Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Yoshlarning intilishlari

 

U-Report yoshlar oʻrtasida ta’lim va kasbga qiziqish borasida gender hususiyatlarni oʻrganish uchun soʻrov oʻtkazdi.

 

Soʻrov maqsadi: qizlar va yigitlarning ta’lim va karyera bilan bog'liq qanday intilishlari borligini o’rganish

 

So’rov natijalari qizlarning kasb tanlash va o’qishini davom ettirishga undashga bag’ishlangan axborot kampaniyalarni o’tkazishda qo’llaniladi.

 

Soʻrov geografiyasi: Oʻzbekistonning barcha viloyatlari

 

Respondentlar soni: 11 280 U-Report foydalanuvchilari

 

 

 

 

SOʻROVNING ASOSIY XULOSALARI:

1.       Oliy oʻquv yurti talabalari soʻrov qatnashchilarining deyarli yarmini (41%) tashkil qildi. Respondentlar orasida ishlayotgan yoshlarning ulushi ham yuqori (23%).

2.       Respondentlarning katta qismi (87%) oʻqishni davom ettirishni istaydi. Ularning yana 5 foizida bu masalada hali ikkilanish bor.

3.       Qizlarning talimni davom ettirishlari uchun toʻsiq bo’lishi mumkin bo’lgan asosiy omillar nomlandi: oiladagilarning qoʻllab-quvvatlamasligi (24%) va moliyaviy muammolar (20%). Qizlarning oʻzlari uchun esa, birinchi navbatda, moliyaviy muammolar (26%) asosiy toʻsiqdir.

4.       Respondentlarning faqatgina 11%i bo’lajak kasbini tanlash borasida hali biror qarorga kelmagan. Ayni damda ishlayotgan respondentlarning 12%i boshqalar tomonidan tanlab berilgan sohada ishlayotganini ta’kidlagan. Ish izlayotganlarning 22%i kelajak kasbi boʻyicha aniq qarorga kelmagan, oʻqimayotgan va ishlamayotganlar orasida bu koʻrsatkich 21%ni tashkil qiladi.

5.       Kelajakda ishlash uchun quyidagi sohalar eng qiziqarli deb topildi: birinchi navbatda ham qizlar, ham yigitlar uchun davlat tashkilotlari (36%). Shuningdek, qizlarning 36%i xalqaro tashkilotlarda ishlashni afzal koʻrsa, yigitlarning 29%i xususiy sektorni tanlaydi.

6.       Davlat tashkilotlarida ishlashni istagan respondentlar Namangan (44%) va Sirdaryo (43%) viloyatlarida koʻproq.

7.       Qizlar eng koʻp qiziqtiradigan sohalarini sanab o’tdi: ta'lim (20%) va ilm-fan / tadqiqotlar (17%) ekanligi aniqlandi.

8.       Yigitlar orasida eng katta qiziqishni uyg’otadigan sohalar esa: IT-loyihalar va robototexnika (17%), ilmiy / tadqiqot (15%) va bank / biznes (14%) nomlandi.

 


 

Text Box: 4207                         7073 

Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridan 11280 U-Report foydalanuvchilari soʻrovda qatnashdilar. Barcha ishtirokchilarning 63%ini erkak respondentlar tashkil qilgan boʻlsa, 37% qizlarga toʻgʻri keladi.



OTM talabalari respondentlarning aksariyatini tashkil etdi, barcha respondentlarning 41% ularga toʻgʻri keladi. Soʻrovda ishtirok etgan talabalar orasida qizlarning ulushi yigitlarga qaraganda yuqoriroq (45% va 38% mos ravishda). Oʻz navbatida, yigitlar orasida ishlayotgan respondentlarning ulushi yuqori – 27%, ayol respondentlar orasida bu ko'rsatkich 15 foizni tashkil qiladi.

 

OTM talabalari respondentlarning salmoqli qismini (41%) tashkil qildi. Jami respondentlarning 11%i maktab oʻquvchilariga toʻgʻri kelgan boʻlsa ham, hududlararo bu koʻrsatkich boʻyicha biroz farqlar mavjud. Masalan, Sirdaryo viloyatida soʻrovda koʻproq aynan maktab oʻquvchilari qatnashdilar (bu viloyat respondentlarining 30%i). Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasida maktab o'quvchilarining ulushi yuqori (26%) boʻldi.

