni va 9%i universitet ma’muriyati xodimlarini bunda ayblaydi.

5.       OTMlardagi korrupsiyaning asosiy sabablari siftida quyidagilar nomlandi: ta’lim berishdagi past sifat (22%), "talabaning dangasaligi" va "shakllangan an'ana" (14% har bir variant uchun) va, uchinchi o'rinda, "oʻqishga ishtiyoqning yoʻqligi" (12%).

6.       46% talabalar OTM rahbariyati korrupsiyaga qarshi kurashmoqda deb hisoblaydi, 30% respondentlar esa bu haqda hech qanday ma’lumotga ega emaslar.

7.       Shu bilan birga, talabalarning 32%i OTM rahbariyati tomonidan olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi choralar natija bermayapti, deb hisoblaydi. Talabalarning 25%i ushbu choralar faqat qisman samara berishini va yana 8 foizi bunday choralar faqat vaqtinchalik samara berishini ta’kidlaydi.

8.       Respondentlarning fikriga ko'ra, oliy ta'lim tizimidagi korrupsiya darajasini pasaytirish bo'yicha eng samarali choralar: huquqiy savodxonlikni oshirish (21%) va oʻqituvchilarning ish haqini oshirish (20%). Shuningdek, 36% talabalar imtihon qilish uslublariga yangilik kiritish kerak degan fikrda.

 


 

Oliy talim tizimidagi korrupsiya yuzasidan oʻtkazilgan soʻrovda qatnashgan 9227 U-Reportyorlarning 5642 nafari talabalardir, bu barcha respondentlarning 61 foizini tashkil etadi. Hozirda talaba bo'lmaganlar (respondentlarning 39%) faqatgina birinchi va oxirgi savollarga javob berishdi, chunki boshqa savollarga javob berish uchun bevosita oʻquv jarayonlarida ishtirok etish talab etildi.

 

Soʻrov O'zbekistonning barcha viloyatlarini qamrab oldi. Ishtirokchilarning aksariyati Fargʻona viloyati (12%) va Toshkent shahridan (11%) boʻlgan boʻlsa, eng kami Jizzax (4%) va Sirdaryo (3%) viloyatlariga toʻgʻri keldi.

Gender jihatidan yigitlar respondentlarining koʻpchiligini (59%) tashkil qildi.

Soʻrov ishtirokchilarining aksariyatini boshlangʻich bosqichlardagi talabalar tashkil etdi (talabalarning 53%i). Soʻrov natijalariga koʻra, OTMdagi oʻqish davomiyligi va tajribasi TMdagi korrupsiyaga boʻlgan munosabatga ta’sir koʻrsatadi. Shuning uchun ma’lumotlar ta’lim pogʻonalari bo'yicha ham tahlil qilindi. Shu bilan birga, faqatgina ba’zi savollarga javob berishda hududlararo va gender farqlari kuzatildi.



Talabalarning 27%i baho uchun pul berishnigina korrupsiya deb hisoblaydi. 1-2 bosqich talabalarining 31%i shunday fikrda.

Magisratura va aspirantura talabalarining faqat 17%i korrupsiya faqatgina naqd pul koʻrinishida boʻladi deb hisoblaydi.

Respondentlarning atigi 18.1% pul bilan birga qimmatbaho sovgʻalarni berishni korrupsiya deb biladi.

Respondentlarning deyarli 40 foizi korrupsiya faqat pul va sovg'alar bilan cheklanib qolmasligini ta'kidladi – aksariyat respondentlar barcha keltirilgan variantlarni korrupsiya deya e’tirof etishdi. Shuni ham ta'kidlash joizki, 1-2 bosqich talabalarining 1/3 qismi ushbu tushunchani qo'llab-quvvatlaydi. Barcha keltirilgan variantlarni korrupsiya deb tushunadigan talabalar ulushi bosqich bilan birga oʻsib boradi. Shunday qilib, magistrant va aspirantlarning yarmidan koʻpi ushbu fikrga qoʻshilishadi.

