So’rov natijalari:
Innovatsion rivojlanish Vazirligi huzuridagi Yoshlar Akademiyasi faoliyatini
takomillashtirish uchun zarur.
So'rovnomada mamlakat
bo'ylab deyarli 10 ming respondent qatnashdi, ulardan 38% ga yaqini ayollardir.
YOSHLAR
AKADEMIYASI HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:
1.
Respondentlarning
79%i Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi faoliyat yuritayotgani
to'g'risida bilmagan.
2.
U-Reportyorlarning
aksariyati (76%) Yoshlar akademiyasining a'zosi bo'lish istagini bildirdi.
3.
Respondentlarning
67%i Yoshlar akademiyasida yakka tartibdagi a'zolik ham ochilishi kerak, deb
hisoblashadi.
4.
Erkak
respondentlar Akademiyada uchta yo'nalishga ko’proq qiziqish bildirdi: dasturlash
(22%), qayta tiklanadigan energiya (19%) va sun'iy intellekt (12%).
Ayollar uchun qiziqarli yo’nalishlar:
dasturlash (16%) va farmasevtika (12%).
5.
Erkaklar
birinchi navbatda “G’oyalar generatorlari” (28%) va “Biznes vakillari” (26%) platformalariga qiziqish bildirsa,
ayollar ko'proq “Biznes vakillari” va “Bo’lajak akademiklar” platformalariga
(har biri 27%) qiziqish bildirdi.
6.
Respondentlar
Yoshlar akademiyasi faoliyatiga nimalarni kiritish kerakligi haqida o'zlari kutadigan
yo’nalishlar bilan o'rtoqlashdilar: mahorat darslarini joriy qilish (24%),
ishlab chiqarish bazasini yaratish (23%), chet ellik mutaxassislarning mentorligi
(19%) va laboratoriyalardan foydalanish imkoniyati (13%).
Respondentlarning
atigi 1/5 qismi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Yoshlar
akademiyasining faoliyati to'g'risida bilishadi. Ushbu
Akademiyaning
mavjudligi haqida ko’proq Navoiy viloyatida bilishar
ekan – 29%. Eng
past xabardorlik Toshkent shahri va Toshkent viloyatida –
taxminan 15%dan.
MA’LUMOT UCHUN: 2019-yil 30-avgustda
Prezident qarori bilan Innovatsion rivojlanish Vazirligi huzurida Yoshlar
Akademiyasi tashkil etildi. Akademiyaning vazifalari – innovatsion
texnologiyalar, startaplar bilan shug'ullanadigan yoshlarni qo'llab-quvvatlash,
ularga tadbirkorlar va hamkorlar bilan aloqa o’rnatishda yordam berish va b.
Akademiya
a’zolari Akademiyaning laboratoriyalaridan foydalanish, chet el stajirovkalarida
qatnashish va b. imkoniyatlarga ega. Akademiyaga a'zolik 40 yoshgacha bo'lgan
talabalar, olimlar va tadbirkorlar uchun ochiqdir.
U-Reportyorlarning aksariyati (65%) Yoshlar akademiyasining a'zosi bo'lishni xohlashini, ammo buni qanday amalga oshirishni bilmaydi. Erkaklar bilan taqqoslaganda, ayol respondentlar a'zo bo'lish istagi bo'lsada, o'zlarini Akadimiyaga mos kelmasliklaridan qo’rqishadi (14% va 10%). Bundan tashqari, ayol respondentlar (7%) erkaklarga qaraganda (4%), innovatsion g'oyalar bera olmaslikdan cho’chishadi.
U-Reportyorlarning aksariyati (67%) yakka tartibdagi a'zolikni ochish g'oyasini qo'llab-quvvatlaydi. Aytish joizki, bunga ayollardan ko'ra ko'proq erkaklar tarafdor. Ayollar (22%) erkaklar bilan solishtirganda (16%) javob berishga qiynalgan yoki bu fikrni qo'llab-quvvatlamagan (17%).
So'rov
natijalari Yoshlar akademiyasida soha rivojlantirishga bo’lgan qiziqishda ayrim
yo'nalishlar ustuvorligi bo'yicha gender farqlarini ko'rsatdi. Erkak respondentlar uchun qiziqishning
asosiy uchta yo'nalishi – bu dasturlash
(22%), qayta tiklanadigan energiya (19%) va sun'iy intellekt (12%).
Ayollar uchun qiziqarli yo’nalishlar:
dasturlash (16%) va farmatsevtika (12%).
"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan respondentlarning
14% Yoshlar akademiyasini rivojlantirish uchun quyidagi yo'nalishlarni taklif
qildilar:
1.
Ommaviy axborot
vositalari, kino, musiqa va san'at, fotosuratlar, videofilmlar va rejissyorlik
2.
Maktabgacha / maktab
/ oliy ta'lim (tarix, ijtimoiy va gumanitar fanlar) va pedagogika
3.
Iqtisodiyot va
tadbirkorlik, menejment va marketing, avtomobilsozlik va yuqori texnologiyalar
sohalari, transport / logistika, moliyaviy savodxonlik, kimyo sanoati,
blokcheyn, onlayn savdo, inson resurslarini boshqarish (HR)
4.
Ko'ngillilar /
etakchilik
5.
Ijtimoiy soha /
ijtimoiy qo'llab-quvvatlash
6.
Sportni
rivojlantirish
7.
Turizm va chet
tillari, tarjima xizmatlari
8.
Jurnalistika, blog
yuritish
9.
Huquqshunoslik,
xalqaro huquq va davlat boshqaruvi, inson huquqlari, siyosat
10.
Tibbiyot,
farmatsevtika va biotexnologiya, onlayn tibbiyot,
11.
Qishloq xo'jaligi,
chorvachilik / chorvachilik, qishloq xo'jaligi texnologiyasi
12.
Arxitektura,
qurilish va dizayn
13.
Ekologiya
14. Aniq fanlar, astronomiya.
Akademiyaning platformalarini tanlashda ham gender farqlar kuzatiladi. Erkaklar birinchi navbatda “G'oyalar generatorlari” (28%) va “Biznes vakillari” (26%) platformalariga qiziqish bildirishsa, ayollar ko'proq “Bo’lajak akademiklar” va “Biznes vakillari” platformalariga (har biri 27%) qiziqishadi.
“Startaplar” erkaklar va ayollar uchun eng kam qiziqish bildirgan platformadir (14%).
29% erkaklar Akademiya faoliyatida ishlab chiqarish bazasi
yaratilishini istaydilar (ayollar orasida bu variant 15% ni tashkil etdi), 31%
ayollar esa ko'proq mahorat darslarini o'tkazishni istaydilar (20% erkaklar bilan solishtirganda).
24% xotin-qizlar uchun chet ellik
mutaxassislar mentorligi, erkaklardan (16%) farqli o'laroq, ko'proq
ahamiyatga ega.
"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan respondentlarning 4% quyidagilarni yozgan:
1.
Yuqorida
aytilganlarning hammasi
2.
Silikon vodiysi tamoyiliga asoslangan to'laqonli klaster
3.
O'z biznesini
rivojlantirish uchun pul mukofotlari bilan tanlovlar va grantlar tashkil etish
4.
Yoshlar o'rtasida
ko'proq muloqot qilish va fikr almashish uchun seminarlar / ma'ruzalar /
master-klasslar / konferentsiyalar / forumlar va boshqa tadbirlarni tashkil
etish.
5.
Onlayn ta'lim va
o'zbek tilidagi kurslar (dasturlash)
6.
Amaliyot va
malakasini oshirishni tashkil etish (mahalliy va xorijiy)
7.
G'oyalarni amalga
oshirish uchun imtiyozli kreditlar va boshqa moliyaviy yordam
8.
Sport sohasini
rivojlantirish
9.
Dehqonchilik va
chorvachilik.
U-REPORTYORLARNING
BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolingan)
Yuqorida keltirilgan barcha faoliyat bir birini to‘ldirib turadi...
Bularni hammasi birdek muhim hisoblanadi! Sana o‘tilgan barchasini ko‘rishni
hohlagan bo‘lardim! Taklifim Yoshlar akademiyasiga faqat tajribalilarga
emas.... balki ilmga, innovatsiyaga ozgina bo‘lsa ham qizziqan yoshlarga
imkoniyat berilsa... Ayni shu yoshlar ham ijobiy muhitda... Yashirin
iqtidorlari rivojlangan bo‘lar edi!
Частое Проведение дебатов среди молодёжи, ибо в
споре рождается истина
Chet el dashturlash ta'limi standartlaridan kam bo'lmagan o'zbek tilidagi
dasturlash onlayn kurslarini. Qaytaraman, Chet el dashturlash ta'limi
standartlaridan kam bo'lmagan...
Я бы хотел лишь консультацию по различным вопросам и
обратную связь от экспертов (чтобы можно было предлагать идеи), никаких курсов.
Также финансовую поддержку со стороны инвесторов
Manimcha bu pulni havoga sovurish, bunaqa akademiyalar birlashmalar
yoshlarni o‘zini tashabbusi bilan tashkil qilinishi zarur bo‘lmasa "
Bo‘ynidan bog‘langan it ovga yaramas" bo‘ladi. Va Kamolot Yoshlar ittifoqi
yana bitta yangi chiqqani (nomi o‘zgarganidan so‘ng yo‘q bo‘lib ketti) kabi xalqni pulini sovurshdan boshqaga yaramaydi!
Yoshlar Akademiyasi haqida batafsil ma’lumot - https://yoshlarakademiyasi.uz/nizom/.
Yoshlar Akademiyasiga a’zo bo’lish uchun havola
orqali o’ting: https://bit.ly/3hZAfNb
Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning
fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu
U-Report so’rovida qatnashgan respondentlarning fikrini aks ettiradi.