Fargʻona viloyatida OTM talabalari barcha respondentlarning yarmini tashkil qildi. Toshkent shahrida esa respondentlarning aksariyati (30%) ayni damda ish bilan bandligini ta’kidladi.

 

Respondentlarning koʻpchiligi (87%) oʻqishni davom ettirishni istaydi. Bu savolga javob berishda gender nuqtai nazaridan ham, hududlar kesimida ham katta tafovutlar mavjud emas.

Biroq, faoliyat turiga koʻra, bazi oʻziga xosliklarni aniqlash mumkin. Masalan, ish izlayotgan  va ish bilan band boʻlganlar orasida oʻqishni davom ettirishni istamaydigan respondentlarning ulushi nisbatan yuqoriroq (10% va 9% mos ravishda).


Respondentlarning fikriga koʻra, oilaning qoʻllab-quvvatlamasligi qizlar uchun oʻqishini davom ettirishda asosiy to'siq boʻlib xizmat qilishi mumkin, barcha respondentlarning 24%i bu variantni tanladi.  Biroq, qizlarning oʻzlari asosiy toʻsiq sifatida – moliyaviy muammolarni koʻradi (26%). Oʻqishni davom ettirish uchun hech qanday toʻsiqlar mavjud emasligini 14% qizlar ta’kidladi.

Shunisi e'tiborliki, farzand tugʻilishi va eri tomonidan taqiq qoʻyilishi kabi oʻqishga toʻsqinlik qiluvchi omillarni qizlarga (18%) qaraganda ko'proq yigitlar (22%) tanladilar.


Qizlarning ta’limni davom ettirishi oila tomonidan qoʻllab-quvvatlamasligi – to’siq bo’lishi ehtimoli ayniqsa Surxondaryo va Jizzax viloyatlari aholisi uchun dolzarb (bu viloyatlardagi respondentlarning oʻrtacha 30%i). Aksincha, Toshkent shahrida oilaning qoʻllab-quvvatlamasligi jiddiy muammo deb qaralmaydi (16%). Shu bilan birga, 8% poytaxt va Samarqandlik respondentlarning fikriga koʻra, uy yumushlari koʻproq qizlarning zimmasiga tushushi ular oʻqishni davom ettirmasligi mumkin.

Qizlarning oʻqishi uchun hech qanday toʻsiq yoʻqligini 12% respondentlar ta’kidlaydi, bunga qizlarning 14%i va yigitlarning 12%i ishonadi. Bunday ishonch, ayniqsa, Qoraqalpog'iston Respublikasi (17%) va Farg'ona viloyatida (15%) yuqori.

"Boshqa" javob variantini koʻrsatgan 6% respondentlar quyidagilarni yozdilar:

·       Sanab oʻtilgan barcha variantlarni to'siq deb hisoblaydi

·       Mentalitet va urf-odatlar

·       Oila qurish

·       Ta’lim qadrining pastligi

·       Diniy sabablarga koʻra.

U-REPORTYORLARNING BAZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)

Asosan OTM ma'muriyati tarafidan bo'ladigan noo'rin taqiqlar, masalan, ro'molga taqiq.

Единственное, что может помешать получить высшее образование - высокая цена на репетиторов и на контракт при поступлении в ВУЗ

Inson manfaatlari, so'z erkinligini himoyasi to'liq emasligi

O‘qish qanchalik muhim ekanligini odamlarimiz anglashi kerak. O‘qib olim bo‘lasanmi deganlarga,  ha olim bo‘lmoqchiman, olimlardan nimam kam, vatanimiz rivoji uchun hissa qo‘shaman. Ham moddiy ham ma'naviy boy bo‘lmoqchiman deb tushuntirish lozim

Erta turmush qurush.

Erkaklar va ayollar alohida o‘qitilishi kerak.

