Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Nogironligi bor yoshlarni qanday qo'llab-quvvatlash yaxshiroq?

Nogironligi bor yoshlarni qanday qo'llab-quvvatlash yaxshiroq?

 

U-Report Andijon viloyati hokimligi va “Yuksalish” umummilliy harakati  bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi.

 

So’rov maqsadi: Yoshlar nogironligi bo'lgan shaxslarga, xususan, bolalar va yoshlarga nima yordam bera olishini o’zlaridan bilish.

 

So'rov natijalarining ishlatilishi: nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va Andijon viloyati Yoshlar dasturining 80-bandiga asosan “Hech kim e’tibor va g‘amxo‘rlikdan chetda qolmasligi kerak” loyihasi mablag‘laridan maqsadli foydalanish.

 

So’rov hududi: Andijon viloyati

 

Respondentlar soni: Andijon viloyatidan 1500 dan ortiq U-Report foydalanuvchilari.

 

 

 

 

SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

 

1.       Respondentlarning 58%i Andijonda jamiyat nogironligi bor shaxslarga yaxshi munosabatda deb javob bergan. Faqat 6% salbiy ekanligini ko'rsatgan va yana 20% "neytral" variantni tanlagan.

2.       Respondentlarning 91% o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib, hozirda nogironligi bor shaxslarga shaxsan qanday yordam berishi mumkinligini aytgan. Eng ommabop javoblar quyidagilar:

- ma'naviy qo'llab-quvvatlash va do'stlashish - 29%

- xayriya qilish - 25%

- aksiyalarda ko'ngilli bo'lish - 13%.

3.        Respondentlarning 80%i nogironligi bor shaxslarga yordam berish va qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘ngilli bo‘lishga tayyorligini bildirgan: ularning 83%i ayollar va 78 %i erkaklar.

4.       Nogironligi bo‘lgan respondentlarning 36%i Andijon shahridagi yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan tadbirlarda nogironligi bor shaxslar unchalik ko‘p ishtirok etmasligini ta’kidlagan. Imkoniyati cheklangan yoshlar Andijonning ijtimoiy hayotiga yanada ko’proq integratsiya bo’lishga muhtoj deb xisoblaydilar.

5.       Respondentlarning fikricha, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun pul mablag’lari va oziq-ovqatdan tashqari zarur bo‘lgan 4 ta eng ko’p tanlangan variantlar guyidagilardir:

1) Qulay transport vositasi (41%)

2) Dorilar va vitaminlar (17%)

3) Kitoblar (12%)

4) Kompyuter va Internet (11%).

6.        Nogironligi bo'lgan shaxslar bo'sh vaqtlarini yaxshiroq tashkil qilish maqsadida qanday yordamga kerakligini  quyidagi variantlarda ko’rsatdilar:

- Uyda hunarmandchilikni o'rgatish (22%).

- Tabiat qu’yniga chiqishga yordam berish (22%)

- Konsert va teatrlarga borishga yordam berish (12%)

- Sport zaliga abonementlar berish (8%).

 

Respondentlar orasidagi gender nisbatida respondentlarning 37% ni ayollar, 63% ni esa erkaklar tashkil etgan.

Respondentlarning o'rtacha yoshi 20 yosh. Shuni ham ta'kidlash joizki, yosh bo'yicha 15%i respondentlar 7 yoshdan 15 yoshgacha. Respondentlar orasida eng faol 15 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan ishtirokchilar bo'lib, ular barcha ishtirokchilarning 64% ni tashkil etgan.


Respondentlarning 59%i nogironligi bor shaxslar emas, 27%i nogironligi yo'q, lekin nogironligi bor shaxslarni bilishadi va respondentlarning 3%i nogironligi bor shaxslardir.


Javoblarga ko‘ra, Andijonda jamiyatning 58%i nogironligi bor shaxslarga yaxshi munosabatda. Shu bilan birga, nogironligi bor yoki nogironligi bor shaxslarni biladiganlar orasida bu ko'rsatkich biroz pastroq – mos ravishda 51% va 44%. Bundan tashqari, ushbu guruhlarning 11%i nogironligi bor shaxslarga munosabat yomon deb bilishadi.

Hozirgi paytda respondentlar shaxsan nogironligi bor shaxslarga qanday yordam berishi mumkinligi haqidagi savolga, eng ommabop javoblari quyidagilar:

-          ma'naviy qo'llab-quvvatlash va do'stlashish – 29%

-          xayriya qilish – 25%

-          aksiyalarda ko'ngilli bo'lish – 13%.

