Mulohazalar Hikoyalar Haqida Mashg'ullik Reports Hozir qo'shiling
U-Reportga qo'shiling, Sizning fikringiz muhimdir.
STORY
Avgustdagi HACKATHON UZBEKISTAN uchun mavzular

U-Report O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda yoshlar uchun navbatdagi HACKATHON UZBEKISTANni o’tkazishda qiziq bo’ladigan yo’nalishlarni aniqlash maqsadida so’rov o’tkazdi. HACKATHON – bu jamiyatdagi muammolarni yechishga qaratilgan informatsion texnologiyalarga asoslangan IT startaplarni qo’llash uchun yaratilgan loyiha.

So’rov natijalari shu yil avgust oyida bo’lib o’tadigan HACKATHON UZBEKISTAN mavzularini aniqlash uchun zarur.

So’rovda mamlakat bo’ylab 6030 respondent qatnashdi va ulardan 39%i ayol respondentlar.

 

HACKATHON UZBEKISTAN HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

1.       Respondentlarning fikricha, zo'ravonlikning oldini olish sohasidagi eng muhim mavzular: 30% uchun bu ko'chadagi zo'ravonlik, 22%i - oiladagi zo'ravonlik va 18%i - jinsiy zo'ravonlik deb hisoblashadi.

2.       Respondentlarning deyarli yarmi (48%) ta'limdagi korrupsiya, ikkinchidan - davlat xizmatidagi (18%), uchinchidan - sog'liqni saqlash sohasidagi (15%) korrupsiya ularni ko'proq tashvishlantirishini tan olishdi.

3.       Barcha respondentlarning 61%i tadbirkorlikka qiziqish bildirgan va atigi 16% respondentlar bandlik sohasida "ishga kirish" mavzusiga qiziqish bildirgan.

 

Respondentlarning 30%i ko'chadagi zo'ravonlikni oldini olish eng muhim yo’nalish ekanligini ta'kidlagan. Shu bilan birga, Toshkentda yashaydigan U-Reportyorlarning 31%i uchun oiladagi zo'ravonlikni oldini olish muhimroq ekan. Namangan viloyatida eng ko'p tashvishganlar – ta'lim muassasalaridagi zo'ravonlikdan (18%).

Farg'ona viloyatida natija ushbu masala bo'yicha umumiy natijaga yaqin.

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 6%i quyidagi javoblarni yozdilar:

1.       Yuqoridagi barcha javoblar

2.       Ta'limdagi zo'ravonlik (o'rta maktabda)

3.       Jinsiy guruhlarga nisbatan zo'ravonlik (LGBTQ+)

4.       Ish joyidagi zo'ravonlik

5.       Davlat idoralarida zo'ravonlik (huquqni muhofaza qilish organlarida, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya), mansabdor shaxslarning zo'ravonligi

6.       Ijtimoiy tarmoqlardagi zo'ravonlik, kiber zo'ravonlik

7.       Aholining zaif guruhlariga nisbatan kamsitish

8.       Tibbiyot xodimlariga nisbatan zo'ravonlik

9.       Psixologik zo'ravonlik

10.   Hayvonlarga nisbatan zo'ravonlik va shafqatsizlik.

U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI:

5 barcha zo'ravonlik birdek dolzarb chunki hammasi bir biriga bog'liq deb o'ylayman.

Всё в равной степени важно, потому что мы часто сталкиваемся с любым видом насилия.

Нельзя предотвратить насилие, воспитанное поколениями. В нашей стране это традиция, Дед, отец, сын. Все видят, как бьют женщин. Это не искоренимо. Уличное насилие от воровства, пьянства. Как правило те, кто дерётся на улице, всегда в группе таких же, как и он. То-есть без толпы он напуганный ребенок. Так как вы собрались что-то делать?? Тут надо с пелёнок воспитывать. А не деньги людей на бесполезные проекты пихать…

Скорее всего, но уделить внимание нужно домашнему насилию и моральному насилию в школе. Именно в школе и вместе ломают ребёнка…

Zo'ravonlik ildizi ilmsizlik, ilm berish kerak.

