Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Qo’ng’iroqlar sifati Sizga ma’qulmi?

U-Report Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi bilan hamkorlikda joylarda QO’NG’IROQ QILISHDA uyali aloqa sifati haqida yoshlarning fikrlarini bilish va uyali aloqadan foydalanishda o’zlarining huquqlariga munosabatlarini o’rganish maqsadida so’rov otkazdi.

So’rov natijalari Agentlikka uyali aloqa foydalanuvchilari duch kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yo’llarini topish uchun zarur.

So'rovda mamlakat bo'ylab deyarli 10 ming respondent ishtirok etdi, ularning 39%dan ortig'i ayol respondentlardir.

QO’NG’IROQLAR SIFATI HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

1.       Respondentlarning 94%i qo'ng'iroq qilish uchun shaxsiy mobil telefondan foydalanadi.

2.       Ma'lum bo'lishicha, U-Reportyorlar orasida mobil qo'ng'iroqlardan foydalanuvchilar soni bo'yicha: birinchi o'rinda Beeline (31%), undan keyin Uzmobile (28%) va uchinchi o'rinda Ucell 24%.

3.       Foydalanuvchilarning 66%i, umuman olganda, uyali aloqa qo'ng'iroqlari sifatidan mamnun, respondentlarning 31%i esa qo'ng'iroqlar sifati to'g'risida salbiy javob berishdi.

4.       Respondentlarning 14%i SIM-kartani sotib olayotganda shartnoma bilan tanishishga imkoniyat berishmaydi deb javob berishdi.

5.       U-Reportyorlarning 28%ining ma'lumotiga ko’ra, shu yil hisobidan ulardan aloqa uchun sarflagan daqiqadan ortiqroq pul yechib olingan. Shu bilan birga, 45% bunga duch kelmaganini ta’kidlashdi.

6.       Respondentlarning yarmidan ko'pi (54%) ushbu yilda ular hech qanday qo'shimcha xizmatlarga ogohlantirishsiz ulanmagan deb javob berishdi, lekin 30%i qarshi fikr bildirishdi.

7.       Foydalanuvchilarning 10%i abonentlarning shaxsiy kabinetlari borligini bilishmaydi va respondentlarning 37% shaxsiy kabinetlaridan umuman foydalanmasliklarini bildirishgan.

8.       U-Reportyorlarning 29%i uyali aloqa sifati to'g'risida shikoyat qilishganini bildirishgan, yana 17% shikoyat qilishni xohlagan bo’lardi.

9.       Qo'ng'iroqlarning sifati to'g'risida shikoyat bilan murojaat qilgan 29% respondentlarning 42%ida masalasi qisman hal qilingan va 24%ida to'liq hal qilingan.

10.   U-Reportyorlar bir vaqtning o'zida turli xil uyali aloqa operatorlarining SIM-kartalaridan foydalanish sabablarini aytib o'tdi: 32%ida qo'ng'iroqlar va Internetning sifati pastligi, 26%ida Internetning yomonligi, 12% esa qulay tariflar tufayli.

11.   Uyali aloqa kompaniyalari filiallari ishining sifati bilan enf ko’p Navoiy viloyatidagilar mamnun, u yerdagi respondentlarning taxminan 47%i ijobiy baho berishdi.

 

 

 

 

Respondentlarning aksariyat qismi (98%) qo'ng'iroq qilish uchun mobil telefondan foydalanadi. Shu bilan birga, erkaklarga qaraganda 3% ko'proq ayollar qo'ng'iroq qilish uchun ota-onalaridan uyali telefonni olib ishlatishadi.

 

"Boshqa" javobini tanlagan respondentlarning 1% quyidagilarni yozgan:

1.       Shaxsiy va umumiy oila uchun bo’lgan telefonlardan foydalanadilar, hamda ota-onalaridan oladilar

2.       Mobil va uy telefonlaridan foydalanadilar

3.       Qo'ng'iroq qilish uchun barcha telefonlari IMEI kodi bilan bloklangan, qayerga murojaat qilishimni bilishmaydi (Rossiyadan olib kelingan telefonlar ishlamayapti)

4.       Ko'proq mobil aloqadan emas, balki Internet-trafikdan foydalanadi

5.       Vaqtincha chet elda

6.       Korporativ raqam, ishdan uyali telefon olgan

7.       Mobil aloqadan foydalanmaydi.

 

 

Ma'lum bo'lishicha, U-Reportyorlar orasida mobil qo'ng'iroqlardan foydalanuvchilar soni bo'yicha birinchi o'rinda Bilayn (31%), undan keyin Uzmobile (28%) va uchinchi o'rinda Ucell (24%).

 

Shu bilan birga, hududlarning o'z liderlari bor. "Beeline" uyali aloqa operatorining xizmatlaridan Farg'ona viloyati abonentlari ko'proq foydalanashar ekan ushbu viloyatdagi barcha respondentlarning 57%i. "Beeline" foydalanuvchilarining eng kam soni Namangan viloyatida bo'lib, u yerda eng ommabop uyali aloqa operatori "Ucell" (38%) ekan.

 

"Boshqa" javobini tanlagan respondentlarning 1% quyidagilarni yozgan:

1.       Bir vaqtning o'zida bir nechta variantni tanlang

2.       Humans

3.       Mobi.uz

4.       Rossiyadan MTS-dan foydalanishadi

5.       Uy telefonidan foydalanishadi.

 


Foydalanuvchilarning 68%i, umuman olganda, uyali aloqa qo'ng'iroqlari sifatidan mamnun: 34%i "ha" deb va 32%i "asosan, ha" deb javob bergan. Sirdaryo viloyati (44%) va Qoraqalpog'iston Respublikasi (41%) (qat’iy "ha" javobi bilan) uyali aloqa sifatidan eng mamnun hududlar bo’ldi.

Respondentlarning 31%i qo'ng'iroqlarning sifati to'g'risida salbiy javob bergan, shulardan 17% aniq "yo'q" javobini tanlagan. Uyali aloqa sifatidan eng kam qoniqish Buxoro va Jizzax viloyatlariga to'g'ri keladi – bu yerdagi 29% respondentlar salbiy javob bergan.


Mobil kompaniyalar kesimida, qo’ng’iroqlar safati bo’yicha eng ko’p salbiy javob berganlar Ucell abonentlari bo’ldi (33%).


Respondentlarning atigi 29%i SIM-kartani sotib olayotganda shartnomaning barcha shartlarini o'qiganlarini, 26%i faqat ba'zi qismlarini o'qiganlarini, 14% esa faqat narxga qarashlarini aytishdilar. Bu savolga javob berishda hech qanday gender farq topilmadi, faqat ayollarning 10%, erkaklarning 3% bilan solishtirganda, o'zlari uchun SIM-kartani olmagan.

Respondentlarning 14%i SIM-kartani sotib olishda shartnoma bilan tanishishlariga berishmagan, deb javob berishdi.

"Boshqa" javobini tanlagan respondentlarning 1% quyidagilarni yozgan:

1.       Ota-onalar SIM-kartani sotib olishadi

2.       Ular uzoq vaqt oldin SIM-kartani sotib olganliklari sabab eslamaydilar

3.       O'qish qiziq emas, faqat tariflar haqida ma’lumot qiziqtiradi

4.       Shartnoma shartlarini o'qish uchun yetarli vaqt yo'q

5.       Shartnoma rus tilida, matni kichkina harflar bilan yozilgan va uni o'qish qulay emas

6.       Bunday shartnoma mavjudligini bilishmaydi

7.       Shartnoma shartlariga yetarlicha e'tibor bermaydilar, faqat imzolaydilar

8.       So'ralmagan va ularga shartnoma berilmagan.

 

U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)

Qaсhon va qanсha tolash hususida malumot olaman, lekin togrisi shartnomaga e'tibor bermas ekanman faqat qol qoyob olib ketaman.

Это было так давно, что уже не помню, читалось ли. Но точно помню, что читались условия тарифа "от" и "до"

 

Vaqt kam beriladi. Ochrt ko‘p bo‘lganligi sababli shartnoma bilan tanishishni imkoni yo‘q bo‘ladi.

 

Танишишга эмас имзолаш учун беришади. Ўқишга, танишишга вақтлари йўқ бўлади, бошқа мижозни куттирмаслик учун !


Я все равно не смогу внести изменения в договор, если не согласна

 

Assosan yoq tanishmaganman faqat narxi va tarif rejadagi daqiqaqalar,sms,mb larni so'raganman lekin shartnomani berishmagan

 

Shartnoma matni juda mayda shriftda va uzundan uzoq, va ayrim paytlarda mujmal bo'ladi. Qolaversa, kompaniyalar xodimlari tanishib chiqish kerakligi haqida eslatib ham o'tirishmaydi. Mijozni tanishib chiqish uchun sabri yetmasligi, g'ashiga tegishi aniq. Shu muammoga e'tibor qilish kerak.

 

Tanishing deyishmaydi. Faqat qo‘l qo‘ying deyishadi. Va o‘zim ham qiziqib ko‘rmaganman

 

Все мобильные операторы в Узбекистане не предоставляют копию договора. При подключении просят быстрее подписать.


U-Reportyorlarning 28%i da'vo qilishicha, shu oxirgi bir yil ichida aloqa uchun ulardan sarflagan daqiqadan ortiqroq pul yechib olingan. Eng ko'p ovozlar Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida berilgan: respondentlarning taxminan 33% bunday holatga duch kelganliklari haqida aytishgan.

Shu bilan birga, respondentlarning 24%i aloqa uchun ulardan qancha pul olinishini tekshirmasligini ta'kidladilar.


Uzmobile abonentlari, boshqa kompaniyalar bilan solishtirganda, ulardan ishlatganlaridan ortiqroq vaqt uchun pul yechilmaganligini ta’kidlashdilar (23%).


Respondentlarning yarmidan ko'pi (54%) ushbu yil davomida ular hech qanday qo'shimcha xizmatlarga ogohlantirishsiz ulanmagan deb javob berishdi. Shu bilan birga, 30%i ularga xizmatlar ogohlantirishsiz ulanganligini ta'kidladilar. Farg'ona va Namangan viloyatlarida bunga ko'pchilik e'tibor bergan – taxminan 39% bu xizmatlar ularga ogohlantirishsiz ulanganligini bildirgan.



Xizmatlarni ogohlantirmasdan yoqtirish bo’yicha antireytingda Beeline birinchi o’rinni qo’lga kiritdi – 36% so’rov ishtirokchilari bunga ovoz berishdi.


Foydalanuvchilarning 10%i abonentlarning shaxsiy kabinetlari borligini bilishmaydi va 37%i esa shaxsiy kabinetdan foydalanmasliklarini bildirishgan. Umuman olganda, foydalanuvchilarning 47%i o'zlarining "shaxsiy kabinetlari" yordamiga u yoki bu tarzda murojaat qilishadi: 33 foiz ba'zida va 17 foiz undan xar doim foydalanadi.

"Shaxsiy kabinet"dan foydalanuvchilarning aksariyati Farg'ona viloyatida – respondentlarning taxminan 52% ushbu variantni tanladilar. "Shaxsiy kabinet" dan foydalanuvchilarning eng kam qismi Qoraqalpog'iston Respublikasida bo'lib, ularning 41%i ushbu xizmatdan foydalanmayotganliklarini ta'kidlashgan.


U-Reportyorlarning 29%i uyali aloqa sifati to'g'risida shikoyat bilan murojaat qilishganligini va so'ralganlarning atigi 26%i ular hammasidan mamnun ekanligini bildirishdi.

Shu bilan birga, 27%i ariza berish foydasiz deb o'ylaydi va 17%i shikoyat qilishni xohlashini bildirgan. Namangan, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida mobil kompaniyalarni o’ziga shikoyat bilan murojaat qilganlarning soni eng ko'p – taxminan 39% tashkil qiladi. Hamma narsadan mamnun bo'lganlarning soni Qoraqalpog'iston Respublikasida eng baland – 33%.

 

Biz o'zlarining qo'ng'iroqlari sifatidan shikoyat qilganliklarini bildirgan respondentlarning 29%iga savol berdik murojaatlarining taqdiri haqida.

Respondentlarning 42%i muammolarini qisman hal etishgan va respondentlarning 24%i to’liq yechimini topgan. Shu bilan birga, qolgan 24% respondentlarning murojaatlari natijasiz bo’lib, ularga hech qanday yordam berilmagan, yana 9% respondentlarning murojaatlari umuman javobsiz qoldirilgan.