Нету гибкой учебной расписании. Университет требует слишком много времени на обязательные предметы и процедуры вне учебного процесса



Respondentlarning aksariyati (62%) kelajakda qaysi kasb boʻyicha ishlashini tanlab boʻlgan. Qizlar orasida bunday qarorga kelgan ulushi yigitlarga qaragandan biroz koʻproq (82% va 77% mos ravishda). Ushbu savolga javob berishda hududiy xususiyatlar mavjud emas.

 

Ish izlayotganlarning 22%i va ayni damda oʻqimayotgan va ishlamayotgan respondentlarning 21%i kelajakda qaysi kasbda ishlashini hali aniqlamagan. Ish bilan band boʻlgan respondentlarning 44%i hozirgi kunda oʻzlarining sevimli kasb boʻyicha ishlayotganliklarini ta’kidladi. Yana bu toifa respondentlarning 12%i oʻzgalar tanlab bergan kasb boʻyicha ishlayotganini bo’lishdi. E’tiborlisi, abituriyentlar orasida bo’lajak kasbini tanlaganlar ulushi yuqori (86%).


Davlat sektorida ishlash ham qizlar, ham yigitlar uchun qiziqarli – oʻrta hisobda 36%. Shuni ham ta’kidlash joizki, xalqaro tashkilotlarda ishlashni afzal koʻradigan qizlarning ulushi 36%, yigitlar orasida esa bu koʻrsatkich 26%ni tashkil qiladi. Yigitlarning 29%i kelajakda xususiy sektorda ishlashni afzal koʻradi.


Viloyatlar orasida Namangan (44%) va Sirdaryo (43%) viloyatlari respondentlari davlat sektorida ishlashni afzal ko'radi. Toshkent shahrida esa bu sektorni xohlovchilar ozchilikni tashkil qiladi – faqat 18%.

Poytaxtlik respondentlarning 39%i xalqaro tashkilotlarda ishlash xohishi borligini ta’kidlagan. Shuningdek, poytaxtlik responentlarning 34%i xususiy sektorda ishlashni afzal koʻradi.

 

Respondentlarga kelajakda ishlashlari uchun eng qiziqarli sohalar sifatida quyidagilar nomlandi:

1)      Ilm-fan va tadqiqotlar (16%)

2)      Ta’lim (14%)

3)      Bank ishi va biznes (12%)

4)      IT loyihalar va robototexnika (12%).

Biroq, bu savolga javob berishda katta gender tafovutlar bor. Masalan, faqat 4% qizlar IT loyihalar va robototexnika bilan qiziqadi, yigitlar orasida esa bu eng ommabop yoʻnalish (17%). Qizlar uchun eng qiziqarli soha ta'lim (20%), yigitlarning faqatgina 10% bu sohani tanlaydi.

 

Ta'lim yoʻnalishida ishlash Surxondaryo viloyatidagi qizlarning 27%i uchun, shuningdek Xorazm va Namangan viloyatidagi qizlarning 25%i uchun qiziqarli. Ilm-fanga qiziqadigan respondentlarning ulushi Navoiy (23%) va Samarqand (22%) viloyatlarida yuqori. Toshkent shahrida qizlar ko'proq "Boshqa" variantini tanladilar.

"Boshqa" javob variantini koʻrsatgan 10% qizlar quyidagilarni yozdilar:

·       Bir nechta variantni tanladilar

·       Huquqshunoslik

·       Siyosatshunoslik

·       Psixologiya

·       PR va marketing

·       Neftegaz sohasi.

 

Koʻplab viloyatlarda yigitlar uchun eng qiziqarli soha IT loyihalar va robotexnika hisoblanadi. Ushbu soha, ayniqsa, Toshkent shahri (21%) va Andijon viloyati (20%) respondentlari orasida ommabop. Buxoro viloyatidagi yigitlarning 18%i fanga qiziqadi. Jizzaxlik respondentlar orasida bank ishi va biznesni tanlaydigan yigitlarning ulushi yuqori – 18%.

"Boshqa" javob variantini koʻrsatgan 15% yigitlar quyidagilarni yozdilar:

·       Bir nechta variantni tanladilar

·       Davlat boshqaruvi

·       Huquq-tartibot organlari

·       Huquqshunoslik

·       Muhandislik, texnologiyalar

·       Koʻngil ochar sektori.

 

Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan respondentlarning fikrini aks ettiradi.

 

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo