Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Migratsiyaga aloqador bolalarga COVID-19 qanday ta’sir ko’rsatdi?

 

U-Report O'zbekistondagi bola huquqlari bo'yicha Ombudsman (OMBUDSMAN) va UNICEF bilan birgalikda yoshlar o'rtasida so'rov o'tkazdi.

 

So'rovning maqsadi:  COVID-19 ning migratsiyaga boq’liqligi bor bolalarga ta'sirini o'rganish.

 

Ma'lumotlar ishlatilishi: Hukumatga bolalarga karantin choralarining mumkin bo'lgan xavf va oqibatlarini kamaytirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish.

 

So'rov geografiyasi: O'zbekistonning barcha hududlari

 

Respondentlar soni: 8000 dan ortiq U-Report foydalanuvchilari.

 

 

 

 

SO’ROVNING ASOSIY HULOSALARI:

 

1.      66% respondentlarning oila a'zolari oxirgi 1,5 yil davomida chet elda ishlamagan. Shuningdek, 22%i oila a'zolarining bir qismi hozirgi paytda chet elda ishlashayotganini qayd etgan.

2.      Chet elda yaqinlari bor respondentlarning 50%ida "otasi", 18%ida "aka/uka/opa/singlisi", deyarli 9%  respondentlarning esa ota-onasi ishlaydi.

3.      Respondentlarning fikriga ko'ra, pandemiya davrida bolalarni tarbiyalashning eng keng tarqalgan 3 usuli quyidagilardir: hotirjam tushuntirish – 36%, ko'chaga chiqishni taqiqlash – 15% va yaxshi xulq uchun mukofotlash – 11%.

4.      Qarindoshlari chet elda ishlayotgan respondentlar, pandemiya davrida  tarbiyalash usuli sifatida  "hotirjam tushuntirishni" (45%) chet elda qarindoshlari ishlamaydiganlarga (34%)  nisbatan ko’proq tanladi.

5.      Respondentlarning fikricha va javoblar tahliliga  ko'ra, onalar migratsiyaga aloqador bolalarni (23%) migratsiyada yaqinlari bo'lmagan bolalarning onalariga nisbatan (15%) ko'proq jazoladilar.

6.      Tarbiyaning salbiy usullariga duch kelganlarning 54 foiziga ko'ra, bu jazo choralari "pandemiya paytidan" boshlangan, faqat 1/3 qismi "har doim" bo’lganligini ko'rsatdi (31%).

7.      Respondentlarning fikriga ko'ra, bolalar qiyin vaziyatlarda eng ko’p  "ona va otadan" (48%) va "onalar" (22%) dan yordam olishni xohlashadi.

8.      35.9% respondentlar o'tgan yil davomida o'zlarining kayfiyatini "tez-tez o’zgarib turdi" deb baholagan.

Respondentlarining  20% “a’lo” va 16% "yaxshi" variantlarini tanladi.

9.       Shu bilan birga, ularning kayfiyatini baholashda jinsiy nisbat farqlari mavjud: kayfiyatning tez-tez o'zgarishi qizlarda ko'proq qayd etilgan (41%) – o’g’il bolalarga nisbatan  (31%).

10.  Migratsiyaga aloqador respondentlar sog'lig'ini mehnat migratsiyasida qarindoshlari bo'lmaganlarga qaraganda biroz yomonroq baholaydilar. Masalan, "yomon" va "juda yomon" variantlari migratsiyaga aloqasi yo’q respondentlarning 5% tanlangan bo’lsa; qarindoshlari chet elda ishlaydigan respondentlarning 9% xuddi shunday variantlarga ovoz bergan.

 

 


Eng ko'p respondentlar Toshkent shahriga (13%), Samarqand (11%) va Farg'ona viloyatlariga (10%) to'g'ri keldi. Eng kam respondentlar Sirdaryo (3%) va Navoiy viloyatidan (5%) ishtirok etdilar. Respondentlarning faqat 0.4% o'z hududini ko'rsatmadi.

Respondentlar orasida jins nisbatida qizlar 39% ni tashkil etdi, o’g’il bolalar esa 61% ni tashkil etdi. 

So'rovning maqsadli guruhi 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston yoshlari edi. Barcha respondentlardan 1800 dan ortiq respondentlar ushbu toifaga kirgan, ularning javoblari asosida ushbu so'rovnoma tahlili tuzilgan.

Respondentlarning 2/3 qismi oxirgi 1,5 yil mobaynida ularning oila a'zolaridan hech biri chet elda ishlamagan deb javob berdi. Respondentlarning 9 foizi ularning oila a'zolari oxirgi 1,5 yil davomida chet elda ishlaganligini ko’rsatdi. Shuningdek, 22% ularning oila a'zolaridan kimdir  hozirda chet elda ishlayotganini ta'kidladi.


Respondentlarning 49%ida  "otasi", 18%ida "aka/uka/opa/singlisi", deyarli 9%ida ota–onasi horijda ishaydi, 6% respondentlarning onasi mehnat migratsiyasida. Hududlardagi respondentlarning (Toshkent shahridan tashqari barcha hududlar) javoblari natijalari umumiy natijadan sezilarli darajada farq qilmadi. Shunday qilib, hududlar uchun eng keng tarqalgan javoblar "ota" (52%), "aka/uka/opa/singil" (19%) va "ota-ona" (8%) edi.

  


Respondentlarning javoblariga ko'ra, pandemiya davrida bolalarni tarbiyalashning eng ommabop  3 usuli quyidagilardir: hotirjam tushuntirish - 36%, tashqariga chiqishni taqiqlash - 5% va yaxshi xulq - atvorni rag'batlantirish 11%.

 

Jinsiy farqlar nuqtai nazaridan, yoshlarning ba'zi javoblari bir - biridan unchalik farq qilmadi, masalan: qizlarning 39%i va o'g'il bolalarning 33%i "xotirjamlik bilan tushuntirishgan", "yaxshi xulq –atvorni rag’batlantirishgan – qizlarning 9%i va o’g’il bolalarning 12%i,  hamda  baland ovoz bilan baqirishgan javobini qizlarning 4%i o'g'il bolalarning esa 3%i tanladi.