"Boshqa" javobini tanlagan respondentlarning 1% quyidagilarni yozgan:

1.       Uyali aloqa operatori bilan ulanish qiyin yoki u ulanish mumkin emas

2.       Muammoni vaqtincha hal qilishgan, ammo keyin yana paydo bo'lgan

3.       Ta'mirlash ishlari olib borilmoqda, deb javob berishadi

4.       Shikoyat qilishmagan

5.       Murojaat qilishgan, ammo ijobiy natija bo’lmagan

6.       Buni qanday qilishni bilishmaydi.

U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)

Shaxsiy kabinetdan bir necha bor xabar yozganman, yetib borganmi yoqmi bilmayman, ozi bunday jarayon qanday hal qilinadi?

Agar qònģiroq sifati haqida yoki biron shikoyat bilan murojaat qilmoqchi bòlsam doim kamida 30 yoki 35 minut kutish holatlari bòlib turadi. Ijobiy hal bòlmagan

Xammasi safsataboz vadabozlar, Beeline ishlatib yurgan paytim 5-yil shikoyat qildim iltimos qildim,yo'q deyishmidi faqat rejada bor deyishadi,hali yaqinda aloqa internet ni yaxshilashdi,ucell da aloqa 00000% internet ham

Mani qushimcha xizmatlarga ulab quyishib, ortiqcha mablag yechob oloshgan ammo har safar qaytarishmaydi. Shikoyat befoyda. Kuproq pul oloshni yukoni qilishadi

Сказали, что проводят работы по улучшению связи, но результатов я не заметил

Qo'ng'iroq sifati yomon deb bo'lmaydi lekin 3G/4G qamrovni yanada oshirish toki har bor mobil aloqa operatorlari foydalnuvchilariga yetib kelsin. Negaki shaharda ham qishloqda ham to'lov bir xil…


U-Reportyorlar bir vaqtning o'zida turli xil uyali aloqa operatorlarining SIM-kartalaridan foydalanish sabablarini aytib o'tdi: 32%ida qo'ng'iroqlar va Internet sifati pastligi, 26% Internet sifati yomonligi, 12%i esa qulay tariflar tufayli.

Faqat 5% bu faqat qo'ng'iroqlarning sifati bilan bog'liqligini ko'rsatdi. Shu bilan birga, respondentlarning 18% faqat bitta SIM-karta bilan foydalanar ekan.

 

"Boshqa" javobini tanlagan respondentlarning 2%i quyidagilarni yozgan:

1.       Yuqoridagi barcha javob variantlari

2.       Bir nechta javob variantlari

3.       Bitta operatorning ikkita SIM-kartasi mavjud

4.       Turli geografik hududlarda aloqa sifati tufayli.

 

U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)

У меня 2 симки одной компании, одна для звонков, другая для Интернета

Хар хил жойларда алока сифати хар хил, шу учун турли алока операторлари ишлатаман

Ayrimlarida mb kup puli arzon lkn internet tezligi kam ayrimlarida sifat yaxshi lkn narxi baland

Баъзи худудларда антенна булмагани учун бошка алока операторидан фойдаланишга мажбур булиб коляпмиз

Beelineda 4G ni ishlatsa antena kamayib qoladi shuning uchun

Masalan o'zim qishloq joyda turaman 2 ta sim karta ishlataman qishloqda umuman Ucellga antena yo'q shuning uchun uyga alohida sim karta olganman

Ta'rif rejasi bòyicha beriladigan daqiqa yoki internet trafiklar qimmat bòlgani, shuningdek, internet sifati juda past ekani sabab

Kunlik abonent to'lovlari juda qimmat, tariflar ham ,shu sababdan bittasini oylik tarifda bittasi esa oddiy tarifda turadi, oylikni tulay olmagan paytlarim kunlik tashlayman


U-Reportyorlar o'zlarining uyali aloqa kompaniyalari filiallari / ofislari ish sifatini baholadilar:

- 37% "o’rtacha" variantini tanladi,

- 31% "yaxshi" deb baholagan

- 11% "yomon" va "juda yomon" variantlarni tanlagan,

- 8% a'lo” baho qo’yishdi.

 

Respondentlarning 13%i uyali aloqa kompaniyalari filiallari / ofislari faoliyati bilan tanish emas. Uyali aloqa kompaniyalari filiallari ishining sifati bilan enf ko’p Navoiy viloyatidagilar mamnun, u yerdagi respondentlarning taxminan 47%i ijobiy baho berishdi.

 

Agar Sizga xizmatlar sifati ma’qul bo’lmayotgan bo’lsa, Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ishonch telefoniga qo’ng’iroq qiling: 1159

 

Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan respondentlarning fikrini aks ettiradi.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo