Musiqaga munosabatingiz
qanday? |
|
|
|
U-Report Namangan viloyati hokimligi va “Yuksalish” UMH
bilan hamkorlikda yoshlar
o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi.
So’rov maqsadi: yoshlarning musiqaga
munosabatini va musiqiy ta’limni tashkil etishga istaklarini bilib olish. Ma’lumotlar ishlatilishi: Namangan viloyatining ta’lim muassasalarini
zarur musiqa asboblari bilan ta’minlash uchun qo’llaniladi. So’rov geografiyasi:
Namangan viloyati Respondentlarning soni: taxminan 3500 U-Report foydalanuvchilari. |
SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI: 1.
Respondentlarning 78%i musiqaga qiziqadi.
Shu bilan birga, qizlar (84%) o‘g‘il
bolalarga (74%) nisbatan musiqaga biroz ko‘proq qiziqish bildirmoqda. 2.
Respondentlarning
34%i hech qanday cholg‘u asbobini chalishni bilmasligini, lekin chalishni
o‘rganishni xohlashini aytgan. Yana 14%i ularda iqtidor yo'qligiga
ishonishadi. 3.
Respondentlarning
40%dan koʻprogʻi qaysidir cholgʻu asbobini chalishni biladi: eng ommabop musiqa
asboblari torli (14%), klavishli (13%) va zarbli cholgʻu asboblari (9%)
boʻldi. 4.
Respondentlarning
18%i maktabda musiqa darslarini o‘qitish sifatiga salbiy (“yomon” va “juda
yomon”) baho bergan. Respondentlarning yana 56%i musiqa darslarini ijobiy
baholagan: a'lo (18%) va yaxshi (38%). 5. So‘rov ishtirokchilarining 84%i musiqa to‘garaklariga
bormagan/bormaydi. Asosiy sabablari quyidagilar: - 56% - shaxsiy
omil (vaqt va qiziqish yo'q) - 21% -
infratuzilma muammolari (musiqa asboblari, musiqa klublari va boshqalar yetishmasligi)
- 16% - oilaviy muammolar (uyda ruxsat berilmaydi yoki pul
yo'qligi). 6. Shuni ta'kidlash kerakki, qizlar (19%) o'g'il bolalarga
(6%) qaraganda uch barobar ko'proq oilaning ruxsati yo'qligi sababli musiqa
maktablariga bormasliklarini bildirishgan. 7. Respondentlarning 18%i milliy estradani ko‘proq yoqtirishini
aytgan. Keyingi oʻrinlarni chet el estradasi (15%) va rep (8%) janrlari
egallagan. Shu bilan birga, o'g'il bolalar qizlarga (3%) nisbatan ko'proq repni
(12%) tanlagan. 8. Respondentlar musiqa darslarida ko'rishni hohlaydigan
eng ommabop cholq’u asboblari: 1) Torli va klavishli
– har biri 27%dan 2) Zamonaviy noodatiy – 21% 3) Zarbli – 9%. 9. Namangan viloyatida musiqa sanʼatini rivojlantirish
maqsadida soʻrovnoma ishtirokchilari quyidagilarni taklif qiladilar: 1)
29%i -
turli darajada musiqa darslari sonini oshirish (maktab, kollej,
mahallalarda). 2)
27%i - musiqa asboblaridan foydalanish uchun
kengroq imkoniyat olish tarafdorlari: maktablarda cholq’u asboblari sonini
ko'paytirish (20%) va ularni arzonlashtirish (7%). 3)
21%i musiqa
tanlovlari / festivallari / taniqli musiqachilarning konsertlari sonini
ko'paytirish orqali musiqani ommalashtirishni tanladi. 4) 12%i maktablarda musiqa darslari sifatini oshirish kerak,
deb hisoblaydi.
|
Gender nisbatida qizlar respondentlarning taxminan 39%ni, yigitlar esa 61%ni tashkil qildi.
Respondentlarning o'rtacha yoshi 18 yosh. Shuningdek, yosh
bo‘yicha respondentlarning 18%ini 16 yoshgacha, 66%ini esa 16 dan 21 yoshgacha bo‘lgan
yoshlar tashkil etgan.
Respondentlarning 78%i musiqaga qiziqadi. Shu bilan birga, jinsi
bo'yicha o'g'il bolalarga (74%) nisbatan ko’proq qizlar (84%) musiqaga qiziqishini
bildirgan. Hududlar kesimida musiqaga qiziquvchilarning eng kam ulushi To‘raqo‘rg‘onda
(68%), eng yuqorisi Namangan tumanida (85%) kuzatilmoqda.