Shuningdek, gender jihatdan yigitlarning 45 foizi va qizlarning 32 foizi barcha variantlarni korrupsiya deb hisoblagan. Hududlar kesimida esa Jizzax viloyatidagi respondentlarning 51% bu fikrni qoʻllab-quvvatlasa, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa 27% respondentlargina bunday oʻylaydi.

MA’LUMOT: Korrupsiya – o'zi yoki boshqalar manfaatlari uchun o'z lavozimidan noqonuniy foydalanish (suiiste’mol qilish), shuningdek, bunday imtiyozni noqonuniy berish.

Ya’ni birovga baho evaziga tushlik uchun hisoblarini to’lab yurish, yoki ishlashga majbur qilinish ham korrupsion holat bo’lishi mumkin.

Pora berish ham noqonuniy hisoblanadi va jarima yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Pora bergan shaxs, agar u pora berishga majbur qilingan bo'lsa yoki u 30 kun ichida o'z ixtiyori bilan tan olsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

"Boshqa" javob variantini koʻrsatgan 4.3% respondentlar quyidagilarni yozdilar:

·       Baho yoki boshqa manfaatni koʻzlagan holda amalga oshirilgan, oʻqishdan tashqari, har qanday hatti-harakat korrupsiya hisoblanadi

·       Tanish-bilishni aralashtirish, nepotizm

·       OTM rahbariyati tomonidan byudjet mablagʻlarini koʻzda tutilmagan maqsadlarda sarflanishi

·       OTMda korrupsiya holatlariga duch kelmagan.

 

Oʻrta hisobda respondentlarning 40%i ulardan pora berishni talab qilishganini ta’kidladi. Yuqori bosqich talabalari bunday holatlarga koʻproq guvoh boʻlishgan. Respondentlarning 19%i baho olayotgan chogʻda ulardan pora talab qilinganligini ta’kidladi. 3-4-bosqich talabalarining 26%i aynan sessiya paytida korrupsiyaga duch kelganliklari aytib oʻtishdi.

Respondentlarning 1/3 qismidan koʻprogʻi ulardan hech kim pora talab qilmaganini, lekin bunday holatlar mavjudligini tanishlaridan eshitganini ta’kidladi. 1-2 bosqich talabalari bu variantni boshqalarga nisbatan koʻproq tanlashdi (42%).

22% respondentlar OTMda korrupsiya holatlariga duch kelmagan va eshitmagan. Ushbu variantni tanlaganlarning ulushi yana 1-2 bosqich talabalari orasida yuqoriroq (28%). Toshkent shahridagi talabalarning 35%i na oʻzlari, na ularning tanishlari korrupsiyaga duch kelganliklarini ta’kidladilar. Buxoro, Qashqadaryo, Fargʻona va Sirdaryo viloyatlarida esa korrupsiya haqida eshitmagan talabalar ulushu faqatgina 16% tashkil qiladi.


Soʻrov ishtirokchilari takidlaganidek, koʻp holatlarda aynan talabalarning hatti-harakatlari korrupsiyani keltirib chiqaradi. Qizigʻi shundaki, 1-2 bosqich talabalari va aspirantlarning 40 foizdan ortigʻi bu fikrga qo'shiladi, 5-bosqichdan yuqori oʻqiydigan talabalarning 25 foizigina bunga qoʻshilishadi.

Talabalarning 23 foizi korrupsiyaning bosh tashabbuskorlari – o'qituvchilar degan fikrda. Bu fikrni aspirantlarning ozchiligi qoʻllab-quvvatlaydi; aksariyat hollarda aspirantlar oʻqituvchilar bilan yaqinroq aloqalarga ega bo’lganligi va ular ta’lim berish jarayonlariga ham jalb qilinib turishi sababdir. Shuni ham ta'kidlash joizki, respondentlarning 14%i OTMlarda poraxo'rlikning bosh tashabbuskorini nomlashga qiyinaldi. Boshqa” variantni tanlagan respondentlarning aksariyati esa bu muammoning mavjudligida ham talabalar va ham oʻqituvchilar aybdor ekanligini ta'kidladilar.


