U-Report UNICEFning Sog’liqni saqlash bo’limi bilan hamkorlikda yoshlarning koronavirus haqidagi xabardorligini oshirish va qo'shimcha axborot kampaniyasini tashkil qilish maqsadida so’rov o’tkazdi.
So’rovda mamlakat bo’ylab 13144 respondent ishtirok
etdi.
KORONAVIRUS HAQIDA AFSONALAR VA FAKTLAR SO’ROVINING ASOSIY NATIJALARI:
1.
Respondentlarning
atigi 39%i koronavirusning kelib chiqish manbasi hozircha
noma'lum (va bu so'nggi ishonchli ma'lumotlar) deb aytishdi. U-Reportyorlarning 42%i manba
ma'lum ekanligiga ishonishadi, 19 foizi esa to'g'ri javobni bilmasliklarini ochiqladi. Shu bilan birga, poytaxtdagi respondentlarning 81%i COVID-19 manbasi
allaqachon ma'lum ekanligiga ishonishadi.
2.
Respondentlarning 46%i
koronavirusni uy hayvonlaridan yuqtirib olish mumkin degan
fikrda, ammo bu ishonchli ma'lumot emas, chunki JSST ma'lumotlariga
ko'ra, uy hayvonlari ushbu virusni tashish va yuqtirish havfi haqida hali
aniq ma'lumotlar yo'q. Ushbu afsonaga ko’proq Andijon viloyatida
(53%) ishonishadi.
3.
U-Reportyorlarning 69%i keksa
odamlarda va surunkali kasalliklarga chalinganlarda COVID-19 infeksiyasidan jiddiy
alomatlar paydo bo'lish xavfi yuqori ekanligini bilishadi (va bu so'nggi
ishonchli ma'lumotlar).
4.
So'rov
ishtirokchilarining aksariyati (83%) qog'oz, oziq-ovqat va qadoqlar orqali COVID-19ni yuqtirish
mumkinligi to'g'risida ishonchli ma'lumotga ega. Eng yuqori ko’rsatkich Namangan viloyatida: u yerda
respondentlarning 88%i to'g'ri javob bergan.
5.
55% respondentlar
antiseptikda kamida 60% spirt bo'lishi virusga ta’sir qilishini bilishadi. Bu savolga javob bera olmagan respondentlarning aksariyati
(17%) Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida.
6.
U-Reportyorlarning aksariyati (85%) olimlar hali vaksina yoki koronavirusni davolash
usulini ishlab chiqmaganligi to'g'risida ishonchli ma'lumotlarga ega.
7.
Respondentlarning
yarmidan ko'pi (62%) sanab o'tilgan barcha choralar, jumladan chekish,
antibiotiklarni qabul qilish va bir nechta niqoblar taqish, COVID-19ga
qarshi samarali chora emasligini va hatto zarar bo'lishi mumkinligini bilishadi.
8.
U-Reportyorlarning aksariyati (95%) COVID-19
paytida meva va sabzavotlarni qanday yuvish kerakligini bilishadi - avval
qo'llarini sovun bilan yuvish, so'ngra mevalarni suvda yuvish.
To’g’ri javob: Yo’q
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko’ra: Bugungi
kunda manba ma’lum emas. Biroq, mavjud bo’lgan ma’lumotlarga ko’ra, virus
tabiiy ravishda kelib chiqqan va sun’iy ravishda yaratilmagan.
Poytaxtdagi respondentlarning 81%i COVID-19ni keltirib chiqargan virusning kelib chiqishi allaqachon ma'lum
ekanligiga ishonishadi. Bundan tashqari, so'rov
natijalari shuni ko'rsatadiki, respondentlarning o'rtacha 42%i koronavirus manbasi allaqachon ma'lum deb ishonishadi.
Boshqa hududlarga qaraganda, Qoraqalpog'iston
Respublikasida ushbu savolga javobni bilmasligini bildirgan respondentlar
ko’proq – barcha respondentlarning 27%ini tashkil qiladi.
To’g’ri javob: Yo’q
Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, virus odamdan odamga yuqadi. Mushuk va itlar COVID-19 virusini tashishi va yuqtirishi mumkin deb aytish hali juda erta.
