U-Report Korrupsiyaga qarshi
kurashish Agentligi bilan hamkorlikda aholining, jumladan, yoshlarning
korrupsiyaga munosabatini o‘rganish maqsadida so’rov o’tkazdi. So‘rov
natijalari Agentlik tomonidan korrupsiyani oldini olish va unga qarshi
kurashishni samaraliroq tashkil etish uchun foydalaniladi.
So'rovda mamlakat bo'ylab
15507 respondent ishtirok etdi, shundan 30% ayol respondentlardir. Faoliyat
toifasiga ko'ra so'rovda ishtirok etganlar quyidagilar: 36% OTM talabalari yoki
ilmiy xodimlar, 12% davlat xizmatchilari, 11% ta'lim sohasida ishlaydi, 9%
maktab o'quvchilari, 7% tadbirkorlar, 6% o'qimaydi va ishlamaydilar va hokazo.
KORRUPSIYA
HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:
1. Respondentlarning
34%i pora berishni korrupsiya deb hisoblamaydi.
2. U-Reportyorlarning
aksariyati (70%) korrupsiyada oluvchi ham, beruvchi ham birdek aybdor
ekanligini ta'kidlamoqda. Shu bilan birga, ayollarning 76% erkaklar bilan
taqqoslaganda (67%), bu fikrga ko’proq
qo'shilishadi.
3. U-Reportyorlar korrupsiyaning eng
asosiy uchta sababini sanab o’tishdi: ish haqining pastligi (22%), mansabdor
shaxslarning daromadlari va xarajatlari ustidan nazoratning yo'qligi (15%),
huquqiy savodxonlikning pastligi (12%).
4. So'nggi 2 yil
ichida U-Reportyorlar korrupsiyaga duch kelgan sohalar: ta'lim – 21%, sog'liqni
saqlash – 14%, ishga joylashish – 12%, prokuratura va ichki ishlar idoralari –
10%.
5. So'ralganlarning
18%i so'nggi 2 yil ichida korrupsiya holatlariga duch kelmaganliklarini
bildirdilar.
6. Tadbirkor respondentlar
ko'proq prokuratura va ichki ishlar organlarida korrupsiya holatlariga duch kelishgan – 18%, sog'liqni
saqlash tizimida ushbu soha xodimlarining o'zlari korrupsiyaga ko’proq duch
kelishgan – 19%.
7. Ishga qabul
qilishda korrupsiyaga asosan tibbiyot xodimlari (15%), o'qituvchilar,
abituriyentlar, talabalar, o'qimagan yoki ishlamaydiganlar duch kelishganini
aytishdi – har biri 13%dan.
8. U-Reportyorlarning
65%i prokuratura yoki militsiyaga korrupsiya to'g'risida murojaat qilmagan:
ularning 40%i buni foydasiz deb hisoblagan, qolganlari esa qasd qilishlaridan
qo’rqqan yoki organ xodimlari tinch qo’ymasligidan qo'rqishgan.
9. Respondentlarning
41%i korrupsiya holatlari to'g'risida xabar berishga tayyor emas: ularning 26%i
bunga shubha bilan qarashadi (ko'plari Farg'ona vodiysidan – 30%), 9% istamaydi,
6%i esa bir qarorga kelmagan.
10. Boshqa barcha
toifalarga qaraganda korrupsiya to'g'risida anonym ravishda xabar berishga
tayyorlar – davlat xizmatchilari, universitet talabalari, ta'lim va xizmat
ko'rsatish xodimlari – taxminan 36%.
11. Respondentlar
korrupsiyaning guvohi bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyatda xabar beradigan
idoralar: birinchi navbatda, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi – 28%,
ikkinchi o'rinda ommaviy axborot vositalari va bloggerlar – 19%.
12. U-Reportyorlarning
67%i mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ko'rilgan choralar
to'g'risida juda kam ma'lumotga ega: ularning 44%i biroz xabarlari bor, 23%i esa
hech narsani bilmaydi.
13. Respondentlarning
52%i "ba'zi ishlarni pora va tanishlar yordamida hal qilish mumkin"
degan jumlaga qat'iyan munosabatda emas: ularning 35% atrofida mavjud tizim
ularni bunday usullardan foydalanishga majbur qiladi deb hisoblashadi.
14. U-Reportyorlar
korrupsiyani kamaytirish bo'yicha o’z "retseptlari"ni
nomladilar: 18%, avvalambor, ish haqini oshirish kerak, deb hisoblashadi; 14%dan
tizimni o'zgartirishni va korrupsiya uchun jazoni kuchaytirishni taklif
qilmoqdalar, respondentlarning 12%i byudjet mablag'lari sarflanishini shaffof
qilish zarur deb hisoblaydilar.
15. Respondentlarning 86%i O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tashkil etilganligini biladi: shu bilan birga ularning 62%i Agentlik nima qilayotganini bilmaydi.
Respondentlar toifasiga ko'ra, so'rov ishtirokchilarining ko’pchiligi bular: 36%i OTM talabalari yoki ilmiy xodimlar, 12% davlat xizmatchilari, 11% o'qituvchilar. OAV xodimlari va
nodavlat notijorat tashkilotlari toifasidagilar kamchilik (respondentlarning 1%idan),
kollej / litsey o'quvchilari (2%), abituriyentlar (2%).
"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan 6% respondentlar
quyidagilarni yozdilar:
•
Iqtisodchi, bank va moliya
sektori xodimi
•
Mehnat
muhojiri
•
Uy bekasi,
tug'ruq ta'tilida
•
AKT ishchisi, dasturchi
•
Me'mor
•
Advokat va huquq sohasining
boshqa vakillari
•
Turizm xodimi
•
Mavsumiy
ishchi
•
Qishloq xo'jaligi ishchisi
(fermer, bog'bon)
•
Sanoat ishlab
chiqarish sohasida ishchi
•
Energetika ishchisi (gaz,
elektr energiyasi)
•
Frilanser
• Yoshga qarab endi ishlamaydi
U-Reportyorlarning 53%i – korrupsiya nima degan savolga to'liq javob
berishdi (pora berishdan tortib, byudjetdan o'g'irlash, vakolatlarini
suiiste'mol qilish va h.k.).
Qizig'i shundaki, respondentlarning 34%i pora berishni korrupsiya deb
hisoblashmaydi, respondentlarning 13%i korrupsiya – bu faqat "pora
berish" deb hisoblaydi.
Hududlar kesimida,
boshqalardan ko'ra, Xorazm, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog'iston
Respublikasida yashovchi respondentlar "korrupsiya" deganda ishlarni faqat
pora berish orqali yechish deb tushunadilar – ushbu hududlardagi
respondentlarning o'rtacha 17%i. Va aynan shu hududlarda ushbu savolga javobni
bilmaganlarning aksariyati (o'rtacha 2%).
Toshkent shahri va Buxoro viloyatida, asosan, ushbu savolga eng to'liq
javob berilgan, bu yerda respondentlarning 56% "Yuqorida aytilganlarning
hammasi" javob variantini tanlagan.
Eng to’liq javob – “Yuqoridagi hammasi”
Korrupsiya – o'zi
yoki boshqalar manfaatlari uchun o'z lavozimidan noqonuniy foydalanish
(suiiste’mol qilish), shuningdek, bunday imtiyozni noqonuniy berish.
Pora berish ham
noqonuniy hisoblanadi va jarima yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi. Pora bergan shaxs, agar u pora berishga majbur qilingan bo'lsa yoki
u 30 kun ichida o'z ixtiyori bilan tan olsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
U-Reportyorlarning aksariyati (70%) korrupsiyada oluvchi ham, beruvchi ham
birdek aybdor ekanligini ta'kidlamoqda. Ushbu fikrdagi
ayollar soni (76%), erkaklar bilan taqqoslaganda (67%), ko’proq. Erkak
respondentlar pora olgan odam korrupsiyada aybdor (19%) deb ishonishga ko'proq
moyil bo'lsa, bunday fikrga ayollarning atigi 13%i qo’shiladi.
"Boshqa" javob variantini ko'rsatgan 5% respondentlar
quyidagilarni yozdilar:
•
Davlat, samarasiz davlat
boshqaruvi, eskirgan hujjatlar tizimlari, mansabdor shaxslar va davlat
idoralari rahbarlari
•
Ishlamaydigan qonunlar va
normativ-huquqiy hujjatlarning nomukammalligi
•
Tizim (siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy)
odamlarni korrupsiyaga majbur qiladi
•
Mentalitet, madaniyat
•
Iqtisodiyotning
rivojlanmaganligi, monopoliyalarning mavjudligi, raqobatsiz muhit
•
Maoshlarning kamligi, moddiy ehtiyoj
•
Ta'lim darajasi, huquqiy ongi
va savodxonligi past
•
Nafaqat beruvchi va beradigan,
balki vositachi ham
•
Butun jamiyat.
U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI: (mualliflarning imlosi saqlanib qolgan)
Государство со
своей структурой, когда проще и быстрее решить свои дела с помощью коррупции.
Давлат айбдор, қонунларнинг
устувормаслиги, коррупционерларга жазо
турларининг енгиллиги, еоррупционерларни оммага ошкор қилинмаслиги,
мол-мулкларини даромадига номувофиқлиги равшан бўлсада, назоратнинг сустлиги.
Тизимларнинг автоматлашмаганлиги,
шаффофлик йўқлиги.
Государство, потому что не даёт своим работникам
достойной зарплаты.
Сама система, которая увязла в омуте
коррупции. Какую бы сферу вы не брали обязательно встретитесь с коррупцией. Так
как те, кто сидят на своих креслах создают такую обстановку, при которой
простой народ вынужден дать взятку. Или злоупотребляют своей должностью ради корыстных
целей.
Менталитет, потому что всем выгодней не заплатить
полную сумму штрафа, а дать часть от неё ответственному сотруднику. Они не
думают о будущем нашей страны.
Ҳуқуқий онгнинг пастлиги, шахс ўзининг
ҳуқуқ ва манфаатларини порасиз ҳам ҳимоя қилиши мумкин.
Спрос порождает предложение. Это
элементарный закон экономики.
U-Reportyorlar korrupsiyaning
sabablari bo'yicha eng asosiy beshtalikni aniqladi:
1) kam maoshlar (22%),
2) mansabdor
shaxslarning daromadlari va xarajatlari ustidan nazoratning yo'qligi (15%),
3) huquqiy savodxonlikning pastligi (12%),
4) davlat
xizmatchilarining o'ziga bo'lgan haddan ortiq ishonchi (11%),
5) korrupsiya uchun
jazo muqarrar emasligi (10%).
Respondentlarning
atigi 5%i korrupsiyaning sababi mentalitetga va milliy an’analarga asoslangan
deb hisoblashadi.
U-Reportyorlarning javoblariga ko'ra, ular
so'nggi 2 yil ichida korrupsiya bilan duch kelgan sohalar bu: ta'lim – 21%, sog'liqni saqlash – 14%,
ishga joylashish – 12%, prokuratura va ichki ishlar idoralari – 10%.
Respondentlarning 18%i so'nggi
2 yil ichida korrupsiya holatlariga duch kelmaganliklarini ta'kidladilar.
Erkaklarga nisbatan 5% ko'proq ayollar korrupsiya bilan duch kelmaganliklarini ta'kidladilar.
Ayollarning 27%i, 19%
erkaklarga nisbatan, ta'lim sohasida ko’proq korrupsiyaga duch kelganliklarini
ta'kidladilar. Qizig'i shundaki, respondentlar savdo va xizmat ko'rsatish
sohasida deyarli korrupsiyaga duch kelmaganlar.
"Boshqa" javob
variantini ko'rsatgan respondentlarning 8%i quyidagilarni yozgan:
•
Yuqoridagi barcha sohalarda
•
Bir vaqtning o'zida bir nechta
variantni tanlang
•
Adliya
organlari, ro'yxatga olish idorasi
•
Bojxona
•
Soliq inspeksiyasi
•
Harbiy soha
•
Energetika sohasi
•
Ekologiya
•
Qishloq
xo'jaligi, paxtachilik
•
Veterinariya xizmati
•
Moliya vazirligi, Pensiya jamg'armasi
•
Mehnat migratsiyasi agentligi,
Mehnat vazirligi huzuridagi mehnat inspektsiyasi
•
Haydovchilik guvohnomasini
olgandan so'ng, yo'l harakati xavfsizligi xizmati
•
Avtosanoat
•
Sport, sport federatsiyalari
•
Ichimlik suvi
uchun, tabiiy gaz uchun qarzlarni hisoblashda
• Jazoni ijro etish byurosi (MIB).