 

Nogironligi bor kishilar esa o'zlari uchun eng ommabop yordam variantlari deb quyidagilarni tanladilar:

-          ma'naviy qo'llab-quvvatlash va do'stlashish - 26%

-          xayriya qilish - 21%

-          hunar yoki kasbga o'rgatish - 17%.

 

Shunday qilib, nogironligi bor kishilar ma’naviy va moddiy yordamga, shuningdek, mehnat bozoriga integratsiyalashuvida yordamga muhtoj.


Respondentlarning 80%i nogironligi bor kishilarga yordam berish va qo'llab-quvvatlash uchun ko'ngilli bo'lishga tayyor. Gender jihatidan 83% ayollar va 78% erkaklar ko’ngilli bo’lishga tayyor.


Respondentlarning 29%i nogironligi bo'lgan yoshlar Andijondagi yoshlar tadbirlarida ishtirok etishini ta’kidlasa, 27%i har doim bir xil shaxslar ishtirok etishiga ishonishadi. So'rov ishtirokchilarining 34%i boshqacha fikrda: 13% mutlaqo ularni ko'rmaydi va 21% esa bu hol kamdan kam uchraydi deb hisoblagan.  

Nogironligi bor shaxslar orasida 21% juda kam, 15% esa nogironligi bo'lgan yoshlarni tadbirlarda umuman ko'rmaydilar. Binobarin, imkoniyati cheklangan respondentlarning 36%i Andijondagi yoshlar tadbirlarida nogironligi bor shaxslar unchalik ko‘p ishtirok etmasligini ta’kidlagan.


Respondentlar pul mablag'lari va oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari nogironligi bor yoshlar uchun zarur bo'lgan top-4 variantini tanladilar:

1)      Qulay transport vositalari (41%)

2)      Dorilar va vitaminlar (17%)

3)      Kitoblar (12%)

4)      Kompyuter va internet (11%).

Bundan tashqari, boshqa 10% (respondentlar tomonidan taklif qilingan javoblar):

-          Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun qulay transport

-          Mehribonlik va tushunish

-          Jamiyat va mamlakatga kerak ekanliklarini ko'rsatish. Ularga ishonch va ma’naviy kuch berish

-          Chet elga davolanish uchun olib borish

-          Nogironligi bor shaxslar aravachasida harakatlanish uchun ko'chalarni tartibga solish.

Shu bilan birga, nogironligi bor shaxslarning o'zlari eng ko'p kerak bo'lgan variantlarni tanladilar (ular umumiy javoblarga mos keladi, lekin %i bir oz farq qiladi):

1)           Qulay transport vositalari (35%)

2)           Dorilar va vitaminar (21%)

3)           Kitoblar va Internet bilan kompyuter har biri 13%dan.    



Respondentlar, shuningdek, nogironligi bor yoshlarga qiziqarli dam olishni ta'minlashga yordam berish uchun nima qilish kerakligi haqida javob berishdi. Top 3 javob:

 

Nogironligi yo'q shaxslar

Nogironligi bo'lgan shaxslar

1.        

Uyda hunarmandchilikni o'rgatish (19%).

Uyda hunarmandchilikni o'rgatish (22%).

2.        

Tabiatga chiqishga yordam berish (17%)

Tabiatga chiqishga yordam berish (22%)

3.        

Ko'chada to'siqsiz muhit yaratish (13%).

Biroq, nogironligi bor yoshlarorasida bu javob faqat 5% edi.

Konsertlar va teatrlarga borishga yordam berish (12%)

4.        

Ko'ngillilikda ishtirok etish (12%)

Sport zallariga abonementlar berish (8%)

 

Respondentlar o’zlari tomonidan tavsiya etilgan javoblar orasida (4%):

-          Zamonaviy kasblarni o'qitish

-          Qulay sport zallarini yaratish

-          AKT texnologiyalarini o'qitish

-          Ilm-fanni o'qitish

-          Psixologning yordami.

Binobarin, yuqorida ko‘rsatilganidek, imkoniyati cheklangan yoshlar Andijonning ijtimoiy hayotiga yanada yaqinroq integratsiyaga muhtoj.

 

Izoh: So'rovnomalar natijasida olingan ma'lumotlar YUNISEFning fikri yoki vakillik ma'lumotlari emas, balki U-Reportning shu so'rovida ishtirok etgan respondentlarning fikrlarini aks ettiradi.

 

 

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI