U-Report O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari
bo‘yicha komissiyasi, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti, UNICEF
va UN Women («BMT Ayollar» agentligi) bilan hamkorlikda viktorina shaklida
so’rov o’tkazishdi. So’rov maqsadi butun dunyo xotin-qizlari duch kelayotgan
masalalar va 25 yil oldin qabul qilingan Pekin Harakatlar Platformasi
to'g'risida yoshlarning xabardorligini oshirish.
2012-yil 11-oktyabrdan har yili Xalqaro Qizlar kuni nishonlanadi. Uning
asosiy maqsadi – qizlar duch keladigan muammolarga e’tibor qaratish hamda
ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish.
So'rovda mamlakat bo'ylab 6300 dan ortiq respondentlar ishtirok etishdi, ulardan 45% dan ortig'i ayol
respondentlardir. So’rov viktorina shaklida o’tkazildi – savollardan keyin
to’g’ri javoblar berildi.
QIZLAR HUQUQLARI HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:
1. U-Reportyorlarning atigi 30%i
Pekin Harakatlar Platformasi nima degan savolga to’g’ri javob bera olishdi.
2. Respondentlarning 48%i
"gender" va "jins"
atamalarini ishlatishda farqlar mavjudmi degan savolga to’g’ri javob berolmadi.
3. Respondentlarning 60%i
dunyodagi savodi bo’lmagan yoshlarning 56%ini qizlar va yosh ayollar tashkil etishini
bilmas edi.
4. Respondentlarning 75%i
dunyodagi 15-19 yoshdagi 100 ta qizdan 25 nafari hozirgi kunda o’qimasligini va
ishlamasligini bilmagandi.
5. Respondentlarning 67%i 18
yoshgacha bo’lgan qizlarning 100tadan 20tasi 18 yoshga to’lmasdan turmushga chiqishini
bilmagan edi.
6. So'rovda qatnashganlarning
49%i dunyodagi 100ta qizdan 20ga yaqini ayol kishining turmush o’rtog’i
tarafidan kaltaklanishini oqlashini bilar ekan. Ammo, aslida, bu inson
huquqlarining buzilishi.
7. Respondentlarning 54%i
O'zbekistonda gender tushunchasiga ta’rif beruvchi qonun qabul qilinganligini
bilmasdi.
8. So'rovda qatnashgan
yoshlarning 35%i O'zbekistonda qizlar uchun eng minimal nikoh yoshi 18 yosh
ekanligini bilmas edi. Eng yuqori ko’rsatkich Buxoro va Surxondaryo
viloyatlarida (43%).
Respondentlarning 50%i Pekin Harakatlar Platformasi nimani anglatadi degan savolga javob berishda
qiynalayotganliklarini tan olishdi. So'rovda qatnashganlarning 16%i bu yoshlar uchun mo'ljallangan sayt deb
taxmin qilishdi.
U-Reportyorlarning atigi 30% Pekin Harakatlar Platformasi nima degan
savolga to'g'ri javob bera olishdi. Bundan tashqari, erkaklarga qaraganda 6% ko'proq ayollar Pekin Harakatlar
Platformasi to'g'risida xabardor.
IZOH: (2) 1995-yil sentabr oyida BMT Pekin shahrida (Xitoy) ayollar holati bo’yicha 4-Butunjahon konferensiyani tashkil etdi. Unda davlatlar Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasini qabul qilishdi. Ushbu hujjat ayollar holatini yaxshilash bo’yicha mamlakatlar va xalqaro darajadagi chora-tadbirlarni belgilaydi. 2020 yilda Pekin harakatlar platformasining 25 yilligi nishonlanadi.
https://www.un.org/ru/documents/decl_conv/declarations/womdecl.shtml
Respondentlarning 52%i
"gender" va "jins" atamalarini ishlatishni farqlash kerak deb
o’ylashadi – va bu haqiqatga yaqin. Shu bilan birga, ushbu savolga javob berishda alohida gender farqlari
aniqlanmadi. U-Reportyorlarning 27% "gender" va "jins" atamalarini
ishlatishda farq yo'q deb hisoblashadi.
