Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
About

U-Report – bu nima?


U-Report – bu Yoshlarni va Hukumatni birlashtiradigan, yoshlar ishtirokini kuchaytiradigan mobil muloqot platformasi. U so‘rovlar formatida ishlaydi va ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni qiziqarli chat uslubida yetkazadi. U-Report barcha foydalanuvchilar uchun bepul va anonim bo‘lib, yoshlar, davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqani mustahkamlash va rivojlantirishga mo‘ljallangan. 

U-Report yoshlarga mamlakatda va o‘z hamjamiyatlarida ro‘y berayotgan islohotlarda ishtirok etish va ular to‘g‘risida o‘z fikrini bildirish, ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishi uchun bu jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi.


Qanday qilib U-Reportyor bo‘lish mumkin?


U-Reportyor bo‘lish juda oson va bu bepul, ixtiyoriy va anonim tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekistonning barcha yoshlari (14 - 30 yosh) U-Reportga ulanishlari mumkin. Ushbu platforma yoshlarni ularga daxldor bo‘lgan va ularni qiziqtiradigan masalalarni muhokama qilishga jalb etishga qaratilgan.

Buning uchun kompyuter, mobil telefon yoki planshet mavjud bo‘lishi kerak va O‘zbekistondagi mobil operatorlardan biriga ulanish va/yoki Internetga kirish imkoniga ega bo‘lish lozim. U-Report jamoasining bir qismiga aylanishning bir necha usuli mavjud: 

START so‘zini: 

- Telegramda @UReportUzbBot ga, 

- Facebookda @UReportUzbekistan sahifasining messenjeriga yoki

- Instagramda @UReportUzb ga shaxsiy xabarlarda yuboring.

Ro'yxatdan o'tish uchun yoshingiz, jinsingiz, yashash viloyatingiz, tumaningiz haqida 4 ta savolga javob bering (bu jarayon 2 daqiqadan ko‘p vaqt olmaydi). Shundan keyin, Sizga U-Reportyor bo‘lganingiz haqida tabriknoma keladi va Siz U-Reportning katta jamoasining bir qismiga aylanasiz!


So‘rovlarda qanday ishtirok etish mumkin?


U-Reportda ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin – Siz U-Reportyor hisoblanasiz. Endi Siz U-Report orqali yuboraladigan barcha so‘rovlarda ishtirok etishingiz mumkin. Sizga muntazam ravishda markazlashgan tizim orqali savollar jo‘natiladi, shu bois ularni olish uchun o‘zingiz hech narsa qilishingiz talab etilmaydi. Sizga savollar kelib tushganda – Siz shunchaki javoblarni tanlashda faol qatnashsangiz bas.


So‘rovlar qanday mavzuda bo’ladi?


So‘rovlar turli mavzularda bo'ladi. Yoshlar uchun muhim mavzular bo‘yicha bevosita va xolis fiklarini bildirish uchun yaxshi imkon. U-Report so‘rovlari ijtimoiy xizmatlarning sifati, ta’lim va sog‘liqni saqlash, atrof-muhit, texnologiyalar, madaniyat, hordiq chiqarish va yoshlar uchun manfaatli bo‘lgan boshqa muhim masalalarga qaratilgan.


So'rov natijalarini qanday bilsa bo'ladi?


So‘rov natijalari barcha uchun ochiq bo‘ladi va ular bilan U-Report saytida Sizga qulay vaqtda tanishish mumkin. Shuningdek, o‘z vaqtida munosabat bildirish va ijobiy o‘zgarishlar uchun qarorlarni qabul qilish maqsadida so‘rovlar natijalari manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlariga taqdim etiladi. 

Yana qulay jihati, so'rovlar real vaqt tizimida ishlaydi. Ya'ni siz so'rovga javob bergandan so'ng, saytga kirib, boshqa tengdoshlaringizning va o'zingizning javob natijalaringiz yig'indisini % lar ko'rinishida topasiz.


O‘zbekistonda U-Report loyihasi hamkorlari kim?


U-Report loyihasi UNICEFning O’zbekistondagi Vakolatxonasining tashabbusi bilan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Xalq ta'limi vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari Agentligi va Yuksalish UMXlarning qo‘shma tashabbusi asosida, barcha mobil kompaniyalar (Ucell, UMS, Perfectum, Uzmobile, Beeline) ko‘magida amalga oshirilmoqda.


U-Reportga xush kelibsiz!

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo