U-Report Korrupsiyaga qarshi
kurashish Agentligi bilan hamkorlikda aholining, jumladan, yoshlarning
korrupsiyaga munosabatini o‘rganish maqsadida so’rov o’tkazdi. So‘rov
natijalari Agentlik tomonidan korrupsiyani oldini olish va unga qarshi
kurashishni samaraliroq tashkil etish uchun foydalaniladi.
So'rovda mamlakat bo'ylab
15507 respondent ishtirok etdi, shundan 30% ayol respondentlardir. Faoliyat
toifasiga ko'ra so'rovda ishtirok etganlar quyidagilar: 36% OTM talabalari yoki
ilmiy xodimlar, 12% davlat xizmatchilari, 11% ta'lim sohasida ishlaydi, 9%
maktab o'quvchilari, 7% tadbirkorlar, 6% o'qimaydi va ishlamaydilar va hokazo.
KORRUPSIYA
HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:
1. Respondentlarning
34%i pora berishni korrupsiya deb hisoblamaydi.
2. U-Reportyorlarning
aksariyati (70%) korrupsiyada oluvchi ham, beruvchi ham birdek aybdor
ekanligini ta'kidlamoqda. Shu bilan birga, ayollarning 76% erkaklar bilan
taqqoslaganda (67%), bu fikrga ko’proq
qo'shilishadi.
3. U-Reportyorlar korrupsiyaning eng
asosiy uchta sababini sanab o’tishdi: ish haqining pastligi (22%), mansabdor
shaxslarning daromadlari va xarajatlari ustidan nazoratning yo'qligi (15%),
huquqiy savodxonlikning pastligi (12%).
4. So'nggi 2 yil
ichida U-Reportyorlar korrupsiyaga duch kelgan sohalar: ta'lim – 21%, sog'liqni
saqlash – 14%, ishga joylashish – 12%, prokuratura va ichki ishlar idoralari –
10%.
5. So'ralganlarning
18%i so'nggi 2 yil ichida korrupsiya holatlariga duch kelmaganliklarini
bildirdilar.
6. Tadbirkor respondentlar
ko'proq prokuratura va ichki ishlar organlarida korrupsiya holatlariga duch kelishgan – 18%, sog'liqni
saqlash tizimida ushbu soha xodimlarining o'zlari korrupsiyaga ko’proq duch
kelishgan – 19%.
7. Ishga qabul
qilishda korrupsiyaga asosan tibbiyot xodimlari (15%), o'qituvchilar,
abituriyentlar, talabalar, o'qimagan yoki ishlamaydiganlar duch kelishganini
aytishdi – har biri 13%dan.
8. U-Reportyorlarning
65%i prokuratura yoki militsiyaga korrupsiya to'g'risida murojaat qilmagan:
ularning 40%i buni foydasiz deb hisoblagan, qolganlari esa qasd qilishlaridan
qo’rqqan yoki organ xodimlari tinch qo’ymasligidan qo'rqishgan.
9. Respondentlarning
41%i korrupsiya holatlari to'g'risida xabar berishga tayyor emas: ularning 26%i
bunga shubha bilan qarashadi (ko'plari Farg'ona vodiysidan – 30%), 9% istamaydi,
6%i esa bir qarorga kelmagan.
10. Boshqa barcha
toifalarga qaraganda korrupsiya to'g'risida anonym ravishda xabar berishga
tayyorlar – davlat xizmatchilari, universitet talabalari, ta'lim va xizmat
ko'rsatish xodimlari – taxminan 36%.
11. Respondentlar
korrupsiyaning guvohi bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyatda xabar beradigan
idoralar: birinchi navbatda, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi – 28%,
ikkinchi o'rinda ommaviy axborot vositalari va bloggerlar – 19%.
12. U-Reportyorlarning
67%i mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ko'rilgan choralar
to'g'risida juda kam ma'lumotga ega: ularning 44%i biroz xabarlari bor, 23%i esa
hech narsani bilmaydi.
13. Respondentlarning
52%i "ba'zi ishlarni pora va tanishlar yordamida hal qilish mumkin"
degan jumlaga qat'iyan munosabatda emas: ularning 35% atrofida mavjud tizim
ularni bunday usullardan foydalanishga majbur qiladi deb hisoblashadi.
14. U-Reportyorlar
korrupsiyani kamaytirish bo'yicha o’z "retseptlari"ni
nomladilar: 18%, avvalambor, ish haqini oshirish kerak, deb hisoblashadi; 14%dan
tizimni o'zgartirishni va korrupsiya uchun jazoni kuchaytirishni taklif
qilmoqdalar, respondentlarning 12%i byudjet mablag'lari sarflanishini shaffof
qilish zarur deb hisoblaydilar.
15. Respondentlarning 86%i O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tashkil etilganligini biladi: shu bilan birga ularning 62%i Agentlik nima qilayotganini bilmaydi.
Respondentlar toifasiga ko'ra, so'rov ishtirokchilarining ko’pchiligi bular: 36%i OTM talabalari yoki ilmiy xodimlar, 12% davlat xizmatchilari, 11% o'qituvchilar. OAV xodimlari va
nodavlat notijorat tashkilotlari toifasidagilar kamchilik (respondentlarning 1%idan),
kollej / litsey o'quvchilari (2%), abituriyentlar (2%).
"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan 6% respondentlar
quyidagilarni yozdilar:
•
Iqtisodchi, bank va moliya
sektori xodimi
•
Mehnat
muhojiri
•
Uy bekasi,
tug'ruq ta'tilida
•
AKT ishchisi, dasturchi
•
Me'mor
•
Advokat va huquq sohasining
boshqa vakillari
•
Turizm xodimi
•
Mavsumiy
ishchi
•
Qishloq xo'jaligi ishchisi
(fermer, bog'bon)
•
Sanoat ishlab
chiqarish sohasida ishchi
•
Energetika ishchisi (gaz,
elektr energiyasi)
•
Frilanser
• Yoshga qarab endi ishlamaydi
U-Reportyorlarning 53%i – korrupsiya nima degan savolga to'liq javob
berishdi (pora berishdan tortib, byudjetdan o'g'irlash, vakolatlarini
suiiste'mol qilish va h.k.).
Qizig'i shundaki, respondentlarning 34%i pora berishni korrupsiya deb
hisoblashmaydi, respondentlarning 13%i korrupsiya – bu faqat "pora
berish" deb hisoblaydi.
Hududlar kesimida,
boshqalardan ko'ra, Xorazm, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog'iston
Respublikasida yashovchi respondentlar "korrupsiya" deganda ishlarni faqat
pora berish orqali yechish deb tushunadilar – ushbu hududlardagi
respondentlarning o'rtacha 17%i. Va aynan shu hududlarda ushbu savolga javobni
bilmaganlarning aksariyati (o'rtacha 2%).
Toshkent shahri va Buxoro viloyatida, asosan, ushbu savolga eng to'liq
javob berilgan, bu yerda respondentlarning 56% "Yuqorida aytilganlarning
hammasi" javob variantini tanlagan.
Eng to’liq javob – “Yuqoridagi hammasi”
Korrupsiya – o'zi
yoki boshqalar manfaatlari uchun o'z lavozimidan noqonuniy foydalanish
(suiiste’mol qilish), shuningdek, bunday imtiyozni noqonuniy berish.
Pora berish ham
noqonuniy hisoblanadi va jarima yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi. Pora bergan shaxs, agar u pora berishga majbur qilingan bo'lsa yoki
u 30 kun ichida o'z ixtiyori bilan tan olsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
U-Reportyorlarning aksariyati (70%) korrupsiyada oluvchi ham, beruvchi ham
birdek aybdor ekanligini ta'kidlamoqda. Ushbu fikrdagi
ayollar soni (76%), erkaklar bilan taqqoslaganda (67%), ko’proq. Erkak
respondentlar pora olgan odam korrupsiyada aybdor (19%) deb ishonishga ko'proq
moyil bo'lsa, bunday fikrga ayollarning atigi 13%i qo’shiladi.
"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan 5% respondentlar
quyidagilarni yozdilar:
•
Davlat, samarasiz davlat
boshqaruvi, eskirgan hujjatlar tizimlari, mansabdor shaxslar va davlat
idoralari rahbarlari
•
Ishlamaydigan qonunlar va
normativ-huquqiy hujjatlarning nomukammalligi
•
Tizim (siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy)
odamlarni korrupsiyaga majbur qiladi
•
Mentalitet, madaniyat
•
Iqtisodiyotning
rivojlanmaganligi, monopoliyalarning mavjudligi, raqobatsiz muhit
•
Maoshlarning kamligi, moddiy ehtiyoj
•
Ta'lim darajasi, huquqiy ongi
va savodxonligi past
•
Nafaqat beruvchi va beradigan,
balki vositachi ham
•
Butun jamiyat.
U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)
Государство со
своей структурой, когда проще и быстрее решить свои дела с помощью коррупции.
Давлат айбдор, қонунларнинг
устувормаслиги, коррупционерларга жазо
турларининг енгиллиги, еоррупционерларни оммага ошкор қилинмаслиги,
мол-мулкларини даромадига номувофиқлиги равшан бўлсада, назоратнинг сустлиги.
Тизимларнинг автоматлашмаганлиги,
шаффофлик йўқлиги.
Государство, потому что не даёт своим работникам
достойной зарплаты.
Сама система, которая увязла в омуте
коррупции. Какую бы сферу вы не брали обязательно встретитесь с коррупцией. Так
как те, кто сидят на своих креслах создают такую обстановку, при которой
простой народ вынужден дать взятку. Или злоупотребляют своей должностью ради корыстных
целей.
Менталитет, потому что всем выгодней не заплатить
полную сумму штрафа, а дать часть от неё ответственному сотруднику. Они не
думают о будущем нашей страны.
Ҳуқуқий онгнинг пастлиги, шахс ўзининг
ҳуқуқ ва манфаатларини порасиз ҳам ҳимоя қилиши мумкин.
Спрос порождает предложение. Это
элементарный закон экономики.
U-Reportyorlar korrupsiyaning
sabablari bo'yicha eng asosiy beshtalikni aniqladi:
1) kam maoshlar (22%),
2) mansabdor
shaxslarning daromadlari va xarajatlari ustidan nazoratning yo'qligi (15%),
3) huquqiy savodxonlikning pastligi (12%),
4) davlat
xizmatchilarining o'ziga bo'lgan haddan ortiq ishonchi (11%),
5) korrupsiya uchun
jazo muqarrar emasligi (10%).
Respondentlarning
atigi 5%i korrupsiyaning sababi mentalitetga va milliy an’analarga asoslangan
deb hisoblashadi.
U-Reportyorlarning javoblariga ko'ra, ular
so'nggi 2 yil ichida korrupsiya bilan duch kelgan sohalar bu: ta'lim – 21%, sog'liqni saqlash – 14%,
ishga joylashish – 12%, prokuratura va ichki ishlar idoralari – 10%.
Respondentlarning 18%i so'nggi
2 yil ichida korrupsiya holatlariga duch kelmaganliklarini ta'kidladilar.
Erkaklarga nisbatan 5% ko'proq ayollar korrupsiya bilan duch kelmaganliklarini ta'kidladilar.
Ayollarning 27%i, 19%
erkaklarga nisbatan, ta'lim sohasida ko’proq korrupsiyaga duch kelganliklarini
ta'kidladilar. Qizig'i shundaki, respondentlar savdo va xizmat ko'rsatish
sohasida deyarli korrupsiyaga duch kelmaganlar.
"Boshqa" javob
variantini ko'rsatgan respondentlarning 8%i quyidagilarni yozgan:
•
Yuqoridagi barcha sohalarda
•
Bir vaqtning o'zida bir nechta
variantni tanlang
•
Adliya
organlari, ro'yxatga olish idorasi
•
Bojxona
•
Soliq inspeksiyasi
•
Harbiy soha
•
Energetika sohasi
•
Ekologiya
•
Qishloq
xo'jaligi, paxtachilik
•
Veterinariya xizmati
•
Moliya vazirligi, Pensiya jamg'armasi
•
Mehnat migratsiyasi agentligi,
Mehnat vazirligi huzuridagi mehnat inspektsiyasi
•
Haydovchilik guvohnomasini
olgandan so'ng, yo'l harakati xavfsizligi xizmati
•
Avtosanoat
•
Sport, sport federatsiyalari
•
Ichimlik suvi
uchun, tabiiy gaz uchun qarzlarni hisoblashda
• Jazoni ijro etish byurosi (MIB).
Prokuratura va ichki ishlar organlarida korrupsiyaga ko’proq Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagilar duch kelishganini aytishdi – 14% va 12% respondentlar mutanosib.
Respondent tadbirkorlarning aksariyati prokuratura va
ichki ishlar organlarida korrupsiya holatlariga duch kelishgan – 18%, kollej / litsey
o'quvchilari esa bu sohada eng kam duch kelganlar – 4%.
So'ralgan
tadbirkorlar (11%), davlat
xizmatchilari (9%) va xizmat ko'rsatish xodimlari (7%) hokimiyatlardagi korrupsiya haqida shikoyat
qildilar. Xuddi shu
toifadagilar, shuningdek,
qurilish, yer va
kadastrdagi korrupsiyani qayd etgan –
o'rtacha 7%i.
Sog'liqni
saqlash tizimida eng ko'p ushbu
soha xodimlarining o'zi korrupsiya holatlariga bilan duch kelgan – 19%, va ta'lim
sohasida – OTM talabalari
va ilmiy xodimlar – 31%.
Ishga joylashishda korrupsiyaga asosan duch keladiganlar: sog'liqni saqlash xodimlari (15%),
o'qituvchilar, abituriyentlar, talabalar, o'qimayotgan yoki ishlamayotganlar – har biri 13%dan.
So'ralgan maktab o'quvchilari va kollej / litsey o'quvchilari orasida korrupsiyaga duch kelmaganlarning aksariyati – taxminan 30%.
U-Reportyorlarning 40%i korrupsiya to'g'risida prokuratura yoki militsiyaga murojaat
qilish befoyda deb hisoblaydi. Shu bilan birga, 13%i o'zlari da'vo qilishi
mumkin bo'lgan kishilardan qasos olish qo'rquvi sabab murojaat qilmaganliklarini,
yana 12%i esa keyinchalik organlar tinch qo’ymasliklaridan cho’chib murojaat
qilmaganliklarini aytdilar.
Respondentlarning atigi 4%i prokuratura va militsiyaga murojaat qilgan.
10% ko'proq ayollar, erkaklardan farqli o'laroq, korrupsiyaga duch
kelmaganlar.
"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan 5% respondentlar quyidagilarni
yozdilar:
•
Agar korrupsiya holati bo'lgan
bo'lsa ham, uni isbotlash qiyin bo'ladi, qo'llanilmaydi, chunki korrupsiyaning
aniq dalillari yo'q edi (video, foto, audio va boshqalar).
•
Qo'shimcha "bosh
og'rig'i" va huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilishda
muammolar
•
Boshqalarga yomonlik qilishni
istamaslik (poraxo'rning farzandlari va oilasi haqida o'ylash)
•
Korrupsiya to'g'risida
shikoyatlar muvaffaqiyatsiz tugagani va shu sabab ular buni foydasiz deb
hisoblashadi
•
Boshqalar korrupsiya
holatlariga duch kelishgan
•
Birovni topshirish – bu
mentalitetga to'g'ri kelmaydi
•
Vaqtni tejash va hujjatlarni
rasmiylashtirishdan qochish uchun, bu haqda ma'lumot berish uchun arzimagan
miqdordagi korrupsiya miqdori
•
Hammasi o'zaro kelishuv asosida bo’lgan.
U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)
Ariza berish to‘g‘ri, lekin korrupsiya bo‘yicha ariza berilgandan keyingi prosseslar ancha vaqt bosh og‘riq oladi shuning uchun ariza berish bir qancha bosh og‘riqlarni keltirib chiqaradi. Misol uchun amaliyotda ariza beriladi, qanaqa isboting bor zapis bormi, yana gaplash nima deydi aniqlik kiritish kerak, undan keyin delo, guvoh sifatida ming marta chaqiriladi va hakozo bosh og‘riqlar. Taklifim: pora talab qildimi tamom, Shu joyda ariza berish kerak shu kuni tadbir o‘tkazilishi va shu xodim qamoqqa olinib, ishdan bo‘shatilishi kerak.