Насилие со стороны сотрудников органов внутренних дел, включая манеры общения и поведения, а также со стороны лиц повышенного социального статуса.

Жестокое отношение к животным. С детства нужно прививать любовь к животным, уважение ко всему живому.

Ayollarni jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga qarshi zoʻravonlik yani ayollar faqat uy bekasi emas balki u mutaxassis, boshliq, deputat boʻlishi, umuman qizlar  ta'lim olmasligi kerak degan fikrni odamlar ongidan toʻliq chiqarib tashlash kerak.



Ko'chadagi zo'ravonlik va oiladagi zo'ravonlikni oldini olish ayollar uchun deyarli teng ahamiyatli - mos ravishda 28% va 27%.

Ta'lim muassasalarida zo'ravonlikning oldini olish muhimligini 15% erkaklar va 9% ayollar ta'kidlagan.


Respondentlarning deyarli yarmi (48%) birinchi navbatda ta'lim sohasidagi korrupsiyadan xavotirda. Ikkinchi o'rinda davlat xizmatidagi korrupsiya (18%), uchinchi o'rinda sog'liqni saqlash sohasidagi korrupsiyadan (15%).

Qoraqalpog'iston Respublikasida respondentlarning eng ko'p qismi (58%) ta'lim sohasidagi korrupsiyani eng muhim muammo deb biladilar. Poytaxt va Surxondaryo viloyatida davlat xizmatlaridagi korrupsiyasidan xavotirda bo'lganlar ko'p (22%).

"Boshqa" javob variantini tanlagan respondentlarning 8% quyidagi javoblarni berdilar:

1.       Yuqoridagi barcha javoblar

2.       Maktabgacha ta'lim tizimida

3.       Mahalla qo'mitalarida

4.       Moliyaviy va byudjet tashkilotlarida

5.       Qurilishda

6.       Ichki ishlar organlarida, prokuratura, sudlarda

7.       Neft va boshqa foydali qazilmalarni qazib olish sohasida

8.       Hokimliklarda

9.       Xayriya va xayriya tashkilotlarida / loyihalarida

10.   Soliq sohasida.

 

U-REPORTYORLARNING BA’ZI FIKRLARI:

Хозирги пайтда факат бир тизимдаги коррупция алохида курсати булмайди чунки хамма сохада бор бу нарс,а шунинг учун хамма сохада куриб чикиш керак бунинг учун хар бир сохада етук хахикий мутахассисларни ишга олишни таьминлаш керак.

Bu yerda ham hammasi meni havotirga soladi. Lekin eng asosiysi ta'lim tizimidagi korrupsiya juda havotirli. Sababi biz ertaga yurtimizni bizdan keyingi yosh avlodga topshiramiz. Korrupsiyaga asoslangan ta'lim tizimidan ta'lim olgan yigit-qizlar bilmadim ertaga qanday inson bo‘lib shakllanishadi?! (Men juda ham shunday mavzularga qiziqaman. Agar ilojisi bo‘lsa HACKATHON UZBEKISTANda men ham o‘z fikrlarimni bildirib ishtirok etsam degandim. Lekin bu qanday amalga oshiriladi bilmayman! 

Хамма сохадагиси. Юкорида келтирилган сохаларнинг хар кайсида коррупция аралашадиган булса кележагимизга жуда ёмон таъсир килади. Асосан таълим ва давлат хизматларидагиси бутун халкка факат кийинчилик ва огир кунларни бошига солиб келмокда ва ислох килинмаса бунданда ёмон холларга олиб келиши мумкин.

Во всём, во всех отраслях. Начните наказывать родных и близких тех людей что разводят коррупцию. Что вымогают деньги. Лишайте имущества детей и родителей, дальних родственников. Всех, кто как-то связан, у тех, кто дал взятку и тех, кто взял. И начните с тех, кто сидит на постах, от аппарата президента.

Всюду коррупция. На государственном уровне. В каждом хокимияте. Кто-то попадается, а кто-то нет. Кого-то садят, а кто-то откупается. Так и живем. А молодежь уезжает и правильно делает.

Котта курилишларни тендерсиз "чет эллик инвестор" га индамай бервориш. Согликни саклашга ажратилган пулларни узлаштирвориш.

Абсолютно везде! Система, прогнившая до неузнаваемости. Причём это касается всех слоёв населения. В первую очередь, народ сам должен с этим бороться, но наш народ боится что-либо сказать чиновникам. Да и вообще кому-либо.

Hayriya ishlariga yoki bo'masa biror bir maqsadni ko'zlab yig'ilgan pullar o'z joyiga borguncha korrupsiyaga yo'y qo'yilib o'zlashtrilyapdi.

 

 

Ayollar (17%) sog'liqni saqlash sohasidagi korrupsiyadan ko'proq tashvishlanishsa, erkaklar (20%) davlat xizmatidagi korrupsiyadan ko'proq tashvishlanishar ekan.

 

 

Barcha respondentlarning 61%i tadbirkorlikka qiziqish bildirgan va atigi 16%i ish bilan ta'minlanishga qiziqish bildirgan. Toshkentda tadbirkorlikka qiziquvchilar eng kam – bu yerda tadbirkorlik bilan qiziquvchilar soni eng kam –  52%. Ko'pchilik poytaxtda, Andijon va Namangan viloyatlarida frilansga qiziqishini bildirgan. Kasanachilik bilan asosan Toshkentdagilar qiziqishar ekan – 8%.

"Boshqalar" javob variantini ko'rsatgan respondentlarning 8%i quyidagilarni yozgan:

1.       Yuqoridagi barcha javoblar

2.       Advokatura, yuridik xizmatlar

3.       Arxitektura, qurilish

4.       Axborot texnologiyalari (IT), dasturlash

5.       Bog'dorchilik, meva va sabzavotlarni yetishtirish

6.       Chorvachilik

7.       Davlat xizmati, byudjet tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish organlari

8.       Moliya

9.       Harbiy xizmat

10.   Tibbiyot muassasalari, veterinariya

11.   Tarmoq marketingi, menejment, iqtisodiyot, kadrlar (HR)

12.   Tarjima xizmatlari

13.   Ta'lim, pedagogika, nutq terapiyasi, repetitorlik, tadqiqot faoliyati

14.   San'at, animatsiya, musiqa

15.   Ishlab chiqarish

16.   Transport xizmatlari

17.   Ko'ngillilik, jamoatchilik xizmati, ijtimoiy himoya

18.   Maishiy xizmatlar (kir yuvish, kimyoviy tozalash, maishiy texnikalarni ta'mirlash, sartarosh, oshpaz va hk).

19.   Jurnalistika

20.   Shaxsiy biznes, oilaviy biznes.

 

Ayollarning 6%i va erkaklarning 2%dan kamrog'i kasanachilikka qiziqishadi. Ayollarga qaraganda ko'proq erkaklar fermerlik bilan qiziqishadi - 8% va 3.1%. Bundan tashqari, erkaklarni (18%) ayollarga nisbatan (14%) frilans ko'proq qiziqtirar ekan.

 

 

 

Izoh: Soʻrovlar natijasida olingan maʼlumotlar UNICEFning fikrini aks ettirmaydi, reprezentativ maʼlumotlar hisoblanmaydi va ushbu U-Report so’rovida qatnashgan respondentlarning fikrini aks ettiradi.

 

Ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga erishishda yoshlarning fikrlarini qanday qo'llayotganimizni raqamlarda ko'ring.
MASHG'ULLIK BAYONI
UNICEF logo