Poytaxtda so'rov ishtirokchilarining 57%i uy
hayvonidan koronavirusni yuqtirib olish mumkin emasligini
bilishadi va bu boshqa viloyatlardagi respondentlarga qaraganda ko'proq (41%).
Shu bilan birga, viloyatlardagi respondentlarning 48% uy hayvonlari COVID-19 ni yuqtirishi mumkin, degan
afsonaga ishonishadi. Andijon viloyatida ushbu afsonaga ishonganlar ko’proq (53%).
To’g’ri javob: Ham keksalar, ham surunkali kasali (qon bosimi, diabet va h.) bor odamlarda.
Hozircha shifokorlar COVID-19ning odamlarga ta’sirini
o’rganishmoqda, lekin keksalar va kasalliklarga oldindan chalingan odamlar
virusni yuqtirib olganda, boshqalarga nisbatan jiddiy oqibatlarga ko’proq moyil
bo’ladilar.
Qashqadaryo
viloyatida, aksariyat hollarda (72%) keksa yoshdagi va surunkali kasalliklarga
chalingan odamlar koronavirus infeksiyasida jiddiy alomatlar paydo bo'lish
xavfi yuqori ekanligini bilishadi. Boshqalardan ko’proq, Buxoro viloyatida 20% respondentlar faqat keksa yoshdagi odamlar koronavirusning jiddiy oqibatlari paydo bo’lish xavfi yuqoriroq deb o'ylashadi.
To’g’ri javob: Ha
COVID-19, asosan, virusni yuqtirib olgan odam
yo’talganda, aksirganda yoki gapirganda hosil bo’ladigan tomchilar orqali
yuqadi. Bu tomchilar havoda qolishi uchun juda ham og’ir. Ular tezda
narsalarning ustiga o’rnashadi.
Sirdaryo
viloyatida respondentlarning 17%i qog'oz, oviz-ovqat va qadoqlar orqali
COVID-19 virusini yuqtirib olish mumkin emas deb o'ylashadi va bu boshqa
viloyatlarga qaraganda eng yuqori ko’rsatkich. Bundan tashqari, barcha hududlardagi
respondentlarning aksariyati (83%) ushbu savolga to'g'ri javob berishdi. Eng
yuqori ko’rsatkich Namangan viloyatida: u yerda respondentlarning 88%i to'g'ri
javob bergan.
To’g’ri javob: Antiseptik tarkibida kamida 60% spirt bo’lishi
lozim.
Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlaridagi so’rov ishtirokchilarining 17%i bu savolga javob bera olisholmadi va bu boshqa hududlar bilan solishtirganda eng ko’p son.
To’g’ri javob: Yo’q
Olimlar vaksinani islab chiqish ustida ishlar olib
borishmoqda. Shuni esda tutish kerakki, shifokorga o’z vaqtida murojaat
qilish, kasallikning o’tishini yengillashtiradi.
Buxoro
viloyatida respondentlarning aksariyati (90%) boshqa barcha viloyatlarga
nisbatan hali ham koronavirusga qarshi vaksina yoki dori ixtiro qilinmaganligi
haqida to'g'ri javob berishdi. Sirdaryo
viloyatidagi respondentlarning 17%, boshqa barcha viloyatlarga qaraganda eng ko’p,
bu savolga noto'g'ri javob berishgan.
To’g’ri javob: Yuqorida ko’rsatilgan barcha choralar.
Agar Sizda istma, yo’tal yoki nafas qisilishi
kuzatilsa, yanada jiddiy infeksiyaning rivojlanish xavfini kamaytirish uchun
zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qiling.
Surxondaryo viloyatida
respondentlarning 26%i faqat "chekish"
javob variantini tanlashgan. To'g'ri javoblar Toshkent va Navoiy viloyatlarida ko’proq uchraydi – 65%.
To’g’ri javob: Avval qo’llaringiz sovun va suv bilan yuving. So’ng meva va sabzavotlarni toza suv bilan yaxshilab yuving, ayniqsa, agar ularni xom iste’mol qilsangiz. Meva va sabzavotlar sog'lom ovqatlanishning muhim tarkibiy qismidir.
Barcha
hududlarda respondentlarning aksariyati (95%) avval qo'lni sovun bilan yuvish
kerakligini, so'ngra mevalarni suvda yuvish kerakligini bilishadi.
Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan
maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar
hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan 13114 respondentlarning
fikrini aks ettiradi.