Процедура
долгая, вызывают без конца, все косо смотрят.
Barcha dalillar bilan murojaat qilganman. Lekin hech qanday chora koʻrilmadi
Из-за
того, что не записала разговор на диктофон, не доказуемо.
Bir kishini javobgar qilish bilan korrupsiya
yo’qolmaydi
Chaqmachaqarlik mentalitetimizga to'g'ri kelmaydi.
CHunki foydasi yo'q TANKA sini ishga
solishadi va ular aybsiz
Толка
нету сам будешь виноватым, потому что скрытый круг работает сами не будут брать,
а через других берут у них есть свои люди.
Habar bergandan foyda yuq. Korrupsiyada
ayblanayotgan shaxs pora bilan jazodan qutilib qolaveradi har doim
Miqdor arzimas bo'lgan va bu haqida xabar
berishni lozim topmaganman. Chunki vaqtdan yutishdan manfaatdorlik bo'lgan
Нет,
не обращался никуда. Потом становлюсь белой вороной, и дела не решаться в
коммунальных услугах. Для всех я становлюсь козлом и некто не поможет
Донос
на взятку влечет другую взятку, зачем кормить правоохранительные органы?
Коррупция
хамма сохада мавжудлиги учун фойдасиз деб уйлайман
Hudular kesimida, korrupsiya holatlari to'g'risida ochiq xabar berishga ko'proq Sirdaryo viloyatidagi respondentlar tayoyor – 28%. Toshkent va Namangan viloyatidagi respondentlar esa aksincha – eng kam soni bunga tayyor (22%). Poytaxtda respondentlarning 40%i korrupsiya to'g'risida ma'lumot berishga rozi, ammo anonim shakilda. Farg'ona vodiysida – Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatlarida ko'pchilik bunga ishonmaydi va hech narsa o'zgarmaydi deb o'ylaydi – taxminan respondentlarning 30%i.
Agar respondentlarning mashg’ullik toifalari bo’yicha ko'rib chiqsak, korrupsiya
holatlari to'g'risida xabar berishga eng tayyor toifa – OAV vakillari
(jurnalistlar va bloggerlar) – 36%, shuningdek o'rta maktab o'quvchilari –
taxminan 32%.
Boshqa barcha toifalarga qaraganda, korrupsiya to'g'risida anonim shaklda
xabar berishga tayyorlar – davlat xizmatchilari, universitet talabalari, ta'lim
va xizmat ko'rsatish xodimlari – taxminan 36%.
Eng pessimist respondentlar tadbirkorlar bo’ldi – ularning 34%i bu foydasiz va hech narsani o'zgartirmaydi deb hisoblaydilar.
Agar respondentlar korrupsiyaning guvohi bo'lishsa, ularning 28%i bu haqda
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligiga xabar berishadi. Ikkinchi o'rinda
ommaviy axborot vositalari va bloggerlar – 19%. Prokuratura va Ichki ishlar
vazirligi 18% bilan faqat uchinchi o'rinda.
So'rov ishtirokchilarining 15%i, hattoki taqdim etilgan variantlar bilan
ham, korrupsiya faktlari to'g'risida qayerga murojaat qilish to'g'risida bir qarorga
kelolmagan.
"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan respondentlarning 4 foizi quyidagilarni
yozgan:
•
Davlat xavfsizlik xizmatiga (DXX)
•
Bu befoyda deb hisoblaydi va korrupsiya to'g'risida shikoyat samaradorligiga ishonmaydi
•
Prezidentga (virtual qabulxona)
•
Bosh vazirga
•
Mansabdor
shaxsning rahbariyatiga
•
Yaqin va tanish odamlar, do'stlar, qarindoshlarga
•
Xudoga (Alloh).
U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)
Даже если и
сообщу, бестолку. Всё обернется против меня. У нас законы не работают. Только
на словах и в бумагах.
А смысл? Если
потом бесконечно будут дёргать тебя и это не влияет на общую ситуацию
Бесполезно,
потом будут называть доносчиком или стукачом
Kimga etsamam befoyda. Oʻzim baloga qolaman. Xalqni qon qoniga singib
yotibdi bu.
Постараюсь
решить на месте в правовом поле и всеми законными мерами воздействия.
U-Reportyorlarning
44%i mamlakatda
korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ko'rilayotgan choralar haqida bir oz xabardor va
yana 23% respondentlar bu haqda hech narsa bilishmaydi.
Respondentlarning faqat 33%i ushbu sohada nima qilinayotganini aniq biladi.
Agar respondentlarning mashg’ullik toifalaridan nazar solsak: korrupsiyaga
qarshi ko'rilayotgan choralar haqida ko'proq davlat xizmatchilari xabardor – 47%.
O'qimayotgan va ishlamayotganlar, xizmat ko'rsatish xodimlari bu haqida eng kam
xabardor bo’lgan qatlam – faqat 27%.
Qizig'i shundaki, sog'liqni saqlash xodimlari korrupsiyaga qarshi choralar
to'g'risida boshqalarga qaraganda kamroq ma'lumotga ega – 44% bu savolga
"Yo'q" javobini tanladilar.
Respondentlarning 35%i pora va tanishlar bilan ayrim masalalarni
hal qilishga tizim majburlaydi deb hisoblaydi.
Respondentlarning 44%i hamma narsani qonuniy yo'l bilan bajarish yaxshi deb
aytishdi. Ushbu savolga javobda gender bo’yicha farqlar topilmadi.
Respondentlar toiflalari nuqtai nazaridan, kollej / litsey o'quvchilarining
aksariyati, shuningdek maktab o'quvchilari (har biri 8%) – qanday bo’lmasin
ham, eng muhimi – bu masalani hal qilish deb hisoblashadi.
Shu bilan birga, sog'liqni saqlash xodimlari, davlat xizmatchilari va
tadbirkorlar mavjud tizimni ayblashgan va ijobiy javob berishgan – ushbu
toifadagi respondentlarning taxminan 40%i shunday fikrga ega.
Ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlarning fikriga ko'ra, korrupsiya baribir yomon oqibatlarga olib keladi – respondentlarning taxminan 16%.
U-Reportyorlarning 18%i korrupsiyani kamaytirish uchun ish haqini oshirish
kerak, deb hisoblashadi. Respondentlarning yana 14%idan tizimni
o'zgartirishni va jazolarni kuchaytirishni taklif qilmoqda. Respondentlarning
12%ining fikriga ko'ra, byudjet mablag'larini sarflashda oshkoralik zarur.
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining tashkil etilishi va uning
faoliyatini kuzatib boradigan respondentlar ko’proq Jizzax, Namangan va Buxoro
viloyatlarida yashaydi – taxminan 28%. Shu bilan birga,
respublika bo'yicha respondentlarning 62%i bunday Agentlikning tashkil etilishi
haqida bilishadi, lekin u nima bilan shug'ullanishini bilishmaydi. Qizig'i
shundaki, Toshkent shahri bunday Agentlikni tashkil etish to'g'risida eng kam
xabardor bo'lib, unda respondentlarning 1/5 qismi bu haqda birinchi marta
eshitganliklarini bildirishgan.
Respondentlar toifalari bo’yicha, Agentlikning tashkil etilganligi to'g'risida xabardor
va uning faoliyatini kuzatib boradiganlar eng ko’pi bu – davlat
xizmatchilari (37%). Agentlik haqida birinchi marta eshitayotganlar maktab o'quvchilari (29%), abituriyentlar va kollej / litsey talabalari – har biri 23%dan.
Siz korrupsiya guvohi bo‘lsangiz, yoki Sizdan noqonuniy ravishda pul talab qilinsa, prokuraturaning 1007 telefoniga murojaat qiling.
Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi korrupsiya holatlari haqida xabar berish uchun maxsus sayt va mobil ilova ustida ishlamoqda. Ushbu platforma tez orada ishga tushishi kutilyapti. Sizga bu haqda xabar beramiz.
Izoh: Soʻrovlar natijasida
olingan maʼlumotlar UNICEFning
fikrini aks
ettirmaydi, reprezentativ
maʼlumotlar
hisoblanmaydi va
ushbu U-Report so’rovida qatnashgan
respondentlarning fikrini
aks ettiradi.