IZOH: (1) Ikkala atama ham jinsga taalluqlilikni anglatadi, ammo turli maqsadlarda qo’llaniladi. Jins – biologik mansublikni bildiradi, gender esa – ijtimoiy-madaniy ta'rif uchun ishlatiladi.
Masalan,
biz “jinsiy tenglik” emas – “gender tenglik” deymiz. Chunki o’g’il va qiz
bolalarni biologik jihatdan tenglashtirib bo’lmaydi, ammo o’g’il bolalar va
qizlar uchun teng imkoniyat va huquqlarni ta’minlash mumkin.
IZOH: (1) UNICEF va BMT Ayollar agentligining 2020-yildagi «Qizlar uchun yangi davr» hisobotiga ko’ra, dunyoda savodi bo’lmagan 15-24 yoshlilarning 56% ini qizlar va ayollar tashkil etadi. 1995-yilda bu ko’rsatkich 61% ni tashkil etgan.
IZOH: (2) Dunyoda 15-19 yoshdagi 100 ta qizdan 25 nafari hozirgi kunda o’qimaydi va ishlamaydi. Bu mehnat bozoridagi gender stereotiplar va qizlarning jamiyatdagi roliga an’anaviy qarashlar bilan bog’liq.
IZOH: (2) Hozirda 18 yoshgacha bo’lgan qizlarning 100tadan 20tasi 18 yoshga to’lmasdan turmushga chiqmoqda. Hech bir qiz 18 yoshgacha turmushga chiqarilmasligi kerak.
IZOH: (2)
Er xotinini kaltaklashi – inson huquqlarining buzilishidir. Lekin dunyo bo’ylab 100ta qizdan 20ga yaqini ayol
kishining turmush o’rtog’i tarafidan kaltaklanishini oqlaydi.
IZOH: (1) Ha, 2019-yil avgust oyida «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi» qonun qabul qilindi. Qonunda gender, gender statistikasi va boshqa tushunchalarga ta’rif berilgan.
Qizig'i shundaki,
Toshkent shahrida respondentlarning 47%i "gender" tushunchasiga
ta’rif berilgan qonun borligini bilmaydi va faqatgina 38% bunday qonun haqida
biladi. Surxondaryo va Navoiy viloyatlaridagi respondentlar Qonun borligi
haqida ko'proq bilishar ekan (52%).
IZOH: (2) 2019-yil sentabridan boshlab O'zbekistonda qizlar uchun nikoh yoshi 18 yosh deb belgilandi. (avval 17 yosh edi). Yoshlar ham U-Report orqali nikoh yoshini oshirishga ovoz berishdi va bu qarorni qabul qilishda ularning ovozlari inobatga olindi!
Bu savolga to'g'ri javob berganlarning
aksariyati Andijon va Namangan viloyatlarida yashaydilar, u yerda U-Reportyorlarning 71%i 18 yoshni to’g’ri
belgilagan. Buxoro
viloyatida ushbu savolga to'g'ri javob berganlarning soni eng kam (56%). Surxondaryo viloyatida esa
respondentlarning 35%i qizlarning minimal nikoh yoshi 17 yosh deb noto'g'ri o'ylashadi.
Dunyo miqyosidagi ma’lumotlar UNICEF va BMT Ayollar agentligining 2020-yildagi «Qizlar uchun yangi davr» hisobotidan olindi.
Izoh: Soʻrovlar natijasida
olingan maʼlumotlar UNICEFning
fikrini aks
ettirmaydi, reprezentativ
maʼlumotlar
hisoblanmaydi va
ushbu U-Report so’rovida qatnashgan
respondentlarning fikrini
aks ettiradi.