U-Report O’zbekiston
Respublikasi Adliya Vazirligi bilan hamkorlikda yoshlar adliya organlari
to’g’risida nimalarni bilishini va ularga munosabatini o’rganish maqsadida
so’rov o’tkazdi. Natijalardan ushbu sohada yoshlar bilan ishlashni rejalashtirish uchun foydalaniladi.
So'rovda mamlakat bo'ylab 8600 dan ortiq
respondentlar ishtirok etishdi, ulardan 35% dan ortig'i ayol
respondentlardir.
ADLIYA
ORGANLARI HAQIDA SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:
1. Respondentlarning 45% Adliya vazirligi nima bilan shug’ullanishi haqida aniq tasavvurga ega
emas: ulardan 24% “umuman hech narsa” bilmayman deb javob berishgan.
2. U-Reportyorlarning aksariyati (60%) adliya
organlari tizimiga qaysi muassasalar kirishini bilishmaydi va
yana 11 % respondentlar javob berishga qiynalgan.
3. Respondentlarning 41%i barcha adliya
organlaridan faqat ba'zilarining faoliyati to'g'risida va faqat
14%i barcha adliya organlari to'g'risida biladilar.
4. U-Reportyorlarning aksariyati (63%) adliya
organlarida ishlashni xohlaydi. Adliya organlarida ishlashni istaganlarning
aksariyati Surxondaryo (76%) va Qashqadaryo (74%) viloyatlariga to’g’ri keladi.
5. So'rov ishtirokchilari adliya organlarida
ishlashga nima jalb qilishini sanab o'tdilar: 49%i – inson huquqlarini himoya
qilish uchun, 21%i – huquqiy siyosatni takomillashtirish va 13%i – hujjatlar
bilan ishlashni yoqtirishini bildirdi.
6. Adliya idoralarida ishlashni istamagan respondentlarning 25% o'z sabablari haqida gapirib berishdi: ular boshqa sohaga qiziqish bildirmoqda (62%), adliya idoralariga ishonmaydilar (19%), davlat xizmatida bo'lishni istamaydilar (10%).
Respondentlarning
45%i Adliya vazirligi nima bilan shug’ullanishi haqida aniq tasavvurga emas:
ulardan 24% "umuman hech narsani" bilmayman deb javob
berishgan.
So'rovda qatnashganlarning 55%i Adliya vazirligi faoliyati haqida bir muncha xabardorligini aytishdi: shulardan 23%i vazirlik faoliyati to'g'risida juda yaxshi xabardorman deb javob berishdi. Shu bilan birga, gender nuqtai nazaridan, Adliya vazirligi faoliyati to'g'risida erkaklarning 26%i juda yaxshi bilsa, ayollar orasida faqat 17%i bu variantni tanlagan.
Hududlar
kesimida qaralsa Adliya vazirligi faoliyati to'g'risida yaxshi biladigan respondentlarning
aksariyati Namangan va Andijon viloyatlarida yashayid – taxminan 29%i. Adliya vazirligi faoliyati to'g'risida umuman
hech narsa bilmasligini bildirgan respondentlarning aksariyati Xorazm
viloyatidan – 28%.
MA’LUMOT: Adliya vazirligining asosiy vazifalari:
· yagona davlat huquqiy siyosatini
yuritish
· qonunlar yaratilishini
muvofiqlashtirish
· aholining huquqiy savodxonligini
oshirish
· jamoat tashkilotlarini
rivojlantirish
· fuqarolarning huquqlarini huquqiy
himoya qilish
· yuridik kadrlarni tayyorlash va
takomillashtirish va hokazo
Batafsil: https://lex.uz/docs/3681788
U-Reportyorlarning aksariyati (60%) Adliya organalri tizimiga qaysi muassasalari
kirishini bilishmaydi va
yana 11 % respondentlar javob berishga qiynalgan.
Respondentlarning atigi 29%i bu haqida
ma’lumotga ega. Ayollarga (24%) nisbatan 8% ko'proq erkaklar (32%) adliya
organlari tizimiga kiradigan muassasalar haqida bilishadi.
Hududlar kesimida ushbu savolga quyidagicha javob berildi:
Jizzax viloyatida respondentlarning aksariyati (37%i)
qaysi muassasalar adliya organlari tizimiga kiritilganligi to'g'risida
ma'lumotga ega – bu viloyatlar
aro eng yuqori ko’rsatkich.
Bu haqda eng kam xabardor bo'lganlar Qashqadaryo, Sirdaryo va Xorazm
viloyatlarida bo'lib, respondentlarning 65%ga yaqini adliya organlarining
tarkibi to'g'risida bilmaydi.
MA’LUMOT UCHUN:
Adliya organlari tizimi – bu Adliya vazirligidan tashqari, shuningdek:
·
notariat, arxivlar, davlat xizmatlari markazlari
·
Intellektual mulk agentligi
·
Respublika sud ekspertiza markazi
·
Huquqiy siyosat tadqiqot instituti
·
«Adolat» huquqiy axborot markazi
·
Yuristlar malakasini oshirish markazi
·
Adliya organlarida AKTni rivojlantirish markazi
·
yuridik kollejlar, litsey va universitet
Batafsil: https://lex.uz/docs/3681788
41% respondentlar barcha adliya organlaridan faqat
bir qanchasining faoliyati to'g'risida bilishadi. Respondentlarning 28%i adliya organlarining
ko'pini bilishini va faqat 14%i barcha adliya organlari faoliyati to'g'risida
bilishini aytishdi.
Biz U-Reportyorlardan yuqorida keltirib o'tilgan
adliya organlaridan qaysi biri haqida ma'lumotga ega emasligini so’radik va
5412ta javob oldik. Sulardan yoshlar eng kam xabardorligi bo’lgan 6ta
muassasani aniqladik:
1. «Adolat» huquqiy axborot markazi (1188ta javob)
2. Intellektual mulk agentligi (1132ta javob)
3. Adliya organlarida AKTni
rivojlantirish markazi (1101ta javob)
4. Huquqiy siyosat tadqiqot
instituti (1051ta javob)
5. Yuristlar malakasini oshirish
markazi (288ta javob)
6. Respublika sud ekspertiza
markazi (261ta javob)
U-Reportyorlarning aksariyati (63%) adliya
idoralarida ishlashni xohlaydi. Ayollar
(65%) erkaklarga (62%) qaraganda adliya tizimida ishlasjni bir oz ko'proq xohlashar
ekan.
U-Reportyorlar orasida 1%i adliya idoralarida ishlayotganligi ma'lum bo'ldi.