Aspirantlardan tashqari, barcha toifadagi respondentlarning fikriga koʻra, OTMlardagi korrupsiyaning asosiy sababi ta’lim berish sifatining pastligi, respondentlarning oʻrtacha 22%i ushbu variantni tanladi.

Aspirantlar esa bu muammoni yuzaga kelishida koʻproq talabalarni sababchi deb biladi. Ularning 19%i talabalarning o'qishga ishtiyoqi yoʻqligi va OTMlarda poraxoʻrlik an'anasi allaqachon shakllanganligini ta’kidlaydi, yana 18 foizi esa talabalarning dangasaligi korrupsiyaga olib keladi deb hisoblaydi.

Boshqa toifadagi talabalarining aksariyati uchun korrupsiyani keltirib chiqaruvchi ikkinchi katta sabab shakllangan an’ananidir. Bu fikrni qoʻllab-quvvatlaydiganlar ulushi yuqori bosqichda oʻqiydiganlar orasida kattaroq.


Barcha talabalarning deyarli yarmi OTM rahbariyati korrupsiyaga qarshi kurashayotganligini va korrupsiyaga qarshi dasturlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlaydi. Grafikdan koʻrinib turganidek, talim bosqichi qanchalik yuqori boʻlsa, bunday oʻylaydiganlar ulushi shunchalik past.

Qizlarning yarmidan koʻpi OTM rahbariyati korrupsiyani yoʻq qilishga urinayotganini takidlasa, yigitlarning 42%i shu fikrda.

 


Soʻrov qatnashchilarining deyarli 1/3 qismi rahbariyat tomonidan olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi choralar o'z samarasini bermayapti, deb hisoblaydi. Magistratura va aspirantura talabalarining katta qismi bunday fikrda, 42% va 40% mos ravishda.

Respondentlarning chorak qismi korrupsiyaga qarshi choralar qisman samara berishini va 8 foizi bunday choralar vaqtinchalik samaraga ega ekanligini ta'kidlaydi. Respondentlarning faqat 22%i bu choralar korrupsiyani yengishda yuqori samara berayapti deb hisoblaydi.

 

Biz, shuningdek, respondentlardan OTMlarda korrupsiya darajasini pasaytirish uchun qanday choralar qoʻllash kerakligi haqida soʻradik. Ushbu savolga barcha respondentlar, hattoki talaba boʻlmaganlar ham qatnashdilar. Respondentlarning aksariyati (21%) huquqiy savodxonlikni oshirish zarurligini ta'kidladi. Biroq, oliy o'quv yurtlarida uzoqroq tajribaga ega bo'lgan talabalar korrupsiyani kamaytirish uchun o'qituvchilarning maoshini oshirish gʻoyasini koʻproq qoʻllab-quvvatlaydilar (41%gacha).

Shuningdek, gender boʻyicha uncha katta boʻlmagan farqlar mavjud. Masalan, qiz respondentlarning chorak qismi huquqiy savodxonlikni oshirishni korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali usuli deb bilsa, yigitlarning 25%i oʻqituvchilarning ish haqini oshirishni yoqlaydilar.

"Boshqa" javob variantini koʻrsatgan 12% respondentlar quyidagilarni yozdilar:

·       Sanab oʻtilgan bir qancha variantlarni oʻz ichiga oluvchi chora-tadbirlar kerak

·       Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilik va huquqiy tizimni kuchaytirish

·       Innovatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali talim sifatini oshirish

·       Oliy talim tizimida dinning rolini oshirish

·       Bu tizimdan korrupsiyani yoʻq qilishning iloji yoʻq.

 

Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report sorovida qatnashgan respondentlarning fikrini aks ettiradi.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo