Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Jamiyatimizda jonivorlarga munosabat qanday?

U-Report "Mehr va Oqibat" jonivorlarni himoyalsh jamiyati bilan hamkorlikda yoshlarning tutqunlikdagi va, umuman olganda, jonivorlarga bolgan munosabatini bilish maqsadida sorov otkazdi.

So’rov natijalari jonivorlarga nisbatan g’amxo’r bo'lishga chorlash, shuningdek huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda qo'llaniladi.

So'rovda mamlakat bo'ylab 9775 respondent ishtirok etdi, ulardan 41% ayol respondentlardir.

JONIVORLARGA MUNOSABAT HAQIDAGI SO'ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

1.       U-Reportyorlarning 46%i jonivorlarni juda yaxshi ko'rishlarini, yana 43% respondentlar faqat ba'zi jonivor turlarini yaxshi ko'rishlarini aytishdi. So'ralganlarning 5%i jonivorlarni yaxshi ko’rmasliklarini aytishdi.

2.       U-Reportyorlarning 23%i bizning jamiyatimizda jonivorlarga munosabat yomon va yana 28% respondentlar bizning jamiyatimiz jonivorlarga nisbatan betaraf deb javob berishgan.

3.       Respondentlarning 47%i tutqunlikda jonivorlaga yashah qulay emasligini aytishdi, so'rovda qatnashganlarning 4%i esa jonivorlarga buni farqi yoq deb hisoblashadi.

4.       Respondentlarning aksariyati (75%) jonivorlar qo'rquv, og'riq va quvonchni his qilish qobiliyatiga ega deb hisoblashadi. Yana 22% jonivorlar, ehtimol, ma'lum darajada his qilish qobiliyatiga ega deb hisoblashadi.

5.       Agar U-Reportyorlarning 82%i jonivorlarga rahm-shafqat ko'rsatishni o'ta zarur deb bilsa, yana 16% bu faqat ba'zi jonivor turlariga nisbatan zarur deb hisoblaydi.

6.       Respondentlarning 63%i, umuman olganda, sirk yoki hayvonot bog'iga tashrif buyurishni yaxshi ko'radilar, atigi 17% salbiy javob berishdi.

7.       Respondentlarning 42%i agar ularning qo'lida bo'lganida sirk / hayvonot bog'larini taqiqlashgan bo’lar edilar: jonivorlar erkin yashashlari kerak (29%) va jonivorlar u erda azob chekishi mumkin (13%) deb ishonishadi.

8.       U-Reportyorlarning faqat 17%i jonivorlar uchun qiyin bo'lishi mumkin deb, O'zbekistonda baliqlar va delfinlar okeanariumi qurilishiga qarshi.

9.       Boshqa hududlarga qaraganda, poytaxtda yashovchilar okeanarium qurish g'oyasiga qarshi (31%).

10.   U-Reportyorlarning 73% hayvonlarga nisbatan shafqatsizligi va qiynashlar uchun javobgarlikni kuchaytirish kerak deb hisoblaydilar.

 

 

 

 

U-Reportyorlarning 46% jonivorlarni juda yaxshi ko'radilar va 43% faqat ba'zi turdagi jonivorlarni yaxshi ko'radilar. Respondentlarning 5%i jonivorlarni yoqtirmasligini bildirgan.

Qizig'i shundaki, ko'proq ayollar (7%) erkaklarga (3%) qaraganda jonivorlarni yoqtirmasliklarini ko'rsatdilar.

 


U-Reportyorlarning 33%i bizning jamiyatimizda jonivorlarga nisbatan ko'proq do'stona, 10% esa juda do'stona deb hisoblashadi. Respondentlarning 28%i ularga nisbatan munosabat neytral deb hisoblaydi. Shu bilan birga, respondentlarning 16%i jonivorlarga nisbatan jamoatchilik munosabatini "asosan yomon", 7%i esa "juda yomon" deb hisoblashadi.

 

 

Respondentlarning 44%i, agar barcha sharoitlar yaratilsa, cheklangan maydonda (tutqunlikda) jonivorlarga yashah qulay deb hisoblashadi. Shu bilan birga, 47% qarama-qarshi fikrda.

Hududlar kesimida Toshkent, Namangan va Farg'ona viloyatlarida so'ralganlarning eng ko'p qismi (taxminan 47%), agar jonivorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo'lsa, ular cheklangan maydonda yashashlari qulay deb hisoblaydi. Shu bilan birga, poytaxtda, Toshkent, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida respondentlarning taxminan 1/5 qismi hayvonlarga aniq noqulay deb fikr bildirdi.

 

 

 

Respondentlarning aksariyati (75%) jonivorlar qo'rquv, og'riq va quvonchni his qilish qobiliyatiga ega deb hisoblashadi. 22%i jonivorlar ehtimol ma'lum darajada hamdard bo'lishiga ishonishadi. Shu bilan birga, erkaklarga (71%) qaraganda 8% ko'proq ayollar (79%) jonivorlar hamma narsani his qila olishiga aminlar.

 

 

 

U-Reportyorlarning aksariyati (82%) jonivorlarga rahm-shafqat va mehr ko'rsatishni mutlaqo zarur deb bilishadi. Shu bilan birga, respondentlarning 16%i faqat ba'zi jonivor turlariga rahm-shafqat va mehr ko'rsatish kerak deb o'ylashadi.



Hududlar bo'yicha, Toshkent shahridagi respondentlarning aksariyati (89%) jonivorlarga mehr va muruvvat ko'rsatilishi kerak, deb hisoblashadi. Masalan, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida respondentlarning faqat 75%igina ushbu fikrga qo’shilishadi. Ushbu ikki viloyatda respondentlarning 22%i bunday his-tuyg'ularni faqat jonivorlarning ayrim turlariga nisbatan ko'rsatish kerak, deb hisoblashadi.



Respondentlarning 63%i sirk yoki hayvonot bog'lariga tashrif buyurishni yaxshi ko'radilar va 14% bu masalada betarafdir. Shu bilan birga, ko'proq ayollar (41%), erkaklar (33%) bilan taqqoslaganda, sirk / hayvonot bog'iga borishni juda yaxshi ko'radilar.

Respondentlarning 17%i ushbu muassasalarga tashrif buyurishni yoqtirmasligini bildirgan.



Hududlar kesimida shuni ko'rish mumkinki, sirk / hayvonot bog'lariga borishni yoqtirmaydigan respondentlarning eng ko'pi (36%) poytaxtda istiqomat qilishadi.

Sirk / hayvonot bog'lariga borishni yaxshi ko'radiganlarning aksariyati Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasidan – respondentlarning 70%ga yaqini.



Respondentlarning 42%i agar ularning qollarida bolsa sirk / hayvonot bog'larini bekor qilishgan bolar edi chunki jonivorlar erkin yashashlari va u yerda azob chekishlari mumkin degan fikrni bildirishgan.

Shu bilan birga, respondentlarning 17%i ushbu muassasalarni bekor qilmagan bo'lar edilar, chunki jonivorlar "odamlarni zavqlantiradi".

 

Hududlar kesimida Toshkent shahri ajraldi: u yerdagi aksariyat respondentlar jonivorlar sirk va hayvonot bog'larida azoblanadi degan fikrda – 24%. Shu bilan birga, Xorazm viloyatida respondentlarning 21%i ushbu muassasalar yopilmasligi kerak, chunki jonivorlar odamlarning ko'nglini ochishmoqda deb hisoblashadi.

 

 

U-Reportyorlarning 66%i O'zbekistonda baliq, delfinlar va boshqalar suv jonovorlari okeanariumi qurilishini istaydi. Faqat 17% jonivorlar uchun bu qiyin bo'ladi deb o'ylashadi.

 

Qizig'i shundaki, hududlar kesimida poytaxtda yashovchilar okeanarium qurish g'oyasini ma'qullamaydilar va hayvonlar uchun qiyin bo'ladi deb hisoblashadi – Toshkent shahrida respondentlarning 31%i bu javobni tanladilar. Ushbu g'oyani ma'qullagan eng ko'p respondentlar Suxrandaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlarida –  taxminan 72%.

 

"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan 3% respondentlar quyidagilarni yozdilar:

1.       Tabiiy sharoitga yaqin bo'lgan oziq-ovqat, yashash joylari harorati, katta hajmdagi joy, suvni muntazam tozalash va mas'ul xodimlar va boshqalarni hisobga olgan holda dengiz hayvonlari uchun barcha qulay sharoitlar yaratilsa okeanarium qurishga rozilik bildirishgan.

2.       Okeanarium qurilishiga sarflanadigan mablag’ni odamlarning asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun sarflash yaxshiroq deb o’ylashadi (uy-joy, pandemiya holatida zaif aholini ijtimoiy himoya qilish, qishloq joylardagi bolalarning ijtimoiy ta'minoti).

3.       Bu davlat tashabbusi emas, balki xususiy tashabbus bo'lishiga rozi bo'lishgan, chunki byudjet pullari boshqa narsalarga sarflanishi yaxshiroq deb hisoblashadi.

4.       Agar akvarium xavf ostida bo'lgan baliqlar va dengiz jonivorlarni saqlash vazifasini bajarishi kerak bo'lsa (Qizil kitobga kiritilgan) dengiz yashash muhitining ifloslanishi sharoitida, "yo'qolib ketish xavfi ostidan ximoyalash" sifatida, ilmiy tadqiqotlar va o'quv ishlari uchun.

5.       Ushbu g'oyaga qarshi, chunki u katta byudjet xarajatlari bilan bog'liq bo'lishi mumkin, tegishli infratuzilma / mutaxassislar mavjud emasligi va kerakli sharoitlarni ta'minlay olmasligi va hokazo.