Respondentlar,
shuningdek, qanday cholq’u asboblarida chalishni bilishini aytib berishdi. Respondentlarning 45%i hech qaysi cholg’u asbobida chalolmaydi, ammo
ulardan 34%i chalishni o'rganishni xohlardi.
Shu bilan birga, gender jihatidan musiqiy asboblarni chalishni o'rganishni
хohlovchilar orasida qizlar (45%) yigitlarga (26%) qaraganda ikki barobar
ko’proq.
Respondentlarning 14%i ularda iste'dod yo'qligiga ishonishadi. Shu bilan birga,
respondentlar chalishni biladigan eng ommabop asboblar bu klavishli (18%) va torli (11%)
asboblardir. Jinsga ko'ra, klavishli asboblari qizlar orasida ko'proq ommabop (18%
qizlar va 9% yigitlar), yigitlar (13% ) esa qizlarga qaraganda (3%) ko'proq
zarbli asboblarga qiziqishadi.
Respondentlarning yarmidan sal ko’prog’i maktabda musiqa darslarining
o'qitilishini a'lo (18%) yoki yaxshi (38%) deb baholagan. Respondentlarning 18%i
salbiy baho berdi. Respondentlarning yana 11%i musiqa darslari
yo'qligini ta'kidladi.
Hududiy kesimida maktablarda musiqani
o‘rgatish bo‘yicha eng yuqori bahoni Namangan tumani (28% – a’lo va 42% –
yaxshi) berdi, Chortoq (16% yomon va 7% juda yomon) va Kosonsoy tumanlarida esa
eng past baholangan. Musiqa darslari asosan Davlatobodda o'tkazilmaydi
- 16% respondentlar javobi.
1-jadval. Maktabda musiqa
darslarini o'qitishni tumanlar bo'yicha baholash
|
A’lo |
Yaxshi |
Yomon |
Juda
yomon |
Darslar
o’tkazilmaydi |
Maktabni
avval bitirganman |
Javob
berish qiyin |
Chortoq |
13 |
34 |
16 |
7 |
13 |
14 |
4 |
Chust |
20 |
35 |
12 |
6 |
14 |
12 |
1 |
Davlatobod |
15 |
41 |
10 |
4 |
16 |
10 |
4 |
Kosonsoy |
17 |
37 |
14 |
8 |
11 |
14 |
0 |
Mingbuloq |
14 |
39 |
14 |
6 |
14 |
12 |
1 |
Namangan
shahri |
19 |
35 |
14 |
5 |
15 |
7 |
4 |
Namangan
tumani |
28 |
42 |
9 |
3 |
7 |
10 |
0 |
Norin |
19 |
38 |
10 |
6 |
11 |
14 |
2 |
Pop |
21 |
39 |
11 |
8 |
9 |
10 |
2 |
To’raq’org’on |
16 |
40 |
11 |
8 |
8 |
13 |
2 |
Uchqurg’on |
19 |
36 |
12 |
6 |
14 |
10 |
3 |
Uychi |
13 |
44 |
15 |
5 |
8 |
14 |
2 |
Yangi
Namangan |
20 |
38 |
8 |
8 |
10 |
14 |
2 |
Yangiq’or’g’on |
22 |
41 |
10 |
8 |
8 |
10 |
2 |
Respondentlarning javoblariga ko'ra, musiqa to'garaklarida
qatnayotgan yoki qatnashgan qizlarning ulushi o'g'il bolalarga (13%) nisbatan
bir oz ko'proq (20%).
Tumanlar bo‘yicha to‘garak va musiqa maktablariga eng ko‘p boruvchilar Namanganda – 23%, Uychi va
Yanqiqo‘rg‘on tumanlarida (20%) qayd etilgan bo‘lsa, eng kami Norinda 9%ga yaqin qayd etilgan.
Respondentlar musiqa maktablari yoki to‘garaklariga bormasliklari sabablari
orasida quyidagilarni belgiladilar:
1) Vaqt yetishmasligi
(31%)
2) Qiziqish yo'qligi (25%)
3) Uydagilardan ruxsat yoqligi (11%).
So‘rovda qatnashganlarning faqat 4%i musiqa maktabi yoki to‘garaklarga
bormasligining sababi sifatida malakali o‘qituvchilarning yetishmasligini ta’kidlagan. Qayd etish joizki, qizlarning 19%iga oila a’zolari
tomonidan musiqa maktablari yoki to‘garaklarga borishiga ruxsat berilmagan, bu
ko’rsatkich o‘g‘il bolalarnikidan
(6%) uch barobar ko‘proqdir. Respondentlarning 5%ga yaqini pul yetishmasligi
musiqa maktabiga borishlariga to'sqinlik qilishini ta'kidlagan.