6.       Ularni tashish paytida jonivorlar azoblanishidan qo'rqishadi.

7.       O'zbekiston iqlimiga mos kelmaydi.

8.       Rozilik bildirishgan chunki qo'shimcha ish o'rinlari yaratiladi.

9.       Dengiz jonivorlarini ko'rish uchun chet elga dengizga borish yaxshiroq deb hisoblashadi.

10.   Javob berishga qiynalishgan.

 

U-REPORTYORLARNING BAZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)

Bilmadim ammo manimcha bu bolalar uchun yaxshi ular hayvonlari organadi anglaydi estetik zavq oladi ammo u yerda olib boriladigan biologik tajribalarga qarshiman togri ularning ongi odamdam pastsur ammo bu degani ulari istaganicha qiynash kerak degani emasku.

Именно в Ташкенте - нет. Потому что строительство в итоге будет нацелено не на удобство для животных, а на карманы тех, кто строит.

Ну дети и люди, которые не могут выехать за границу могли бы увидеть морских животных в живую и если построят это было бы хорошо если там есть все условия морского мира, и животные не будут чувствовать дискомфорт!

Ҳозирги зоопарклардаги каби шароитлари 0 бўлса, керакмас. Қийналади ҳайвонлар.

Okeanarium katta mablag' talab qiladigan ish. Bunga sarflanadigan pulni jamiyatimizdagi boshqa dolzarb muammolarni hal qilishga sarflagan yaxshi.

Bu masalani bizning sharoitdan kelib chiqib o'ylab ko'rish kerak. Agar shunday bo'lsa ajoyib bo'lar edi, ammo bu juda ko'p mablag' talab etadi, shu boisdan bu masalani Moliya vazirligi bilan kelishib bir qarorga kelish kerak, ayniqsa hozirgi pandemiya sharoitida davlat budjeyti ancha oqsagan.

Сначала поднимите уровень жизни,помогите населению,одиноким матерям и т.д.А потом можно развлечениями заняться и туризмом.

Agar u tabiatga va davlat byudjetiga zarar qilmaydigan bo'lsa qurilsa bo'ladi Agar u byudjetga yoki tabiatga foyda emas zarar bo'ladigan bo'lsa qurilishi kerak emas deb hisoblayman.

Я не могу представить, как их можно безопасно привезти в нашу страну. Думая о том, что кто-то может умереть из них, мне становится плохо. Но сами океанариумы обычно довольно большие и оснащены необходимым. Перевозка - плохо! Океанариум - не плохо.

Menimcha bu kerak emas.Bundan foyda ko'radiganlar faqat o'zlarini o'ylaydilar. Axir Alloh hayvonlardan Odamni ustun qo'ymagan.Hayvonlarning ham huquqi bo'lishi kerak.

Категорически нет. Есть домашние животные, а есть дикие. Так вот дикие должны жить свободными.

Категорически против! В Узбекистане нет ни инфраструктуры для океанариума, ни денег для её создания и поддержания! Создавать океанариум в Узбекистане нельзя!!!!

Ни в коем случае, это издевательство и живодерство. О каком гуманном обществе тогда может идти речь. Лучше на эти деньги построить приют для бездомных животных и платить хорошие зарплаты людям, которые за ними смотрят.

Нет, однозначно нет. Общество, которое не способно обеспечить свою безопасность и комфортную здоровую жизнь, вряд ли возьмёт ответственность за жизнь животных(любых). Очень надеюсь и прошу вас, чтобы вы УЖЕ начали пропаганду бережного и ответственного отношения к животным (любым, не только домашним).

 

U-Reportyorlarning 73%i jonivorlarga nisbatan shafqatsizlik va qiynoq ishlatilishi uchun javobgarlikni kuchaytirish kerak, deb hisoblashadi. Shu bilan birga, 16% ushbu taklifga rozi emas. Gender jihatdan farqlar topilmadi.



Hududlar kesimida ko'rinib turibdiki, poytaxtda U-Reportyorlar jonivorlarga nisbatan shafqatsizlik va ularni qiynoqqa solish uchun javobgarlikni kuchaytirishga moyilroq – respondentlarning 82% shunday fikrda. Biroq, Xorazm viloyatida nisbatan eng kam respondentlar soni jazoni qattiqlashtirish fikridalar – respondentlarning atigi 68%.

 

 Jonivorlar – bizning kichik do’stlarimiz va ularga g’amxo’rlik bilan munosabat qilishimiz darkor.

“Mehr va oqibat” jamiyati telefon orqali soat 10:00 dan 19:00 gacha maslahat xizmatini joriy qildi.

Agar Siz jonivorlarga shafqatsiz munosabatning guvohi bo’lsangiz qo’ng’iroq qiling: +998 93-812-04-13


Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report sorovida qatnashgan respondentlarning fikrini aks ettiradi.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo